Annallar (lot. annales–yil) –mashhur voqealarni yilma-yil yozib borilgan oʻrta asr yilnomalari. A. VI asrdan monastirlarda yozila boshlangan. VIII-IX asrlarda davlat doirasidagi voqealar yozib boriladgan A. paydo boʻlgan. Mazkur A. qirollik saroylarida yozilgan: Karl Buyuk saroyida “Qirollik A.i”, Alfred Buyuk saroyida “Anglosakson A.i” yoki Katta Larshs A.i (Vormsga yaqin boʻlgan Lorshs monastirida saqlanganligi uchun shu nom bilan atalgan). A. XIII-XIV asrlargacha tuzilgan. A.dan keyin xronikalar yozila boshlagan. A.ning xronikalardan asosiy farqi ularda voqealarning qisqacha bayon etilishidir.
Annatlar (lot. annus – yil) – cherkov vakant benefitsiylarini olgan yepiskoplar, abbatlar va boshqa shaxslarning papa xazinasiga bir vaqtda toʻlaydigan soligʻi; dastlab ularning yillik daromadiga tenglashtirilgan (shuning uchun shu nom bilan atalgan). Keyinroq ushbu daromadning qandaydir bir qismini tashkil qilgan. Gʻarbiy Yevropaning barcha davlatlarida, Italiyadan tashqari (bu davlatda hozirgacha saqlanib qolgan) XIII asrning oʻrtalaridan to XIX asr boshlarigacha mavjud boʻlgan.
Antik (lot. qadimgi) – tarixiy davr nuqtai nazaridan qadimgi Yunoniston va Rim sivilizatsiyasi davrini anglatadi. XVIII asr boshlarida fransuz tilida atama sifatida (antiquite) ishlatila boshlandi hamda “ilk tarixiy bosqichlarga oid boʻlgan san’atning alohida turini anglatish” uchun qoʻllanilgan. Davriy ravishda A. 3 ta bosqichga boʻlinadi: ilk A. davr (mil.avv. VIII–IV asrlar), klasssik A. davr (mil.avv. IV – milodiy II asrlar), soʻnggi A. davr (II/III asr oxiri– V/VI asrlar).
Antipapalar(yunon. qarshi, aksil va papa) – odatda katolik cherkovi tomonidan tan olinmagan papaga nisbatan qoʻllaniladi. Oʻrta asrlar davrida papa sifatida bir necha joyda turli katolik diniy guruhlari tomonidan alohida-alohida papalar bir paytda saylangan holatlar boʻlgan. Shunday sharoitda katolik cherkovi faqatgina ulardan bittasini haqiqiy Rim papasi deb hisoblagan. Qolganlari A. deb e’lon qilingan. Taxminan 30 nafardan ortiq A. oʻtganligi ma’lum.
Antrustionlar – franklarning merovinglar sulolasi qirollarining drujinachilari, oʻsha paytlarda franklar jamiyatining imtiyozli guruhi. VIII asrga kelganda nomi yoʻqolib ketgan.
Apanaj (lot.appano–“non bilan ta’minlayman”) – qirollik xonadonining tojsiz (taxtga da’vo qilishga huquqi yoʻq qarindoshlari) a’zolariga berilgan merosiy yer egaligiing qismi yoki oylik maosh.