A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana23.06.2021
Hajmi0,79 Mb.
#99431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Халқаро мун.(лотин)А.Холлиев

 
 
6 mavzu. XVII - XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar va 
diplomatiya. 
 
 


59 
 
XVII  asrning  xususiyati  uning  ilk  yangi  davrning  qoq  markazida 
bo‘lganligidadir.  Ushbu  asrdagi  xalqaro  siyosatning  mazmuni  va  tamoyillarini  hosil 
qilgan  davlatlararo  ziddiyatlar,  bir  tomondan, XVI asrning  merosiga  tayanardi, 
ikkinchi  tomondan  -  ushbu  siyosatning  kelgusi  asrdagi  rivojlanishini,  ma’lum 
darajada,  belgilab  berardi.  Ushbu  davrda  diplomatiyaning  tutgan  o‘rni  yanada 
ahamiyatli bo‘lib bordi, diplomatik xizmatning oyoqqa turishi va takomillashishi ro‘y 
bermoqda edi. Fransuz tili diplomatik aloqalarning rasmiy tiliga aylandi. XVII asrda 
paydo  bo‘lgan  dastlabki  gazeta  va  jurnallardan  siyosiy  va  diniy  kurashda,  demak 
xalqaro  munosabatlarda  ham,  keng  foydalanildi.  Bundan  tashqari,  diniy  omilning 
xalqaro  munosabatlar  holatiga  ta’sir  ko‘rsatishi  davom  etardi. XVII asrning 
o‘rtalarigacha  davlatlararo  ittifoqlarning  shakllanishi  va  harbiy  to‘qnashuvlarning 
yuzaga  kelishi  asosan  diniy  tamoyillar  negizida  ro‘y  berardi.  Ko‘p  hollarda  xristian 
dinidagi  turli  konfessiyalarning  (yo‘nalishlarning,  oqimlarning)  vakillari  prinsipial 
raqiblar  sifatida  namoyon  bo‘lardi.  Bu  esa  Evropa  mamlakatlarini  o‘zaro  qarama  - 
qarshiligiga olib kelardi. 
 
Qudratli buyuk davlat - Usmoniylar imperiyasi xalqaro munosabatlarning yana 
bir omili edi. Ulkan harbiy va moddiy kuchga ega bo‘lgan Istanbul Evropada yuzaga 
kelayotgan  xalqaro  munosabatlar  tizimida  muhim  rol  o‘ynardi.  Evropa  davlatlari 
Usmoniylarga qarshi ittifoqlar tuzish yo‘lidan borishardi, garchand imperiyaga yaqin 
joylashgan mamlakatlar tinchlikni saqlashga moyillik bildirsa ham.  
 
Kuchlar  muvozanatini  saqlash  g‘oyasi  xalqaro  munosabatlar  tizimida 
belgilovchi  tamoyillardan  biriga  aylandi.  Yirik  davlatlar  o‘rtasidagi  ziddiyatlar 
alohida  ahamiyatga  ega  edi.  Ushbu  davlatlar  o‘zlarining  atrofiga  o‘rta  va  kichik 
mamlakatlarni  jalb  etib,  turli  ittifoqlar  tuzishardi.  Shu  tarzda  ko‘plab  mamlakatlar 
diplomatik va harbiy nizolarga tortilardi. Asosiy maqsad - birorta davlatning boshqa 
davlat  evaziga  haddan  tashqari  kuchayib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  va  mavjud 
vaziyatni saqlash edi. 
 
Tashqi  siyosatning  asosiy  ko‘rinishlaridan  biri  -  bu  davlatlar  tomonidan  olib 
boriladigan  urushlar  edi.  Xalqaro  nizolarni  keltirib  chiqaradigan  sabablar  orasida 
chegara  mojarolari,  sulolaviy  da’volar,  savdo  molnopoliyasi  uchun  kurash  va 
boshqalarni  ko‘rsatish  mumkin.  Uzoqqa  cho‘ziladigan  tavsifga  ega  bo‘lgan  harbiy 
operatsiyalarning ko‘lami kengayib bordi. Bu esa asosan yollanma askarlardan iborat 
doimiy armiyalarning mavjud bo‘lishini talab qilardi.  
 
O‘ttiz yillik urush (1618 – 1648 yy.) XVII asrdagi xalqaro xayotning eng yirik 
voqeasi  bo‘ldi.  Bu  urush  umumevropa  miqyosdagi  birinchi  urush  edi.  Uning 
girdobiga ko‘plab mamlakatlar tortilib ketdi. 
 
O‘ttiz yillik urushning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash avj oldi. 
XVII  asr  boshida  kontrreformatsiyaning  hujumi  kuchayib  bordi.  Protestantlar 
tomonidan erishgan mavqelarini birin - ketin yo‘qotib borishi nafaqat umumgerman, 
balki  xalqaro  ta’sirga  ega  edi.  Germaniyada  diniy  -  siyosiy  vaziyatning 
keskinlashuvida Evropa davlatlari orasidagi murakkab o‘zarobog‘liklar va ziddiyatlar 
katta rol o‘ynadi. 
 
1608  -  1609  yillarda  bu  erda  nemis  knyazlarining,  konfessional  (diniy) 
negizdagi, ikki harbiy - siyosiy ittifoqi yuzaga keldi - Evangeliya uniyasi (Injilchilar 


60 
 
ittifoqi)  va  Katolik  ligasi.  Ikkala  ittifoq  ham  xorijiy  davlatlarning  ko‘magini  oldi. 
Natijada  Germaniyadagi  har  qanday  harbiy  to‘qnashuv,  davlatlar  orasidagi 
keskinlashgan  munosabatlar  sharoitida,  xalqaro  nizoga  aylanib  ketishi  mumkin  edi. 
Aynan shunday holat O‘ttiz yillik urushning boshida ro‘y berd iva Germaniya harbiy 
harakatlar maydoniga aylandi. 
 
G‘arbiy  Evropaning  siyosiy  hayotidagi  asosiy  to‘qnashuvi  -  bu  Ispaniya  va 
Avstriya Gabsburglari ittifoqining Fransiya bilan qaytadan boshlanib ketgan kurashi 
edi. Ikkala kuch ham qit’aning ushbu qismida ustivorlikga da’vogarlik qilardi. 
 
Chexiyadagi  lokal  nizodan  boshlangan  urush  Shimoliy  Germaniyaga  yoyildi, 
keyinchalik  esa  Markaziy  Evropaning  ulkan  hududlarini  qamrab  oldi.  Evropa 
mamlakatlarining  muayyan  manfaatlari  urushning  turli  bosqichlarida  ularning 
qatnashuvini  belgilab  berdi. O‘ttiz  yillik  urush  to‘rtta  davrdan  iborat:  Chexiya  davri 
(1618 – 1629 yy.), Daniya davri (1625 – 1629 yy.), Shvedlar davri (1630 – 1635 yy.) 
va Fransuz - shvedlar davri (1635 – 1648 yy.). Dastlabki uch davrda Gabsburglarning 
qo‘li baland keldi. Oxirgisida esa imperiya va uning ittifoqchilari mag‘lub etildilar. 
 
Kurashayotgan  tomonlarning  tinkasi  quridi,  asosiy  harbiy  harakatlar  olib 
borilgan  Germaniyada  aholi  xonavayron  etildi.  Natijada  armiyalarning  ta’minotini 
amalga  oshirish  imkonsiz  bo‘lib  qoldi.  Qolaversa,  urushayotgan  mamlkatlarning 
o‘zida ijtimoiy vaziyat keskinlashib bordi. Urushni to‘xtatish zaruriyati yuzaga keldi.  
 
1638 yilning o‘zidayoq Rim papasi va Daniya qiroli urushni to‘xtatishga da’vat 
etishdi. Ikki yildan so‘ng Regensburgdagi German reyxstagi tinchlik muzokaralarini 
boshlash g‘oyasini qo‘llab - quvvatladi. Biroq, sulhni diplomatik tarzda tayyorlashga 
kechroq  kirishildi.  Faqatgina  1644  yilda  Myunsterda  tinchlik  kongressi  ochildi;  bu 
erda  imperator  va  Fransiya  o‘rtasida  muzokaralar  olib  borildi. 1645 yilda 
Vestfaliyaning  Osnabryuk  shahrida  esa  shved  -  german  munosabatlari  muzokaralar 
orqali muhokama qilindi.  
 
1648  yilning  24  oktyabrida  Myunster  va  Osnabryukda  imzolangan  tinchlik 
shartnomalari  nafaqat  ushbu  o‘ttiz  yillikka,  balki  reformatsion  kuchlari  va  ularning 
raqiblari  o‘rtasidagi  qarama  -  qarshiligi  davriga  yakun  yasadi.  Vestfaliya  sulhida 
Evropada hududiy o‘zgarishlar masalalari hal etilgandi. Bundan tashqari, Germaniya 
imperiyasining  siyosiy  tuzilishi,  uning  hududlaridagi  din  masalasi,  Gollandiya  va 
Shveysariyaning  mustaqilligini  xalqaro  huquq  tomonidan  tasdiqlanishi  ham  sulhida 
o‘z  aksini  topdi.  Tinchlik  Evropa  davlatlari  tartibiga  va  Germaniyadagi  vaziyatga 
sezilarli o‘zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar natijasida tuzildi.  
 
Hududiy jihatdan hammadan ko‘proq Shvetsiya foyda ko‘rdi. Bundan tashqari, 
Shvetsiya  katta  pul  to‘lovini  qo‘lga  kiritdi  va  o‘zining  xalqaro  mavqeini  oshirdi. 
Shvetsiya  Boltiqda  hukmronlik  qilish  maqsadiga  erishdi  va  Evropaning  buyuk 
davlatiga aylandi. 
 
Fransiya  ham  o‘ziga  kerakli  siyosiy  natijaga  erishdi  -  Germaniya 
imperiyasining  siyosiy  mavqei  zaiflashdi  va  uning  hududiy  tarqoqligi  saqlanib 
qolindi. Hududlarga ega bo‘lish masalasida esa Fransiya imperiya hisobidan nisbatan 
oz erlarni qo‘lga kiritdi. 
 
Vestfaliya  sulhi  Germaniyaning  siyosiy  tarqoqligini  ikki  yuz  yilga 
mustahkamladi.  Nemis  knyazlari  o‘zaro  ittifoqlar  va  horijiy  davlatlar  bilan 


61 
 
shartnomalar  tuzish  huquqini  qo‘lga  kiritishdi.  Bu  esa  ularning  suverenligini 
ta’minladi. Vestfaliya sulhidan so‘ng imperiyaning o‘zi, rasman saylanadigan monarx 
va  doimiy  reyxstaglari  mavjud  davlatlar  ittifoqi  bo‘lib  qolib,  amalda  “imperiya 
mansabdorlarning”  quramasiga  aylandi.  Katolitsizm  va  lyuteranlik  bilan  bir  qatorda 
kalvinizm  ham  imperiyada  rasmiy  din  maqomini  oldi.  Vestfaliya  sulhi  natijasida 
Ispaniya  urushlarining  bir  qismini  yakunladi  xolos:  Fransiyaga  qarshi  harbiy 
harakatlar davom ettirildi. Ular orasidagi tinchlik faqatgina 1659 yilda tuzildi.  
 
Gabsburglarning  Evropadagi  ustivorligiga  Vestfaliya  sulhi  barham  berdi. 
Yagona  xristian  imperiyasini  barpo  etish  g‘oyasi,  hamda  Ispaniyaning  katolik 
zo‘ravonligi  puchga  chiqdi.  Shunday  bo‘lsa  ham,  Avstriya  imperiyasining  o‘zi 
urushda  mag‘lubiyatga  uchramadi,  nemis  knyazlari  esa  (ham  katoliklari,  ham 
protestantlari)  o‘zining  to‘la  suverenligida  mustahkamlanishdi.  Vestfaliya  sulhi, 
Evropada kuchlarning yangi nisbatini o‘rnatib, ikki yirik tarixiy davrning chegarasiga 
aylandi. 
 
XVII  asrning  o‘rtalari  xalqaro  va  diplomatik  munosabatlarda  yangi  davrni 
ochib berdi. Hukmdorlarning sulolaviy  manfaatlari, o‘zining davlatiga  Yangi erlarni 
qo‘shib  olishga  intilish  XVII  asrning  ikkinchi  yarmi  -  XVIII  asrda  xalqaro 
munosabatlarga  katta  ta’sir  ko‘rsatishni  davom  etardi.  Shu  bilan  bir  qatorda  yangi 
omil kuchayib bordi - dengiz orti mustamlakalari va dengiz yullarini egallash uchun 
kurash;  Evropada  va  undan  tashqarida  xom  ashyo  va  mol  chiqarib  sotish  bozorlari 
orqasidan raqobat.  
 
Ushbu  omillarning  jiddiy  ta’siri  ostida  buyuk  davlatlar  o‘rtasidagi  kuchlar 
nisbati  o‘zgardi.  Markazlashgan  monarxiyalari  ilgariroq  yuzaga  kelgan  davlatlar 
XVII  asrning  ikkinchi  yarmi  -  XVIII  asrning  birinchi  yarmida  etakchilik  qilishdi. 
Ushbu davlatlarda hukmron xonadonning sulolaviy manfaatlari nisbatan umumdavlat 
manfaatlariga  omili  ustunlik  qilgan.  Iqtisodiyotning  rivojlanish  darajasi,  armiya  va 
flotning ahvoli o‘ta muhim rol o‘ynardi. 
 
XVII  asrning  ikkinchi  yarmi  -  XVIII  asrning  boshida  G‘arbiy  Evropada 
Fransiya  etakchilik  qilardi.  Evropaning  xalqaro  xayotidagi  yangi  vaziyat  Lyudovik 
XIV  hukmronligining  boshlanishiga  to‘g‘ri  keldi.  Fransiya  tomonidan  Evropada 
ustivorlikka  intilishi  bir  qator  urushlarni  keltirib  chiqardi  -  ki,  ularda  Evropaning 
ko‘plab davlatlari qatnashdi. Ular turli, lekin albatta Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga 
(ittifoqlarga) birlashishdi.  
 
Fransiyaning Evropada tashqi siyosiy ustivorligining o‘rnatilishiga qator qulay 
sharoitlar yordam berdi. Angliyada Styuartlarning tiklanishidan so‘ng (1660 y.) Karl 
II  va  Yakov  II  muxolifat  bilan  kurashish  uchun  xorijdan,  birinchi  galda  Lyudovik 
XIV-dan,  yordam  izlashni  boshladilar.  Fransiya  ingliz  qirollariga  doimiy  tarzda  pul 
subsidiyalarini  berardi.  Shunday  “moliyaviy  diplomatiya”  orqali  Lyudovik  XIV 
Angliyani  qit’adagi  faol  siyosatdan  30  yilga  (1688  yildagi  davlat  to‘ntarilishigacha) 
chetlatib qo‘ydi. O‘ttiz yillik urush Ispaniya va Avstriya Gabsburglarining an’anaviy 
yakdilligini  yo‘qqa  chiqardi.  Gabsburglarning  ikkala  sulolasi  ham  XVII  asrning 
ikkinchi  yarmida  jiddiy  ichki  qiyinchiliklarni  boshidan  kechirayotgan  edi, 
Avstriyaning esa Usmoniylar imperiyasi bilan munosabatlari yana keskinlashdi. XVII 
asrning  60  -  yillarida  Usmoniylar  imperiyasi  Evropadagi  egaliklarini  kengaytirishga 


62 
 
va  G‘arb  tomon  yanada  uzoqroqqa  siljishga,  Bolqon  ortiga  o‘tishga  urinishlarini 
qaytadan boshladi.  
Fransiya  dastlabki  ikki  yirik  urushini  (1667  -  1668; 1672 –  1678  yy.)  boy  va 
sanoati  rivojlangan  Ispan  Niderlandlari  uchun  olib  bordi. “Golland  urushlari” 
Lyudovik  XIVga  to‘la  g‘alabani  keltirmadi  (ya’ni  butun  Ispan  Niderlandlarining 
bosib  olinishi),  ammo  Aaxen  (1668y.)  va  Nimvegen  (1679y.)  tinchlik 
shartnomalariga  ko‘ra  Fransiya  o‘z  erlariga  Janubiy  Niderlandlarining  qator 
shaharlarini  (Lill,  Valansen,  Kambre  va  boshq),  hamda  Muqaddas  Rim 
imperiyasining Fransh - Konte viloyatini qo‘shib oldi. Tinchlik imzolanganidan so‘ng 
Lyudovik  XIV,  turklarning  Venaga  solgan  Yangi  tahdididan  foydalanib, 1681 yilda 
Elzas viloyatining markazi - Strasburg shahrini bosib oldi.  
 
1684  yilda  imperator  Leopold  I  (1658  -  1705yy.)  va  Ispaniya  qiroli  Karl  II 
(1665 - 1700yy.) Regensburgda Lyudovik XIV bilan shartnoma imzolashdi. Unda 20 
yil yarash ahdi ko‘zda tutilgandi va Fransiyaning hududiy istilolari tan olindi. 
 
Fransiyaning muvaffaqiyatlari 1686 yilda, Vilgelm III Oranskiy tashabbuskori 
bo‘lgan, Augsburg ligasi deb nomlangan mudofaa ittifoqining tashkil etilishiga sabab 
bo‘ldi. Augsburg ligasi tarkibiga Gollandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Savoyya, Avstriya, 
ayrim  nemis  kurfyurstliklari  va  italyan  davlatlari  kirishdi.  Ittifoqqa  Rim  papasi 
Innokentiy  XI  xomiylik  qildi.  Angliyada  1688  yilda  ro‘y  bergan  “Shonli  inqilob” 
natijasida  Niderlandlar  stautxauderining  ingliz  taxtiga  o‘tirishi  Angliyaning 
koalitsiyaga qo‘shilish uchun imkon yaratdi. 
 
1688  yilda  Lyudovik  XIV  deyarli  butun  Evropaga  qarshi  o‘zining  uchinchi 
urushini  boshladi.  Harbiy  harakatlar  quruqlikda  va  dengizda  olib  borildi.  Evropa 
maydonlarida  g‘alabalarga  erishgan  Fransiya  ingliz  flotidan  mag‘lubiyatlarga 
uchrardi.  Urush  1697  yilda  Risvik  sulhining  imzolanishi  bilan  yakunlandi.  Hududiy 
jihatdan  deyarli  urushdan  oldingi  holat  tiklandi.  Fransiya  faqat  Strasburgni  va 
imperiya bilan chegaradagi ayrim erlarni o‘zida saqlab qoldi. Fransiyaning eng katta 
siyosiy yon berishi - Vilgelm III Oranskiyni ingliz qiroli sifatida tan olishi edi. 
 
Risvik  sulhidan  uch  yil  o‘tgandan  so‘ng  Lyudovik  XIV  o‘zining  to‘rtinchi, 
oxirgi  urushini  -  “ispan  merosi”
1
  uchun  urushni  (1701-1714yy.)  boshladi.  Ispaniya 
taxtining  bo‘shab  qolganligi  (ispan  Gabsburglaridan  bo‘lgan  farzandsiz  Karl  II  ning 
1700 yilda vafotidan so‘ng) ushbu urushga bahona bo‘ldi. 
Vilgelm  III  Oranskiy, imperator  Leopold I, german  knyazlarining ko‘pchiligi, 
Bryunderburg  kurfyursti  (1701  yildan  Prussiya  qiroli),  Portugaliya,  Savoyya 
Fransiyaga  qarshi  chiqishdi.  Ispaniyadan  tashqari,  faqatgina  Bavariya  kurfyursti  
(unga Ispan Niderlandlari va Pfals va’da qilingandi) va Kyoln arxiepiskopi Lyudovik 
XIV  ning  ittifoqchilari  bo‘lib  qolishdi.  Lyudovik  XIV  Fransiyaning  an’anaviy 
ittifoqchisi  - Shvetsiyadan katta umidlari bor edi. Shvedlar o‘sha davrda Evropadagi 
eng ilg‘or armiyaga ega edilar. 
Ammo Shvetsiya Shimoliy urushda (1700 - 1721yy.) o‘ralashib qoldi va Fransiya 
hech qanday yordam beraolmadi.  
                                                 
1
  Ispan merosi” -  bu Yangi Dunyodagi (Amerika) ulkan mustamlakachilik imperiyasi, hamda 
ispan qirolining Evropada yoyilib ketgan erlari. 
 


63 
 
 
Harbiy harakatlar asosan Italiya, Ispaniya, Niderlandlar, hamda Germaniya va 
Fransiyaning  ular  bilan  chegaradosh  hududlarida  olib  borildi.  Fransiyani  to‘la 
mag‘lubiyatdan  uning  dushmanlari  lageridagi  kelishmovchiliklar  va  ularning  ichki 
qiyinchiliklari saqlab qoldi.  
 
1713  yilda  Utrexda  tinchlik  kongressi  ochildi;  unda  Fransiya  va  Ispaniya,  bir 
tomondan  va  Angliya,  Gollandiya,  Brandenburg,  Savoyya,  hamda  Portugaliya, 
ikkinchi  tomondan,  tinchlik  shartnomalariga  imzo  qo‘yishdi.  Ispaniyaga  uning 
mustamlakalari  qoldirildi,  ammo  Filipp  V  Burbon,  o‘zida  faqatgina  ispan  taxtini 
saqlab  qolib,  Fransiya  tojiga  bo‘lgan  da’volaridan  voz  kechdi.  Ersgersog  Karlga 
(1711  yilda  Karl  VI  nomi  bilan  Muqaddas  Rim  imperiyasining  imperatori  bo‘ldi) 
ispan  taxtidan  voz  kechganligi  evaziga  Ispan  Niderlandlari  (Belgiya)  va  Italiyadagi 
barcha  ispan  erlari  (Milan  gersogligi,  Neapolitan  qirolligi,  Sardiniya  va  boshq) 
berildi. 1714 yilda  Utrext  shartnomasiga  Avstriya  ham  qo‘shildi  (1714  yildagi 
Rashtatt  shartnomasi).  Angliya  Pireneydagi  Gibraltar  qal’asini,  Menorkadagi  Maon 
portini, fransuzlarning Shimoliy Amerikadagi sobiq hududlarini (Nyufaundlend oroli, 
Kanadada  avliyo  Lavrentiy  daryosining  quyilish  joyi),  hamda  ispan 
mustamlakalarida  alohida  savdo  huquqlarini,  shu  jumladan  “asiento”ni  (qullar  bilan 
savdo qilish huquqi), qo‘lga kiritdi. 
 
Fransiya  yirik  tashqi  siyosiy  mag‘lubiyatga  uchradi.  Evropada  Fransiyaning 
ustivorligi davri yakunlandi. 
 
XVII  asrning  ikkinchi  yarmida  Shvetsiya  Shimoliy  va  Sharqiy  Evropada 
hukmronlik  qilardi.  Asrning  birinchi  yarmida  Polsha  Sharqiy  Evropa  masalalarida 
etakchilik  qilgan  bo‘lsa,  O‘ttiz  yillik  urushi  yillarida  esa  ushbu  rolni  Shvetsiyaga 
yaqqol  berib  qo‘ydi.  Boltiq  dengizida  shvedlarning  hukmronligi  qo‘shni 
mamlakatlarning  manfaatlariga  zid  kelardi. XVII asrning  oxirida  (1698  -  1699  yy.) 
rus podshosi Pyotr I (1682 - 1725 yy.), Polsha qiroli va Saksoniya kurfyursti Avgust 
II  Kuchli  (1697  -  1733  yy.)  va  Daniya  qiroli  Fridrix  IV (1699 -  1730  yy.) o‘rtasida 
Shimoliy  Ittifoq  tuzildi.  Keyinroq  Prussiya  ham  unga  qo‘shildi. 1700 yilning  3 
iyunida Rossiya va Turkiya o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi Pyotr I-ga 
kuchlarni Shvetsiyaga qarshi kurash olib borish uchun mujassam etishga imkon berdi. 
Ittifoqchi  monarxlar armiyalari  shvedlar qiroli  Karl  XII-ga  (1697 - 1718 yy.) qarshi 
harakatlar olib borishdi. Shimoliy urush boshlandi. 
 
Urush uzoqqa cho‘zildi va omad u yoki bu tomonga o‘zgarib turdi. Urushning 
dastlabki  bosqichida  Karl  XII  o‘zining  mohirona  va  ildam  harakatlari  bilan  rus 
armiyasini  Narva  yonida  (1700  y.)  mag‘lub  etdi  va  Daniya,  Rech  Pospolitaya  va 
Saksoniyani urushdan chiqarib tashlashga erishdi. Rossiya yakka o‘zi urushni davom 
ettirishga  majbur  bo‘ldi.  Biroq,  Karl  Saksoniyada  yo‘qotgan  vaqtdan  Pyotr  I  rus 
armiyasining jangovarligini mustahkamlash va Boltiq bo‘yida o‘rnashib olish uchun 
maksimal tarzda foydalandi.  
 
Rus  armiyasining  Poltava  jangidagi  (1709  y.)  va  yosh  rus  flotining  Gangut 
burnidagi  (Xanko) (1714 y.)  g‘alabalari  urushning  borishini  batamom  o‘zgartirib 
yubordi  va  Shimoliy  ittifoqning  tiklanishiga  ko‘mak  berdi.  Biroq, shvedlarga  qarshi 
koalitsiyani  urushning  oxirigacha  saqlab  qolishga  imkon  bo‘lmadi.  Rossiyaning 
ittifoqchilari,  Shvetsiya  bilan  separat  bitimlarini  birin  -  ketin  tuzib,  urushdan  chiqib 


64 
 
ketishdi. 1718 yilda  Aland  orollarida  rus  va  shved  vakillarining  tinchlik  kongressi 
ochildi.  Ammo  Karl  XII  ning  vafoti  sababli  kongress  to‘xtatildi  va  urush  davom 
ettirildi.  
 
1721  yilda  Fransiyaning  vositachiligida  Nishtadt  shartnomasi  imzolandi. 
Rossiya  va  Shvetsiya  o‘rtasidagi  Shimoliy  urush  tugadi.  Ingermanlyandiya, 
Estlyandiya,  Liflyandiya,  Janubi  -  G‘arbiy  Kareliya  Rossiyaning  ixtiyoriga  o‘tdi. 
Rossiya Boltiq dengizi qirg‘oqlariga chiqdi. 
 
Urush natijasida Shvetsiya buyuk davlat maqomini batamom yo‘qotdi. Rossiya 
qit’aning Shimolida va Sharqida ustunlik mavqeiga ega bo‘ldi.  
 
XVIII  asrning  o‘rtalarida  Markaziy  Evropada  Avstriya  va  Prussiya  o‘rtasida 
raqobat  avj  oldi.  Ushbu  raqobat  umumevropa  ko‘lamidagi  ikki  urushga  olib  keldi  -
“Avstriya  merosi”  uchun  urushga  (1740  -  1748  yy.)  va  Etti  yillik  urushga  (1756  - 
1763  yy.).  Avstriya  -  Prussiya  kurashiga  Evropaning  boshqa  mamlakatlari  aralashib 
ketishdi.  Ushbu  urushlar  davomida  harbiy  harakatlar  nafaqat  Evropada,  balki 
mustamlakalarda ham bo‘lib o‘tdi.  
 
Imperator  Karl  VI  ning  1740  yildagi  vafoti  “Avstriya  merosi”  uchun  urushni 
boshlanishiga  xizmat  qildi. 1713 yil  Pragmatik  sanksiyasiga  ko‘ra  (ayol  naslidan 
taxtga merosxo‘rlik qilish huquqi joriy etildi) taxtga imperatorning 23 - yoshlik qizi 
Mariya  Tereziya  o‘tirdi.  Ammo,  o‘zlarining  majburiyatlariga  zid  tarzda,  Mariya 
Tereziyaning  huquqlariga  nisbatan  da’volarini  nafaqat  Prussiya  va  Fransiya,  balki 
Bavariya, Ispaniya, Savoyya  ham  bildiradi. Bavariya  kurfyursti  esa hattoki  Avstriya 
taxtiga da’vogarlik qildi. Urushni Sileziyani bosib olgan Prussiya boshladi. G‘arbdan 
mamlakat  hududlariga  Karl  Albert  Bavarskiy  o‘z  qo‘shinlari  bilan  bostirib  kirdi. 
Gabsburglarning raqiblari uni Chexiya qiroli va Rim imperatori etib saylashdi (Karl 
VII; 1742 - 1745yy). 
 
Sileziyaning  bosib  olinishi  Prussiyaga  qarshi  ittifoq  tuzilishini  tezlashtirdi. 
Unga  turli  sharoitlar  ostida  va  turli  davrlarda  Avstriya,  Rossiya,  Angliya, 
Niderlandiya,  Saksoniya  va  Sardiniya  kirgandi.  Aksincha,  Fransiya  va  Ispaniya 
Prussiya  bilan  ittifoq  tuzishdi  va  German  millatiga  tegishli  Muqaddas  Rim 
imperiyasining tojini egallashga qaratilgan Bavariya kurfyurstining intilishini qo‘llab 
- quvvatlashdi.  
 
Vengriyaning  harbiy  yordami  tufayli  Mariya  Tereziya  bavariyaliklarni  tez 
orada  mag‘lub  etishga  va  turmush  o‘rtog‘i  Frans  Lotaringskiyga  Muqaddas  Rim 
imperiyasi  imperatori  unvonini  (Frans  I; 1745 – 1765) qaytarishga  muvaffaq bo‘ldi, 
garchand Sileziya Fridrix II ning qo‘lida qolgan bo‘lsa ham. “Avstriya merosi» uchun 
urushni  yakunlab  bergan  Aaxen  sulhiga  (1748y.)  ko‘ra  Mariya  Tereziya  Parma  va 
Pyachensani  ham  yo‘qotdi.  Lekin  shu  bilan  bir  qatorda  Pragmatik  sanksiyaning 
Evropa tomonidan tan olinishiga erishdi. Fransiya Avstriyaga Niderlandlarda egallab 
olgan  erlarni,  Angliyaga  esa  Hindistondagi  Madrasni  va  Amerikadagi  ayrim 
hududlarni qaytarib berdi. 
 
Urush  natijalari  uning  qatnashchilarini  qoniqtirmadi.  Prussiyaning  Evropada 
buyuk davlatga aylanishi, Avstriyaning Sileziyani qaytarishga intilishi, hamda ingliz - 
fransuz  raqobatining  keskinlashi  yangi  urushning  kelib  chiqishini  muqarrar  qilib 
qo‘ydi.  Buyuk  davlatlar  zo‘r  berib  ittifoqchilarni  qidira  boshlashdi.  Natijada 


65 
 
“diplomatik inqilob” nomini olgan mamlakatlarning sezilarli qayta guruhlashishi ro‘y 
berdi. 
 
Angliya  Prussiya  bilan  ittifoq  tuzdi.  Bunga  javoban  Rossiya,  Avstriya  va 
Fransiya  o‘zlarining  koalitsiyasini  barpo  etishdi  -ki,  unga  Shvetsiya  va  Saksoniya, 
hamda Ispaniya (1761yilda) qo‘shildi.  
 
Etti  yillik  urush  (1756  -  1763yy.)  Fridrix  II  ning  Saksoniyaga  hujumi 
(“preventiv urushi”) bilan boshlandi. Evropada Fridrix II fratsuzlar va avstriyaliklarni 
og‘ir mag‘lubiyatga uchratdi (Rosbax yonidagi jang; 1757y.). Biroq, rus armiyasining 
urushga  Kirishi  Prussiyaning  mag‘lub  bo‘lishini  muqarrar  qilardi.  Rus  qo‘shinlari 
sharqiy  Prussiya  va Pomeraniyani  egallashdi, Gros-Egersdorf va  Kunersdorfda  yirik 
g‘alabalarga  erishib  (1759y.),  berlin  shahrini  vaqtinchalik  qo‘lga  kiritishdi  (1760  - 
1761y.).  Faqat  Elizaveta  Petrovnaning  vafoti  va  taxtga  Pyotr  III  ning  o‘tirishi 
Prussiyani  halokatdan  saqlab  qoldi.  Fridrix  II  ning  shaydosi  bo‘lgan  Pyotr  III 1762 
yilda nafaqat sulh tuzdi, balki Prussiyaning ittifoqchisiga aylandi. 
 
“Mustamlakachilik  maydonida”  mutlaqo  o‘zgacha  manzara  hosil  bo‘ldi.  Bu 
erda  Angliya  Fransiya  va  Ispaniya  ustidan  to‘liq  g‘alabaga  erishdi.  Inglizlar  1759 
yilga kelib Kanadani va 1761 yilda Pondisherni (Hindistonda) egallashdi. 1763 yilda 
Angliya, Fransiya va Ispaniya o‘rtasida imzolangan Parij tinchlik shartnomasi, hamda 
Avstriya,  Fransiya  va  Prussiya  o‘rtasida  imzolangan  Gubertusburg  shartnomasi 
urushga  yakun  yasashdi.  Prussiya  va  Rossiya  o‘rtasidagi  ittifoqchilik  bitimi  taxtga 
Ekaterina II ning o‘tirishi bilanoq bekor qilindi (iyun 1762y.). Shartnomalarga ko‘ra, 
Fransiya  Kanadani  va  Shimoliy  Amerikadagi  boshqa  erlarni  yo‘qotdi.  Bundan 
tashqari,  fransuzlar  faqatgina  beshta  shaharni  o‘zida  saqlab  qolgan  holda, 
Hindistondan ham voz kechishga majbur bo‘lishdi.  
 
Ispaniya  Floridani  Angliyaga  topshirganligi  evaziga  Fransiyadan  G‘arbiy 
Luizianani va tovon pulini oldi. Angliya Fransiyaga Sen - Per va Mikelon orollarini 
topshirdi,  ammo  Menorkani  qaytarib  oldi.  Avstriya  Sileziyani  batamom  yo‘qotdi. 
Prussiya esa Saksoniya kurfyurstiga uning erlarini qaytarib berdi.  
 
Etti  yillik  urush  xalqaro  munosabatlar  tartibida  qandaydir  tub  o‘zgarishlarga 
olib  kelmadi.  Rech  Pospolitaya  va  Usmoniylar  imperiyasining  zaiflashuvi  yangi 
omilga aylanib bordi. 
 
XVII  asrning  oxirigacha  Usmoniylar  imperiyasi  Evropa  uchun  haqiqiy  tahdid 
sifatida  gavdalanardi.  Lekin, XVIII asrning  boshida  Usmoniylar  imperiyasining 
xalqaro  munosabatlar  tizimidagi  mavqei  tub  tarzda  o‘zgardi:  mamlakat  ichki 
inqirozni  va  qo‘shni  davlatlar  bilan  kurashdagi  harbiy  muvaffaqiyatsizliklarni 
boshidan  kechirdi.  Ayniqsa,  bu  holat  Rossiya  bilan  bo‘lgan  to‘qnashuvlarda  ko‘zga 
tashlandi.  Pyotr  I  ning  Shimoliy  urush  davrida  Turkiya  bilan  bo‘lgan  kurashdagi 
mag‘lubiyati  (Prut  bitimi; 1711y.)  sultonlarning  oxirigi  harbiy  g‘alabasi  bo‘ldi. 
Keyingi  rus  -  turk  urushlari  (1735  -  1739; 1768 -  1774;  1787  -  1791)  Turkiyaning 
yirik  harbiy  -  diplomatik  mag‘lubiyatga  olib  keldi.  Natijada  imperiya  Qora  dengiz 
bo‘yidagi  shimoliy  hududlarni  (Janubiy  Ukraina,  Qrim,  Shimoliy  Kavkaz  oldi) 
yo‘qotdi, Rossiya esa iliq dengizlarga chiqishga ega bo‘ldi. 
 
Shimoliy  urush  yakunlaganidan  so‘ng  va  Rossiya  Boltiq  dengizi  sohillariga 
chiqqanidan  keyin  Fransiya  va  Angliya  Turkiya,  Rech  Pospolitaya  va  Shvetsiyadan 


66 
 
iborat  bo‘lagn  “sharqiy  to‘siqni”  barpo  etishni  boshlashdi.  Maqsad  -  Rossiyaning 
xalqaro mavqeini pasaytirish edi. Ruhlantiruvchisi Fransiya bo‘lgan “sharqiy to‘siq” 
tizimiga  javoban  Rossiya  XVIII  asrning  60  -  yillarida  “janubiy  davlatlarga” 
(Fransiya,  Avstriya,  Turkiya,  Neapolitan  qirolligi)  qarshi  yo‘naltirilgan  “shimoliy 
tizimni” (Prussiya va Daniya bilan harbiy ittifoqlar, Angliya bilan 1766 yildagi savdo 
shartnomasi) barpo etdi.  
 
Sharqiy  masala  bilan  bir  qatorda  XVIII  asrning  70  -  90chi  yillarida  xalqaro 
munosabatlarda  Polsha  masalasi  katta  o‘rin  egalladi. XVIII asrning  o‘rtalariga  kelib 
Rech  Pospolitaya  hududiy  jihatdan  Evropaning  eng  yirik  davlatlaridan  biri  bo‘lib 
qolaverdi. Biroq, XVIII asrda  mamlakat  chuqur ichki  inqirozni  boshidan kechirardi. 
Polyak erlariga Prussiya va Avstriya da’vogarlik qilardi, Rossiya esa g‘arbiy belorus 
va  ukrain  erlarini  o‘ziga  qaytarmoqchi  edi.  Fransiyada  ichki  siyosiy  inqiroz  avj 
olganligi,  Angliya  70  -  80  chi  yillarda  Shimoliy  Amerikadagi  mustamlakalari  bilan 
olib  bolgan  urushda  o‘ralashib  qolganligi,  hamda  Usmoniylarning  Evropaga  tahdidi 
bartaraf etilganligidan foydalanib Rossiya, Prussiya va Avstriya 1772, 1793 va 1795 
yillardagi bo‘lib olishlardan so‘ng Rech Pospolitayaning erlarini o‘zaro bo‘lib olishdi 
- polyaklar davlati Evropaning siyosiy xaritasidan o‘chirildi. 
 
Shimoliy  Amerikadagi  ingliz  mustamlakalarining  o‘z  mustaqilligi  uchun 
kurashi  xalqaro  maydondagi  kuchlarning  tartiblanishiga  ma’lum  o‘zgarishlar  kiritdi. 
Shimoliy  Amerikada  Mustaqillik  uchun  urush  (1775  –  1783  yy.)  va  AQSHning 
tashkil  topishi  Evropa  davlatlarini  jadal  harakatlarga  undadi.  Fransiya  1778  yilda 
Angliyaga  urush  e’lon  qildi.  Keyingi  yilda  unga  Ispaniya  qo‘shildi, 1782 yilda  esa 
Gollandiya  ham  Angliyaga  urush  e’lon  qildi.  Fransuzlarning  eskadralari  va 
qo‘shinlari Amerikaga yuborildi. Fransuzlar inglizlarga qarshi harbiy operatsiyalarni 
Hindistonda  boshlashdi,  ispanlar  esa  Gibraltarni  qamal  qilishdi.  Angliya  kuchlarini 
yoyib  yuborishga  majbur  edi,  hamda  dengizdagi  ustunlikdan  mahrum  bo‘ldi. 
Urushning natijasi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq edi. 
 
Rossiyaning  munosabati  ham  AQSHga  qulay  keldi. 1780 yilda  Rossiya 
qurollangan  betaraflikni  e’lon  qildi  va  o‘zining  homiyligida  qurollangan  dengiz 
betarafligi davlatlarining Ligasini (Rossiya, Shvetsiya, Daniya, Gollandiya, Prussiya, 
Avstriya,  Portugaliya,  ikkala  Sitsiliya  qirolligi)  tuzdi.  Betaraflar  Liganing  barpo 
etilishi Angliyaning xalqaro yakkalab qo‘yilishini yakunladi va “shimoliy tizim”ning 
barbod bo‘lishini keltirib chiqardi.  
 
Shimoliy  Amerikadagi  urush  1783  yilda  Versal  shartnomasining  imzolanishi 
bilan yakunlandi. Angliya AQSHning mustaqilligini tan oldi.  
 
Shimoliy Amerikada urush tugaganidan so‘ng Angliya darhol “sharqiy to‘siq” 
g‘oyasiga  qaytadi.  Prussiyaning  ushbu  tizimga  kiritilishi  (1786  yildagi  Angliya  - 
Prussiya  ittifoqi)  yangilik  sifatida  ko‘riladi.  Angliyaning  Prussiya  bilan 
yaqinlashuviga  javoban  Rossiya  Avstriya  bilan  ittifoq  tuzdi  (1781  -  1790).  Inglizlar 
esa  ko‘plab  subsidiyalar  hisobiga  shvedlar  qiroli  Gustav  III-ni  Rossiya  bilan  yangi 
urush boshlashga (1788y) undashdi. Lekin bu urush ham Rossiyaning g‘alabasi bilan 
yakunlandi. 1790 yilda imzolangan Varel sulhi Shimoliy urush natijalarini tasdiqladi.  
 
XVIII  asrning  oxirgi  o‘n  yilligida  xalqaro  munosabatlar  maydonida  Fransuz 
inqilobining  boshlanishi  bilan  bog‘liq  umumiy  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Fransiyaga 


67 
 
qarshi  kurash  Evropa  davlatlari  orasida  yirik  qayta  guruhlanishni  keltirib  chiqardi. 
Ular  Fransiyaga  qarshi  ittifoqlar  tuzishni  boshlashdi. 1792 yildan  (ushbu  yilda 
Fransiyaga  qarshi  birinchi  koalitsiya  tuzildi)  xalqaro  munosabatlarda  yangi  davr  - 
inqilobiy va Napoleon urushlari davri - boshlandi.  
 
XVII  -  XVIII  asrlar  xalqaro  munosabatlarning  muhim  yo‘sini  sifatida 
mustamlakachilik 
masalasi 
gavdalandi. “Eski” 
mustamlakachi 
davlatlari 
hisoblanmish  Ispaniya  va  Portugaliyaga  qarshi  Angliya  va  Gollandiya  kabi  “yosh” 
davlatlar  chiqishdi,  Fransiya  ham  savdo  -  mustamlakachilik  raqobatida  faol 
qatnashdi. Mustamlakalar uchun kurash Yangi Dunyoda (Amerika), Janubi - Sharqiy 
Osiyoda, Hindistonda, G‘arbiy Afrikada bo‘lib o‘tdi. 
 
Mustamlakalarning  bosib  olinishi  va  talanishi  metropoliya  mamlakatlarida 
boyliklarning  ulkan  jamg‘arilishiga,  manufaktura  ishlab  chiqarishning  o‘sishiga 
ko‘maklashdi.  
 
Davlatlar  xomiyligidagi  monopol  savdo  kompaniyalarning  faoliyati  ushbu 
davrning  tavsifiy  xususiyati  edi. XVII -  XVIII  asrlardagi  mustamlakachilik  siyosati 
Evropa  davlatlari  o‘rtasidagi  shiddatli  raqobat  bilan  ifodalanardi.  Ushbu  raqobat 
ko‘plab  harbiy  to‘qnashuvlarga  -  mustamlakalarda va savdoda  ustunlik  qilish uchun 
olib  borilgan  “savdo  urushlari”-  ga  (ingliz  -  golland,  fransuz  -  golland,  ingliz  - 
fransuz urushlari va boshq) zamin yaratib berardi.  
 
Savdo urushlari dunyoning turli chekkalarida olib borildi-ki, ular davomida har 
bir  mustamlakachi  davlat  mustamlakalar  bilan  savdoni  monollashtirishga  intildi. 
Alohida mamlakatlarning mustamlakachilik imperiyalarini shakllantirishiga bir qator 
omillar  ta’sir  etdi:  metropoliya  mamlakatining  ijtimoiy  -  iqtisodiy  qiyofasi,  zabt 
etilgan  mamlakatlarda  aholining  zichligi  va  rivojlanish  darajasi,  sarmoyalarning 
vujudga kelayotgan jahon bozori va boshq. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish