– 108 –
1-savol
Tamaki tutuni o‘pkalarga yutiladi. Tutundagi
smola o‘pkalarga yig‘iladi va bu o‘pkalarning nor-
mal faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Quyidagilarning
qaysi biri o‘pkalarning funksiyasidir?
A Kislorodga to‘yingan qonni tanangizning barcha qismlariga yetkazib
berish
B Siz nafas olayotgan kislorodning bir qismini qoningizga o‘tkazib berish
C Karbonat angidrid miqdori nolga tushgunga
qadar qoningizni tozalash
D Karbonat angidrid molekulalarini kislorod molekulalariga aylantirish
Baholash mezoni
Mazkur savolga javob berish uchun o‘quvchilar nafas olish a’zosi o‘pkaning funksiyasiga
oid bilimlarni yodga olishlari kerak. Agar o‘quvchilar “B Siz nafas olayotgan kislorodning
bir qismini qoningizga o‘tkazib berish” javob variantini tanlashsa, javob to‘liq qabul qilinadi
(1 ball). Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini
baholashga qaratilgan.
2-savol
Tamaki chekish o‘pka saratoni va ba’zi bir boshqa kasalliklarga chalinish
ehtimolligini oshiradi.
Tamaki chekkanda quyidagi kasalliklarga chalinish ehtimolligi ortadimi?
Har bir qatorda “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling.
Tamaki chekkanda quyidagi kasalliklarga
chalinish ehtimolligi ortadimi?
Ha yoki Yo‘q?
Bronxit
Ha / Yo‘q
OITV yoki OITS
Ha / Yo‘q
Suvchechak
Ha / Yo‘q
Baholash mezoni
Agar quyidagi ketma-ketlikda uchta to‘g‘ri javob belgilansa, javob to‘liq
qabul qilinadi
(1 ball): Ha, Yo‘q, Yo‘q. Javob yo‘q yoki boshqa javoblar qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini
baholashga qaratilgan.
– 109 –
3-savol
Ba’zi odamlar chekishni tashlashga o‘ziga yordam berishi uchun nikotinli
plastirlardan foydalanishadi. Plastir teriga yopishtiriladi va qonga nikotin ajralib
chiqadi. Odamlar chekishni to‘xtatganlarida yuzaga keladigan kuchli xohishni
so‘ndirish va simptomlarni yo‘qotishga yordam beradi.
Nikotinli plastirlarning samaradorligini o‘rganish maqsadida tasodifiy tanlash yo‘li bi-
lan chekishni tashlashni xohlovchilardan 100 kishilik guruh shakllantirildi.
Ushbu guruh
olti oy davomida tadqiq etildi. Nikotinli plastirlarning samaradorligi guruhdagi necha nafar
odam tadqiqot oxiriga qadar chekishni qaytadan boshlamaganliklari bilan aniqlandi.
Quiydagilarining qaysi biri
eng yaxshi
tajriba rejasidir?
A Guruhdagi barcha odamlar plastirlardan foydalanishadi.
B Hamma plastirlardan foydalanadi, faqat bitta odam
undan foydalanmasdan turib,
chekishni tashlashga harakat qiladi.
C Chekishni tashlashga yordam berishi uchun plastirlardan foydalanish yoki
foydalanmaslikni odamlarning o‘zlari tanlashadi.
D Tasodifiy yo‘l bilan tanlanganlarning yarmi plastirlardan foydalanishadi va qolgan
yarmi esa ulardan foydalanishmaydi.
Baholash mezoni
Agar “D Tasodifiy yo‘l bilan tanlanganlarning yarmi plastirlardan foydalanishadi va
qolgan yarmi ulardan foydalanishmaydi” degan javob tanlangan bo‘lsa, javob to‘liq
qabul
qilinadi (1 ball). Javob yo‘q yoki boshqa javoblar qabul qilinmaydi (0 ball).
Do'stlaringiz bilan baham: