Elektr mashinalari haqida umumiy ma’Iumotlar
Elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga { e le k tr
generatorlari) yoki elektr energiyani mexanik energiyaga {elektr m o to rlari)
aylantira oladigan elektr-mexanik o'zgartgich (EM O‘)dir.
Elektr
mashinalarida energiyaning elektr-mexanik o ‘zgartirilishi magnit
maydon vositasida amalga oshirilib, elektrom ag nit in d u k siy a qon uniga
asoslangan; shuning uchun ham ularni in d u k tiv e le k tr m a s h in a la ri
deyiladi. 0 ‘zgaruvchan tok kuchlanishini o ‘zgartirib beruvchi
transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o ‘ziga xos turidir.
E le k tr-m a s h in a v iy o ‘z g a rtg ic h la r (masalan, o ‘zgaruvchan tok
chastotasini va fazalar sonini o‘zgartira
oladigan,) va kam quwatli elektr
signallar vositasida nisbatan katta quwatli obyektlami boshqarishga imkon
beruvchi e le ktr-m a sh in a viy k u ch a y tirg ich la r ham EMO‘ hisoblanadi.
Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim
o ‘tkazgich (tranzistor, tiristor)li o ‘zgartgichlar va kuchaytirgichlar
sanoatda keng qoilanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o ‘zgartgichlar
va kuchaytirgichlarni amalda qo‘llash sohalari ancha kamaygan.
Elektr mashinalarining tasnifi. A y la n u v ch i q ism li e le k tr m a sh in a la ri
tokning turiga ko‘ra o ‘zg aru vch an va o ‘zgarm
as tok mashinalariga
bo'linadi. 0 ‘zg aruvchan tok e le k tr m a sh in a la ri ishlash prinsipiga bog'liq
holda asinxron, sinxron va k o lle k to rli mashinalarga bo‘linadi (K. 1-
rasm).
Asinxron m ashinalar tuzilishi, ishga tushirish va texnik xizmat
ko‘rsatishning oddiyligi hamda yuksak ishonchliligi kabi afzalliklari
tufayli turli xo‘jalik sohalarida asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi.
Sinxron mashinalar elektr stansiyalarida sanoat chastotali (f = 50
Gz) o ‘zgaruvchan tok ishlab chiqamvchi generatorlar va mustaqil elektr
energiya iste’molchilari (samolyotlar, katta kemalar va boshq.) uchun
yuqori chastotali generatorlar sifatida qo‘llaniladi.
Oizgaruvchan tok kollektorli mashinalari
asosan elektr motorlari
sifatida ishlatiladi. Ularning konstruksiyasi murakkab va cho‘tkakollektor qurilmasining tez-tez
profilaktik ko‘zdan kechirish (yoki
ta’mirlash) zaruratining tug‘ilib turishi tufayli ulardan amalda kam
foydalaniladi. Avtomatika qurilmalarida hamda maishiy xizmat va uy
xo'jaligi elektr uskunalarida universal, ya’ni 0 ‘zgaruvchan va o ‘zgarmas
toklarda ishlay oladigan kollektorli mashinalar qo‘llaniladi.
0 ‘zgarmas tok mashinalari ko‘pchilik hollarda elektr motorlari
sifatida aylanish chastotasi keng kolamda o‘zgartirilishi
talab qilinadigan
elektr yuritma qurilmalarida ishlatilib, avtomatik rostlash sistemalarida
esa ijrochi motorlar va taxogeneratorlar sifatida keng foydalaniladi.
T ra n sfo rm a to r — o ‘zgaruvchan tok kuchlanishini o ‘zgartiradigan
(bu jarayonda chastota f - const) Statik (aylanuvchi qismi bo‘lmagan)
elektromagnit o ‘zgartgichdir. Lekin transformatoming ishlash prinsipi
ham elektr mashinalariniki singari elektromagnit induksiya hodisasiga
asoslanganligi va o‘zgaruvchan tok mashinalaridagi fizik jarayonlar ko‘p
jihatdan transformatordagiga o'xshaganligi uchun ushbu kursda
transformatorlar nazariyasi asoslarini o ‘rganish o'zgaruvchan tok
mashinalari nazariyasini yanada chuqurroq tushunib olishga imkon beradi.
Elektr mashinalari
quyidagicha tasniflanadi, ya’ni quwatiga ko‘ra: 1)
500 W gacha — elektr mikromashinalari; 2) 0,5< P<10 kW — kam quwatli;
3) 10200 kW — katta quwatli;
aylanish chastotasiga ko‘ra: a) n = 300 ayl/min. gacha — kam
tezlikli; b) n =300 -s- 1500 ayl/min — o ‘rta tezlikli; d) 1500 < n < 6000
ayl/min — katta tezlikli; e) n > 6000 ayl/min — o ‘ta katta tezlikli
elektr mashinalari.
Elektr mashinalarida rotor va stator magnit maydonlarining o'zaro qo‘zg‘almasligi
hamda elektr
mashinalarining generator va motor
rejimlarida ishlash mumkinligi elektr mashinalari nazariyasining asosiy
q o id a la rid ir.

Sinxron va asinxron mashinalarda aylanma magnit maydon hosil qihsh
usullari har xil bo‘lsa ham (masalan, sinxron generatorda rotor bilan
birga aylanadigan qo‘zg‘atish chulg‘amiga o ‘zgarmas tok berib aylanma
magnit
maydon hosil qilinsa, uch fazali asinxron motorda esa bunday
maydon stator chulg‘amidan uch fazali tok o ‘tganda hosil bo‘ladi),
stator chulg‘amida elektromagnit induksiya qonuniga asosan aylanma
magnit maydon tufayli EYK laming hosil bo‘lish jarayoni bir xil kechadi.
Sinxron generatorlaming stator chulg‘ami o ‘tkazgichlariga (o‘ramlariga
ham) nisbatan har xil qutbiylikdagi (ishoradagi) qutblar navbatmanavbat o ‘tishi tufayli hosil
bo‘ladigan EYK o ‘z yo‘nalishini o ‘zgartirib
turadi, ya’ni o'zgaruvchan bo‘ladi. Magnit maydon bir marta aylanganida
o ‘tkazgichdagi EYK ning davri “p” ga, ta aylanganida esa “pn” ga
teng bo‘ladi; demak, uning chastotasi: f, = pn / 60.
Mashina havo oralig'ining “x ” nuqtasidagi o ‘tkazgich EYK ning
oniy qiymatini aniqlash formulasi
umumiy hoi uchun quyidagicha
yoziladi:
^ , = B5x/5v . (10.7)
Bundan, rotoming burchak tezligi v ni o ‘zgarmas qilmganda va stator
chulg'ami o ‘tkazgichining aktiv (magnit maydon ta’siridagi) uzunligi
/5 = const bo‘lganligi tufayli, EYK magnit maydonga mutanosib ravishda
o ‘zgarib, uning vaqt bo‘yicha o ‘zgarish shakli mashina havo oralig'idagi
magnit induksiya V8 ning qo‘sh qutb bo‘linmasi (2x)dagi taqsimlanishini
takrorlaydi
U m um iy holda induksiyaning taqsimlanish shakli nosinusoidal
xarakterda bo‘ladi. Induksiyaning egri chizig‘i absissalar o ‘qiga
va qutblar
o ‘qiga nisbatan simmetrik boMganligi tufayli, bu egri chiziqni Fure qatoriga
yoyganda, unda faqat toq garmonikalar bo'ladi

10>