Reja:
Elektr mashinalari
Elektr mashinalar mehanik energiyani elektr energiyasiga yoki elektr energiyani mehanik energiyasiga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Mehanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartiradigan mashina generator, elektr energiyani mehanik energiyaga o‘zgartiradigan mashina esa dvigatel deyiladi.har qanday elektr mashinasi ham generator, ham dvigatel rejimida ishlashi mumkin. Tok turi zanjirida ishlashiga harab elektr mashinalar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok mashinalariga bo‘linadi.
O‘zgaruvchan tok mashinalari asinxron va sinhron mashinalarga bo‘linadi va bir fazali yoki uch fazali bo‘lishi mumkin. Amalda
sinhron mashinalar generator, asinxron mashinalar esa dvigatel rejimida ishlatiladi. Barcha elektr mashinalarning ishlash prinsipi elektrodinamika qonunlariga, ya’ni elektromagnit induksiya va elektromagnit
kuchlar qonunlariga asoslangan. Agar doimiy magnit yoki elektromagnit maydoni (N-S) qutblari orasiga joylashtirilgan ramka n tezlik (soat mili yo‘nalishida) bilan
aylantirilsa (tashqi aylantirish manbayi yordamida), u holda elektromagnit
induksiya qonuniga binoan ramkaning aktiv a-b va c-d o‘tkazgichlarida
(magnit oqimi liniyalariga perpendikulyar harakatlanadigan) yo‘nalishi o‘ng qo‘l qoidasi bilan aniqlanadigan EYuK induksiyalanadi (15-rasm).
Bu o‘tkazgichlar magnit oqimga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishlarda
bir vaqtda harakatlangani uchun undagi EYuK ham qarama-qarshi
yo‘nalishda bo‘ladi. Elektromagnit induksiya qonuniga binoan ikki o‘tkazgichlar EYuK lari yig‘indisiga teng bo‘lgan ramkaning EYuK e = dF/dt shartdan aniqlanadi, chunki F=BS, va V = const. U holda e=DBds/dt, ya’ni
magnit oqimining yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan ramka maydoni
o‘zgarsa EYuK o‘zgaruvchan sinusoidal bo‘ladi. Agar ramkaning uchlarini
tashqi yuklama orqali tutashtirsak, u holda EYuK ta’sirida berk zanjirdan
i tok oqib o‘tadi. Shunday qilib ramkani aylantirishga sarf bo‘lgan mehanik
energiya tashqi iste’molchiga uzatiladigan elektr energiyasiga aylanadi.
Agar magnit maydoniga (N-S) kiritilgan ana shu ramkaga tok berilsa,
u holda i tok va F magnit oqimining o‘zaro ta’sirlashishi natijasida
elektromagnit moment (M) vujudga keladi va ramkani aylantira boshlaydi.
Demak, elektr energiya mehanik energiyaga aylanadi, ya’ni mashina dvigatel rejimida ishlaydi.
Ramkaning magnit maydonda bir marta to‘liq aylanishida EYuK sinusoidal ravishda bir davrni bosib o‘tadi. Bu sinusoidal EYuK ning chastotasi ramkaning bir marta to‘liq aylanishida qutblar soniga bog‘liq. Elektr mashinalarda kamida ikkita qutbli bo‘ladi (ular doimo juft sonli bo‘ladi), ya’ni ularni juftlar (juft qutblar) deb hisoblanadi va r-juft qutbli
deb belgilash qabul qilingan. Bizning holda p = 1, lekin mashinalarda
ko‘p juft qutblar bo‘lishi mumkin, u holda ramka bir marta to‘liq aylanganda
unda sinusoidal EYuK ning bir necha davrlari vujudga keladi. EYuK ning
chastotasi f ~ r, lekin ramkaning aylanish tezligi 1 ayl/min emas, balki n
ayl/min ga teng, u holda mashinada induksiyalangan EYuK ning chastotasi bo‘ladi.
Ya’ni har qanday elektr mashinada juft qutblar soni, aylanish
tezligi va induksiyalangan EYuK chastotasi orasida uzviy bog‘lanish mavjud. Mashinalarda bir o‘ramli emas, balki ko‘p o‘ramli g‘altak lar ishlatiladi. Har qanday elektr mashina qo‘zg‘almas jism — stator va aylanuvchan qism rotordan iborat. Rotor stator ichida erkin aylanishi uchun ular orasida havo tirqishi (millimetr ulushlaridan bir necha millimetrlargacha) qo‘yiladi.
Mashinalar statori qalinligi 0,35 yoki 0,5 mmli elektrotehnik po‘lat
plastinkalardan (transformatorlardagi kabi) yig‘iladi. Plastinkalar
mashinaning turiga harab elektromagnit chulg‘am joylashtiriladigan qutblari
yaqqol ko‘rinib turadigan (o‘zgarmas tok mashinalarda) yoki halqa ichki
sirti bo‘ylab joylashtiriladigan bir tekisdagi yarim yopiq ariqchalari
(o‘zgaruvchan tok mashinalarda) tarzda shtamplanadi va cho‘yandan yoki
po‘latdan quyilgan staninaning ichki tomoniga mahkamlanadi. Staninanig
yon tomonlari rotor vali o‘tkaziladigan qoplama bilan qoplanadi.
Mashinalar rotori ham elektrotehnik po‘lat plastinkalardan yig‘ilib, uning tashqi tomoniga chulg‘am lar joylashtiriladigan ariqchalar o‘yiladi. Rotorlar tuzilishini turli turdagi mashinalarni o‘rganish jarayonida ko‘rib chiqamiz. Mashinalar chulg‘amlari mis yoki alyuminiy simlardan tayyorlanadi va mashina turiga harab rotorga yoki statorga ma’lum tarzda joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |