@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Men umuman tushunmayapman, nega uni uyimizga kiritishimiz kerak? –
Rozali g'azab bilan turardi – U biz uchun kim?
Karlayl esa har doimgidek tinch va vazmin edi – Rozali, menimcha, u haqiqatan
ham bizga zarar qilmaydi va...
Uning nutqini Ellis to'xtatdi: – U bizga hayotimizni o'zgartiradigan juda muhim
narsani aytib beradi. Men nima ekanligini tushunmayapman, lekin men uni
tinglashimiz kerak, deb o'ylayman.
- Xo'sh, menimcha, bu uni shunday qoldirishga yana bir sababmi? Agar hech
kim bunga qarshi bo'lmasa? – Karlayl atrofiga diqqat bilan razm soldi.
Uyga kirganimizda, Bagirra allaqachon odam qiyofasida divanda o'tirgan edi.
U xuddi o'sha charm kostyum va baland poshnali etikda edi. Nima uchun kiyimlar
butunligicha qoldi?
Bir lahzadan so'ng, Jeykob uyga odam qiyofasida, uy yaqinidagi butalar ichida
oldindan qoldirilgan shortikni kiyib kirib keldi.
- Sen buni qanday qilding? Sen tuslana olasan va aql bovar qilmas tezlik bilan
harakatlanar ekansan, eng qizig’i, qanday qilib kiyimlaringni yirtmay bunga erisha
olasan – Jeykobning ko'zlarida qiziqish alangalanardi.
Bagirra biroz jilmayib qo'ydi. – Bu qobiliyatlar menga onamdan o’tgan, ammo
hamma narsa o’z o’rnida bo’lgani ma’qul. Men kechki ovqat paytida barchangizga
hammasini aytaman deganman. Endi, aytchi Esme, qaysi xonani egallashim mumkin?
- “Bagirra, sen... Esme so’zini tugatishga ham ulgurmadi.
- Rahmat! Men eng yaxshisini berishingizni bilardim! – Bu so'zlarni ayta
turib
Bagirra zinadan zinaga uchib chiqardi. – Kechki ovqat mahali uchrashamiz.
Taomlaringiz shirin chiqadi, degan umiddaman! – bu so'zlar allaqachon mehmonlar
xonasidan kelardi.
- Bu Ellisning uyimizga kelganini eslatyapti – Edvard istehzoli tarzda jilmayib
qo'ydi – O’shanda narsalarim garajga tushib qolgandi!
- Edvard! Buning uchun hech qachon meni kechirolmaysanmi endi? Bilasanmi,
menga o’sha xona juda yoqqandi! Ellis kichkina qo'lini uning bo'yniga qo'yib,
yuzidan o'pib qo’ydi.
Mehmonxonadan hamma o'z ishlari bilan tarqala boshladi. Esme va Karlayl
kechki ovqatni tayyorlashga kirishdilar. Rozali “chaqirilmagan mushuk” uchun ovqat
tayyorlashni xo'rlik deb bildi va Ellisni qo'ltig'idan ushlab, bayramona kechki ovqatga
kiyim tanlash uchun xonasiga kirib ketdi. Uning rashkchi tabiati uyda raqobatchining
paydo bo'lishi bilan yanada jilvalana boshlagandi. Emmet va Jasper zinapoyada
navbatchilik qilishardi. Edvard va men Renesmini yotqizishga bordik.
- Edvard! Kim u? Uning borligi meni titroqqa solyapti.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
U muloyim jilmayib, qo'llarimni beliga o'rab oldi: – U biz bilan jang qilmaydi.
U bizning dushmanimiz emas. Hammasi yaxshi bo’ladi. U bizga nima demoqchi
ekanligini bilmayman, lekin bu juda muhim narsa. Kel, oshxonaga kiramiz. Renesmi
allaqachon uxlab qoldi, Bagirra esa tushish taraddudini ko’rmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: