A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana23.06.2021
Hajmi0,79 Mb.
#99431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Халқаро мун.(лотин)А.Холлиев

 
 
 
7 mavzu. XVIII asr oxiri – XX asr boshida xalqaro 
munosabatlar va diplomatiya. 
 
 
1789 yilda Fransiyada Lyudovik XVI absolyut monarxiyasining qulashiga olib 
kelgan  inqilob  ro‘y  berdi.  Ushbu  voqea  inqilobiy  Fransiyaga  qarshi  birlashtirgan 
butun Evropani harakatga keltirdi. 1791 yil 27 avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida 
Avstriya va Prussiya o‘rtasida deklaratsiya imzolandi, 1792 yilning 7 fevralida esa – 
Fransiyaga  qarshi  harbiy  ittifoq.  Shu  tariqa  Fransiyaga  qarshi  Evropa  davlatlarining 
birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi. 
Fransiyaning  o‘zida  ushbu  xabar  vatanparvarlik  harakatini  keltirib  chiqardi. 
Federatlarning  qurollangan  otryadlari  tuzila  boshlandi.  Qonun  chiqaruvchi  majlis 
“Vatan xavf ostida!” deb e’lon qildi va hujumni kutib o‘tirmasdan, Avstriyaga urush 
e’lon  qildi.  Harbiy  harakatlar  Fransiya  uchun  muvaffaqiyatsiz  boshlandi.  Avstriya 
bilan ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi Fransiyaga bostirib 


68 
 
kirdi  va  bir  qator  qal’alarni  ishg‘ol  etdi.  Biroq,  Fransiya  qurollanmoqda  va 
safarbarlikni  amalga  oshirmoqda  edi.  Va  1792  yilning  20  sentyabridayoq  fransuzlar 
Valmi  qishlog‘i  yonida  pruslarning  hujumini  qaytarishdi.  Ushbu  jangdan  so‘ng, 
Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiyani, Reyn daryosining chap sohilini, Nitssani, 
Savoyyani  egalladi.  Ushbu  erlarning  bir  qismi  Fransiyaga  qo‘shib  olindi.  Ammo 
qirolning qatl qilinishi Evropa monarxlarini hayajonga soldi. Koalitsiyaga Angliya va 
Ispaniya qo‘shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatdi.  
Yakobinchilar  diktaturasi  o‘rnatilishi  bilan,  fransuz  qo‘shinlari  1794  yilning 
boshiga  kelib  o‘z  davlatining  erlarini  interventlardan  tozalashga  erishdi  va  urush 
dushman  hududlariga  ko‘chirildi.  Iyun  oyida  Fleryus  qishlog‘i  (Belgiya)  yonida 
fransuzlar  Avstriya  armiyasining  asosiy  kuchlarini  tor  -  mor  etishdi.  Koalitsiya 
(ittifoq) mag‘lubiyatga uchradi. 
Fransiyaning  o‘zida  esa  9  termidor  aksilinqilobiy  to‘ntarilishi  ro‘y  berdi, 
yakobinchilar  diktaturasi  quladi.  Biroq  ushbu  hokimiyat  almashuvi  ham  uzoqqa 
cho‘zilmadi.  Direktoriyaning  o‘rniga  Napoleon  Bonapart  keldi  va  o‘zining  yakka 
hokimiyatini  o‘rnatdi.  Konsullik  va  Birinchi  imperiya  davrida  Fransiya  to‘xtovsiz 
urushlar  olib  bordi.  Bosib  olingan  mamlakatlarni  fransuz  mollari  sotiladigan 
bozorlarga  va  Fransiya  sanoati  uchun  xomashyo  manbasiga  aylantirish  siyosati  olib 
borildi. 
Shuni  ta’kidlash  lozim-ki,  Napoleon  olib  borgan  urushlarning  asosiy  maqsadi  
-  Evropada  Fransiyaning  ustunligini  o‘rnatish  uchun  kurash  edi.  Fransiyaga  qarshi 
ittifoqlarga  kirgan  mamlakatlar  -  Angliya,  Rossiya,  Avstriya  va  Prussiya  -  nafaqat 
fransuz  gegemoniyasiga  qarshi  kurashdilar,  balki  o‘zlarining  maqsadlariga  ham  ega 
edilar.  Lekin  XIX  asr  boshida  xalqaro  munosabatlarning  markazida  Angliya  va 
Fransiya o‘rtasidagi raqobat turardi. 
1800 yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tarqab 
ketdi. 1801 yilda  Rossiya  va  Avstriya  bilan  tinchlik  shartnomalari  imzolandi. 
Natijada  Fransiyaning  hokimiyatini  endilikda  butun  Italiya,  Belgiya,  Gollandiya  va 
bir qator german knyazliklariga yoyildi. 
1802 yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi. Uning 
bandlariga  ko‘ra  Fransiya  va  Angliya  Evropada  yuzaga  kelgan  tartibni  saqlash 
majburiyatini  oldilar.  Biroq  tinchlikning  umri  qisqa  bo‘ldi.  Va  1803  yilda  harbiy 
harakatlar  qaytadan  boshlanib  ketdi. 1805 yilda  Evropa  davlatlarining  uchinchi 
koalitsiyasi  (ittifoqi)  shakllandi.  Unga  Angliya,  Rossiya,  Avstriya  va  Neapolitan 
qirolligi kirdi. 
1805  yil  21  oktyabrda  Trafalgar  burni  yonidagi  jangda  admiral  Nelson 
qo‘mondonligidagi  ingliz  floti  birlashgan  fransuz  -  ispani  flotini  mag‘lub  etganidan 
so‘ng,  Napoleon  barcha  kuchlarini  avstiryaliklarga  qarshi  qaratdi. 1805 yilning 
oktyabrida  Avstriya  armiyasi  taslim  bo‘ldi  va  fransuz  qo‘shinlari  Venaga  kirib 
kelishdi. 
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan 
kuchlari  mag‘lubiyatga  uchradi.  Tez  orada  Avstriya  va  Fransiya  o‘rtasida  tinchlik 
shartnomasi  imzolandi. 1806 yilda  Napoleon  protektorati  ostida  16  german 


69 
 
davlatidan iborat Reyn ittifoqi tashkil etildi. Shu tariqa German millatining Muqaddas 
Rim imperiyasi yo‘q qilindi. 
1806  yilda  Fransiyaga  qarshi  to‘rtinchi  (Angliya,  Prussiya,  Rossiya  va 
Shvetsiya)  koalitsiya  shakllandi.  Lekin  o‘sha  yilning  o‘zida  Yena  va  Auershtedt 
yonidagi  janglarda  Prussiya  armiyasi  tor  -  mor  etildi. 1806 yilning  oktyabrida 
Bonapart Berlinga kirib keldi va bu erda, Evropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba 
bergan,  kontinental  (qit’aviy)  qamal  to‘g‘risidagi  dekretni  imzoladi  (1806  yil  21 
noyabr).  Dekretga  ko‘ra  butun  Fransiyada  va  unga  qaram  bo‘lgan  mamlakatlarda 
Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi.  
O‘zining  asosiy  vazifasini  -  Angliyani  tor  -  mor  etish  va  Fransiyaning 
gegemoniyasini  o‘rnatishni  -  Napoleon  Rossiya  bilan  vaqtinchalik  murosaga  kelish 
yo‘li orqali xal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807 yil 7 iyul) binoan Rossiya 
Evropada  Bonapart  tomonidan  amalga  oshirilgan  o‘zgarishlarni  tan  oldi  va 
kontinental  (qit’aviy)  qamalga  qo‘shildi.  Shu  erning  o‘zida  Fransiya  -  Prussiya 
tinchlik  shartnomasi  ham  imzolandi-ki,  unga  ko‘ra  Prussiya  davlati  qisqartirilgan 
ko‘rinishda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental  (qit’aviy) qamalga qo‘shildi. 
1808  yilda  boshlangan  Ispaniyaning  okkupatsiyasi  natijasida,  Napoleon 
Fransiyasiga  qarshi  beshinchi  koalitsiya  tuzildi  (1809  y.)  va  uning  tarkibiga  faqat 
Angliya  va  Avstriya  kirdi. 1809 yilning  iyulida  Vagram  yonidagi  jangda  fransuzlar 
armiyasi  avstriyaliklarni  mag‘lub  etdi.  O‘sha  yilning  oktyabr  oyida  Shenburunn 
tinchlik  shartnomasi  imzolandi.  Unga  binoan  Avstriya  hududlari  qisqartirildi. 
Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda engilgan 
davlat  tomonidan  g‘olib  davlatga  to‘lanadigan  tovon)  to‘lashi  va  kontinental 
(qit’aviy) qamalga qo‘shilishi majbur edi. 
1812 yilning boshiga kelib Fransiya - Rossiya munosabatlarinng keskinlashishi 
oqibatda  urushga  sabab  bo‘ldi.  Urush  1812  yil  24  iyunda  boshlandi. 26 avgustda 
bo‘lib  o‘tgan  Borodino  jangida  fransuzlarning  talafoti  60  ming  askarni  tashkil  etdi. 
Garchand  rus  armiyasi  chekingan  bo‘lsa  ham,  lekin  o‘z  jangovarligini  saqlab  qoldi. 
1812  yilning  14  sentyabrida  fransuzlar  Moskvaga  kirib  kelishdi,  biroq  atrofda 
partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812 yilning 12 oktyabrida Napoleon 
armiyasi  Moskvani  tark  etishga  majbur  bo‘ldi.  Keyinchalik  Bonapartning  o‘zi  ham 
armiyasini  tashlab,  Parijga  jo‘nab  ketdi.  Fransuzlar  armiyasining  Rossiyadagi 
mag‘lubiyati “engilmas” Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.  
1813 yilning bahorida Fransiyaga qarshi oltinchi kaolitsiya tashkil etildi. Uning 
tarkibiga  Rossiya,  Angliya,  Shvetsiya,  Prussiya,  Ispaniya,  Portugaliya,  Avstriya 
mamlakatlari  kirdi.  Hal  qiluvchi  jang  1813  yil  16  -  19  oktyabrda  Leypsig  shahri 
yonida  ro‘y  berdi. “Xalqlar  jangi”  natijasida  Napoleon  mag‘lub  bo‘ldi  va  Reyn 
daryosi ortiga chekindi. 
1814  yil  mart  oyining  boshida  ittifoqchilar  Napoleonni  to‘la  tor  -  mor 
qilmaguncha  urush  harakatlarini  olib  borish  to‘g‘risidagi  Shomon  shartnomasini 
imzolashdi. 
31  martda  ittifoqchilar  Parijga  kirib  kelishdi.  Napoleon  o‘z  o‘g‘li  foydasiga 
taxtdan  voz  kechdi.  Biroq,  senat  va  Evropa  davlatlari  Fransiya  taxtida  Burbonlarni 
tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg‘a qilindi. 1814 yil 30 mayda Parijda tinchlik 


70 
 
shartnomasi  imzolandi.  Unga  binoan  Fransiya  1792  yil  chegaralariga  qaytarildi. 
Napoleonga hayrixoh bo‘lgan kayfiyatlar yana jonlandi. 1815 yil 1 martda Napoleon 
Fransiyaning  janubiga  borib  tushdi  va  20  martda  Parijga  qaytib  keldi.  Imperiya 
tiklandi.  
Napoleonga qarshi oxirgi, ettinchi kaolitsiya tashkil etildi. 1815 yil 18 iyunda 
Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi batamom tor - mor etildi. Napoleonning 
o‘zi Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi va bu erda 1821 yilda vafot etdi.  
Napoleon ag‘darib tashlanganidan so‘ng Evropa davlatlari vakillari 1814 yilda 
Vena  kongressiga  yig‘ilishdi.  Kongress  qatnashchilari  avvalgi  sulolalarni  va 
dvoryanlar hokimiyatini tiklashga, g‘olib chiqqan koalitsiya manfaatlariga mos tarzda 
erlarni  qayta  taqsimlashga  intilishdi.  Asosiy  rolni  Avstriya,  Prussiya,  Angliya  va 
Rossiya vakillari o‘ynadi.  
Natijada,  Rossiya  Polshaning  bir  qismini  -  Varshava  gersogligini  oldi; 
Prussiyaga  boy  va  iqtisodiy  rivojlangan  viloyatlar  -  Reyn  viloyati  va  Vestfaliya, 
hamda polyaklarning g‘arbiy erlarni tegdi. Italiyaning ikki viloyati - Lombardiya va 
Venetsiya  Avstriyaga  o‘tdi. 200 mayda  knyazliklar  o‘rniga  38  davlatdan  iborat 
German  ittifoqi  barpo  etildi.  Ular  orasida  eng  yiriklari  Prussiya  va  Avstriya  edi. 
Angliya  O‘rta  er  dengizida  muhim  tayanch  nuqtasi  hisoblanmish  Malta  orolini  va 
sobiq  mustamlakalari  -  Hindiston  qirg‘oqlari  yonidagi  Seylon  orolini  va  Afrika 
janubidagi  Kapa  erini  o‘zida  saqlab  qoldi.  Lekin  Angliyaning  asosiy  muvaffaqiyati 
uning asosiy raqibi - Fransiyaning zaiflashishi edi. 
Papaning  Rim  viloyati  ustidan  dunyoviy  hokimiyati  tiklandi,  Neapolitan 
qirolligida  esa  avvalgi  Burbonlar  sulolasi  taxtga  chiqarildi.  Burbonlar  hokimiyati 
Ispaniyada  ham  tiklandi.  Fransiya  erlari  avvalgi  chegaralariga  qaytarildi.  Bundan 
tashqari, Fransiya ulkan kontributsiyani to‘lashga majbur edi. 
Vena  kongressida, “din  yo‘lida”  inqilobiy  harakatlar  bilan  kurashish  uchun, 
Rossiya  va  Avstriya  imperatorlari,  hamda  Prussiya  qiroli  “  Muqaddas  ittifoqni” 
(Aleksandr  I  tashabbusi  bilan)  tuzishdi.  Unga  keyinchalik  Evropa  davlatlarining 
deyarli  barcha  monarxlari  qo‘shildi.  Birgalikda  amalga  oshirilgan  harakatlar 
natijasida Ispaniya va Italiyada ro‘y bergan inqiloblar bo‘g‘ib tashlandi. 
 
“Vena  tizimi”  ning  mustahkam  emasligi  1815  yilda  barpo  etishi  davridan 
boshlab ayon bo‘lib qoldi. Muqaddas ittifoq  ishtrokchilari uni inqilobiy jarayonlariga 
qarshi  samarali  qurolga  va  ixtilofli  xalqaro  muammolarni  hal  etadigan  forumga 
aylantira olmadilar. 
 
Axen kongressidan ( 1818 y. ) so‘ng Evropa davlatlari oldida turgan eng jiddiy 
masala  -  bu  ko‘tarilib  borayotgan  inqilobiy  to‘lqinni  bartaraf  etish  muammosi  edi. 
1819 yildan boshlab Evropaning qator mamlakatlarida ( german va italyan davlatlari, 
Ispaniya,  Portugaliya  va  boshq  )  feodal  -  absolyutik  tartiblarga  qarshi  chiqishlar 
ko‘payib  bordi.  Muqaddas  ittifoqning  ushbu  inqiloblarga  nisbatan  munosabatini 
belgilash  maqsadida  1820  yilning  oktyabrida  Troppau  (Opava)  shahrida,  Axen 
kongressidan keyin, ikkinchi kongress chaqirildi va u o‘z ishini 1821 yilda Laybaxda 
(Lyublyane)  davom  ettirdi.  Avstriya,  Rossiya,  Prussiya,  Angliya  va  Fransiya 
davlatlari  qatnashgan  kongressda  markaziy  o‘rinni  Neopolitan  qirolligidan 
voqealarning  muhokamasi  egalladi.  Metternix  inqilobni  bostirish  uchun  Avstriya 


71 
 
qo‘shinlaridan  foydalanishni  taklif  etdi.  Ushbu  masala  bo‘yicha  munozaralardan 
davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashishga  qaratilgan  aksilinqilobiy  doktrinani 
qonunlashtirdi. 1821 yil  12  mayda  uch  davlat  (Avstriya,  Rossiya,  Prussiya) 
monarxlari Muqaddas ittifoqning butun dunyoda inqilobiy harakatlar bilan ochiqdan -  
ochiq harbiy kurash olib borish to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilishdi. 
 
Muqaddas  ittifoqning  uchinchi  kongressi  Verona  shahrida  1822  yilning 
okryabrida  inqilobiy  Ispaniyaga  qarshi  harbiy  intervensiyani  tashkil  etish  uchun 
to‘plandi.  Rossiya,  Avstriya  va  Prussiya  yakdillik  bilan  harakat  qilishdi.  Veronada 
Fransiya  ham  ularga  qo‘shildi.  Ammo  Angliya  o‘zgacha  nuqtai  nazarga  ega  edi. 
Verona  kongressining  boshlanishi  Yaqin  Sharqda  ingliz  -  rus  ziddiyatlarning 
keskinlashishiga to‘g‘ri keldi. Angliya - Fransiya raqobati ham, qaytadan boshlandi-
ki, bu ayniqsa Pireney yarimorolida va Lotin Amerikasida ko‘zga tashlandi. 
 
Veronadagi  kongress  asosiy  e’tiborni  Pireneydagi  inqiloblarga  qaratdi. 
Muqaddas  ittifoq  ishtrokchilari  inqiloblarni  Fransiya  kuchlari  vositasida  bostirish 
qarorini  qabul  qilishdi.  Bunga  faqat  Angliya  qarshi  chiqdi. 1823 yilning  bahorida 
fransuzlarning  ekspeditsion  korpusi  Pireneylarni  kesib  o‘tdi  va  1823  yilning  may 
oyida  Madridni  egalladi.  Inqilob  bostrildi.  Pentarxiya  tomonidan  amalga 
oshiriladigan  muvofiqlashtirilgan  harkatlardan  Angliyaning  chetga  chiqishi  jiddiy 
oqibatlarga ega edi; bunday holat Evropani separat itifoqlariga bo‘linib ketishiga olib 
kelardi. 
 
1848  -  1849  yillar  inqiloblari  “ 1815 yil  traktatlari”  ni  (shartnoma,  bitim 
ma’nosida)  qo‘riqlash  va  “inqilobiy  ruh”  bilan  kurashish  bo‘yicha  besh  buyuk 
davlatning birgalikdagi harakatlarini nazarda tutgan “Vena tizimi” ning tamoyillariga 
yangi  zarba  berdi.  Angliya  boshqa  buyuk  davlatlar  bilan  umumiy  siyosat  yuritishda 
chetga  chqib  bo‘lgandi  30-yillarda  shunga  o‘xshash  siyosatni  Fransiya  ham  olib 
bordi.  Prussiya  va  Avstriya  hukmron  doiralarining  ruhi  esa  1848  -  1849  yy. 
inqiloblari natijasida tushib ketgandi. 
 
40  -  yillar  inqiloblaridan  so‘ng  Germaniyada  keskinlashib  ketgan  Prussiya  - 
Avstriya  raqobati  Muqaddas  ittifoqning  oxirgi  tayanchi  –  Rossiya,  Prussiya  va 
Avstriya  monarxlarining  ittifoqchiligiga  tarqab  ketish  tahdidini  soldi. 1850 yilda 
Germaniyada  raqobatning  qaytadan  o‘t  olishi  natijasida  Avstriya  -  Prussiya  urushi 
boshlanib ketishga sal qoldi. Biroq, Prussiya yon berishga majbur bo‘ldi. 1850 yilda 
Olmyusda  Prussiyaning  to‘la  mag‘lubiyatini  anglatgan  Avstriya  -Prussiya  bitimi 
imzolandi. 1851 yilda  Drezden  shahrida  umumgerman  seymi  (parlamenti)  Avstriya 
boshchiligidagi German ittifoqini tikladi. 
20 - 30 va 40 chi yillarda ro‘y bergan inqiloblar XIX asrning o‘rtalariga kelib 
“Vena  tizimi”-ning  asoslarini  qo‘porib  tashladi  va  uning  chuqur  inqirozini  keltirib 
chiqardi.  
 
Napoleon  urushlaridan  so‘ng  sharqiy  masalaning  birinchi  keskinlashishi 
yunonlar  qo‘zg‘oloni  (1821  y.)  bilan  bog‘liq  edi.  Yunonistonda  turk  sultoni 
hokimiyatiga qarshi inqilobning dastlabki muhokamasi Muqaddas ittifoqning Verona 
kongressida  (1822 yil oktyabr  -  dekabr) bo‘lib o‘tdi va hech  qanday  natija bermadi. 
Biroq  vaziyat  o‘zgardi.  Sharqiy  masala  bo‘yicha  inglizlarning  harakatlari  rus 
diplomatiyasini  faollashtirdi.  Rossiya  yunon  -  turk  to‘qnashuviga  ittifoqchi 


72 
 
davlatlarning  birgalikdagi  aralashishiga  erishmoqchi  edi.  Ammo  Rossiyaning 
urinishlari  Angliya  va  Avstriyaning  qarshililigiga  uchradi.  Biroq,  Angliya  o‘z 
manfaatlari  yo‘lida  yunon  masalasi  bo‘yicha  Rossiya  bilan  ikki  tomonlama 
kelishuvga  (1824  yilning  4  aprelida  imzolangan  Peterburg  protokoli)  bordi.  Ushbu 
kelishuvga ko‘ra Yunoniston muxtoriyatga ega bo‘lishi va Turkiyaga har yili o‘lpon 
to‘lashi  lozim  edi.  Angliya  esa  yunon  -  turk  ixtilofida  vositachilik  qilishi  nazarda 
tutilgandi. 
Sulton bunga rad javobni berdi va keng qamrovli harbiy harakatlarni boshladi. 
1827  yilning  iyunida  Londonda  yunon  masalasi  bo‘yicha  Angliya,  Rossiya  va 
Fransiya  o‘rtasida  bitim  imzolandi.  Ittifoqchilavr  urushga  kirdilar  va  20  oktyabrda 
Navarin yonidagi jangda turk  -  misr flotini tor - mor etdilar. 
 
1828 yil  may oyida Rossiya Turkiyaga urush e’lon qildi va g‘alabaga erishdi. 
1829  yil  14  sentyabrda  Andrianopol  shartnomasi  imzolandi.  Unga  binoan  Serbiya, 
Valaxiya  va  Moldovaning  muxtoriyatiga  ega  bo‘lish  huquqlari  tasdiqlandi.  Rossiya 
Qora  dengizda,  Kavkazda va  Kavkaz  ortida  mustahkam  o‘rnashib oldi. Turkiyaning 
xristian aholisidan iborat qator erlari (Kars va boshq) Rossiya tasarrufiga o‘tdi. 1830 
yil 3 fevralda Londonda Bolqonda yunon qirolligini barpo etish to‘g‘risidagi protokol 
imzolandi.  
 
Biroq, Usmoniylar imperiyasining ichkarisida sulton hokimiyatiga qarshi Misr 
podshosi  bosh  ko‘tardi.  Bu  1832  yilda  Suriyaning  egallanishi  bilan  boshlandi; 1833 
yilda  Misr  qo‘shinlari  Koniya  yonidagi  jangda  sulton  armiyasini  mag‘lub  etishdi. 
Sulton yordam so‘rab Angliya, Fransiya va Rossiyaga murojaat qildi. Ko‘mak faqat 
Rossiyadan  keldi. 1833 yil  8  iyulda  Unkyar  -  Iskelesida  rus-turk  shartnomasi 
imzolandi.  Unda,  misrliklarning  Yangi  bosqini  ro‘y  bergan  taqdirda  Rossiya 
Turkiyaga  harbiy  yordam  berishi  kafolatlangandi.  Buning  evaziga  Maxmud  II  rus 
savdo va harbiy kemalarini bo‘g‘ozlardan o‘tkazish majburiyatini oldi.  
 
Angliya va Fransiya ushbu shartnomani Qora dengiz bo‘g‘ozlariga oid boshqa 
bitim  bilan  almashtirishga  harakat  qilishdiki,  bu  erda  ularning  ta’siri  ustunlikka 
erishish  lozim  edi.  Angliya  Turkiya  va  Misr  o‘rtasida  1839  yilda  Yangi  urushning 
boshlanishiga erishdi. Ushbu urushda turklar to‘la mag‘lub bo‘ldilar. Sulton inglizlar 
ta’siri  ostiga  ko‘proq  tushib  bordi.  Shu  tariqa  Usmoniylar  imperiyasining  hududiy 
yaxlitligi  va  Qora  dengiz  bo‘g‘ozlarining  xalqaro  huquqiy  tartibga  oid  buyuk 
davlatlarning  birgalikdagi  kafolatlar  to‘g‘risidagi  London  konvensiyalari  (1840  - 
1841 yy.) paydo bo‘ldi.  
 
Sharqiy  masalining  keskinlashishiga  oid  keyingi bosqich  Qrim  urushi  (1853 - 
1856  yy.)  bilan  bog‘liqdir.  Urushga  bahona  -  Rossiyaning  Turkiyadagi  pravoslav 
xristianlariga va “Muqaddas joylar” ga (“Iso payg‘ambar qabri”) homiyligi edi. 1853 
yil  yanvar oyida Rossiya Turkiyaga ultimatum talabini qo‘ydi. Turkiya uni rad etdi. 
1853  yilning  oktyabrida  Turkiya  Rossiyaga  urush  e’lon  qildi. 1853 yil  30  noyabrda 
Turklar floti Sinop ko‘rfazida admiral Naximov tomonidan cho‘ktirildi. Rossiyaning 
ushbu  g‘alabasidan  so‘ng,  Angliya  va  Fransiya  birgalikda  harakatlar  olib  borish 
to‘g‘risida kelishib  olishdi  va  1854 yilning  boshida  o‘z  eskadralarini  Qora  dengizga 
kiritishdi. 1854 yilning sentyabrida fransuz-ingliz-turk qo‘shinlari Qrimga tushirildi.   


73 
 
 
Urush  natijasida  Rossiya  mag‘lubiyatga  uchradi. 1856  yil  30  martda  Parijda 
imzolangan  tinchlik  shartnomasiga  ko‘ra  Rossiya  Qora  dengizda  harbiy  flotga  ega 
bo‘lish  huquqidan  mahrum  bo‘ldi.  Aslini  olganda,  ushbu  shartnoma  “Vena  tizimi” 
ning batamom barbod bo‘lganligini va Rossiya Evropa masalalariga nisbatan avvalgi 
ta’sirini yo‘qotganligini anglatardi.  
 
Italiya  va  Germaniyadagi  birlashish  jarayoni  “Vena  tizimi”  qulaganligining 
natijalaridan  biri  bo‘ldi.  Modomiki  Sardiniya  qirolligi  va  Prussiyaning  hukmron 
doiralari  ushbu  harakatni  “yuqori”  dan  amalga  oshiriladigan  birlashtirish  sifatida 
tasavvur qilishar ekan, ular bitta yoki bir necha buyuk davlatning ko‘magiga muhtoj 
edilar.  Bunday  siyosat  ushbu  mamlakatlardagi  birlashish  jarayonlarini  xalqaro 
qarama  -  qarshiliklar  ob’ektiga,  diplomatik  savdolashish  va  siyosiy  murosalar 
mavzuiga aylantirishi muqarrar edi.  
 
1861  yilda  Sardiniya  qirolligi  atrofida  aksariyat  italyan  erlarining 
birlashtirilishi  Prussiyaning  rejalari  va  niyatlari  uchun  o‘rnak,  misol  bo‘larli  hodisa 
edi. XIX asrning 60 yillaridagi xalqaro vaziyat ham Germaniya davlatini barpo etish 
uchun  qulay  keldi. 1863 yilda  Polshada  qo‘zg‘olon  ko‘tarildi. 1863 yilning  yanvar 
oyida  Prussiya  va  Rossiya  qo‘zg‘olonchilariga  qarshi  birgalikda  harakat  qilish 
to‘g‘risidagi mahfiy konvensiyani imzolashdi. 1866 yilda Prussiya Avstriyaga qarshi 
urush olib bordi. Avstriya va Prussiya o‘rtasida imzolangan Praga sulhiga (1866 y. 24 
avgust)  binoan  Avstriya  boshchiligidagi  German  ittifoqi  yo‘q  qilindi. Uning  o‘rnida 
yuzaga  kelgan  Shimoliy  Germaniya  ittifoqi  Prussiya  boshchiligida  kuchli  davlatni 
barpo etardiki, uning chegaralaridan tashqarida janubiy german davlatlari (Bavariya, 
Vyurtemberg, Baden va boshq) qolgan edi.  
 
Vena tartiblari batamom ko‘mib tashlandi.  
 
Evropa  davlatlarining  Amerika  masalalariga  faol  aralashishi  Meksikaga 
nisbatan  harbiy  intervensiyani  amalga  oshirish  bilan  boshlandi.  Ushbu  mamlakatda 
1854 -  1860 yillarda inqilob ro‘y bergandi. 1861 yilda Angliya, Fransiya va Ispaniya 
Meksikaning  Atlantika  sohillarini  preventiv
1
  tarzda  harbiy  okkupatsiya  qilish 
to‘g‘risida  konvensiya  tuzishdi.  Ushbu  harakat  Meksika  qarzlarining  to‘planishini 
ta’minlaydigan  kafolat  sifatida  e’lon  qilindi. 1861 yil  dekabr  oyida  Meksika 
qirg‘oqlariga  avval  ispan,  keyin  esa  ingliz  va  fransuz  qo‘shinlari  tushirildi.  Biroq 
Napoleon  III  Meksikani  Fransiya  protektorati  ostidagi  “lotin  imperiyasi”-ning 
tayanch nuqtasiga aylantirish rejalariga ega edi. Lekin Fransiyaning Yangi Dunyoda 
kuchayishi  Angliya  va  Ispaniyaning  niyatlariga  to‘g‘ri  kelmasdi. 1862 yilning 
fevralida ular o‘z qo‘shinlarini Meksikadan olib chiqishdi va Xuares hukumati bilan 
qarzlarni  to‘lanishini  kechiktirish  to‘g‘risidagi  bitimni  imzolashdi.  Ammo  Fransiya 
Angliya va Ispaniyadan o‘rnak olmadi va uzoqqa cho‘zilgan Meksika avantyurasiga 
(hatarli,  qaltis  ish)  aralashib  ketdi.  Natijada  Fransiya  1867  yilda  mag‘lubiyatga 
uchradi. 
 
1862  yilda  AQSH  ga  nisbatan  qurollangan  intervensiya  tahdidi  yuzaga  keldi. 
Garchand Angliya 1861 yilda shimol va janub o‘rtasidagi urushga nisbatan o‘zining 
betarafligini  e’lon  qilgan  bo‘lsa  ham,  amalda  janubliklarni  qo‘llab-quvvatladi, 
                                                 
1
 Preventiv -  oldini oluvchi, ogohlantiruvchi. 
 


74 
 
Konfederatsiya tomonida turib fuqarolar urushida bevosita qatnashishga tayyorgarlik 
ko‘rgan  holda.  Fransiya  ham  Yangi  Dunyo  ishlariga  qurol  bilan  aralashishga 
intilmoqda  edi.  Biroq  Rossiya  1862  yilning  noyabrida  shimolliklarga  qarshi 
intervensiyada  qatnashishni  rad  etdi.  Napoleon  III  ning  shimolliklarga  nisbatan 
bo‘lgan  maqsadlari  Evropa  va  Amerika  demokratik  jamoatchiligi  orasida  katta 
g‘azablanishni  keltirib  chiqardi.  Bu  holat  ham  yuzaga  kelgan  vaziyatga  o‘z  ta’sirini 
o‘tkazdi.  Natijada  Evropa  davlatlarining  AQSH  ishlariga  qurolli  aralashish  rejasi 
barbod bo‘ldi.  
 
XIX  asr  60  -  yillarning  oxirida  Fransiya  imperiyasi  inqirozni  boshidan 
kechirmoqda  edi.  Mamlakat  ichkarisida  respublikaning  o‘rnatilishini  talab  qilgan 
muholifat  kuchaymoqda  edi.  Napoleon  III  hokimiyati  mustahkam  emasdi.  Ushbu 
sharoitda  Fransiyaga g‘olibona urush  zarur  edi. Bismark ham  tezroq urush bo‘lishni 
xohlardi.  CHunki  Germaniyaning  g‘alabasi  natijasida  janubiy  german  erlari  o‘z 
ixtiyoriga  ko‘ra  Shimoliy  Germaniya  ittifoqiga,  qo‘shilishi  ya’ni  Prussiyaga 
qo‘shilishi  mumkin  edi.  Biroq  kansler  urushni  Fransiya  boshlashini  xohlardi.  Va 
Napoleon III Bismarkning ushbu tuzog‘iga tushdi. 
 
1868  yilda  Ispaniyada  inqilob  boshlandi.  Qirolicha  Izabella  II  Fransiyaga 
qochdi. Fransiya imperatorining xotini ispaniyalik ayol bo‘lganligi sababli Izabellaga 
taxtni qaytarib olishda yordam bermoqchi bo‘ldi. Lekin buning imkoniyati yo‘q edi, 
Evropada ispan toji uchun kurash boshlandi.  
 
Napoleon  III  Ispaniya  taxtiga  shahzoda  Ferdinand  Saksen  -  Kaburskiyni 
o‘tkazib, do‘stona munosabatdagi Ispaniyaga ega bo‘lishni rejalashtirgandi. Bismark 
esa,  Fransiyaning  kuchayishidan  qo‘rqib,  ispan  tojini  qirol  Vilgelmning  qarindoshi 
bo‘lgan shahzoda Leopold Gogensollernga topshirishga intildi.  
Voqealar  1870  yilning  yozida  avj  oldi.  Vilgelm  I  ning  huzuriga  kelgan 
Fransiya  elchisi  Leopold  Gogensollernning  nomzodini  ispan  tojiga  da’vogarlikdan 
olib  tashlashni  taklif  etdi.  Vilgelm,  Bismarkdan  farqliroq,  urushdan  xavfsirab 
iltimosni bajarishni va’da qildi. Ammo masalani tinch yo‘l bilan hal etish mumkinligi 
Ikkinchi  imperiya  hukumatini  qoniqtirmasdi.  Fransiya  elchisi  Benedetti  ikkinchi 
marotaba  kayzer  bilan  uchrashdi  va  undan  kelgusida  qirol  ispan  taxtiga 
Gogensollernlar 
sulolasidan 
bo‘lgan 
shahzodaning 
nomzodini 
qo‘llab 

quvvatlamasligi  to‘g‘risida  yozma  ishontirshnoma  berishni  talab  qildi.  Vilgelm 
bunday va’dani bermadi, lekin ushbu masala bilan Emsdan Berlinga qaytib kelganida 
shug‘ullanishini aytdi. Biroq bunday qaror ikkala tomonga ham to‘g‘ri kelmasdi. 
 
Bismark  harbiy  vazir  Roon  va  bosh  shtab  boshlig‘i  Moltke  bilan  kengashib 
oldi.  U,  armiya  urushga  tayyor  ekanligini  bilgach,  Vilgelm  I  va  fransuz  elchisi 
o‘rtasidagi  uchrashuv  haqida  soxta  ma’lumotlarni  gazetalarga  etkazdi,  go‘yoki  qirol 
elchiga  orqasini  o‘chirib  oldi  va  u  bilan  hatto  gaplashmadi.  Ushbu  xabar  butun 
Evropaga tarqaldi. Prussiya elchisi Berlinga qaytarib chaqirib olindi. Parijda xavotir 
oshib bordi.  
 
1870  yil  19  iyulda  Fransiya  Prussiyaga  urush  e’lon  qildi.  Angliya  va  Rossiya 
masalani  tinch  yo‘l  bilan  hal  etish  uchun  xalqaro  konferensiya  chaqirishni  taklif 
etishdi.  Napoleon  III  urushda  o‘ziga  ittifoqchi  qilib  olmoqchi  bo‘lgan  Italiya  va 
Avstro - Vengriya davlatlarining hukumatlari “qurollangan vositachilik” pozitsiyasini 


75 
 
egallashdi.  Ular  avval  Fransiyaning  g‘alabasiga  ishonch  hosil  qilib,  keyin  esa 
Prussiyaga  qarshi  harakatlarni  boshlashga  umid  bog‘lashgandi.  Lekin  Fransiya 
imperatori urushga intilmoqda edi.  
 
Biroq  birinchi  janglar  Fransiyaga  ayanchli  mag‘lubiyatlarni  keltirdi. 1 
sentyabrda Sedan yonidagi jangda fransuzlar tor - mor etildi. 2 sentyabrda Napoleon 
III  oq  bayrog‘ni  ko‘tarishni  buyurdi  va  taslim  bo‘ldi.  Ikkinchi  imperiya  tugadi. 
Fransiyada inqilob boshlandi. 
1870  yil  27  oktyabrda  marshal  Bazen  qo‘mondonligidagi  fransuzlar  armiyasi 
ham taslim bo‘ldi. Nemis qo‘shinlari Parij tomon harakatlanishdi va uni 1871 yilning 
yanvarida  qurshab  olishdi.  Fransiyaning  Muvaqqat  hukumati  mamlakatni, 
kamsitadigan shartlar asosida, Prussiya bilan yarash ahdini tuzdi. 26 fevralda Ter va 
Bismark  tinchlik  bitimini  imzolashdi-ki,  unda  Elzas  va  Lotaringiyani  Germaniyaga 
berilishi, hamda 5 milliard frank miqdorida kontributsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgandi. 
Nemis  qo‘shinlari  esa  kontributsiya  batamom  to‘lalgunga  qadar  Fransiyaning 
shimolida joylashtirildi. Fransiyaning Milliy kengashi ushbu shartlarni tasdiqladi.  
 
1871  yilning  yanvar  oyida  Versal  saroyining  oynali  zalida  Vilgelm  I 
Germaniya imperiyasi barpo etilganligini e’lon qildi. Mamlakatni birlashtirish uchun 
olib borilgan kurash yakunlandi. 
 
Fransiya  -  Prussiya  urushining  muhim  oqibatlaridan  biri  Italiyada  ham 
birlashish  jarayonining  yakunlanishi  edi.  Urush  natijalari  Germaniya  va  Avstro  - 
Vengriya  o‘rtasidagi  munosabatlarga  ta’sir  etdi.  Avstriya  -  Vengriyaning  hukmron 
doiralari  Avstriya  -  Prussiya  urushidagi  mag‘lubiyati  uchun  revansh  olish  (qarimta 
qaytarish) g‘oyasidan voz kechishdan va Germaniya imperiyasi bilan yaqinlashishga 
qaror qilishdi. 
 
Germaniya  qudratining  oshganligi  ingliz  -  german  munosabatlarining 
keskinlashuviga  olib  keldi,  chunki  mustamlakachilik  siyosatida  Angliyaga  nisbatan 
yangi  raqib  paydo  bo‘ldi.  Yangi  buyuk  davlatning  vujudga  kelishi  natijasida  barcha 
qo‘shni  davlatlar  o‘z  xavfsizligi  uchun  havotirga  tushdi.  Ayniqsa  bunday  holat 
yaqindagina prus armiyasining bosqinini boshidan kechirgan Fransiya uchun taaluqli 
edi.  
 
Germaniya kanslerining tashqi siyosati Fransiyaga qarshi qaratilgan edi-ki, bu 
1873  yilda  uch  imperator  ittifoqining  tashkil  etilishida  o‘z  ifodasini  topdi.  Bismark 
Fransiyani  Rossiya  va  Avstro  -  Vengriya  bilan  ittifoq  tuzish  ehtimolidan  mahrum 
qilish  uchun,  monarxlar  birdamligi  g‘oyasidan  Evropada  tartibni  mustahkamlash 
yo‘lida  foydalandi.  Biroq  Ittifoqqa  kirgan  har  bir  mamlakat  o‘zining  maqsadlariga 
ega  edi.  Jumladan  Rossiya  Fransiyani  Germaniyaga  qarshi  turadigan  kuch  sifatida 
qo‘llab-quvvatlardi.  Uch  imperator  ittifoqi  tuzilganligiga  qaramasdan,  Rossiya  va 
Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib borardi. Rossiya - Turkiya  urushi 
(1877 - 1878 yy.) va Berlin kongressi ittifoqni qo‘porib tashladi. 
 
Bismark, “rus tahdidi” to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari surib, 1879 yilda Rossiyaga 
qarshi qaratilgan ittifoqni Avstro - Vengriya bilan tuzishga erishdi. 
 
Fransiyani  yakkalab  qo‘yish  bo‘yicha  Bismarkning  keyingi  faoliyati  Italiyani 
Germaniya  tomoniga  jalb  etishda  namoyon  bo‘ldi.  Bismark  Italiyaning  Tunisga 
nisbatan  qiziqishini  qo‘zg‘atardi  va  shu  paytning  o‘zida  uni  Fransiya  tomonidan 


76 
 
bosib  olinishi  yoqlab  chiqardi.  Italiya  1882  yilda  Germaniya  va  Avstro  -  Vengriya 
bilan  birga  Uchlar  ittifoqini  tuzishni  afzal  ko‘rganligiga  ajablanmasa  ham  bo‘ladi. 
Bitim  5  yillik  muddatga  tuzilib, keyinchalik  bir  - necha bor qaytadan takrorlandi va 
1915 yilgacha mavjud bo‘ldi. Yangi koalitsiya (ittifoq), bir tomondan, - Fransiyaga, 
ikkinchi tomondan Rossiyaga qarshi qaratilgan edi. 
 
Tabiyki, umumiy dushman paydo bo‘lgan vaziyatda Fransiya va Rossiya bir - 
birovi bilan yaqinlashishga intilishdi. Bismark barcha vositalarni ishga solib Fransiya 
-  Rossiya  ittifoqining  tashkil  etilishini  oldini  olishga  harakat  qildi.  Nemis 
diplomatiyasining urinishlari natijasida ittifoqning tuzilishi keyinga  surildi. Fransiya 
va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq faqatgina 1893 yilda shakllandi. 
 
Uchlar  va  Fransiya  -  Rossiya  ittifoqlarining  tashkil  topishi  bilan  Evropa 
qit’asida buyuk davlatlarning kuch jihatidan deyarli teng bo‘lgan ikki guruhi yuzaga 
keldi. 
 
Ammo  Angliya  biron  -  bir  harbiy  ittifoqqa  yoki  guruhga  qo‘shilmadi.  Ingliz 
hukumati,  an’anaviy  “ajoyib  yakkalanish”  siyosatiga  amal  qilib,  hech  qanday 
majburiyatlar  bilan  o‘zini  bog‘lamaslikni  afzal  ko‘rdi.  Angliya  o‘z  manfaatlarini 
o‘zgalar  qo‘li  bilan  himoya  qilishga  intildi. “Ajoyib  yakkalanish”  siyosati 
tarafdorlarining  fikriga  ko‘ra,  bunga  erishish  uchun  eng  yaxshi  vosita  -  bu  boshqa 
buyuk davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qo‘zg‘atish  edi. Birisining qo‘llab  - 
quvvatlashiga  ega  bo‘lib,  boshqalarini  zaiflashtirishga  intildi.  Angliya  Uchlar 
ittifoqiga Fransiya va Rossiya uchun mo‘ljallangan jilov sifatida qarardi. Chunki XIX 
asrning  80  -  90  yillarida  aynan  ushbu  mamlakatlar  bilan  Britaniyaning  ko‘plab 
muammolari mavjud edi. 
 
“Ajoyib  yakkalanish”  siyosati  Britaniyaning  orol  sifatida  mustahkamligi  va 
dengiz qudratiga tayanardi.  
 
XIX asrda eng kuchli qarama - qarshilik Angliya va Fransiya o‘rtasida edi. Nil 
daryosining  quyilishi  joyi  uchun  olib  borilgan  uzoq  muddatli  kurash  1882  yilda 
Misrni  Angliya  tomonidan  bosib  olinishi  bilan  yakunlandi.  Suvaysh,  Malta  va  Kipr 
bilan  birgalikda,  Angliyaning  Sharqiy  O‘rta  er  dengizi  mintaqasidagi  strategik 
ustunligini mustahkamladi. 1881 yilda Fransiya Tunisni o‘z mustamlakasi deb e’lon 
qildi. 
 
Angliya  va  Fransiya  o‘rtasidagi  keyingi  kurash  Afrika  va  janubi  -  Sharqiy 
Osiyo  uchun  olib  borildi.  Inglizlarning  Sudan  mamlakatiga  uyushtirilgan  birinchi 
harbiy  ekspeditsiyasi  1885  yilda  muvaffaqiyatsiz  yakunlandi.  Ikkinchi  ekspeditsiya 
esa 1896 - 1897 yillarda arablarning tor - mor etilishi va Sudanning bo‘ysundirilishi 
bilan  tugadi.  Inglizlarning  Nil  daryosi  bo‘ylab,  yuqoriga  harakatlanishi  Fashoda 
yonida  kapitan  Marshan  qo‘mondonligidagi  fransuzlar  otryadi  bilan  to‘qnashuviga 
olib keldi. Angliyaning flotini safarbar qilish to‘g‘risidagi qarori Fransiyaga nisbatan 
urush  tahdidi  keltirib  chiqardi. Fransiya  hukumati  yon  berishga  majbur  bo‘ldi. 1899 
yilda tuzilgan bitimga binoan Fransiya Fashoda va Nil daryosining butun vodiysidan 
voz  kechdi,  ammo  Sudanning  g‘arbiy  viloyatlariga  nisbatan  “haq  -huquq”  ga  ega 
bo‘ldi. 
 
Tunisni  Fransiya  tomonidan  bosib  olinishi  fransuz  -  italyan  munosabatlarning 
keskinlashishiga  sabab  bo‘ldi.  Italiya  -  Efiopiya  urushi  (1895  -  1896  yy.)  davrida 


77 
 
Fransiya  va  Rossiya  Efiopiya  negusiga  diplomatik  yordam  ko‘rsatdi.  Urush  1896 
yilda Adua yonidagi jangda italiyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Efiopiya 
o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. 
 
To‘qnashuvning yana bir mintaqasi janubiy - sharqiy Osiyo edi. Hindixitoyda 
Fransiya  Tonkin  va  Annamni  bosib  olishga  intildi.  Ammo  bu  hududlar  Xitoyning 
suveriniteti  ostida  edi.  Fransiyaning  Xitoyga  qarshi  olib  borgan  urushi  natijasida 
Annam va Tonkin fransuzlarning mustamlakasiga aylantirildi. 1887 yilda ushbu erlar, 
Nambo,  Kambodja,  hamda  Laos  (1898  y.)  Fransiya  tomonidan  barpo  etilgan 
Hindixitoy  ittifoqiga  kirdi.  Fransiyaning  Hindixitoydagi  ekspansiyasi  Angliyani 
tashvishga  solardi. XIX asr  90  -  yillarning  boshida  ikkala  davlat  ekspeditsiyalarni 
amalga  oshirdi  va  Siamgacha  etib  borishdi.  Ushbu  mamlakatni  egallashga  bo‘lgan 
intilish  urushni  keltirib  chiqarishiga  sal  qoldi. 1896 yilda  imzolangan  bitimga  ko‘ra 
Siam mustaqil deb tan olindi va fransuzlar va inglizlarning erlari o‘rtasidagi qalqonga 
o‘xshab qoldi.  
 
Ingliz  -  rus  raqobati  O‘rta  Osiyo  va  O‘rta  Sharqda  bo‘lib  o‘tardi.  1880  yilda 
ulkan  harbiy  urinishlar  natijasida  Afg‘oniston  ustidan  ingliz  protektorati  o‘rnatildi. 
Rossiya  esa  ushbu  yillarda  Turkmanistonni  va  Marvni  qo‘shib  oldi. 1885 yilda 
Londonda Afg‘onistonning shimoli - g‘arbiy chegarasini belgilash to‘g‘risida kelishib 
olindi,  va  1887  yilda  esa  rus  -  afg‘on  chegarasini  belgilash  to‘g‘risidagi  yakuniy 
protokol imzolandi. 
 
Xalqaro  maydonda  ro‘y  bergan  voqealar  Angliyani  “ajoyib  yakalanish” 
siyosatini  o‘zgartirishga  majbur  qildi.  Sanoat  gegemoniyasini  yo‘qotgan  va  qit’aviy 
davlatlar  o‘rtasidagi  ziddiyatlardan  foydalanish  imkoniyatidan  mahrum  bo‘lgan 
Angliya endilikda yakkalanish siyosatini ishga solaolmasdi. Eski raqiblari - Fransiya 
va Rossiya qatoriga yangi va yanada xavfli dushman - Germaniya qo‘shildi.  
 
80  -  yillarning  oxiridan  german  mollari  jahon  bozorida  ingliz  fabrikalarining 
mahsulotlarini  siqib  chiqarishni  boshladi.  Qolaversa,  Vilgelm  II  va  uning 
atrofdagilari Germaniyani qudratli dengiz davlatiga aylantirishga intildilar. Bunga esa 
Angliya yo‘l qo‘ymoqchi emasdi. 
 
1905  yilda  Angliyaning  harbiy  -  dengiz  vazirligi  german  flotining 
imkoniyatlaridan  uzoq  davrgacha  ustunlikka  erishishni  niyat  qilib,  drednoutlar 
(linkorlar, ya’ni harbiy flotda - ko‘pincha yirik to‘plar bilan qurollangan qalin zirxli 
katta  kemalar)  qurilishni  boshlab  yubordi.  Lekin  bu  niyatlar  uchga  aylandi. 1908 
yilda Angliyada tayyor bo‘lgan va qurilayotgan drednoutlarning umumiy soni 12 ga 
etgan  bo‘lsa,  Germaniyada  esa  -  9  edi.  Angliya  va  Germaniya  o‘rtasida  dengizda 
qurollanish poygasi boshlandi. Britaniya hukumati Germaniyada qurilayotgan har bir 
dretnoutga 2 ingliz kemasi bilan javob berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.  
 
Germaniya,  imkoniyati  mavjud  joylarda,  Angliyaning  mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi harakat qilishni boshladi. 1898 yilda Germaniya kayzeri Turkiyaga 
keldi. Ushbu tashrif natijasida nemis banki Bag‘dod temir yo‘lini qurishga buyurtma 
oldi.  Angliyaning  hukmron  doiralari  Germaniyaning  Turkiyaga  kirib  kelishini 
o‘zlarining  Hindiston  va  Misrdagi  mavqelariga  nisbatan  tahdid  deb  hisoblashardi. 
Germaniya  va  Angliya  o‘rtasidagi  ziddiyatlar  murosaga  kelmaydigan  holatga  kirib 


78 
 
qolaverdi.  Endi  Angliya  o‘ziga  ittifoqchi  qidirishni  boshladi,  chunki  urush  bo‘lishi 
turgan gap edi.  
1904  yilning  aprelida  Angliya  va  Fransiya  o‘rtasida  asosiy  mustamlakachilik 
masalalari  bo‘yicha  bitim  tuzildi.  Angliyaning  Misrda  hukmronlik  qilish  huquqi 
tasdiqlandi,  Fransiyaning  esa  -  Marokash  Britaniya  va  Fransiya  o‘rtasida  harbiy  - 
siyosiy  ittifoq  Antanta  shakllandi. 1907 yilda  Rossiya  va  Angliya  o‘rtasida  tuzilgan 
bitimga  muvofiq  Eron  ta’sir  doiralariga  bo‘lib  olindi;  mamlakatning  shimoliy  qismi 
Rossiyaga,  janubiy  qismi  Angliyaga  tegdi,  markaziy  qismi  esa  xolis  zona  sifatida 
e’tirof  qilindi.  Afg‘oniston  Angliyaning  ta’sir  doirasiga  kiritildi. 1907 yil  bitimi 
Antantaning  yoki  boshqacha  qilib  aytganlaridek, “uch  davlat  inoqligining” 
shakllanishini  nihoyaga  etkazdi.  Ikki  harbiy  -  siyosiy  blokning  barpo  etilishi 
yakunlandi. 
Yangi  davr  XIX  –  XX  asrlar  chegarasida  taqsimlanib  bo‘lgan  dunyoni  qayta 
bo‘lib  olishgacha  qaratilgan  urushlar  olib  keldi.  Bular  qatoriga  Ispaniya  -  AQSH 
urushini (1898 y.), ingliz - burlar urushini (1898 - 1902 yy.) va rus - Yapon urushini 
(1904  -  1905  yy.)  kiritish  mumkin. 1895 yilda  Kubada, 1896  yilda  esa  Filippinda 
ispan hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi.  AQSH  ushbu voqealarni diqqat 
bilan  kuzatardi. 1898 yil  25  aprelda  AQSH  Ispaniyaga  urush  e’lon  qildi. 
Amerikaliklar floti ispan flotini tor - mor etdi. Amerika qo‘shinlari Kuba va Filippin 
orollarida  tushirildi  va  mahalliy  aholi  bilan  birgalikda  ispanlarni  mag‘lub  etdi. 
Ispaniya tinchlikni so‘radi va sulh 1898 yilda imzolandi. Unga binoan AQSH Guam 
va  Puerto  -  Riko  orollarini  qo‘lga  kiritdi.  Rasman  “mustaqil  respublika”  deb 
hisoblangan Kuba AQSH ning protektoratiga aylandi. Keyin esa, AQSH, Ispaniyaga 
20 mln dollar to‘lab Filippin orollarini qo‘lga kiritdi. 
 
Dunyo  XX  asrni  ingliz  -  burlar  urushi  bilan  ( 1899 -  1902  yy. ) kutib  oldi. 
Ushbu  urushni ko‘plar  “I jahon urushining shafqatsiz  repetitsiyasi”  deb atardi. 1902 
yilda  Angliya  burlar  respublikalarini  bosib  oldi. 1910 yilda  ularning  erlarida 
Britaniyaning  dominioni  -  Janubi  -  Afrika  ittifoqi  tuzildi  va  uning  tarkibiga  ingliz 
mustamlakalari Kapa va Natal kiritildi.  
 
1908 yilda xalqaro munosabatlarda  yana  inqiroz holati  yuzaga  keldi. Avstro - 
Vengriya  Turkiyaga  tegishli  bo‘lgan  Bosniya  va  Gersegovinani  bosib  oldi.  Bu  esa 
Turkiya  va  Serbiyaning  noroziligini  keltirib  chiqardi.  Ushbu  hududlarning 
egallanishi,  Germaniya  va  Avstro  -  Vengriyaning  mavqeini  kuchaytirib,  Antanta 
davlatlari manfaatlariga daxl qilardi va yagona mustaqil davlatga birlashishga intilgan 
janubiy slavyan xalqlarining xayotiy manfaatlariga zid edi.  
 
Germaniya  Rossiyadan  Bosniya  va  Gersegovinaning  bosib  olinganligini  tan 
olishni  talab  qildi.  Urushga  tayyor  bo‘lmagan  Rossiya  bunga  rozi  bo‘ldi.  Ushbu 
inqiroz  Bolqonda  ayniqsa  Rossiya  va  Serbiya  bir  tomondan,  hamda  Avstro  - 
Vengriya  ikkinchi  tomondan  o‘rtasidagi  ziddiyatlarning  o‘ta  keskinlashishiga  olib 
keldi.  
 
1912  yilda  Antantaning  ko‘magida  Bolgariya,  Serbiya,  Yunoniston, 
CHernogoriya ittifoq tuzishdi. Maqsad - Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurash olib 
borish. 1912 yilning oktyabr oyida Bolqon ittifoqi davlatlari Turkiyaga qarshi urush 
boshladilar.  Noyabr  oyida  bolgar  qo‘shinlari  Konstantinopolga  (Stambul)  yaqin 


79 
 
kelishdi. Turkiya sulh tuzishni so‘radi. Tinchlik muzokaralari Londonda dekabr oyida 
boshlandi, biroq faqat 1913 yilning may oyida tinchlik shartnomasi imzolandi. 
 
Turkiya  Bolqon  ittifoqiga  Bolqon  yarimorolidagi  Enos  -  Midiya  chizig‘i 
bo‘ylab  joylashgan  egaliklarini  topshirdi.  Xaritada  yangi  davlat  -  Albaniya  paydo 
bo‘ldi.  Ushbu  davlat  de  -  fakto  (  amalda  )  Avstro  -  Vengriya  va  Italiyaga  qaram 
bo‘lib qoldi. 
 
Turkiyaning  mag‘lubiyati  Avstriya  -  Germaniya  blokining  mavqeini 
zaiflashtirdi.  Serbiya  va  Yunoniston  Turkiyadan  olingan  erlarni  bo‘lib  olish  paytida 
o‘zlarining ulushlarini ko‘paytirishni Bolgariyadan talab qildi. Avstro - Vengriya va 
Germaniya  Bolgariya  podshosini  o‘zining  sobiq  ittifoqchilariga  hujum  qilishga 
turtkiladilar. Rossiya harbiy to‘qnashuvning oldini olishga va Bolqon ittifoqini saqlab 
qolishga iloji boricha harakat qildi. 
 
1913  yil  iyun  oyida  Bolgariya  Serbiyaga  qarshi  urush  boshladi.  Ikkinchi 
Bolqon urushi Bolqon ittifoqining ichki ziddiyatlari va unga qarshi amalga oshirilgan 
qo‘poruvchilik ishi oqibati boshlandi. Bolgariyadan Janubiy Dobrudjani tortib olishni 
niyat  qilgan  Ruminiya  Serbiya  va  Yunonistonga  qo‘shildi.  Turkiya  ham, 
Adrianopolni  qaytarib  qo‘lga  kiritish  umidida  bo‘lib,  Bolgariyaga  qarshi  urush 
boshladi. Bolgariya  bir necha kun ichida  tor  -  mor  etildi. 1913 yilning  avgust  oyida 
Buxarestda  Bolgariyaning  obro‘sini  to‘kadigan  shartnoma  imzolandi.  Unga  binoan 
Makedoniya va Frakiyaning bir qismi Serbiya va Turkiyaga o‘tdi. Ruminiya Janubiy 
Dobrudjani qo‘lga kiritdi, Turkiyaga esa Adrianopol qaytarildi. Bolqon ittifoqi tarqab 
ketdi.  Biroq  Buxarestda  o‘rnatilgan  tinchlik  uzoqqa  cho‘zilmadi.  Bolqonda  yuzaga 
kelgan vaziyat “o‘z uchqunini” kutib turgan “Evropa qo‘rxonasini” eslatardi. 1914 yil 
28  iyunda  Saraevo  shahrida  Avstriya  ersgersogi  taxt  vorisi  Frans  Ferdinandning 
“Mlada  Bosna”  deb  nomlangan  serb  millatchilik  tashkilotining  a’zosi  G.  Prinsip 
tomonidan o‘ldirilishi aynan shunday uchqun vazifasini bajardi. Ushbu voqea Avstro 
-  Vengriyanning  Serbiyaga  urush  e’lon  qilishiga  bahona  bo‘ldi.  Rossiya  slavyan 
xalqlarini  yordamsiz  qoldira  olmasdi  va  31  iyulda  mamlakatda  umumiy  safarbarlik 
boshlandi. Germaniya ultimativ tarzda uni to‘xtatishni talab qildi. Hech qanday javob 
olmagach, 1914 yil 1 avgustda Rossiyaga urush e’lon qildi; 3 avgustda - Fransiya, 4 
avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildilar. 
 
Tez  orada  urush  Evropadan  tashqari  mintaqalarni  qamrab  oldi.  Yaponiya, 
urushdan  foydalanib,  Xitoyni  bo‘ysundirmoqchi,  Tinch  okeanidagi  german 
mustamlakalarini  bosib olmoqchi va  Uzoq  Sharqda o‘z  hukmronligini o‘rnatmoqchi 
edi. 1914 yilning avgust oyida Yaponiya Germaniyaga urush e’lon qildi. 
 
Asta - sekin urush umumiy aholisi 1,5 mlrd kishini tashkil etgan 38 ta davlatni 
qamrab oldi va jahon urushiga aylandi. 
 
1914  -  1915  yillarda  Germaniya  va  Avstro  -  Vengriya  blokiga  Turkiya  va 
Bolgariya qo‘shildi. Shu tariqa To‘rtlar ittifoqi yuzaga keldi. Antanta tomonida turib 
Italiya,  Portugaliya,  Ruminiya,  AQSH,  Yunoniston  urush  olib  borishdi.  Urushga 
kirgan buyuk davlatlar qanday maqsadlarni ko‘zlagan edilar?  
 
Germaniya Evropa va Yaqin Sharqning katta qismini bosib olishga intildi, shu 
jumladan  ittifoqchi  Turkiyani  ham.  Angliya,  Fransiya  va  Belgiyadan  ularning 
mustamlakalarini, Rossiyadan esa - Ukraina va Boltiq bo‘yini olmoqchi edi.  


80 
 
 
Avstro  -  Vengriya  Serbiya,  Bolgariya  va  Chernogoriyani  bo‘ysundirishni, 
Bolqon yarimorolida, hamda Qora, Adriatik va egey dengizlarida o‘z hukmronligini 
o‘rnatishni ko‘zlagandi.  
 
Angliya  o‘z  mustamlakalarini  saqlab  qolish  va  asosiy  raqibi  -  Germaniyani 
zaiflashtirish  uchun  kurash  olib  bordi.  Bundan  tashqari,  Angliya  Turkiyadan 
Mesopotamiyani,  Falastinni  tortib  olishni  va  Misrda  mustahkam  o‘rnashib  olishni 
niyat qilgandi. 
 
Fransiya  undan  1871  yilda  Germaniya  tomonidan  tortib  olingan  Elzas  va 
Lotaringiyani  qaytarib  olishga,  hamda  Saar  ko‘mir  havzasini  va  Reyn  daryosining 
chap sohilidagi boshqa german viloyatlarni qo‘lga kiritishga intildi. 
 
Rossiya  Konstantinopolni,  Marmar  dengizining  g‘arbiy  sohilini  va 
Dardanellani  o‘z  ta’sir  doirasiga  kiritmoqchi  edi.  Avstro  -  Vengriyaning  tarkibiy 
qismi Galitsiyani bosib olish ham Rossiyaning rejalariga kiritilgandi. 
 
German qo‘mondonligi o‘zi uchun qulay kelgan sharoitlarga asoslanib, “yashin 
tezligidagi urush” - “blitskrig” ga yoki “Shliffen rejasi” ga tayandi. Rejada dastavval 
betaraf Belgiya hududlari orqali Fransiyaga bostirib kirish ko‘zda tutilgandi. Fransiya 
tor  -  mor  etilganidan  so‘ng  Rossiyaga  yopirilmoq  rejalashtirilgandi.  Germaniya 
Avstriya - Vengriya bilan birgalikda hal qiluvchi zarbani shu erda bermoqchi edi.  
 
Nemislar,  Belgiyaliklarning  qarshiligini  engib  o‘tib, 1914 yilda  tez  orada 
Fransiya  -  Belgiya  chegarasiga  chiqdilar.  Parij  xavf  ostida  edi.  Biroq  voqealarning 
borishi german qo‘mondonligining rejalarini o‘zgartirib yubordi. Rus qo‘shinlarining 
Sharqiy  Prussiyadagi  faolligi,  nemislarning  yirik  kuchlari  orqada  qolgan  qal’alarni 
qamal  qilish  bilan  ipsiz  bog‘lanib  qolganligi,  Marna  daryosi  yonidagi  jang  ( 5 –  9 
sentyabr 1914 y. ), Polsha va Germaniyadagi shiddatli janglar “blitskrigning” barbod 
bo‘lishiga olib keldi.  
 
Italiya  hukumati  Antanta  tomonida  turib  urushga  kirishga  qaror  qildi.  Buyuk 
davlatlar  urushdan  so‘ng  Bolqondagi  bir  qator  erlarni  Italiyaga  beradi  deb  umid 
qilgan Italiya davlati 1915 yilning may oyida Avstro - Vengriyaga urush e’lon qildi. 
 
1915  va  1916  yillarda  urush  o‘ta  rahmsizlik  va  ulkan  talafotlar  bilan  olib 
borildi. Sharqiy frontda rus qo‘shinlariga qarshi Avstro - Vengriya armiyasining katta 
qismi  va  saralangan  german  qo‘shinlari  urushayotgan  bo‘lsa,  g‘arbiy  frontda  esa 
Fransiya  va  ingliz  armiyasi  nemislarga  qarshi  turardi. Ikki  frontda urush  olib borish 
Germaniya  uchun  tez  orada  mag‘lubiyatga  uchrash  bilan  teng  edi.  Shuning  uchun 
Germaniya  rahbariyati  va  bosh  shtab  Antantaga  kiruvchi  mamlakatlarni  bir  - 
birovidan  ajratib  yuborishga  qaror  qabul  qildi.  Sharqda  harbiy  g‘alabalarga  erishish 
orqali  Rossiyani  separat  sulh  (ittifoqdoshlar  bilan  kelishmay  tuzilgan  sulh;  bir 
tomonlama  sulh  ) to‘g‘risida  muzokaralar olib  borishga  majburlash  mo‘ljallangandi. 
Shunga  asoslanib,  Germaniya  1915  yilda  harbiy  harakatlar  og‘irligining  markazini 
Sharqqa  olib  o‘tdi. 1915 yil  2  mayda  nemislar  Gorlitsa  va  Tarnovo  oralig‘ida  rus 
frontini  yorib  o‘tdilar.  Iyul  oyida  ular  Polsha  va  Litvada  katta  hujum  boshladilar. 
Avgustda  Varshava  ishg‘ol  etildi.  Biroq  rus  qo‘shinlari  nemislarning  siljishini 
to‘xtatishdi. Rossiyani separat sulhini tuzishga majburlash imkoni bo‘lmadi.  
 
1915  yilda  G‘arbiy  frontdagi  harbiy  harakatlar  SHampani,  Artua  va 
Flandriyada  nemislarning  hujumlarini  Antanta  tomonidan  qaytarishi  bilan 


81 
 
ifodalanardi.  Germaniya  “suv  osti  urushi”  yordamida  Antantani  tiz  cho‘ktirishga 
urindi. “Luzitaniya” deb nomlangan ingliz kemasining cho‘ktirlishi oqibatida ko‘plab 
AQSH  fuqarolari  ham  xalok  bo‘lgan  edi.  AQSH  va  boshqa  mamlakatlarning  qat’iy 
noroziligi  natijasida  german  qo‘mondonligi  passajir  (  yo‘lovchi  )  kemalariga  faqat 
ogohlantirishdan so‘ng hujum qilishni buyurdi.  
 
1916  yilga  kelib  urushning  cho‘zilib  ketishi  Germaniyani  muqarrar  halokatga 
olib  kelishi  german  qo‘mondonligiga  mutlaqo  ravshan  bo‘lib  qolgandi.  Boshi  berk 
ko‘chadan  chiqib  ketishi  yo‘lini  izlagan  nemislar  hal  qiluvchi  zarbani  g‘arb  tomon 
olib  o‘tishga  qaror  qilishdi.  Bunday  zarba  beriladigan  joy  sifatida  fransuzlar 
mudofaasining muhim bo‘g‘ini sanalmish Verden tanlab olindi. 1916 yil 21 fevralda 
boshlangan  va  o‘sha  yilning  oxirida  yakunlangan  “Verden  qirg‘ini”  zaxiradagi 
ko‘plab diviziyalarni yutib yubordi va german qo‘mondonligining hisob - kitoblarini 
oqlamadi.  
 
May oyida Avstro - Vengriya Trentino yo‘nalishida hujumni amalga oshirdi va 
italyan armiyasini mag‘lubiyatga uchratdi. Antanta Rossiyadan yordam so‘radi. 1916 
yil 3 - 4 iyunda general Brusilov qo‘mondonligidagi janubi - g‘arbiy front qo‘shinlari 
Avstro  -Vengriyaga  qarshi  katta  hujum  boshladi.  Ular  Lutsk,  Chernovsi  va  boshqa 
shaharlarni  egallashdi.  Tarixga  “Brusilov  yorib  o‘tishi”  nomi  bilan  kirgan  bu  jang  I 
jahon  urushining  eng  yorqin  hodisalaridan  biri  bo‘ldi.  Ushbu  yorib  o‘tish  ingliz  - 
fransuz armiyalari Somma daryosida boshlagan ( 1916 y. 1 iyul ) qayta hujum uchun 
zamin  yaratib  berdi.  Somma  daryosidagi  jang  noyabrgacha  davom  etdi  va  harbiy 
harakatlarning umumiy ko‘rinishiga kam ta’sir etdi. 
 
Ikki  yarim  yil  davomida  olib  borilgan  janglar  biror  tomonga  hal  qiluvchi 
ustunlikni keltirmadi. Kurashni davom ettirish istiqbollari Germaniya uchun qayg‘uli 
ko‘rinish  kasb  etaverdi.  Angliya  va  uning  ittifoqchilari  nafaqat  barcha  german 
mustamlakalarini  egallashdi,  balki  yanada  shiddatli  tarzda  dengiz  qamali  siyosatini 
olib  borishdi. 1916 yilning  oxirida  Germaniyaning  ahvoli  “g‘oyat  og‘ir  va  deyarli 
chorasiz”  deb  baholanardi.  Ushbu  sharoitlarda  1916  yilning  12  dekabrida  kansler 
Betman  reyxstagda  “sulhparvar”  bayonot  bilan  chiqdi.  Shunga  o‘xshash  takliflarni 
AQSH  prezidenti  Vilson  ham  ilgari  surdi.  Ammo  Antant  mamlkatlari  Betman  va 
Vilson bayonotlari asosida har qanday muzokaralarni boshlashni rad etishdi.  
 
Natijada, 1917 yilning  bahoriga  kelib  sulh  tuzish  to‘g‘risidagi  muzokaralar 
boshlanmadi, urushning ko‘lamlari esa kengayib bordi.  
 
1917  yil  6  aprelda  AQSH  Germaniyaga  urush  e’lon  qildi.  German  suv  osti 
kemalarning  Amerika  kemalariga  hujumlari  bunga  bahona  bo‘ldi.  AQSH  ning 
Germaniya  bilan  ziddiyatlari  Antanta  bilan  ziddiyatlarga  nisbatan  chuqurroq 
bo‘lganligi  va  nemislarning  g‘alabasi  Antantaning  g‘alabasiga  qaraganda  Amerika 
manfaatlariga ko‘proq ziyon etkazishi urushga kirish uchun asosiy sabab edi.  
 
AQSH dan so‘ng Kuba, Panama, Braziliya, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, 
Peru, Urugvay, Kosta - Riko va Gaiti Germaniyaga urush e’lon qilishdi. 1917 yil 17 
avgustda ittifoqchilar tomonida turib, Xitoy ham urushga kirdi. 
 
Biroq, 1917 yilda Rossiyada ro‘y bergan inqilobiy voqealar ushbu mamlakatni 
urushdan  chiqishiga  sabab  bo‘ldi.  Rossiyaning  sovet  hukumati  juda  og‘ir  shartlar 
asosida Germaniya va uning ittifoqchilari bilan Brest - Litovsk shartnomasini (1918 


82 
 
y.)  imzoladi.  Rossiyaning  urushdan  chiqishi  bilan  Germaniya  oldida  faqat  g‘arbiy 
front qoldi.  
 
1918 yilning mart oyida nemislar hujum boshlashdi. German qo‘shinlari yirik 
taktik  muvaffaqiyatlarga  erishdilar,  ittifoqchilarning  mudofaasini  yorib  o‘tishdi  va 
iyun  oyida  Marna  daryosi  qirg‘oqlariga  yana  bir  bor  chiqishdi.  Parij  o‘qqa  tutildi. 
Biroq, fransuzlar iyul oyida general Fosh qo‘mondonligi ostida qayta hujumni tashkil 
etishdi. Tashabbus Antanta qo‘liga o‘tdi.  
 
Germaniyaning  ittifoqchilari,  ichki  ziddiyatlar  natijasida  tang  ahvolga  tushib 
qolib,  urushdan  chiqishdi. 29 sentyabrda  -  Bolgariya, 30 oktyabrda  Turkiya  taslim 
bo‘lish  to‘g‘risidagi  shartnomani  imzolashdi. 1918 yil  3  noyabrda  Gabsburglar 
generalitetining  vakillari  Antantaga  taslim  bo‘lishdi.  Imperiya  tarkibiy  qismlarga 
bo‘linib  ketdi.  Chexlar,  xorvatlar,  serblar,  slovenlar  va  vengrlar  oktyabrda  o‘z 
mustaqilligini e’lon qildilar. 
 
5 oktyabrda Germaniya “Vilsonning 14 bandi” asosida muzokaralar boshlashga 
rozi  ekanligi  haqidabayon  qildi. 3 noyabrda  Germaniyada  inqilob  sodir  bo‘ldi. 
Kayzer  Vilgelm  II  ag‘darilganidan  so‘ng  Germaniyaning  yangi  hukumati  urushni 
to‘xtatishga  qaratilgan  muzokaralarni  yakunlashga  shoshildi. 1918 yil  11  noyabrda 
Kompen  o‘rmonida,  marshal  Foshning  shtab  poezdi  turgan  Retond  stansiyasida 
Germaniya  delegatsiyasi  yarash  ahdini  imzoladi.  Bitim  34  moddadan  iborat  edi: 
German  qo‘shinlarining  15  kun  ichida  Fransiya,  Lyuksemburg,  Elzas  va 
Lotaringiyadan  chiqib  ketishi;  Germaniyaning  Brest  -  Litovsk  va  Buxarest 
shartnomalaridan  voz  kechishi;  harbiy  aslaha  -  anjomlarni  g‘olib  mamlakatlarga 
topshirilishi va boshq.  
 
Birinchi  jahon  urushi  ( 1914 -  1918  yy. ) yakunlandi.  Germaniya  va  uning 
ittifoqchilari mag‘lubiyatga uchradi.  
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish