@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Aro e’tiqodlilarni yaratadimi? – Karlayl eshitganlariga ishonolmasdi.
- Ha! Albatta, bu muhofaza qilinadigan sir. Ammo u mendan hech narsani
yashira olmaydi. Har bir yangi a’zoga ma'lum bir qobiliyat berilgan. Birgalikda ular
daxlsizdir. Ularga qarshi sizning imkoniyatingiz yetmaydi. Uning armiyasi to'liq
yaratilgunga qadar uning Volturiylari juda oz qolgandi. – Keyin uning nigohi
chalg'idi. U old eshikka qaradi – Salom, singlim! Kechirasan, hikoyalarim bilan
uxlashingga yo'l qo'ymabman. – Renesmi eshik oldida turib, hayratomuz ko'zlar bilan
Bagirraga qarardi. Bir lahzadan so'ng, u allaqachon xushchaqchaqlik bilan
Bagirraning tizzasida paydo bo’ldi. Bagirra uni muloyimlik bilan quchoqlab, pushti
yuzidan o'pdi. Bu qizning ko'zlarida juda iliqlik, sevgi va g'amxo'rlik bor edi! Men
endi qizim uchun qo'rqmas edim. Qo'rquv o'z-o'zidan yo’qoldi. Men Renesmi yaxshi
qo'llarda va yaxshi himoyalanganligini bilardim.
- U mening butun hikoyamni eshitdi va hamma narsani biladi – Bagirra menga
buni ko’p aytardi – bizning taqdirimiz bir-biriga o'xshaydi. Volturi bilan so'nggi
uchrashuvda sen Bella Renesmi uchun soxta hujjatlar bilan, medalyoningni esdalikka
berib, qutqarish umidida uni Jeykobga ishonib topshirding. Siz o'sha paytda g'alabani
qo'lga kiritdingiz.
Ammo bu uzoq davom etmaydi. Bu bilan siz faqat muqarrar ishni
kechiktirdingiz, xolos. Yaqinda Volturiylar yana keladi va mening aralashuvimsiz
sizlar yutqazasiz. Nessy bu dunyoda yolg'iz qoladi va uning qalbida yonayotgan og'riq
va nafratdan boshqa hech narsa bo'lmaydi. U majbur bo'ladi, abadiy azoblanadi.
Menga ishonishingiz mumkin. Siz menga ishonishingiz mumkin. – Bu so'zlari ayta
turib u Renesmini yanada qattiqroq quchoqlardi – Ammo men bunga yo'l
qo'ymayman. Mening qismatim yana takrorlanishiga yo'l qo'ymayman. Aro armiyasi
allaqachon yetarlicha kuch to’plab bo’lgan. Nima uchun u sizning oldingizga
kamchilik kishi yoki deyarli himoyasiz kelgan deb o'ylaysiz? Uning sizga
muhabbati
va ishonchi bo'lganligi uchunmi? – ishonchsizlikdan Bagirraning ko'zlari qisilib qoldi
– Yo'q! U ahmoq emas. Aro ishonchli himoyaga ega edi, siz buni sezmadingiz.
Yoping’ichdagi vampirlardan biri Aroga miyangizni boshqarishga ruhiy jihatdan
yordam berib, ishonch aurasini yaratdi, ikkinchisi esa Edvardning ongni o’qishiga yo'l
qo'ymadi. Shuning uchun u faqat Aro xohlagan narsalarni o’qiy oldi, xolos. Natijada,
siz uni osonlikcha qabul qildingiz. O'zlari Volturiylar qo'shinlari bilan uyingizga
kEllishlariga qaror qilishdi va meni yo’q qilishni rejalashtirishdi! Ahmoqlar! – uning
ovozi ko'tarildi – Ular sizni atroflicha tekshirib chiqishdi! Volturiylar uyingizga kelib
sizni yo'q qiladi! Mening oilam singari qirib tashlaydi! – u baqira ketdi.
Yig'ilganlarning barchasi Bagirraga tobora ko'proq ishonch bildirib, diqqat
bilan tinglardilar. Hatto Rozaliyaning shubhali qarashlari ham g'oyib bo'ldi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: