3-BOB
O’LIM KO’ZLARI
Ovqatlanish xonasida o'tkazilgan umumiy yig'ilishda Ellis o'zining qarashlari
haqida batafsil gapirib berdi. U Forksning kirish qismida dushmanni ko'rganligini
aytdi. Oradan yana ancha soatlar o’tdi. Biroz o'ylanib, Kallenlar Volturilarning
kEllishini kutishdan foyda yo'q, degan qarorga qildilar. Uchrashuv joyi sifatida
bizning beysbol maydonimiz tanlandi. Ajablanarlisi shundaki, bu sohada baxtsizliklar
haddan ziyod o'sib boradigan paytda yaxshigina turg’unlik yuz bera boshladi.
Maydonning o'zi mening o'limimni orzu qilgani, o’limimga tashna bo’layotgani
haqida taassurot paydo bo'ldi. Balki bu shunchaki xurofotdir, ammo har qanday
holatda ham ushbu uchrashuvdan yaxshi narsa kutish amrimaxol edi.
Afsuski, mana men yana o’sha (ilk bor Jeyms, Viktoriya va Loran menga
tashlanib qolgan) omadsiz o'tloqdaman. Atrofimda menga yaqin kishilarim bor. Bir
tomondan, mening sevikli Edvardim mening yelkamga qo’llarini qo’ygancha taskin
berayotgan bo'lsa, boshqa tomondan, bo’ritus Jeykob ishonchli tarzda qo'riqlar,
mening sevimli qizalog’im bo’ynimga o’ralgancha uning qo’llarida turardi. Bundan
baxtli lahzalar yo'qdek tuyuldi, agar biror nima bo'lmasa… Ammo... Biz bu yerda
hamma narsani o'lim ko'zlari bilan ko'rib turibmiz. Ehtimol, hozir hammamiz o'lamiz,
hamma narsa boshlanishi bilanoq tugaydi. Ichki tuyg'uyim meni hayratda qoldira
boshladi, go’yo bularning barchasi allaqachon sodir bo'lgandek. Ey Xudoyim, bu
naqadar baxtli uch oy qanchalar tez o’tdi.
Karlayl bizning pozitsiyalarimizni yarim doira bo'yicha taqsimlashni boshladi.
Edvard yonimda turib, yelkalarimni mahkam siqib oldi. Bir qo'lim bilan uning beliga
o'ralgan edim, boshqa qo'lim bilan esa Renesimni ushladim. U nima bo'layotganini
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
juda yaxshi tushundi va muloyim barmoqlarini yuzimga tekkizib, baxt va ezgulikning
kamalak ko'rinishlarini ko'rsatdi va shu bilan meni tinchlantirishga harakat qildi.
Emmet va Jasper xuddi juda muhim beysbol o'yiniga tayyorgarlik
ko'rayotgandek harakat qilishardi, ammo endi go’yo sokinlikka o’rin bo’shatishgandi.
Ellis boshqalarga qaraganda ko'proq tashvishlanar edi, chunki uning
tasavvurlari juda xira, quyuq tuman ichidagi kimsadek tushunarsiz bo’lib qolgandi. U
faqat ayolning kEllishini ko'rdi, lekin nima sodir bo’lishini ko’a olmadi. Aksiga olib,
endi kimdir uning xayollarini o’chirib qo’ygandek edi.
- Bella! Hammasi yaxshi boladi! – dedi Edvard gipnoz qiluvchi ohangda –
Menga ishonishing kerak. Yaqinda barcha qiyinchiliklar o'tib ketadi va biz yana baxtli
hayot kechiramiz. – Uning ovozi juda iliq va yoqimli, kuchli antibiotik kabi harakat
qildi va xayolimni chalg'ita oldi. Men shunchaki qarshilik ko'rsata olmadim.
- Men senga ishonaman, Edvard! Men ishonaman! – Uning ingichka tanasiga
yopishib, o'zimni xotirjam his qildim. U esa muloyimlik bilan qo'lini sochlarimdan
o'tkazdi va peshonamdan asta o’pib qo’ydi.
- Ko'rasan – bu hali intiqo emas! Hammasi yaxshi boladi. Buni Ellisning
xayolida ko'rishim mumkin. Bu jonzot kim bo'lishidan qat'iy nazar, u bizga zarar
yetkazishni xohlamaydi. Men bunga aminman.
- U 4 daqiqadan so'ng shu yerda bo'ladi, – Ellis mudofaa pozitsiyasini egallab,
qalin o’rmon tomon tikilib qoldi. Boshqalar ham huddi udek holatga kira boshlashdi.
Karlayl atrofga diqqat bilan nazar tashladi: – Xo'sh, ana endi... Barchamizga
eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Xudo biz bilan birga bo’slin. Atrofdagi hamma
narsa bir on muzlab qolgandek tuyulib ketdi. Vaqt go’yo to'xtagandi. Hatto,
o'rmondagi daraxtlar ham bargni qimirlatishdan qo'rqib, qotib qolgandek turishardi.
Nihoyat, yevropoid morfologiyasiga mansub yosh ayolning kichkina qiyofasi
o'rmon ichra quyosh nurlari bilan ochiq maydonga chiqdi. Uning qadamlari... U
qadam tashlaganga qaraganda suzayotganga o’xshar, bamisoli yerdan baland
ko'tarilib, bulutdek harakatlanayotganga o'xshardi. Uning har bir harakati shunchalik
nafis ediki, hatto nazokatli Ellis ham unga qaraganda nuqsonli tuyilardi. Uning
muloyim xususiyatlari ajobtovurligi bilan xayratlantira boshladi. Uning yuqoriga
biroz ko'tarilgan ixchamgina burni, qip-qizil lablari va ulkan yonib turgan yashil
ko'zlari, uning atrofida esa qora yupqa kirpiklari o’ziga nihoyatda yarashgan edi.
Qora qatron kabi sochlari qisqa kesilgan va mototsiklda tez haydashdan keyin
yuqoriga va orqaga uchgan kabi g'alati soch turmakda edi. Unda beliga qadar tushib
turgan turli iplar o’rin olgan bo’lib, turli tugunchalar bilan bezatilgandi. U jimjimador
bo'yinbog'li qora tusdagi charm kostyum kiyib olgan, o'zining ajoyib nozik shakli,
nazokatini ifodalar, ammo mushaklari va baquvvat tanasini yaqqol bilintirib, orqa va
yelkalarini namoyon qilib turardi. Yelkaning orqa qismidan panterra (qora qolon)
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: |