– 95 –
3-savol
“Oltinrang rjanka” matnini o‘qing. Savolga javob berish uchun
bitta yoki bir nechta javob variantini tanlang.
Oltinrang rjankalar migratsiyasi haqidagi qaysi fikrlar xaritalar
yordamida tasdiqlanadi?
Bir
yoki bir nechta
javob variantini tanlashni yodda tuting.
A Xaritalar so‘nggi o‘n yil ichida janub tomonga uchib ketadigan oltinrang rjankalar
sonining kamayganligini ko‘rsatmoqda
B Xaritalar ba’zi oltinrang rjankalarning shimolga uchib kelish yo‘llari janubga uchib
ketish yo‘llaridan farq qilishini ko‘rsatmoqda
C Xaritalar uchib ketuvchi oltinrang rjankalar qishni o‘zlari ko‘payadigan yoki uya
quradigan hududdan janubda va janubi g‘arbda o‘tkazishlarini ko‘rsatmoqda
D Xaritalar so‘nggi o‘n yil ichida oltinrang rjankalarning uchib ketish yo‘llari qirg‘oq-
bo‘yi hududlaridan uzoqlashganini ko‘rsatmoqda.
Baholash
mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar xaritalarda ifodalangan ma’lumotlarni
tushunishlari va ulardan oltinrang rjankaning kuz va bahorda uchib ketish yo‘llarini taqqos-
lashda foydalanishlari kerak.
To‘g‘ri javoblar: “B Xaritalar ba’zi oltinrang rjankalarning shimolga uchib kelish yo‘llari
janubga uchib ketish yo‘llaridan farq qilishini ko‘rsatmoqda; C Xaritalar uchib ketuvchi
oltinrang rjankalar qishni o‘zlari ko‘payadigan yoki uya quradigan hududdan janubda va
janubi g‘arbda o‘tkazishlarini ko‘rsatmoqda”
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
Y
er atmosferasiga fazodan tushadigan
toshlar meteoroidlar deb ataladi. Me-
teoritlar Yer atmosferasidan o‘tayot-
ganda kuchli qiziydi va nurlanadi. Meteoritlarning
aksariyat qismi Yer yuzasiga
yetib kelgunga qadar
yonib ketadi. Agar meteoroid Yerga urilsa, krater
deb nomlangan chuqurlikni hosil qilishi mum-
kin.
2.22.
METEOROIDLAR VA KRATERLAR
– 96 –
1-savol
Yuqorida keltirilgan “Meteoroidlar va kraterlar”
matnini o‘qing. Bitta javob variantini tanlang.
Meteoroid Yerga va uning
atmosferasiga yaqinlasha-
yotganda tezligi ortadi. Nima uchun bunday bo‘ladi?
A Meteoroid Yerning aylanishi tufayli tortiladi
B Quyosh nuri
meteoroidni itaradi
C Meteoroid Yer massasi hisobiga tortiladi
D Fazoviy bo‘shliq meteoroidni itaradi
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar fanning mazmuniga oid tegishli
bilimlarni yodga olishlari, jumladan, nima uchun jismlar Yerga
yaqinlashayotganda tezlik
oshishini anglashlari kerak.
To‘g‘ri javob: “C Meteoroid Yer massasi hisobiga tortiladi”.
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
2-savol
“Meteoroidlar va kraterlar” matnini o‘qing. “Tanlang” bandidan
foydalanib, jumlani to‘ldiring.
Planeta atmosferasi planeta yuzasidagi kraterlar soniga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
Planetaning atmosferasi qanchalik qalin bo‘lsa, uning yuzasida
kraterlar shunchalik
________bo‘ladi, chunki atmosferada
________
meteoroidlar yonib ketadi.
Tanlang:
►
ko‘proq
►
kamroq
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar planeta atmosferasining qalinligi, me-
teoroidlarning atmosferada yonib ketishi va planetaning yuzasida paydo bo‘ladigan kraterlar
soni o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirib berishda ikkita tanlovni amalga oshirishlari kerak.
To‘g‘ri javob: “Kamroq kraterlar va ko‘proq meteoroidlar”.
Do'stlaringiz bilan baham: