boMganidan buyon o ‘tgan vaqt ichida radiogen argon uni aniq
o‘lchash uchun yetarli miqdorda to ‘planadi. Agar mineral tarkibida
qancha kaliy va argon borligini aniqlasak va kaliydan argon hosil
bo4lish tezligini bilsak, mineralning
yoshini aniqlashimiz va shu
bilan tarkibiga tekshirilayotgan mineral kiradigan jinsning yoshini
bilishimiz mumkin.
Tabiatda kaliyli minerallar tarkibida uran va toriy bo‘lgan
minerallarga nisbatan ancha ko‘p uchraganligidan bu usul alohida
ahamiyat kasb etmoqda. Bu jihatdan kaliy-argon usuli ancha
afzalliklarga ega. Yoshni kaliy-argon nisbati asosida aniqlash uchun
olinadigan natijalaming aniqligiga ishonch hosil bo‘lisn zarur.
Mineral hosil boMganidan buyon o‘tgan uzoq vaqt davomida
kaliyning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan
argon minerallar
saqlanib
qolarmikin,
degan
savol
tugMladi.
Eksperimental
tekshirishlar va o4kazilgan tajribalar Shuni ko‘rsatadiki, slyudalarda
argon juda yaxshi saqlanadi va uranli minerallarda qo'rg‘oshin
to‘planganidek butun argon ham mineralda to‘planadi. Quyidagi
misol yoshni aniqlashda bu usulni qoMlanish mumkinligini yaqqol
ko‘rsatib turibdi. Slyudalar gruppasidan ikki mineral - biotit va
muskovit olindi. Bu minerallar bir tumandan olinib, qo‘rg‘oshin
usuli asosida aniqlanganda ularning yoshi 1800-1900
million yil
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu minerallarning nusxalari analiz qilish
uchun
yoshini
aniqlash
bilan
shug‘ullanuvchi
bir
necha
laboratoriyaga yuborildi.
Ko‘rib turibmizki, barcha laboratoriyalarda bir-biriga juda
yaqin natijalar olindi. Bundan tashqari, xuddi shu jinslaming yoshi
qo‘rg‘oshin
usuli asosida aniqlanib, bir xil raqamlar olindi. Bu,
qo‘llanilgan usullaming maqbulligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Argon usulidan tashqari, keyingi yillarda mbidiy 87 ning
radioaktiv izotopidan stronsiy to‘planishiga asoslangan rubidiy-
stronsiy usuli ishlab chiqildi. Rubidiyning parchalanish tezligini
bilsak va mineral tarkibida qancha rubidiy va stronsiy borligini
aniqlasak shu miqdordagi stronsiyning to cplanishi uchun zarur
bo‘lgan vaqtni hisoblab chiqarishimiz mumkin.
Yoshni rubidiy-
stronsiy usulida aniqlash uchun ko‘p hollarda yoshini argon va kaliy
nisbati asosida bilish mumkin boMgan kaliyda minerallar maqbuldir.
218
Bu xol minerallaming yoshini ikkita mustaqil usul asosida aniqlash
imkonini beradi. Har ikka usul asosida olingan natijalarni taqqoslab
ko‘rish hisoblab chiqilgan raqamlarning to‘g‘riligi yoki noto‘g‘riligi
haqida fikr yurgizishga imkon beradi. Buni hisoblab chiqilgan
yoshJarning bir-biriga mosligi yoki bir-biridan farqiga qarab bilish
mumkin.
Yaqindagina
minerallaming
yoshini
reniy
usulida
aniqlashning dastlabki natijalari olindi.
Minerallaming yoshini bu
usul asosida aniqlash uchun tarkibida reniy boigan minerallarda
osmiy 187 ning to‘planishidan foydalanildi. Lekin, reniyga boy
minerallar tabiatda kam uchraganligi sababli bu usul keng
tarqalmadi.
Har xil tog‘ jinslarining yoshini radioaktiv usullar asosida
aniqlash yuzasidan olib boriigan g‘oyat katta ishlar natijasida turli
geologik zamonlarda paydo bo'lgan tog‘
jinslarining absolyut
geoxronoiogiyasiga oid juda ko'p ma'lumotlar olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: