@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Sen bularning barchasini qanday qilmoqchisan? – Edvard Bagirraning
ko'zlariga diqqat bilan tikilib, savoliga javobni o’qib olishga harakat qilardi.
Yaxshiyamki, Aro mening qobiliyatlarimning yuzdan bir qismini biladi, xolos.
Men ushbu ustunlikdan foydalanmoqchiman. Ertaga sizga batafsil aytib beraman.
Hozir esa o’zi yarim tun bo’ldi. Taxminan, ikki oydan beri uxlamayman. Jang oldidan
kuch to’plab olishim kerak. Shunday qilib, men biroz uxlab, charchog’imni yozay. –
Bu so'zlarni ayta turib charchoqdan esnay boshladi va Renesmini yerga qo'yib, o’zi
joyidan turdi.
- Bugun siz bilan uxlasam bo'ladimi? Renesmi bu so’zlarni qo’ng’iroqdek
muloyim ovozda aytdi. U kamdan-kam gapirardi. Bu savolni berish uchun unga bitta
teginish kifoya qildi. Bagirra qizimga shunday ixlos bilan qaradiki, men qarshilik
ko'rsata olmadim.
- Albatta, azizam! Tabiiyki, agar ota-onang bunga qarshi bo'lishmasa. – U
Edvard va menga navbatma-navbat nazar tashladi.
Edvard mening ko'zlarimga tikildi. Javobini ifoda etish uchun unga so'z kerak
emas edi. Ushbu suhbatdan oldin ham u mehmonimizning yaxshi niyatda ekanligiga
amin edi. Men Bagirraning ko'zlariga tikildim – u allaqachon javobni aniq bilar edi –
Ha, albatta, Bagirra. O'ylaymanki, bizning qizimiz sen bilan xavfsiz bo'ladi.
Bagirra salgina bosh irg'adi, keyin Renesimni qo’liga oldi va asta chiroyli
tarzda zinapoyadan o'z xonasiga ko'tarila boshladi.
- Bagirra! – Men u deyarli yuqoriga ko’tarilib bo’lganda chorladim – Xayrli
tun!
- Rahmat Bella! Xavotir olma, hammasi yaxshi bo'ladi! – uning yuzi samimiy
mehr ila jilmaydi.
U, albatta, mening fiklarimni o'qigandi. Emmet va Jasper uning eshigi oldida
ketma-ket navbatchilik qilishga qaror qilishdi, lekin men qizimdan xotirjam edim.
Ehtimol, u hozir Bagirraning qo'lida – eng xavfsiz joydadir. Agar Volturiylar kelsa,
Bagirra Renesmi uchun hatto o'ylamasdan ham jonini berishga tayyorligini bilardim.
Bagirraning qobiliyatlari va kuchini hisobga olgan holda, bu omon qolish uchun
haqiqiy imkoniyat edi.
Oldimizda uzoq tun kutib turardi. O'ylash va muhokama qilish uchun juda ko'p
narsalar bor, lekin men xotirjam edim. Mening ongimda, Bagirra uyimiz va mening
ruhimga tinchlik olib kEllishi va, nihoyat, meni uzoq vaqtdan beri ta'qib qilib kelgan
barcha baxtsizliklarga chek qo'yishiga ishonch hissi paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: