A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana23.06.2021
Hajmi0,79 Mb.
#99431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Халқаро мун.(лотин)А.Холлиев

 
 
 
2 mavzu. Qadimgi Yunonistonda xalqaro munosabatlar va 
diplomatiya. 
 
Qadimgi Yunonistonda osoyishta xalqaro aloqalar huquqning eng qadimgi shakli 
“prokseniya” (ya’ni,  mexmondo‘stlik)  edi.  Prokseniya  alohida  shaxslar,  urug‘lar, 
qabilalar  va  davlatlar  o‘rtasida  mavjud  bo‘lgandi.  Proksenlar  orqali  diplomatik 
muzokaralar  olib  boriladi;  shaharga  etib  kelgan  elchiliklar  birinchi  galda  o‘zining 
prokseniga murojaat qilardi.  
 
Prokseniya qadimgi yunon dunyosining keyingi barcha xalqaro aloqalari uchun 
asos qilib olindi. 
 
“Amfiktioniya”lar ham xalqaro aloqalarning huddi shunday qadimiy shakli edi. 
Alohida  izzat  qilinadigan  ilohning  ibodatxonasi  atrofida  yuzaga  kelgan  diniy 
ittifoqlar  amfiktoniyalar  deb  nomlanardi.  Ushbu  ittifoqlarga  ibodatxona  atrofida, 
qarindoshchilik munosabatlaridan qat’i nazar, istiqomat qiluvchi qabilalar kirardi.  
 
Qabilalar  to‘planib,  bayramlar  o‘tkazilgan  paytda  urush  olib  borish  man 
etilardi,  hamda  “ilohiy  tinchlik”  e’lon  qilinardi.  Shunday  qilib,  amfiktoniyalar 
xalqaro tusdagi diniy - siyosiy tartibga aylanardi.  


20 
 
 
Qadimiy  Yunonistonda  amfiktoniyalar  bir  nechta  bo‘lib,  ularning  orasida  eng 
qadimgisi  va  katta  ta’sirga  ega  bo‘lgani  Delfa  -  Fermopil  amfiktoniyasi  edi.  Delfa 
shahridagi  Appolon  xudosi  ibodatxonasi  qoshidagi  va  Fermopil  shahridagi  Demetra 
xudosi  ibodatxonasi  qoshidagi  amfiktoniyalarning  birlashishi  negizida  ushbu  ittifoq 
yuzaga keldi. Delfa - Fermopil amfiktoniyasi tarkibiga 12 qabila kirgandi. 
 
Delfa - Fermopil amfiktoniyasining asosiy  maqsadi Delfa shahridagi Appolon 
xudosi ibodatxonasini, uning boyliklarini va er egaliklarini qo‘riqlash edi. Shu bilan 
bir  qatorda,  amfiktoniya  ma’lum  jihatdan  umumyunon,  ya’ni  o‘ziga  xos  xalqaro 
qoidalarini  o‘rnatishga  harakat  qilardi-ki,  ularga  amfiktoniyaning  barcha  a’zolari 
rioya  qilishlari  kerak  edi. “Simmaxiya”-lar  nomini  olgan  harbiy  -  siyosiy  ittifoq 
to‘g‘risidagi shartnomalar qadimgi Yunonistonda xalqaro munosabatlarning o‘zgacha 
bir  ko‘rinishini  kasb  etdilar.  Ularning  orasida  eng  yiriklari  Lakedemon  va  Afina 
simmaxiyalari edi. 
 
Lakedemon  simmaxiyasi  miloddan  avvalgi  VI asrda  Peloponnes  shaharlari va 
jamoalarining  ittifoqi  sifatida  vujudga  keldi.  Unga  Sparta  boshchilik  qilardi.  Afina 
shahri  rahbarligidagi  Afina  (Delos)  simmaxiyasi  esa  Yunoniston  -Eron  urushlari 
davrida eronliklarga qarshi kurashish uchun tuzilgandi. 
 
Jamoalar  va  polislar  o‘rtasida  yuzaga  kelgan  nizolar  maxsus  vakillar  yoki 
elchilar, vositachiligida hal etilardi. Qadimgi Yunoniston tarixining “Gomer davrida” 
ular darakchilar (keryuks, angelos) deb atalgan bo‘lsa, klassik davrida esa oqsoqollar 
(presbeys) nomini olgandi. 
 
Elchilik  a’zolarining  soni  turlicha  bo‘lib,  mavjud  sharoitlardan  kelib  chiqib 
belgilanardi.  Elchilik  maqsadlari  elchilarga  berilgan  yo‘riqnomalarda  ma’lum 
qilinardi.  Yo‘riqnomalar  aniq  o‘rnatilgan  tartibda  rasmiylashtirilardi:  bir  -  biriga 
birlashtirilib  tahlangan  ikki  mumlangan  taxtachalardan  (diplomata)  iborat  yorliq 
shaklida edi. “Diplomatiya” atamasi ham shundan kelib chiqadi. 
 
Qadimgi  Yunonistonning  rivojlanishida  ko‘zga  tashlanadigan  aniq  uch  davrni 
ko‘rsatish mumkin:  
1)  Krit - Mikena davri (miloddan avvalgi II ming yillik); 
2)  Polis davri (miloddan avvalgi XI – IV asrlar);  
3)  Ellinizm davri (miloddan avvalgi 334 – 30 yillar). 
Krit  davlati  va  Axeyya  podsholiklarining  mavjud  bo‘lishi  birinchi  davrga  xos 
bo‘lgan  holatdir.  Kritning  Misr  kabi  qudratli  davlatlar  bilan  munosabatlari  do‘stona 
edi, manbalarda elchiliklar bilan almashishlar ko‘rsatib o‘tiladi. Axeya podsholiklari 
qo‘shni  davlatlarga  nisbatan  urushqoq  siyosat  yurgazardilar,  urushlar  olib  borish 
yo‘lida birlashardilar (Troya urushlari - miloddan avvalgi 1240 – 1230 yillar). 
 
Qadimgi  Yunoniston  tarixining  ikkinchi  bosqichida  ijtimoiy  -  iqtisodiy  va 
siyosiy  jihatdan  jamiyatning  ildamlik  bilan  rivojlanishi  ro‘y  berdi.  Klassik  qulchilik 
negizida rivojlangan quldorlik iqtisodiyotiga ega shaharlar - davlatlar - polislar paydo 
bo‘ldi. 
 
Yunon  davlatlari  siyosiy  mustaqilikka  ega  bo‘lganligi  sababli  xalqaro 
munosabatlar  tarixini  polislararo  munosabatlar  sifatida,  qo‘shni  davlatlarga  nisbatan 
esa tashqi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 


21 
 
 
Ushbu  bosqichning eng  muhim  voqealaridan biri  Yunoniston  - Eron urushlari 
edi. Eron ushbu urushlarni aholisi ko‘p va iqtisodiy rivojlangan boy yunon polislarni 
zabt etish maqsadida olib bordi. Yunonlarning Eron davlati bilan olib mil. avv.500 - 
449  yillardagi  to‘qnashuvlari  Yunoniston  -  Eron  urushlari  nomini  olgan,  chunki 
harbiy harakatlar bir necha kompaniyalarga bo‘linadi. 
Yunoniston  - Eron urushlarining asosiy davrlari: 
I. 
Miloddan  avvalgi  500  –  494  yy.  -  Kichik  Osiyoda  joylashgan  yunon 
shaharlarining 
eronliklarga 
qarshi 
qo‘zg‘oloni, 
Afina 
va 
Eretreyaning 
qo‘zg‘olonchilarga yordami; 
II. 
Miloddan  avvalgi  492  –  490  yy.  -  Eronliklarning  Bolqon  Yunonistoniga 
bostirib kirishga urinishlari. 
III. 
Miloddan  avvalgi  480  –  479  yy.  -  Kserksning  Yunonistonga  bosqini  - 
Yunoniston - Eron urushlarining eng yuqori nuqtasi. 
IV. 
Miloddan  avvalgi  478  –  459  yy.  -  harbiy  harakatlar  xarakterining 
o‘zgarishi,  harbiy  tashabbusning  yunonlar  qo‘liga  o‘tishi,  Egey  dengizi  orollari  va 
Kichik  Osiyoda  joylashgan  yunon  shaharlarining  ozod  etilishi.  Afina  harbiy 
qudratining o‘sishi. 
V. 
Miloddan avvalgi 459 – 449 yy. - Afina va uning ittifoqchilarining Misrga 
yurishi, Yunoniston - Eron urushlarining yakunlashi. 
 
Yunoniston-Eron  urushlarida  yunonlarning  vatanparvarligi  va  jasorati  (mil.  avv. 
490yilda Marafon yonidagi jang, mil. avv. 480 yilda Fermopil yo‘lagi yonidagi jang) 
yorqin namoyon bo‘ldi, birlashish zarurligi anglab etildi (Panellin ittifoqi - mil. avv. 
481  y.,  Delos  ittifoqi  -  mil.  avv. 478y.).  Ushbu  lahzalar  polis  iqtisodiyoti  va 
jamiyatining  yuksalishi,  polis  tuzilishining  mukammalik  davrini  boshidan 
kechirayotganligi  bilan  izohlanadi.  Ushbu  jarayonlar  natijasida  yunonlar  qadimgi 
dunyoning  eng  yirik  davlati  sifatida  namoyon  bo‘lgan  Axamoniylar  saltanati  bilan 
bo‘lgan to‘qnashuvda g‘alabaga erishdilar. 
 
Miloddan  avalgi  449  yilda  “Kaliy”  sulhi  tuzildi.  Eron  podshohi  bilan  tinchlik 
tuzish maqsadida Kiprga yuborilgan Afina elchisining ismi Kaliy bo‘lganligi sababli 
ushbu bitim shunday nomlanadi. Tinchlik shartlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 
1.  Eron  podshosi  yunonlarning  Kichik  Osiyodagi  barcha  polislarning 
mustaqilligini  tanidi  va  yunonlarga  qarshi  harbiy  harakatlar  olib  bormaslik 
majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.  
2.  Eron  davlati  bundan  buyon  Egey  dengizi  va  bo‘g‘ozlarga  harbiy  flotini  kirita 
olmasdi.  
3.  YUnon polislari Sharqiy O‘rta er dengizi mintaqasi va Misrga oid masalalarga 
aralashmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oldilar.  
Miloddan  avvalgi  478  yilda  Delos  simmaxiyasining  (ittifoqining)  tashkil  etilishi 
urushning  yana  bir  muhim  natijalaridan  biri  bo‘ldi.  Bu  -  tashqi  siyosatdagi  asosiy 
maqsadlari  bir  -  biriga  mos  kelgan,  tez  sur’atlarda  iqtisodiy  rivojlanishdan 
manfaatdor  bo‘lgan,  bir  xil  demokratik  tuzumga  ega  yunon  shaharlarining 
mustahkam birlashmasi va harbiy ittifoqi edi. Ammo ushbu ittifoqning tashkil etilishi 
paytidan  boshlab  Afinaning  ustunligi  ko‘zga  tashlandi.  Chunki  ushbu  shahar  yirik 


22 
 
boy  polis  bo‘lib, eronliklarga  qarshi  urushning  asosiy  og‘irligini  o‘z  gardaniga  oldi. 
Miloddan  avvalgi  454  yilda  ittifoqining  xazinasi  Delos  orolidan  Afinaga 
o‘tkazilishdan so‘ng ushbu ustunlik yanada yaqqol bo‘lib qoldi.  
 
Ittifoqchilar  Afinaga  teng  a’zolar  sifatida  emas,  balki  ma’lum  jihatdan 
fuqarolar  sifatida  ko‘rilardilar.  Miloddan  avvalgi  454  yil  Delos  simmaxiyasining 
Afina arxesiga (davlatiga) aylanish davrining chegarasi hisoblanadi. 
 
Urushdan so‘ng yunon polislarining gullab - yashnash davri boshlandi. Ushbu 
davr iqtisodiyotning o‘sishi va madaniyatning yuksak rivojlanishi bilan ifodalanadi. 
 
Afina  davlatiga  strateg  sifatida  boshchilik  qilgan  Perikl  birinchi  Afina  dengiz 
ittifoqiga kirgan polislarni birlashtirishga va yagona ittifoqchi davlatni barpo etishga 
intildi.  Bu  esa  dengiz  ittifoqining  ichida  keskin  nizolarga  olib  kelardi.  Bir  vaqtning 
o‘zida tashqi  siyosiy  tusdagi to‘qnashuvlar  ham  etilmoqda  edi: Afina va  Korinfning 
G‘arbga  olib  boradigan  savdo  yo‘llar  uchun  kurashi;  Afina  va  Spartaning 
Yunonistonda  gegemonlik  qilish  uchun  kurashi.  Ushbu  barcha  qarama-  qarshiliklar 
yunon polislarning ko‘pchiligini o‘z domiga tortib ketgan Peloponnes urushiga (mil. 
avv. 431 - 404yy.) olib keldi. Peloponnes urushi ikki asosiy davrga bo‘linadi:  
Birinchi davr - “Arxidam urushi” ( mil. avv.431 - 421yy. ); 
Ikkinchi  davr  -  Afinaliklarning  Sitsiliyaga  qo‘shin  yuborishi  va  “Dekeley” 
urushi (mil. avv. 415 – 404 yy.). 
Miloddan  avvalgi  421  -  415  yillar  davomida  vaqtincha  sulh  saqlandi.  Harbiy 
harakatlar  bir  paytning o‘zida turli  hududlarda  olib  borildi:  Egey  dengizi  havzasida, 
Peloponnesda,  O‘rta  Yunonistonda,  G‘arbiy  viloyatlarda,  Sitsiliyada.  Urushning 
ikkinchi davrida Sparta yordam so‘rab Eron davlatiga murojaat qildi. Ko‘mak berish 
evaziga  eronliklar  Kichik  Osiyoda  joylashgan  yunon  shaharlarini  nazorat  qilish 
huquqini talab qildilar. Sparta bunga rozi bo‘lmadi, biroq rad javobini ham bermadi. 
Bu  -  Yunonistonning  milliy  manfaatlariga  nisbatan  sotqinlik  edi.  Urush  Spartaning 
g‘alabasi  bilan  yakunlandi.  Birinchi  Afina  dengiz  ittifoqi  tarqatib  yuborildi. 
Spartaning gegemonligi davri boshlandi. 
 
Polislar  o‘rtasidagi  doimiy  urushlar  ularning  shundoq  ham  tang  ahvolini 
yanada zaiflashtirardi.  
 
Miloddan  avvalgi  399  yilda  Eron  va  Sparta  o‘rtasida  urush  boshlandi. 
Axamoniylar  orasidagi  sulolaviy  kurashga  Spartaning  aralashuvi  ushbu  urushni 
keltirib  chiqardi.  Sparta  urushning  oxirida  qilgan  sotqinligi  tufayli  o‘zini  yunonlar 
oldida  obro‘  -  e’tiborini  tiklashga  va  Kichik  Osiyoda  joylashgan  yunon  shaharlarini 
ozod  etishga  intildi.  Biroq  miloddan  avvalgi  395  yilda  Ahamoniylar  yordamida 
tuzilgan  koalitsiya  (ittifoq)  Spartaga  qarshi  urush  boshladi.  Ushbu  ittifoqqa  Afina, 
Korinf, Fiva kirdi. Polislarning zaiflashuvi va iqtisodiyotining tanazzulga yuz tutishi 
o‘sha davrda ularning barchasini boy Eron davlatiga nisbatan qaram qilib qo‘ygandi. 
Eron  urushayotgan  tomonlarini  tinchlik  shartlarini  qabul  qilishga  faktik  jihatdan 
majburladi (mil. avv. 387 yilda tuzilgan “Antalkid” sulhi); Eron davlati Kichik Osiyo 
shaharlari  ustidan  bo‘lgan  hokimiyatini  tikladi,  eronliklar  flotiga  Egey  dengiziga 
kirish  ruxsat  etildi,  yunon  polislari  ustidan  kuzatish  va  nazorat  qilish  Spartaga 
topshirildi.  Spartaning  siyosati  davlatlar  muhtoriyatini  buzish,  demokratlarga  jazo 
berish,  oligarxik  tartiblarni  o‘rnatish  orqali  o‘z  ifodasini  topdi.  Sparta  yunonlar 


23 
 
erkinligi va mustaqilligining asosiy dushmaniga aylandi. Miloddan avvalgi 382 yilda 
ro‘y  bergan  oligarxik  to‘ntarishdan  keyin  Fiva  demokratlari  mil.  avv. 379 yilda 
demokratik  tuzumni  tiklashdi  va  mil.  avv.VI  asrdayoq  mavjud  bo‘lgan  Beotiya 
ittfoqini  qaytadan  vujudga  keltirishdi.  Miloddan  avvalgi  378  -  377  yillarda  Sparta 
bilan kurashish uchun Ikkinchi Afina dengiz ittifoqi tuzildi. Levktra shahri yonidagi 
jangda (mil. avv. 371 y.) fivaliklar Sparta qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratishdi va 
ushbu  voqea  Spartaning  engilmasligi  to‘g‘risidagi  afsonani  yo‘qqa  chiqardi. 
Mantiney  yonidagi  jangda  (mil.  avv. 362y.)  fivaliklar  sarkardasi  Epaminondning 
o‘limidan  so‘ng  Fiva  shahrining  qisqa  muddatli  yuksalishi  yakunlandi.  Bunga 
Fivaning  kuchayishidan  qo‘rqib  qolgan  Afinaning  fivaliklarga  nisbatan  g‘arazli 
munosabati  sabab  bo‘ldi.  Biroq,  Afinaning  Ikkinchi  Afina  dengiz  ittifoqida  o‘z 
ustivorligini o‘rnatishga qaratilgan urinishlari ittifoqchilarning qarshiligiga uchradi va 
“Ittifoqchilar  urushi”ga  olib  keldi  (mil.  avv. 357 -  355yy.).  Ushbu  urush  ittifoqning 
tarqalib ketishi bilan yakunlandi. 
 
Shu  davrda  Yunonistonning  shimolida  yangi  harbiy  -  siyosiy  kuch  sifatida 
Makedoniya  namoyon  bo‘ldi.  Miloddan  avvalgi  346  yilga  kelib  Makedoniya 
podshosi  Filipp  II  tomonidan  oldin  Fessaliya,  so‘ngra  Fokida, Xolkidika  va  Frakiya 
sohili  bosib  olindi.  Afinada  va  Yunonistonning  boshqa  polislarida  Makedoniyaga 
qarshi va tarafdor partiyalar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tardi. Demosfenning harakatlari 
tufayli  yunon  shaharlarining  Makedoniyaga  qarshi  ittifoqi  tuzildi.  Ammo  ushbu 
ittifoq  mil.  avv. 338 yilda  Xeroneya  shahri  yonidagi  jangda  to‘la  mag‘lubiyatga 
uchradi.  Bu  erda,  Makedoniyaga  qarshi  partiyaning  rahbarlaridan  biri  bo‘lgan 
Likurgning so‘zlariga ko‘ra, “halok bo‘lganlarning tanalari bilan birga yunonlarning 
erkinligi  ham  ko‘mildi”.  Miloddan  avvalgi  337  yilda  Filipp  II  tomonidan  Korinfda 
chaqirilgan kongress Yunonistonning Makedoniyaga bo‘ysunishini rasmiylashtirdi.  
 
Ushbu  voqealar  bilan  qadimgi  Yunoniston  tarixining  III  -  bosqichi  boshlandi. 
Aleksandr Makedonskiy (Iskandar) boshchiligidagi yunon - makedonlar armiyasi mil. 
avv. 334 yilda  Eron  davlatiga  yurishni  boshlaydi.  Uch  jangda  (Granik  daryosi 
yonidagi  jang  -  mil.  avv. 334, Iss  yonidagi  jang  -  mil.  avv. 333  yilda,  Gavgamela 
yonidagi  jang  -  mil.  avv. 331  y.)  erishilgan  g‘alabalar  natijasida  Eron  davlatining 
katta qismi egallandi. 
 
Sharq  tomon  harakatlangan  Aleksandr  O‘rta  Osiyoga,  so‘ngra  esa  G‘arbiy 
Hindistonga  bostirib  kirdi.  Aleksandrning  sharqiy  yurishi  natijasida  ulkan  davlat 
barpo etildi.  
 
Uning o‘limidan so‘ng (mil.avv. 323y.) sarkardalar - diadoxlar o‘rtasida kurash 
natijasida  ellin davlatlari  shakllandi. Ushbu  kurash  mil.  avv. 321 yilda  boshlandi  va 
mil. avv. 281 yilda yakunlandi. Yirik davlatlar tashkil topdi - Ptolemeylar podsholigi 
(Misr),  Salavkiylar  davlati,  Pont,  so‘ngra  Pergam,  Kappadokiya,  Yunon  -  Baqtriya 
podsholigi. 
 
Salavkiylar va Ptolemeylar davlatlari O‘rta er dengizining Sharqiy qismida o‘z 
hukmronligini o‘rnatish uchun raqobat qilardilar va Yunonistonda faol rol o‘ynashga 
intilardilar. Buning ustiga ular vaqti - vaqti bilan uchinchi ellin davlati - Makedoniya 
bilan  murakkab  munosabatlarga  ega  bo‘lardilar.  Makedoniya  Egeidani  doimo  o‘z 
nazorati  ostida  ushlab  turishga  to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri  manfaatdor  edi.  Salavkiylar 


24 
 
Ptolemeylar  bilan  Kelesiriya  (Janubiy  Suriya)  uchun  ayniqsa  shiddatli  kurash  olib 
borishardi, chunki Hindiston va Sharqning boshqa mamlakatlaridan keladigan savdo 
yo‘llari  O‘rta  er  dengizining  sharqiy  sohilida  tugardi,  Salavkiylar  esa  Suriyaning 
faqat  shimoliy  qismiga  egalik  qilardi.  O‘z  navbatida  Ptolemeylar  Keleseriyadan 
shimolga  siljishga  intilardilar.  Keyinchalik  1  -  Suriya  urushi  nomini  olgan  ushbu 
to‘qnashuvlarda ( mil.avv III asrning 80 – yillari ) omad u yoki bu tomonda bo‘ladi 
va  Ptolemey  II  ning  biroz  ustunligi  bilan  yakunlandi,  chunki  Misr  floti  Salavkiylar 
flotiga nisbatan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Biroq shu paytning o‘zida, Afrikada, Antiox 
I Salavkiy ko‘magida Kirenaika Misrdan ajralib chiqdi va mustaqil davlatga aylandi. 
Mileet,  Kikladika  orollari  va  boshqa  nuqtalarga  ega  bo‘lgan  Misr  yunonlarning 
Makedoniyaga  qarshi  chiqishlarini  qo‘llab  -  quvvatlardi.  Lekin,  tez  orada 
Makedoniya,  Salavkiylar  va  Rodos  oroli  Misrni  Egey  dengizi  mintaqasidan  surib 
chiqardilar. Makedoniya hatto Kirenaika bilan yaqinlashishga muvaffaqiyatsiz urinib 
ko‘rdi.  Maqsad  -  Kirenaikadan  Misrga  qarshi  foydalanish  edi.  Miloddan  avvalgi  III 
asrning  60  -  yillarida  Antiox  II  Misrga  qarshi  2  -  Suriya  urushini  boshladi.  Biroq, 
Kaspiy  dengizidan  sharqda  joylashgan  ulkan  hududlarning  bosh  ko‘tarishni  va 
Salavkiylardan  ajralib  chiqishi  (bu  erlarda  mustaqil  Parfiya  va  Baqtriya  davlatlari 
vujudga keldi) vaziyatni murakkablashtirdi.  
 
Asosiy  uch  ellin  davlatining  ichki  ahvoli  ularning  tashqi  to‘qnashuvlarida 
kuchlar  muvozanatining  turg‘un  emasligiga  sabab  bo‘lgandi.  Ular  doimo  bosib 
olingan va asoratga solingan aholini bostirish tashvishida edi.  
 
Miloddan  avvalgi  III  asrning  o‘rtalariga  kelib  Misr  qudratining  eng  yuksak 
cho‘qqisiga etdi. Ptolemey III Everget sulolaviy nikoh orqali Kirenaikani yana bir bor 
qo‘shib  oldi, 3 -  Suriya  urushi  (mil.  avv. 245 -  243  yy.)  davrida  esa  Finikiya  va 
Suriyani, Salavkiylar poytaxti Orontdagi Antioxiyani ishg‘ol etdi. Ayrim manbalarda 
u so‘ngra Mesopotamiyani bosib olganligi va Sharq tomon harakatlanganligi, ammo 
Ptolomeylarga  qarshi  ko‘tarilgan  qo‘zg‘olon  tufayli  Misrga  qaytib  kelganligi 
to‘g‘risida gapiriladi. 
 
3  -  Suriya  urushida  mag‘lubiyatga  uchragan  Salavkiylar  podsholigi 
zaiflashgandi.  Bundan  Pergam  foydalandi  va  Kichik  Osiyoda  Salavkiylarga  tegishli 
egaliklarning bir qismini bosib oldi. 30 - yillarning oxirida Antiox III (mil.avv. 223 – 
187  yy.)  taxtga  o‘tirganidan  so‘ng  Suriya  va  Finikiyani  qaytarib  olish  va  Misrni 
Kelesiriyadan  surib  chiqarish  maqsadida  4  -  Suriya  urushi  (mil.avv. 219 –  217  yy.) 
boshlandi.  Biroq  Salavkiylar  to‘la  mag‘lubiyatga  uchradi.  Bu  -  Misrning  oxirgi 
harbiy muvafaqqiyati edi. Antiox III Kichik Osiyoda harbiy harakatlarni olib bordi va 
qo‘ldan ketgan sharqiy viloyatlar ustidan Salavkiylar hokimiyatini tiklash maqsadida 
o‘zining  mashhur  sharqiy  yurishini  (mil.avv. 212 –  205  yy.)  boshladi.  Natijada 
Parfiya  va  YUnon  -  Baqtriya  bo‘ysundirildi  va  Salavkiylarning  vassallariga 
aylantirildi. So‘ngra, Makedoniya bilan bo‘lgan ittifoqiga tayanib, Antiox III Janubiy 
Suriyani,  Finikiyani,  Falastinni,  Kichik  Osiyoda  Ptolomeylarga  tegishli  qator 
shaharlarni  bosib  olishga  erishdi.  Aynan  shu  paytda  Antiox  III  Rim  bilan  to‘qnash 
keldi.  Chunki  u,  Frakiyani  zabt  etib,  Yunonistonda  Rim  hokimiyatidan  norozi 
bo‘lganlarning  barchasini  qo‘llab  -  quvvatladi.  Salavkiylar  sharqiy  O‘rta  er  dengizi 
mintaqasida  ustivorlikka  ochiqdan  -  ochiq  da’vogarlik  qilardilar.  Bu  esa  Rim  bilan 


25 
 
urushga olib keldi. Rim bilan bo‘lgan urushda (mil.avv. 192 - 188yy) mag‘lubiyatga 
uchrashi  va  rimliklar  tomonidan  majburan  qabul  qildirilgan  Apamey  shartnomasi 
(mil.avv. 188  y.)  Salavkiylarning  Egey  dengizi  havzasidagi  ta’sirini  to‘laligigacha 
yo‘q  qildi.  Antiox  IV  Epifan  (mil.  avv. 175 –  163  yy.)  Salavkiylar  davlatining 
qudratini  tiklashga  (mil.  avv. 170 va  168  yillarda  Misrga  yurishlar)  va  zo‘raki 
ellinlashtirish  yo‘li  bilan  uning  birligini  mustahkamlashga  urindi.  Ushbu  siyosat 
Yaxudiyada  (mil.avv. 171, 167 –  160  yy)  qo‘zg‘olonlarni  keltirib  chiqardi.  Ezilgan 
ommaning  kurashi va  ichki  sulolaviy  nizolardan  zaiflashgan Salavkiylar  o‘z  erlarini 
yo‘qotib  bordilar.  Miloddan  avvalgi  64  yilda  Salavkiylar  davlatining  oxirgi  qismi 
(Suriya) Rimga tegishli viloyatga aylandi. 
 
Ichki  ziddiyatlar  va  sulolaviy  kurashlar  oqibatida  emirilgan  Ptolemeylarning 
Misr  davlati  ham  asta  -  sekin  zaiflashib  bordi  va  mil.  avv. 30 yilda  Rim  tomonidan 
zabt etildi. 
 
Pergam,  Vifiniya  kabi  boshqa  ellin  davlatlarining  taqdiri  shunga  o‘xshash 
bo‘ldi. Ular Rimga qo‘shib olindi va viloyatlarga aylantirildi.  
 
Yirik  ellin  davlatlarining  tashkil  topishi  faqat  sharqiy  O‘rta  er  dengizi 
mintaqasiga xos holat emas. Miloddan avvalgi IV asrning oxiri va III asrning boshida 
o‘xshash  davlatlar  G‘arbda  ham  paydo  bo‘ldi.  Bular  -  Agafoklning  Sitsiliya  davlati 
va  Pirr  boshqaruvi  davridagi  Epir.  Ammo  ushbu  yunon  davlatlarining  umri  qisqa 
bo‘ldi  -  ichki  ahvol  mustahkam  emasdi  va  ular  Karfagen  va  Rim  kabi  qudratli 
qo‘shnilari bilan bo‘lgan kurashda o‘z mustaqilligini saqlab qolaolmadilar. 
 
Yunonistonda  hukmronlik  qilish  uchun  kurashni  davom  ettirgan  davlatlar  va 
harbiylashgan  ittifoqlarning  (Makedoniya,  Axeya  ittifoqi,  Etoliya  ittifoqi,  ba’zi 
davrlarda  –  Sparta)  ustunligi  ellinizm  davri  Yunonistoni  uchun  xos  holatdir. 
Davlatlarning  ko‘pchiligida  podsholar  va  oligarxiya  mavjud  edi.  Aleksandrning 
o‘limidan  so‘ng  Afina  boshchiligidagi  davlatlarning  Makedoniyaga  qarshi  kurashi 
(“Lamiya  urushi”  -  mil.avv. 323\322  yy.)  Makedoniyaning  g‘alabasi  va  yunon 
demokratlarini  jazolash  bilan  yakunlandi.  Afina  sarkardasi  Xremonid  nomini  olgan 
urushda  (  mil.  avv. 267 –  261  yy.)  ikkinchi  marta  mag‘lub  etilganidan  so‘ng  Afina 
vayron etildi va butunlay Makedoniya monarxiyasiga qaram bo‘lib qoldi.  
 
Biroq  Makedoniya  ham  butun  Bolqon  yarim  oroli  ustidan  hokimiyatini  tiklay 
olmadi. Unga qarshi, goh bir - biri bilan birlashib, goh alohida - alohida, ikki yangi 
qudratli ittifoq - Axeyya ittifoqi (mil.avv. 280 yilda tashkil etilgan) va Etoliya ittifoqi 
(mil.avv. 367 yilda  barpo  etilgan)  -  kurash  olib  borardi.  Axeyya  ittifoqi 
Peloponnesning katta qismi (Spartadan tashqari ) va yirik shaharlarni (Sikion, Korinf, 
Megara)  qamrab  olgandi.  Etoliya  ittifoqiga  Etoliyaning  o‘zidan  tashqari,  O‘rta 
Yunoniston polislari (Afinadan tashqari), Janubiy Fessaliya va boshq. kirardi. 
 
Aleksandr vorislari, keyinchalik Makedoniya va ikki ittifoqning Yunonistonda 
hukmronlik qilish uchun olib borgan kurashi shaharlarning ommaviy vayron etilishi, 
aholini qul qilib sotilishi, iqtisodiyotning tanazzulga yuz tutishiga olib kelardi. 
 
Rimliklar,  Makedoniyani  Kinoskefal  yonidagi  jangda  (mil.av. 197  y.) 
mag‘lubiyatga  uchratganlaridan  so‘ng,  demokratiyaga  qarshi  oligarxiya  qatlamlarini 
qo‘llab– quvvatlab, yunonlarning ichki ishlariga doimo aralashib keldilar.  


26 
 
 
Miloddan  avvalgi  196  yilda  Istmiy  o‘yinlarida  e’lon  qilingan  “yunonlar 
erkinligiga”  ishonch  Rimning  Yunonistondagi  shuhratini  qisqa  muddatga  ko‘tardi. 
Shu  davrdan  boshlab  Yunoniston  doimo  Rim  ta’siri  ostida  bo‘ldi.  Makedoniya 
siyosiy  ahamiyatini  yo‘qotdi,  mil.avv. 148 yilda  Rimga  qarshi  qo‘zg‘olon 
bostirilganidan  so‘ng  esa,  Illiriya  va  Epir  bilan  birgalikda,  rimliklarning  viloyatiga 
aylantirildi;  Etoliya  ittifoqini  Rim  tarqatib  yubordi.  Miloddan  avvalgi  146  yilda 
rimliklarga  qarshilik  qilishga  uringan  Axeyya  ittifoqi  ham  tor  -  mor  etildi;  shunday 
qilib,  Yunoniston  faktik  jihatdan  Rim  hokimiyati  ostida  qoldi.  Rimda  imperiyaning 
qaror  topishi  bilan  (mil.avv  27y.)  Yunoniston  rimliklarning  Axeyya  (rasman  erkin 
shahar  deb  hisoblangan  Afinadan  tashqari)  viloyatiga  aylantirildi  va  Rim 
imperiyasining  boshqa  sharqiy  viloyatlaridan  kam  farq  qilardi.  Milodiy  IV  asrdan 
boshlab Yunoniston Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiyaning o‘zagini tashkil etdi.  
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish