A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana23.06.2021
Hajmi0,79 Mb.
#99431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Халқаро мун.(лотин)А.Холлиев

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
1 mavzu. Qadimgi Sharqda xalqaro munosabatlar va 
diplomatiya. 
 
Miloddan  avvalgi  III  -  II  ming  yilliklardagi  Mesopotamiyaning  tashqi  siyosiy 
tarixi, birinchi galda, Mesopotamiya ichkarisida mavjud bo‘lgan davlatlar o‘rtasidagi 
munosabatlar tarixidir. Yozuv oldi davrining oxiri va ilk sulolalar davrining boshida 
Mesopotamiyada  yigirmaga  yaqin  “nom”  turdagi  shahar  -  davlatlar  mavjud  edi. 
Mesopotamiyada gegemonlik qilishga qaratilgan da’volar dastavval “Kish podshosi” 
unvoniga  ega  bo‘lish  bilan  bog‘liq  bo‘lgandi. “Kish  lugali”  unvoni  podsho  - 
gegemonning an’anaviy unvoni bo‘lib qoldi.  
 
Mesopotamiyaning  tashqi  aloqalari  asosan  sharq  tomon  qaratilgan  edi. 
Miloddan avvalgi IV ming. yillikda Mesopotamiya Eronning yassi tog‘lik hududlari 
bilan jadal savdo aloqalariga ega  bo‘lgan.  
 
Miloddan 
avvalgi 
III 
ming 
yillikda 
Mesopotamiyaga 
keltirilgan 
mahsulotlarning  aksariyat  qismi  aynan  savdo  orqali  ta’minlanardi.  Bu  esa  tabiyki, 
savdo  almashuvining  yo‘lga  qo‘yilgan  tartibini  nazarda  tutadi.  Qolaversa,  savdo 
karvonlarining  erkin  qatnovini  ta’minlovchi  o‘zaro  kafolatlar  ham  mavjud  bo‘lishi 
kerak edi. 
 
Kish  hukmdori  Menbaragessi  (  mil. avv. 2600 y. ) ishtrokidagi  bizga  ma’lum 
bo‘lgan harbiy to‘qnashuvlardan eng qadimgisi Elam bilan bog‘liq edi. Elam keyingi 
asrlar  davomida  Mesopotamiya  davlatlarining  eng  xavfli  dushmani  bo‘lib  keldi. 
Mesopotamiya  aynan  shu  paytda  to‘xtovsiz  harbiy  to‘qnashuvlar  davriga  kirib 
borgandi.  Kish  hukmdorlaridan  tashqari,  Ura,  Uruka,  Lagash  hukmdorlari  ham 
o‘zlarini  “Kish  podshosi”  deb  nomlay  boshladilar.  Akkad  sulolalariga  tegishli 
bo‘lgan  shohlar  keyinchalik  ushbu  unvonni  o‘zlarining  unvonlari  qatoriga  kiritdilar. 
Ikki yirik “nom”lar - Lagesh va Umma o‘rtasida ikki asrdan ko‘proq vaqt  davomida 
cho‘zilgan  to‘qnashuvni,  hamda  “Kish  podshosi”  Mesilimning  ushbu  nizoda 
o‘ynagan  rolini  yoritib  beradigan  bir  qator  matnlar  bizgacha  etib  kelgan.  Bu  erdagi 
voqealar  “ikki  darajada”  ro‘y  berdi:  Enlil  (Shumerning  oliy  xudosi)  Ningersu 
(Lagashga  xomiylik  qilgan  xudo)  va  Shara  (Umma  shahriga  homiylik  qilgan  xudo) 
o‘rtasida chegara o‘rnatdi, ya’ni ular o‘rtasidagi nizoni hal etdi. “Nom” lar o‘rtasidagi 
to‘qnashuv  shunday  qilib,  ushbu  “nom”-  larning  ilohlari  o‘rtasidagi  nizo  sifatida 
ifodalanadi va xudolar orasida hal etiladi. Demak, bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi 
kelishuvlardan  birida  zamonaviy  xalqaro  -  huquqiy  amaliyotning  ko‘plab 
elementlarini  ko‘rishimiz  mumkin:  aniq  belgilangan  erlarga  egalik  qilish  da’volari 
negizida  yuzaga  kelgan  nizo,  hakamlar  sudi,  janjalda  ishtrok  etgan  birinchi 
tomonning talash bo‘lib turgan erlar ustidan suverenitetining tan olinishi, hamda shu 
paytning o‘zida ikkinchi tomonga ushbu erlarni ijaraga topshirilishi. To‘qnashuv, goh 
pasayib,  goh  avj  olib,  Umma  hukmdori  Lugal  zagesi  Lagashni  hal  qiluvchi 
mag‘lubiyatga uchratmaguncha (tax. Mil. avv. 2312 y.) davom etdi. Lugalzagesi hech 
qanday  istilochilik  maqsadlarga  ega  bo‘lmaganligiga  inontirardi  va  faqat  “adolatni” 
tiklaganligini ta’kidlaydi.  
 
Shu  tarzda  Mesopotamiya  davlatlari  o‘rtasidagi  eng  qadimgi  va  yaxshi 
hujjatlashtirilgan  to‘qnashuvlardan  biri  yakunlandi.  Bo‘lib  o‘tgan  voqealarning 



 
ko‘plari,  hamda  to‘qnashuv  haqidagi  rasmiy  xabarlarning  frazeologiyasi  (barqaror 
so‘z  birikmalari  va  iboralar)  uch  -  to‘rt  ming  yildan  so‘ng  ro‘y  bergan  jarayonlarni 
hayron qolarli darajada eslatadi.  
 
Mamlakatni  birlashtirishga  qaratilgan  tendensiya  haqida  “Mamlakat  lugali” 
deb nomlangan yangi unvonning paydo bo‘lishi dalolat beradi. Miloddan avvalgi III - 
II  ming  yilliklarda  markazdan  qochirma  kuchlar  markazga  intilma  kuchlardan 
qudratliroq  ediki,  buning  oqibatida  siyosiy  tarqoqlik  holati  o‘sha  davrdagi 
Mesopotamiya uchun xos edi. 
 
Butun  Mesopotamiya  hududlarini  o‘z  ichida  qamrab  olgan  davlatni  birinchi 
bor  Sargon  barpo  etdi.  Ushbu  davlat  o‘zining  ichki  tuzilishi  jihatidan  ham 
konfederatsiya,  ham  markazlashgan  davlatni  eslatadigan  ko‘rinish  kasb  etgandi. 
Sargon tomonidan barpo etilgan davlat Osiyodagi birinchi “buyuk” davlat edi, Yaqin 
Sharqda  esa  -  ikkinchi  (Misrdan  so‘ng)  Old  Osiyodagi  xalqaro  vaziyat  shahar  - 
davlatlar  va  ularga  to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri  tahdid  solgan  “buyuk”  davlat  o‘rtasidagi 
qarama  -  qarshilik  bilan  ifodalanadi.  Sharq  (Elam)  va  g‘arbga  (Suriya)  qaratilgan 
yurishlar endi Mesopotamiya hukmdorlari uchun an’anaviy tusga kirdi. “To‘rt iqlim 
podshosi” Naram - Sin va elamliklar hukmdori Xit o‘rtasidagi bizga ma’lum bo‘lgan 
birinchi  xalqaro  shartnoma  Elam  zamonidan  hozirgi  kungacha  etib  kelgan.  Ushbu 
shartnomaga ko‘ra Elam podshosining majburiyatlari quyidagilardan iborat edi:  
1.  Akkadaga  nisbatan  to‘la  loyallik  (samimiyat) (Elamda  Naram  -Singa 
nisbatan  g‘animlikka  yo‘l  qo‘ymaslik,  Akkadning  har  qanday  dushmanlariga  qarshi 
harakatlarda unga harbiy yordam ko‘rsatish);  
2.  Qochoqlarni  tutib  berish,  ya’ni  Naram  –  Singa  dushmanlik  qilganlarga 
panoh berishdan voz kechish. 
Asosan  Elam  bilan  olib  borilgan  urushlardan  tashqari  ro‘y  bergan  tashqi 
siyosiy voqealar haqidama’lumotlar kam. Elam bilan munosabatlar yomon yoki juda 
yomon holatda bo‘lar edi. Shu paytgacha mutlaqo nufuzga ega bo‘lmagan Bobilning 
siyosiy  tartibsizlik  sharoitida  yuksalishi  nafaqat  harbiy  muvaffaqiyatlar,  balki 
maqsadga intiluvchan va o‘ta ustalik bilan olib borilgan diplomatiyaning natijasi edi. 
Sulolaviy  nikohlar  to‘g‘risida  ham  ma’lumotlar  uchraydi.  Ittifoqlar  (teng  huquqli 
yoki  tengsizmi,  lekin  baribir  umri  qisqa)  ko‘plab  miqdorda  tuzilardilar.  Agar  ittifoq 
teng huquqli bo‘lmasa, unda podsho - gegemon qaram podsholiklarga, ularni doimo 
nazorat  qilish  maqsadida,  o‘zining  “maslahatchilarini” (xazianu)  yuborardi.  Qaram 
podsholar  bunday  ittifoqning  rahbariga  yuborgan  maktublarida  uni  “ota”  yoki 
“hukmdor”  deb  nomlashadi.  Ularning  majburiyatlari  aftidan,  bitimlarda  aniq 
belgilangan  va  birinchi  galda  harbiy  yordam  ko‘rsatishdan  iborat  bo‘lgan.  Ittifoq 
tuzilishi  xudolar  oldida  qasam  ichish  bilan  mustahkamlangan.  Siyosiy  maqsadlarga 
erishish  yo‘lida  harbiy  kuch,  ayyorlik,  pora  berib  sotib  olish,  isyonlarni  keltirib 
chiqarishdan foydalanilgan. Ushbu barcha usullarni Bobil sulolasi eng muvaffaqiyatli 
tarzda qo‘llagan. 
 
Siyosiy  maqsadlarga  erishish  yo‘lida  iqtisodiy  “yordam”dan  foydalanilgan 
holat hujjatlar negizida o‘z tasdig‘ini topgan tarzda birinchi marotaba tarixda Mari va 
Bobil o‘rtasidagi munosabatlarda qayd etilgan. 



 
 
Hammurapi barpo etgan davlat, garchand, u o‘z bunyodkoridan keyin ko‘p umr 
ko‘rmagan  bo‘lsa  ham,  butun  Mesopotamiyani  va  hattoki  Elamning  bir  qismini 
qamrab olgandi. Aynan Hammurapi va uning vorislari davlati markazlashgan davlat 
deb nomlanishi mumkin. 
 
Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida Yaqin Sharqda siyosiy vaziyat 
quyidagicha ko‘rinish kasb etdi. Ma’lum darajada bir - biroviga teng hisoblangan bir 
necha  “buyuk”  davlatlar  mavjud  edi:  Misr,  Kassitlar  Bobili,  Shimoliy 
Mesopotamiyadagi  Mitanni  davlati  va  Kichik  Osiyodagi  Xett  podsholigi.  Suriya, 
Falastin,  Finikiya,  Shimoliy  Mesopotamiya  va  Kichik  Osiyodagi  kichik  va  mayda 
podsholiklar yoki knyazliklar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan “buyuk” davlatlarga qaram 
bo‘lib qoldilar. 
 
“Buyuk”  davlatlari  podsholari  o‘zaro  yozishmalar  chog‘ida  bir  -  birovlarini 
“birodar”  deb  nomlashgan.  Muayyan  munosabatlarga  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  ular, 
albatta,  davr  talabi  va  kuchlarning  amaldagi  nisbatiga  asoslanardi.  Misr  malikasiga 
uylanish  masalasiga  Bobil  hukmdorlari  ulkan  tashqi  siyosiy  obro‘ga  ega  bo‘lish 
imkoniyati  sifatida  qarardilar.  Ammo  fir’avnlar  bunga  nisbatan  o‘zgacha  fikrga  ega 
edilar: ular bunday nikohni Misrning obro‘sini erga uradigan deb hisoblashardi.  
 
Sovg‘alar bilan o‘zaro almashish diplomatik munosabatlarning muhim tarkibiy 
qismi  edi.  Ham  Bobil,  ham  Ossuriya,  ham  Mitanni  podsholari  o‘z  maktublarida 
fir’avndan ko‘proq oltin yuborishni tom ma’noda yalinib - yolvorib so‘ragan. Ko‘rib 
chiqilayotgan  davrning  ohiriga  kelib  Yaqin  Sharqdagi  siyosiy  vaziyat  sezilarli 
darajada  o‘zgargan:  Mitanni  va  Xatti  yo‘q  bo‘lib  ketdi,  Bobil  va  Misr  zaiflashdi, 
Ossuriya va Elam esa o‘ta kuchaydi.  
 
Diplomatiyaning  qadimgi  Misrning  siyosiy  hayotida  o‘ynagan  roli  haqidagi 
saqlanib  qolingan  ma’lumotlar  asosan  giksoslar  hukmronligi  va  keyingi  Y
аngi 
podsholik davriga oid. 
 
Giksoslar  hukmdorlari,  Misr  fir’avnlari  kabi,  o‘z  hokimiyatini  butun  Nil 
vodiysiga yoyishdi. Ushbu davrda Misr siyosiy jihatdan, giksos fir’avnlariga nisbatan 
o‘z qaramligini tan olgan bir qator unchalik katta bo‘lmagan egaliklardan iborat edi. 
Ayni o‘sha paytda Misr va Osiyo mamlakatlari o‘rtasida qalin iqtisodiy va  madaniy 
aloqalar o‘rnatildi.  
 
Nil  vodiysining  janubida,  Fivada,  o‘zlarini  fir’avnlar  deb  e’lon  qilgan  yuqori 
Misr  hukmdorlarining  mahalliy  sulolasi  yuksala  boshladi. XVII sulolaga  oid  Fiva 
fir’avnlarining  giksoslar  hukmdori  Apopiga  qarshi  olib  borgan  ozodlik  kurashi 
davrida  Misrda  yuzaga  kelgan  murakkab  siyosiy  vaziyat  haqida  bizga  ma’lum 
bo‘lgan manbalar dalolat beradi. 
 
Ushbu  kurashda  diplomatik  yozishmalar,  elchilarni  yuborish,  ittifoqlar  va 
bitimlar  tuzish, hamda  sulolaviy  nikohlar  katta  rol  o‘ynagan.  Giksoslar  hukmronligi 
davridagi Misrning davlat tuzilishi turli shartnomalarning imzolanishi, hamda giksos 
hukmdorlari  va  ularga  qaram  bo‘lgan  mahalliy  hokimlar  o‘rtasidagi  sulolaviy 
nikohlarning yuzaga kelishini rag‘batlantirardi. 
 
Giksoslarga qarshi uzoq davom etgan ozodlik kurashi Fiva fir’avnlarining to‘la 
g‘alabasi bilan yakunlandi. Yangi podsholik davri qadimgi Misr diplomatiyasini Al - 
Amarna arxivida topilgan xatlar ajoyib tarzda tasvirlab beradi. Al - Amarna arxivi - 



 
mil.  avv.  XIV  asrga  oid  tarixiy  matnlarning  noyob  majmuasidir.  Al  -  Amarna 
arxivining  deyarli  barcha  sopol  lavhalarida  diplomatik  tusdagi  xatlar  qayd  etilgan. 
Ushbu  xatlar  Amenxotep  III  va  Amenxotep  IV  saroyiga  Bobil,  Mitanni,  Ossuriya, 
Xettlar  podsholigi,  Arsava  mamlakati,  Kipr  oroli,  hamda  Misr  tomonidan 
bo‘ysundirilgan  Falastin,  Suriya,  Finikiya  shahar  -  davlatlari  hukmdorlaridan  etib 
kelgan.  Ushbu  tarixiy  davrda  Misr  Yaqin  Sharqning  eng  qudratli  davlatlaridan  biri 
edi.  Dastavval  faqat  Mitanni  va  kassitlar  Bobilni  unga  teng  keladigan  davlatlar  edi 
Amenxotep IV hukmronligi davrida esa Kichik Osiyoda Xettlar podsholigi anchagina 
kuchaydi. 
 
Ushbu davrda Misrning Osiyodagi egaliklari Amuru, Upe va Xanaan deb nom 
olgan  yirik  hududiy  qismlardan  -  “viloyat”lardan  iborat  edi  va  misrlik  noiblar 
tomonidan boshqarilardi. Old Osiyoda Misr hokimiyati ostidagi erlarni idora qilishga 
taaluqli  masalalar  bilan  podshoning  “Fir’avn  maktublar  uyi”  nomli  maxsus 
muassasasi  shug‘ullangan. “Fir’avn  maktublari  uyi”  -  ga  rahbarlik  qilgan  amaldor 
juda  katta  ta’sirga  ega  bo‘lgan.  Ushbu  shaxs  Misrning  Old  Osiyodagi  egaliklarni 
boshqarishga oid barcha masalalar bo‘yicha fir’avnning maslahatchisi edi. 
 
Misrliklar,  odatda,  zabt  etilgan  Old  Osiyo  viloyatlarining  an’anaviy  siyosiy 
tuzilishini  o‘zgartirmaganlar.  Fir’avn  va  Misrga  qaram  bo‘lgan  Falastin  va  Suriya 
xumdorlari  o‘rtasidagi yozishmalarda murojaat qilishning ma’lum qoidalariga rioya 
qilingan.  Teng  huquqli  va  do‘stona  munosabatlarda  bo‘lgan  podsholar  bir  - 
birovlarini  “birodar”  deya  atashgan.  Qudrat  jihatdan  ustunroq  yoki  yoshi  kattaroq 
hukmdorga  “ota”  deb  murojaat  qilishgan,  o‘zini  esa  “o‘g‘il”  deya  atashgan.  Qaram 
hokimlar yuborgan xatlarda fir’avnni “hukmdor (yoki sulton, janob)”, o‘zlarini “qul”, 
“qarol  (xizmatkor)”  deyu  nomlashgan.  Olqishlash,  tabriklash  va  aloqa  qilishning 
ma’lum shakllari mavjud bo‘lgan. Qaram hokimlar o‘zlarining tayinlanishi chog‘ida, 
hamda  Misrda  yangi  hukmdorning  hukmronligi  boshlanganda  maxsus  formula 
bo‘yicha  sodiqlik  qasamini  ichishi  lozim  edi.  Garovga  olish  mahalliy  hokimlarni 
itoatkorlik  holatida  saqlab  kelishga  va  bo‘ysundirilgan  erlarda  Misrning  ta’sirini 
mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim vosita edi. 
 
Al - Amarna arxivida saqlangan xatlarning aksariyatini Misrga maxsus elchilar 
va choparlar etkazishgan. Elchilar va choparlarni ikki toifaga bo‘lish mumkin:  
1.  Alohida  ishonchga  ega  bo‘lgan  shaxslar,  ular  vositasida  fir’avnlarning 
mustaqil davlatlar podsholari bilan munosabatlari ta’minlangan. 
2. 
Mansabdor xizmatchilar, ular orqali esa Misr saroyining noiblari, hamda 
Falastin,  Suriya  va  Finikiyada  joylashgan  ko‘plab  shahar  -  davlatlarining  hokimlari 
bilan aloqalari amalga oshirilgan. 
Ham  fir’avnning,  ham  Osiyo  hukmdorlarining  har  bir  elchisi  u  yuboriladigan 
mamlakatni, uning urf - odatlarini, madaniyatini, yo‘llarini geografik xususiyatlarini 
yaxshi  bilishi  lozim  edi.  U  mohir  diplomat  va  jangchi  bo‘lishi  shart  edi.  Ko‘p 
paytlarda  elchi  yuboriladigan  mamlakatning  tilini  ham  yaxshi  bilardi,  aks  holda 
tarjimon unga hamrohlik qilgan.  
Osiyodan  Misrga  etib  kelgan  elchilarning  maqomi  va  vazifalari  ular  qaram 
hokimlar  yoki  teng  huquqli,  mustaqil,  do‘stona  munosabatdagi  podsholiklarning 
hukmdorlari  tomonidan  yuborilganligiga  qarab  farqlanardi.  Osiyoda  joylashgan 



 
mustaqil  podsholiklarning  Misrdagi  elchilariga  nisbatan  munosabat,  o‘z  navbatida, 
fir’avnning  ushbu  mamlakatlaridagi  elchilariga  nisbatan  munosabat  kabi,  o‘sha 
paytdagi muayyan tarixiy vaziyatga bog‘liq edi.  
Elchilarning  shaxsiy  dahlsizligi,  diplomatik  immuniteti  to‘g‘risidagi  tasavvur 
xalqaro huquqning hamma qabul qilgan me’yorga hali aylanmagandi. Shuning uchun 
ham u yoki bu podshoning huzuriga etib kelgan elchining taqdiri hukmdorning to‘la 
ihtiyorida bo‘lgan.  
Al  -  Amarna  arxividan  topilgan  xatlarda  Old  Osiyo  hukmdorlarining  fir’avn 
bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tuzilgan sulolaviy nikohlari 
to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Misr va Old Osiyoning mustaqil, do‘stona davlatlari 
o‘rtasidagi munosabatlarda bir - biriga teng podsholar vaqti - vaqti bilan bir - biroviga 
qimmatbaho sovg‘alar yuborishi odat edi, ayniqsa sovg‘a oluvchining taxtga o‘tirishi 
yoki hukmronligi davrida uning uchun muhim voqealar ro‘y bergan paytlarda. Misrga 
tobe  bo‘lgan  erlarning  hokimlari  o‘lpondan  tashqari  fir’avnga  turli  sovg‘alar 
yuborishlari  lozim  edi.  Mustaqil  davlatlarining  hukmdorlari  ham,  fir’avnning 
iltifotiga  sazovor  bo‘lish  maqsadida,  unga  qimmatbaho  sovg‘alar  jo‘natishgan. 
Misrdan  Old  Osiyoning  mustaqil  va  do‘stona  davlatlari  hukmdorlariga  asosan  oltin 
va  qora  daraxtdan  yasalgan  buyumlar  yuborilardi.  Fir’avnning  alohida  ishonchini 
qozongan  shaxslar,  ularning  ayrimlari  “jirkanch  Rechenu  mamlakatida  Yuqori  Misr 
podshosining  ko‘zlari,  Quyi  Misr  podshosining  qulog‘lari”  deb  nomlangan  rasmiy 
unvonga  ham  ega  bo‘lib,  Osiyoda  ro‘y  berayotgan  jarayonlarni  kuzatishardi. 
Aksariyat  hollarda  ular  fir’avnning  mahfiy  topshirig‘i  bilan  Misrning  Osiyodagi 
egaliklariga jo‘natilgan vakillari edi. Hech qanday rasmiy unvoni yo‘q ayrim shaxslar 
ham fir’avnning xabarchilari bo‘lishi mumkin edi.  
Tarix  faniga  ma’lum  bo‘lgan  abadiy  tinchlik,  birodarlik,  tashqi  tajovuzni 
qaytarish  va  ichki  siyosiy  ixtiloflarni  hal  etish  yo‘lida  hamkorlik  to‘g‘risidagi  eng 
qadimgi shartnomalardan biri mil. avv. XIII asrda Misr fir’avini Ramzes II va xettlar 
podshosi  Xattusili  III  tomonidan  tuzilgan.  Uzoq  muddatli,  lekin  natijasiz  urushdan 
so‘ng  ushbu  shartnoma  muvofiqlashtirildi  va  tasdiqlandi.  Unda  abadiy  tinchlik, 
do‘stlik va birodarlik, hamkorlik, tajovuzdan o‘zaro voz kechish, ittifoqchilik va biror 
-  bir  tomon  harbiy  tajovuzga  uchraganda  unga  ko‘maklashish  ichki  tartibsizliklar 
yuzaga  kelganda  o‘zaro  yordam  berish,  qochoqlarni,  oqsuyak  yoki  oddiy  inson 
bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga muruvvatli munosabatda bo‘lish sharti bilan, qaytarib 
berish to‘g‘risida shartnoma imzolanganligi ta’kidlanardi. 
Kichik  Osiyo  erlarining  katta  qismida  tashkil  topgan  va  mil.  avv.  XVII  -  XII 
asrlar  davomida  mavjud  bo‘lgan  Xett  podsholigi  (yoki  Xatti  mamlakati)  qadimgi 
Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lgan.  
Xettlar  poytaxti  bo‘lgan  Xattusa  shahri  arxivlarida  topilgan  mixxat  bilan 
yozilgan  sopol  parchalari  (tablichkalar)  ushbu  podsholik  diplomatiyasi  tarixiga  oid 
asosiy  manbalar  deb  hisoblanadi.  Xett  podsholarining  solnomalarida  ham  qiziqarli 
ma’lumotlar mavjud. 
Hatti mamlakati podsholarining faol tashqi siyosati Qadimgi podsholikning ilk 
hukmdorlari  davrida  boshlandi.  Xettlar  “dengizdan  -  dengizgacha  yoyilgan 
mamlakat”  konsepsiyasining  o‘zini  Markaziy  Anatoliyada  ulardan  avval  mavjud 



 
bo‘lgan aholining an’analaridan meros qilib olganlar. Xett podsholigi  harbiy jihatdan 
qudratli mamlakatga aylandi va Yaqin Sharqning buyuk davlatlari qatoriga qo‘shildi. 
Xatti  mamlakatining  asosan  harbiy  kuch  tufayli  erishgan  tashqi  siyosiy 
muvaffaqiyatlarini  xett  hukmdorlari  diplomatik  aktlar  -  shartnomalar  orqali 
mustahkamlashga  intilardilar.  Muayyan  majburiyatlar  bilan  qo‘li  bog‘langan, 
harakatlari  esa  ayg‘oqchilar  va  kichik  garnizonlar  yordamida  nazorat  qilinadigan 
mahalliy sulola vakilining ihtiyorida qo‘shni shahar yoki mamlakatning taxtini saqlab 
qolish  ishonchliroq  yo‘l  ekanligini  ular  yaxshi  tushunishgan.  Sheriklar  o‘rtasidagi 
munosabatlarning xususiyatiga mos keladigan turli xil shartnomalar mavjud edi. 
SHartnomalarda  davlatlar  o‘rtasidagi  chegaralar  kelishib  olingan,  ularni 
buzmaslik, birovning hududida yangi shaharlarga asos solmaslik  va biror tomonning 
shunga o‘xshash urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi majburiyatlar belgilangan. Qaram 
bo‘lgan  podshoga  uchinchi  tomon  bilan  ittifoq  tuzish  man  etilgan.  Xett  podshosi 
urushga kirgan paytda u bilan shartnoma tuzgan tomonning “betarafligi” yoki xettlar 
dushmani  bilan  maxfiy  aloqalarda  bo‘lganligi  g‘animlik  harakati  deb  baholangan. 
Shartnomalarning  ko‘plab  moddalari  ichki  va  tashqi  dushmanlarning  har  qanday 
tajovuzlariga qarshi birgalikda kurashishga bag‘ishlangan. Birinchi da’vatning o‘zida 
kontragent  (shartnoma  tuzgan  har  ikki  tomonning  biri)  o‘zining  qo‘shinlari  bilan 
yordamga  kelishi  lozim  edi.  Shartnomaning  ayrim  bandlari  faqat  bir  tomon  uchun 
taaluqli  bo‘lishi  mumkin  edi.  Shartnomada  ko‘zda  tutilgan  shartlarning  to‘liq 
bajarilishi ustidan nazorat qilish asosan guvox - xudolar zimmasiga yuklatilgan. 
Xatti  mamlakatining  tashqi  siyosatida  sulolaviy  nikohlar  muhim  o‘rin 
egallagan.  Xett  podsholarining  qizlariga  bosh  xotin,  ya’ni  mamlakat  malikasi 
maqomini kafolotlovchi shartlar ilgari surilardi. Xettlarning sulolaviy nikohlariga oid 
konsepsiyasi aynan shunda o‘z ifodasini topgan.  
Xett podsholigining tashqi siyosatida elchilar, vakillar, choparlar va boshqalar 
muhim  rol  o‘ynagan.  Xett  an’analarida  diplomatik  elchilik  vazifasini  ado  etuvchi 
mansabdor shaxs, “aso odami” (gerold) unvoniga ega bo‘lgan inson uchraydi. Ushbu 
daraja  elchi  va  vakil  darajasidan  yuqori  hisoblangan,  chunki  “aso  odami”  unvoniga 
ko‘p hollarda podsho urug‘iga a’zo bo‘lgan amaldorlar ega edi.  
Hukmdorlarning  diplomatik  munosabatlarida  mirzalar  (kotiblar)  muhim  rol 
o‘ynagan. Aynan ular nafaqat o‘z hukmdorining ko‘rsatmalariga, balki, birinchi galda 
xettlarning  o‘zida  shakllangan  mezonlarga  tayanib,  shartnomalar  va  xatlarning 
matnlarini  tayyorlashgan.  Xett  jamiyatining  talabalaridan  kelib  chiqib,  mirzalar  bir 
necha  tillarni  bilishlari  lozim  edi.  Bunga  ularni  maxsus  mirzalik  maktablarida 
o‘rgatishgan.  
Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikda  Yaqin  Sharq  mamlakatlarida  iqtisodiy 
yuksalish  ro‘y  berdi.  Davlatlar  o‘rtasida  doimiy,  va  birinchi  galda  savdo  aloqalar, 
shuningdek,  siyosiy,  diplomatik  va  madaniy  munosabatlar  yo‘lga  qo‘yildi.  Mintaqa 
esa ushbu davrda to‘xtovsiz urushlar maydoniga aylanib bordi. 
Yaqin  Sharq  xaritasi  va  undagi  kuchlarning  o‘zaro  nisbati  tubdan  o‘zgardi. 
Allaqachonlar  kuchli  bo‘lgan  davlatlardan  (Xett  podsholigi,  Mitanni)  faqatgina 
parchalar  qoldi-ki,  ularni  boshqa  qudratliroq  davlatlar  asta  -  sekin  yutib  yubordi. 
Ikkinchilari  saqlanib  qolgan  bo‘lsa  ham,  biroq  ichki  va  tashqi  siyosiy  tanazzulni 


10 
 
boshidan  kechirayotgan  edilar.  Buning  natijasida, ular  qachonlardir  jahon  siyosatida 
o‘ynagan  etakchilik  rolini  boshqa  davlatlarga,  ayniqsa  Ossuriyaga  topshirib 
qo‘yishdi.  Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikda  o‘sha  davr  ko‘lamlariga  ko‘ra  “jahon” 
gegemoniyasi  uchun  ulkan  qamrovli  kurash  olib  borildi-ki,  unda  eng  qudratli 
davlatlar  g‘olib  chiqishdi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  dastlabki  “imperiyalar”ning,  yirik 
harbiy  -  siyosiy  birlashmalarining,  o‘ziga  xos  “jahon”  miqyosidagi  saltanatlarning 
barpo etilishiga olib keldi. 
Bundan  avvalgi  davrlardayoq  Ossuriya  Yaqin  Sharq  davlatlari  orasida  asta  - 
sekin  yuksalib  bordi.  Miloddan  avvalgi  IX  asrda  Ossuriyaning  tashqi  siyosati  to‘rt 
yo‘nalish (shimoliy, janubiy, sharqiy va g‘arbiy ) bo‘yicha rivojlandi. Yaqin Sharqda 
Ossuriya  davlatining  mavjud  bo‘lguncha,  bir  tomondan  uzluksiz  tarzda  harbiy  - 
siyosiy  ittifoqlar  tashkil  etilardi,  ikkinchi  tomondan,  esa  -  Ossuriya  ushbu 
ittifoqlarning  tarqab  ketishi  uchun  barcha  harakatlarni  qilardi  va  ularni  birma  -  bir 
bo‘ysundirishga intilardi. 
Miloddan  avvalgi  VIII  asrning  birinchi  yarmi  Ossuriya  uchun  chuqur  inqiroz 
va tushkunlik davri bo‘ldi. Inqiroz holati Ossuriyaning xalqaro mavqeiga ham salbiy 
ta’sir  ko‘rsatdi.  Ossuriya  davlatining  tashqi  siyosiy  qudrati  mil.  avv.  VIII  asrning 
ikkinchi  yarmida,  hokimiyat  tepasiga  Tiglatpalasar  III (mil.  avv. 745 -  727  yy.) 
kelganda  tiklandi.  Tiglatpalasar  III  zamonida  asosiy  e’tibor  yana  g‘arb 
mamlakatlariga  qaratildi.  Janubda  ham  unga  omad  kulib  boqdi.  Bobil  uchun 
ossuriyaliklarga qarshi kurash olib borgan xaldey qabilalari ustidan g‘alaba qozonildi. 
Tiglatpalasarning  o‘zi  Pulu  nomi  bilan  Bobilda  toj  kiygan.  Bu  orqali  Ossuriya 
ma’lum  darajada  moyil  siyosat  va  diplomatiyaga  ega  ekanligini  namoyish  qildi, 
chunki Bobilga maxsus maqom berildi. 
Sargon  II  hukmronligi  davrida  Ossuriyaning  tashqi  siyosati  quyidagilar  bilan 
tavsiflanadi:  
1) 
tashqi  siyosatga  oid  barcha  an’anaviy  yo‘nalishlarning  yagona,  o‘zaro 
bog‘liq tugunga chatishib ketishi; 
2) 
harbiy  harakatlarning  hujumkor  xususiyatga,  ya’ni  yangi  erlarni  bosib 
olish  intilishiga  ega  emasligi,  balki  asosan,  jazo  sifatida  zabt  etilgan  hududlarni 
bo‘ysundirilgan holatda saqlab qolishga qaratilganligi.  
Sinaxxerib esa (mil. avv. 705 - 681 yy) o‘z hujumlarini asosan ikki yo‘nalishda 
(g‘arbiy va janubiy) olib bordi. G‘arbda Ossuriyaga qarshi koalitsiya (ittifoq) tuzildi. 
Sinaxxerib unga qarshi shiddatli kurash olib bordi. Natijada koalitsiya ishtirokchilari 
birma  -  bir  jazolandi  va  Ossuriya  hokimiyati  ostiga  qaytarildi.  Hukmronligining 
butun davri davomida Sinaxxeribning o‘y - fikrlari Bobilga qaratilgandi. Ossuriyaga 
qarshi  Bobil –  Elam-  Dengiz  bo‘yi  (O‘rta  er  dengizi)  -  arablar  ittifoqi doim  mavjud 
edi. Miloddan avvalgi 689 yilda Sinaxxerib Bobilni shafqatsizlarcha er bilan yakson 
qilib  tashladi.  Sinaxxeribning  o‘g‘li  podsho  Asarxaddon  (mil.avv. 681  -  669  yy.) 
“Bobil  masalasini”  hal  etishni  tashqi  siyosatining  birinchi  galdagi  vazifasi  deb 
hisobladi.  Sharqiy  yo‘nalishda  Ossuriya  uchun  havfli  vaziyat  yuzaga  keldi. 
Midiyaliklarning Ossuriyaga qarshi tuzgan ittifoqiga manneylar, kimmeriylar, skiflar 
va boshqalar kirdi. Miloddan avvalgi 674 - 673 yillarda Ossuriya Kashtariti (Fraort) 
boshchiligidagi  qo‘zg‘oloni  bostirishga  urindi,  lekin  muvaffaqiyatsizlikka  uchradi. 


11 
 
Natijada  mustaqil  Midiya  podsholigi  barpo  etildi.  Biroq  Ossuriya  diplomatiyasi 
koalitsiya (ittifoq) a’zolarini bir - biridan ajratib, qo‘zg‘olon ko‘lamini kamaytirishga 
erishdi. Miloddan avvalgi 674 va 671 yillardagi yurishlar natijasida Ossuriya o‘zining 
eng  ulkan  istilosini  amalga  oshirdi  -  Misrni  zabt  etdi.  Ammo  Ossuriyaning  Misr 
ustidan hukmronligi mustahkam emasdi va uzoqqa cho‘zilmadi.  
 
Asarxaddon  o‘g‘li  -  Ashshurbanapalga  (mil.  avv. 668\635  -  627  yy.)  ulkan 
saltanat meros bo‘lib qoldi. Ashshurbanapal boshqaruvi davrida Ossuriyaning tashqi 
siyosati ikki bosqichga bo‘linadi. Hukmronligining birinchi yarmi (mil. avv. 654 yy.) 
Yaqin  Sharqda  Ossuriya  ustivorligining  saqlanib  qolishi  va  mamlakat  gullab 
yashnaganligining  davom  etishi  bilan  tavsiflanadi.  Haddan  tashqari  zo‘r  berishlar, 
qarshilik  ko‘rsatuvchilar  va  qo‘zg‘olonchilar  ustidan  shafqatsiz  jazolar  evaziga, 
hamda  josuslik  faoliyatining  mohirona  tarzda  yo‘lga  qo‘yilganligi  va  tajribali 
diplomatiyaning harakatlari tufayli Ossuriya gegemon maqomini vaqtinchalik saqlab 
qola  oldi.  Bunga  kimmeriylar  va  skiflar  bilan  tuzilgan  ittifoq  ham  yordam  berdi. 
Miloddan  avvalgi  VIII  asrning  o‘rtalarida  Ashshurbanapal  hukmronligi  davridagi 
Ossuriya tashqi siyosatining ikkinchi bosqichi boshlandi. Mamlakatda siyosiy inqiroz 
bora  -  bora  avj  olib  bordi.  Ushbu  inqiroz  Old  Osiyoda  ossuriyaliklar  tomonidan 
bo‘ysundirilgan  davlatlar  va  xalqlarning  eng  yirik  qo‘zg‘olonida  keskin  tarzda 
namoyon  bo‘ldi.  Qo‘zg‘olon  mil.  avv. 654 -  648  yillarda  eng  yuqori  cho‘qqisiga 
chiqdi.  Ossuriyaga  qarshi  chiqishlar  yuz  berganligining  o‘zi  Bobil  atrofida  ulkan 
koalitsiyaning  (ittifoqning)  jipslashishiga  olib  keldi.  Koalitsiyaga  Elam,  xaldey  - 
aramey  knyazliklari  va  O‘rta  er  dengizi  bo‘yi  qabilalari,  Suriya,  Finikiya  va 
Ossuriyaning  viloyatlari  kirdi.  Ossuriya,  ittifoqchilarning  o‘zaro  ziddiyatlaridan 
foydalanib, bu safar ham qo‘zg‘oloni shafqatsizlarcha bostirishga erishdi.  
 
Biroq, ichidan emirilgan Ossuriya saltanati Bobil va Midiyadan iborat qudratli 
ittifoqqa  qarshi  dosh  bermadi  va  parchalanib  ketdi.  Ossuriya  diplomatiyasi  tarixiga 
oid  manbalarda  talaygina  va  rang  -  barang  ma’lumotlar  mavjud.  Podshoga  taaluqli 
yozuvlar  ular  orasida  birinchi  o‘rinda  turadi.  Asosan  Nineviya  shahri  arxivida 
saqlanib  qolgan,  podsholarning  yozishmalari  bizlargacha  ko‘plab  miqdorda  etib 
kelgan.  
 
Ossuriya  va  unga  qaram  bo‘lgan  davlatlar  o‘rtasida  shartnomalar  og‘ishmay 
bajarilishi  lozim  edi.  Shartnomani  tuzish  marosimi  sexr  -jodu  va  taomillariga  oid 
amallar,  xudolar  qasam  ichishlar  bilan  birgalikda  oldida  amalga  oshirilardi  va  ular 
muqaddas ittifoq kuchiga ega bo‘lardi. Shartnomani buzish eng tabarruk qoidalaridan 
xatlab o‘tishni anglatardi. Bu esa shafqatsizlarcha jazolanardi. 
 
Lekin  shartnoma  bo‘yicha  kichik  hamkorlar  uchun  man  etilgan  ishlarga 
ossuriyaliklarning o‘zlari bemalol, hech qanday vijdon azoblarisiz qo‘l urishardi. 
 
Turli  davlatlar  bilan  do‘stona  munosabatlarni  qadrlagan  Ossuriya  podsholari 
sulolaviy  nikohlar  va  hukmron  xonadonlar  bilan  qarindoshchilik  aloqalarini 
o‘rnatishga  ma’lum  darajada  ahamiyat  berishgan.  Ossuriya  davlati  hukmronligi 
davrida  garovga  olish  amaliyoti  tinchlik  munosabatlarini  kafolatlash,  imzolangan 
shartnomalarga  rioya  qilish,  Ossuriya  hokimiyatiga  bo‘ysunish  elementlarining  biri 
sifatida qo‘llanardi.  


12 
 
 
Tobe  podsholar  tomonidan  o‘zlarining  o‘g‘illarini,  sodiqligi  kafolati  sifatida, 
Ossuriya  hukmdorlari  saroyiga  yuborishi  garovga  olish  amaliyotining  eng  tarqalgan 
shakli edi. 
 
Ossuriya  podsholari  odatda  boshqa  davlatlardan  kelgan  shoh  nasliga  oid 
qochoqlarni  jon  deb  qabul  qilishardi  va  saroyda  ushlab  turishardi.  Ossuriya 
podsholari  ushbu  insonlardan  o‘zlarining  siyosiy  o‘yinlari  va  diplomatiyasida 
foydalanishdan  manfaatdor  edilar.  Buni  o‘zga  davlatlar  hukmdorlari  yaxshi 
tushunardilar. 
 
Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikda  muzokaralar  olib  borish  va  elchiliklar 
jo‘natish  davlatlararo  munosabatlarda  odatiy  hol  edi.  Tinchlik  muzokaralarini  olib 
borish  Ashshurbanapal  davrida  keng  quloch  yoydi.  Zero  Ossuriya  davlati  maksimal 
darajada kengayib ketdi, endi esa uning oldida zabt etilgan hududlarni tobe holatida 
saqlab  qolish  vazifasi  turgandi.  Buning  uchun  esa  nafaqat  harbiy  kuchlar,  balki 
diplomatiyaning  barcha  usullari  va  nayranglari  zarur  edi.  Ashshurbanapal  iloji  bor 
joyda  masalani  tinch  vositalar  bilan  hal  etishga  intilgan,  chunki  harbiy  ustunlik  har 
doim  ham  samarali  bo‘lmagan  va  kuchlarni  haddan  tashqari  safarbar  qilishni  talab 
qilgan. Ossuriya hukmdorlari o‘zlari olib borgan muzokaralar natijasi bo‘yicha jiddiy 
ikkinlanishlar 
his 
qilgan 
paytlari 
ham 
bo‘lgan. 
Ashshurbanapalning 
Shamashshumukin  qo‘zg‘oloni  qatnashchilari  bilan  olib  borgan  muzokaralari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanib qolingan.  
 
Ossuriya  hukmdorlarining  diplomatik  harakatlari  g‘oyat  muvaffaqiyatli  bo‘lib 
chiqdi.  Ular  Shamashshumukin  qo‘zg‘oloni  ishtrokchilarining  safini  buzishga  va 
mag‘lubiyatga uchratishga yordam berdi. 
 
Muzokaralar  olib  boradigan  tomonlarning  bir  -  biriga  murojaat  qilish  tartibi 
to‘g‘risidagi  masalani  ko‘rib  chiqish  lozim. “Birodar”  va  “birodar” (yoki  “og‘a”  va 
“ini”), “ota”  va  “o‘g‘il”  -  ushbu  so‘zlar  davlatlar  -  hamkorlar  o‘rtasidagi 
munosabatlarning  turli  nyuanslarini  (sezilar  -  sezilmas  farqlarni,  tafovutlarni)  ifoda 
etardi.  Ossuriyaning  boshqa  mamlakatlarning  ustidan  hukmronligi  harbiy  kuch 
vositasida  o‘rnatilgan  davrda  “hukmdor” (yoki  “sulton”)  -  “qul”  formulasi  ko‘proq 
ishlatilardi.  Bunday  tartibni  buzishga  urinishlar  yomon  oqibatlarga  olib  kelishi 
mumkin edi. 
 
Ish yuritish Ossuriya davlatida ikki tilda olib borilardi: akkad tilining ossuriya 
shevasida  va  aramey  tilida.  Diplomatik  tusdagi  hujjatlar  orasida  nomalar,  xatlar, 
“muhrli  hujjatlar”, “uzuk  osti”  hujjatlar,  oddiy  “hujjatlar” (“tablichkalar”  -  sopol 
parchalari), maxfiy maktublar, ma’lumotlar va boshqalar tilga olinadi. Muzokaralarda 
turli darajadagi omilkor va e’tiborli kishilar qatnashgan.  
 
Davlat  nomidan  muzokaralarni  podsholar,  shahzodalar,  taxt  vorislari,  podsho 
amaldorlari:  abarakku,  rabshaku  va  boshq,  elchilar,  choparlar  (“mar  shipri”)  olib 
borishgan,  sarkardalar  va  aholi  istiqomat  qiladigan  joylarning  boshliqlari  ham 
uchraydi.  Ossuriya  razvedka  (josuslik)  xizmatining  juda  katta  va  ko‘p  tarmoqli 
apparatiga ega edi. Razvedka (josuslik) masalalari bilan odatda shahzoda - taxt vorisi 
shug‘ullanardi. 
 
Ashshurbanapal  ham,  taxt  vorisi  deb  e’lon  qilingandan  so‘ng  razvedka 
(josuslik)  masalalari  bilan  faol  shug‘ullandi.  Ashshurbanapalning  podsholik  davrida 


13 
 
esa  razvedka  (josuslik)  Ossuriya  tashqi  siyosatining  extiyojlarini  qondirish  yo‘lida 
g‘ayrat bilan ishlardi. Ossuriya diplomatiyasining harakatlari hamkor - davlatlarning 
ichki  ziddiyatlarini,  ushbu  davlatlar  tarkibidagi  turli  viloyatlarning  va  ayniqsa 
qabilalarning  separatizmini,  ularning  boshqa  davlatlar  bilan  qarama  -  qarshiligini 
hisobga  olgan  holda  amalga  oshirilardi.  Bularning  barchasi  haqidagi  ma’lumotlarni 
Ossuriya  ma’muriyatiga,  shu  jumladan  diplomatiya  xizmatiga,  razvedka  (josuslik) 
etkazib berardi. 
 
Manbalarning  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  ekanligi  Qadimgi  Hindiston 
tarixining har qanday yo‘sinlarini o‘rganishdagi eng asosiy qiyinchiliklardan biridir. 
 
Biror  -  bir  arxiv  hujjati  bizgacha  etib  kelmagan,  biror  -  bir  qadimgi  hind 
yilnomasi  ma’lum  emas,  yozuvlar  esa  kam  sonli  va  har  doim  ham  etarli  darajada 
ma’lumotlarga ega emas.  
 
Qadimgi  hind  tashqi  siyosat  nazariyasi  bo‘yicha  asosiy  manba  Kautilyaning 
“Artxashastra”-si  hisoblanadi  va  hozirda  uning  sanasi  milodiy  birinchi  asrlar  bilan 
belgilanadi.  Ushbu  asarda  davlat  tuzilishi,  ma’muriy  -  xo‘jalik  boshqaruvi,  sud 
ishlari,  harbiy  va  diplomatik  san’at  bo‘yicha  ma’lumotlar  mavjud.  Bundan  tashqari 
nitishastra turidagi asarlar ham borki, ularning asosiy  mazmuni podsholarga axloqiy 
nasihatlar, shuningdek ichki va tashqi siyosatiga oid maslahatlardan iborat. Qadimgi 
Hindistonda  davlatlararo  munosabatlar  nazariyasining  asosida  mandala  (ya’ni 
“doira”, odatda “davlat doirasi” ma’nosida izoxlanadi) konsepsiyasi yotadi. 
 
“Istilolar  qilishga  intilgan”  hukmdor  uchun  o‘z  raqiblarini  bo‘ysundirish 
faqatgina eng birinchi maqsad deb hisoblangan. Agar unga erishsa, keyingi mo‘ljal - 
bu  “o‘rtadagi”  va  “betaraf”  hukmdorlarning  erlaridir.  Ushbu  istilolarning  natijasida 
dunyo ustidan hukmronlik o‘rnatilishi lozim edi.  
 
Mandala  -  bu  tashqi  siyosatga  oid  muayyan  harakatlar  va  chora  -  tadbirlar 
majmuasi sifatida tasavvur qilish mumkin - ki,  u yanada yirik davlatga aylanib ketish 
tendensiyasiga egadir. Buyuk davlatning (va oxiri kelib “jahon” saltanatining) barpo 
etilishi siyosatning oxirgi maqsadi deb hisoblangan. 
 
Dushman  ustidan  g‘olib  chiqishning  eng  muhim  vositasi  sifatida  u  va  uning 
ittifoqchilari  orasida  adovatni  keltirib  chiqarish,  raqib  ittifoqchilari  bilan  separat 
(boshqalar  bilan  kelishilmagan,  bir  tomonlama)  shartnomalar  imzolash  yoki  ularga 
to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri  harbiy  yordam  ko‘rsatish,  ya’ni  dushman  mandalasini  parchalab 
tashlash tan olingan. Mandalaning yana bir ahamiyatli xususiyatini ta’kidlash kerak: 
podshoning ittifoqchilari, taxtda o‘tirib va hokimiyatga ega bo‘lib, o‘z ittifoqchilarini 
ham saqlab qolishgan. 
 
Beqaror  va  chidamsiz  siyosiy  birlashmalar  tashkil  etilgan  -  ki,  ular  o‘z 
yahlitligi va muhtoriyatini saqlab qolgan mayda davlatlardan iborat bo‘lgan. Mandala 
tushunchasi  bilan  bir  qatorda  qadimgi  hind  siyosiy  nazariyasida  “etti  xadli  (a’zoli) 
davlat” konsepsiyasi muhim o‘rin egallaydi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan 
iborat: podshoning o‘zi, vazirlar, shahar - qal’alar, qishloq erlari, xazina, qo‘shin va 
ittifoqchilar. “Artxashastra”-  da  tez  -  tez  tilga  olinadigan  “qo‘shinlar”  yoki 
“ittifoqchilar”ning  tavsifida  alohida  to‘xtalish  kerak,  chunki  “davlatlararo 
munosabatlarga” oid ko‘plab maslahatlarning katta qismi aynan ular bilan bog‘liqdir. 
“Artxashastra”  ga  binoan,  ittifoqchining  asosiy  xususiyati  -  “foyda  keltirish”. 


14 
 
Itoatkorlik - uning eng muhim fazilatidir. Siyosat sa’natini egallagan podsho, birinchi 
galda shartnomalarning murakkab tizimiga tayanib, yakka hokimlikka intilishi lozim. 
Har xil tinchlik bitimlari siyosatining eng birinchi va muhim vositasi sifatida nazarda 
tutilgan. 
 
“Artxashastra”  tuzuvchisi,  qasam  ichish  marosimida  qisqacha  to‘xtalib, 
qulayroq usul sifatida tan olingan garovga olishning muhokamasiga asosiy e’tiborini 
qaratgan. “Tinchlik”  davlatlarning  uzoq  va  doimo  birga  (bir  joyda  va  bir  vaqtda) 
mavjud  bo‘lishini  anglatmasdi.  Tinchlikka  erishish  faqatgina  kuchliroq  dushman 
ustidan  g‘olib  chiqishning  eng  yaxshi  vositasi  sifatida  tavsiya  etilardi.  Murosa  - 
madora munosabati bilan “siyosatning to‘rt usuli” ham tilga olinadi. Bular - “o‘gitlar, 
pand  -  nasihatlar”, “sovg‘alar”, “nizo  urug‘ini  sepmoq”  va  “kuch  ishlatish”.  Ushbu 
usullardan  birin  -  ketin  foydalanish  mumkin.  Murosaga  kelish  ayniqsa  dushmanga 
nisbatan ochiqdan - ochiq kuch bilan qarshilik qilishga ojiz  bo‘lgan zaif podsholarga 
tavsiya etiladi.  
 
Diplomatik  tusdagi  turli  xil  shartnomalarning  ta’rifiga  “Artxashastra”da  katta 
e’tibor  qaratilgan.  Ular  orasida  teng  huquqli  va  tengsizlari,  foydali  va  foydasizlari, 
shartlari mavjud va shartlari yo‘q shartnomalar alohida belgilab ko‘rsatilgan. 
 
Tashqi  siyosatning  an’anaviy  usullari  orasida  ahamiyati  jihatdan  ikkinchi 
o‘rinda  urush  turadi.  Urush  barcha  usullardan  foydalanib  bo‘lgandan  keyingina, 
oxirgi  vosita  sifatida  ko‘rilgan.  Podshoga  g‘alabalarga  jangsiz  erishish  tavsiya 
qilingan,  chunki  tinch  yo‘l  bilan  bo‘ysundirish  kamroq  kuchni  va  harajatni  talab 
qiladi.  
 
“Duta” (“elchi”)  atamasining  braxmanlarda  tilga  olinishi  elchilik  xizmati 
Hindistonda  davlatchilik  taraqqiyotining  ilk  bosqichida  (mil.  avv. I ming  yillikning 
birinchi choragi) vujudga kelgan deb so‘z yuritishga imkon berardi.  
 
Kautilyaning 
“Artxashastra”sida 
maxsus 
bob 
elchining 
vazifalariga 
bag‘ishlangan.  Shu  erda,  jumladan,  elchilarning  turkumlari  keltirilgan  -  “muxtor”, 
“cheklangan vakolatlarga ega” va “chopar” (maktublar etkazuvchi).  
 
Elchilik  xizmatini  bajargan  amaldorlar  boshqa,  doimiy  vazifalarga  ham  ega 
bo‘lgan-ki,  ularning  ma’muriy  apparatdagi  o‘rni  va  mansablarining  nomlari  aynan 
shu orqali belgilangan. Elchining mahalliy aholi bilan aloqa qilishi podsho farmoniga 
ko‘ra  man  etilishi  yoki  cheklanishi  mumkin  edi.  Siyosiy  asarlarda  elchiga  ko‘proq 
sukut qilish va eshitish qat’iyan tavsiya etiladi. Elchi o‘zga mamlakatga jo‘nab ketar 
ekan,  sayoxati  uchun  zarur  bo‘lganlarning  barchasini  -  otlarni,  aravalarni,  pullarni 
puxtalik  bilan  tayyorlagan.  Uzoqda  joylashgan  mamlakatlarga  elchiliklar  juda  kam 
yuborilgan.  Manbalarda  asosan  Hindiston  ichkarisida  mavjud  bo‘lgan  davlatlarga 
yuborilgan  elchiliklar  haqida  gap  yuritiladi.  Hindiston  hududida  ko‘plab  kichik 
davlatlarning mavjud bo‘lishi elchiliklar sonining shunga mos bo‘lishini talab qilardi. 
Tobe  davlatlar  oliy  hukmdor  poytaxtida  doimiy  vakillariga  ega  bo‘lishgan.  Elchilik 
xizmatining tashkil qilinishi  Qadimgi  Hindiston davlatlarining rivojlanish darajasiga 
mos  bo‘lgan.  Maxsus  diplomatik  muassasa,  aftidan,  shakllanmagan  bo‘lsa  ham, 
elchilik  vazifalarini  podsho  nomidan  ish  olib  borgan  oliy  mansabdor  shaxslar  yoki 
batafsil  ko‘rsatmalar  olgan  oddiy  amaldorlar  bajargan.  Elchilardan  nomalarni  


15 
 
(maktublarni,  xatlarni)  etkazib  berish  niqobi  ostida  raqibni  yoki  uning  eng  qudratli 
amaldorini yo‘q qilish maqsadida ham foydalanilgan.  
 
Shuningdek,  elchilar  dushmanning  joylashuvi,  kuchlari,  zahiralari  haqida 
ma’lumotlar  to‘plagan. “Artxashastra”  da  turli  xil  nomalarning  (maktublar  va 
xatlarning),  shu  jumladan,  diplomatik  tusdagi  yozishmalarning  formulyarlari 
berilgan.   
 
 Miloddan avvalgi I ming yillikning dastlabki choragida Shimoliy Hindistonda 
ilk  davlatlar  shakllanib  bordi,  ammo  manbalarning  taqchilligi  davlatlararo 
munosabatlarning  bir  qadar  ishonchli  va  aniq  manzarasini  kasb  etishga  imkon 
bermaydi.  Hindiston  shimolida  davlatlararo  munosabatlarning  xususiyatlari 
to‘g‘risidagi  ayrim  ma’lumotlar  Aleksandr  Makedonskiyning  Hindistonga  yurishini 
ta’riflagan yozma manbalarda mavjud. 
Aleksandr  satraplarining  hokimiyati  faqatgina  miloddan  avvalgi  317  yilgacha 
saqlanib qolindi. Shu paytning o‘zida Mauryalar sulolasining asoschisi Chandragupta 
Nandlar  davlatini  bosib  oldi.  Sal  kechroq  Chandragupta  Aleksandr  imperiyasining 
xarobalarida barpo etilgan Salavq davlati bilan to‘qnash keldi. Ular o‘rtasida tuzilgan 
tinchlik  shartnomasiga  ko‘ra  Salavq  Hindistondan  500  jangovor  filni  oldi, 
Chandragupta esa Hind daryosidan g‘arbda joylashgan katta erlarni qo‘lga kiritdi.  
Ashoka  hukmronligi davrida  Maurya  davlatining  gullab-yashnashi  eng  yuqori 
cho‘qqiga etdi. Ashokaning eng yirik istilosi – bu Kaling davlatining bo‘ysundirilishi 
edi. Shundan so‘ng deyarli butun Hindiston Mauryalar hokimiyati ostida edi. Ashoka 
davridagi Mauryalar davlatining tuzilishi shundan dalolat beradi-ki, Ashoka bir qator 
viloyatlarning  boshqaruvida  an’anaviy  shakllarni  saqlab  qolgan.  Ashoka  davlatining 
katta  qismi  shahzodalar  tomonidan  idora  qilingan  provinsiyalar  va  yarim  mustaqil 
viloyatlarga bo‘lingan. Shu bilan bir qatorda, ushbu erlarning chegaralari, boshqaruv 
shakllari  o‘zgarmagan;  shahzoda  faqatgina  avvalgi  podshoning  o‘rniga  taxtga 
o‘tirgan va sezilarli darajada hokimiyatga ega bo‘lgan. 
Qudratli Maurya podshosining o‘z hokimiyatini saqlab qolishga va davlatning 
yaxlitligini  mustahkamlashga  qaratilgan  choralari  etarli  bo‘lib  chiqmadi.  Qadimgi 
Hindiston  tarixida  mavjud  bo‘lgan  ushbu  eng  yirik  davlatning  strukturasi  (tuzilishi) 
uning  tez  qulashiga  sabab  bo‘ldi.  Milodiy  IV  asrning  boshida  Guptalar  sulolasi 
davrida  Magadxa  davlati  yana  kuchayib  bordi.  Ushbu  sulolaga  tegishli  eng  qudratli 
podsholardan birinchisi Chandragupta I edi. Guptalar Shimoliy Hindiston ustidan o‘z 
hokimiyatini V asrning ikkinchi yarmiga qadar saqlab kelishdi.  
Miloddan  avvalgi  II  ming  yillikning  ikkinchi  yarmida  Xuanxe  daryosining 
o‘rta  oqimida  Shan  davlati  mavjud  edi  va  uning  ta’siri  Shimoliy  Xitoydagi  ilk 
davlatchilik  tuzilmalariga,  hamda  qabilaviy  uyushmalarga  yoyilgandi.  Miloddan 
avvalgi  II  ming  yillikning  oxirida  Xitoyning  shimoliy-g‘arbiy  qismida  istiqomat 
qilgan chjou qabilalari shanliklarni zabt etishdi va g‘arbiy Chjou nomi bilan ma’lum 
bo‘lgan  anchagina  yirik  davlatni  barpo  qilishdi.  Chjou  davlatining  poytaxti  Xao 
shahridan Loi shahriga (zamonaviy Loyan) ko‘chirilishi bilan (miloddan avvalgi 770 
yil) Sharqiy Chjou sulolasining davri boshlandi.  
Xuanxe  daryosi  o‘rta  oqimi  va  Buyuk  Xitoy  tekisligida  joylashgan  davlatlar, 
qolgan  barcha  xalqlar  va  podsholiklardan  farqliroq  tarzda,  o‘zlarini  xuasya 


16 
 
etnomadaniy  birligi  qatoriga  kirgizishgan  va  “o‘rtadagi  davlat”  -lar  deb 
nomlanishgan. “O‘rtadagi  podsholik”-larning  barchasi  Chjou  davlatining  ustunligini 
tan  olishgan.  Chjou  hukmdori  –  van  “Samo  o‘g‘li”  iloxiy  unvoniga  ega  edi, 
“o‘rtadagi podsholik”-larning  hukmdorlari  esa uni  Hitoydagi oliy  diniy  nufuzga  ega 
bo‘lgan shaxs sifatida izzat qilishgan. 
Hamonki  ushbu  podsholiklar  o‘rtasidagi  urushlar  doimo  bo‘lib  o‘tar  ekan, 
davlatlararo  munosabatlar,  ular  o‘rtasida  ittifoqlar  tuzish  tartibi,  razvedkani 
(josuslikni)  tashkil  etish  masalalariga  oid  boy  amaliy  tajriba  asrlar  davomida 
to‘plandi. Ayniqsa oxirgisi katta rol o‘ynagan. Shu paytda davlatlararo munosabatlar 
nazariyasi  va  amaliyotiga  taalluqli  ta’limotlar  va  doktrinalar  yaratildi. “O‘rtadagi 
podsholiklar”  -  “xuasya”  va  “varvarlar”-ning  o‘xshash  emasligi  to‘g‘risidagi 
tasavvurlar  shakllandi  va  bu  hol  tashqi  siyosiy  aloqalar  tamoyillariga  o‘z  ta’sirini 
o‘tkazdi.  Samo  o‘g‘lini  butun  olamning  hukmdori  sifatida  tasvirlaydigan  Chjou 
doktrinasi  “o‘rtadagi  podsholiklar”  aholisining  ustunligi  va  “varvar”-larning  tug‘ma 
etilmaganligi  to‘g‘risidagi  Konfutsiy  (miloddan  avvalgi  551-479  yy.)  ta’limotining 
negizini  tashkil  etdi.  Ushbu  ta’limot  qadimgi  Xitoyda  davlatlararo  munosabatlar 
nazariyasi  va  amaliyotiga  sezilarli  darajada  ta’sir  etdi.  Butun  olam  hukmdori 
hisoblanmish  Samo  o‘g‘li  to‘g‘risidagi  Chjou  doktrinasi  Chjou  vanining  unga 
itoatkorligini  ifoda  qilishi  lozim  bo‘lgan  yaqin  va  uzoqdagi  xalqlar,  hamda 
podsholiklar bilan bir tomonlama munosabatlarining ideallashtirilgan sxemasini taklif 
etardi. 
Hukmdorlar  huzuridagi  ayrim  amaldorlarning  vazifalari  doirasiga  boshqa 
davlatlar  bilan  munosabatlarni  yo‘lga  qo‘yish  masalasi  kirardi  va  maxsus  kishilar 
elchilar  nutqini  tayyorlashardi.  Dastlab  saroyda  muhokama  qilingan  ushbu  nutqlar 
qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib borilganda katta ahamiyatga ega edi.  
O‘z paytida Chjou vani Si hukmdori Xuan – Gunning mustaqil ravishda tashqi 
siyosiy  va  diplomatik  harakatlar  olib  borish,  hamda  harbiy  ittifoqlar  tuzish, 
shuningdek  “ba” (gegemon)  unvoniga  ega  bo‘lish  huquqini  tan  oldi.  Ittifoqchi 
podsholiklar  gegemonga  birlashish  muqaddas  qasamini  (men)  ichishardi.  Si 
davlatidan so‘ng gegemonlik birin-ketin boshqa davlatlar qo‘liga o‘tib bordi.  
Gegemonlarning siyosiy ustivorligini mustahkamlashda elchilarni qabul qilish 
va yuborish marosimi muhim rol o‘ynardi. Elchilarni yo‘lga otlantirish gegemonlarni 
o‘ziga yarashmasdi, shu paytning o‘zida esa ittifoqchi podsholiklar hukmdorlarining 
shaxsan o‘zlari elchilar sifatida gegemon huzuriga etib kelardilar.  
Ittifoqchi davlatlar podsholarining o‘g‘illarini garovga olish Chjango davridagi 
davlatlararo  munosabatlarning o‘ziga  xos xususiyatiga  aylandi. Davlatlar  tomonidan 
mayda  podsholiklarni  bosib  olish  jarayoni  avj  olgandi.  Bu  esa  podsholiklar 
o‘rtasidagi  ittifoqlarning  yiriklashuviga  sabab  bo‘lardi.  Davlatlararo  yirik 
birlashmalarning alohida shakllari yuzaga keldiki, ular “vertikal bo‘yicha ittifoqlar”, 
“gorizontal bo‘yicha ittifoqlar”, “uzoqdagi davlatlarning yaqindagi davlatlarga qarshi 
ittifoqlar”  deb  nomlanishi  bilan  ma’lumdir.  Ushbu  sharoitda  davlatlararo  bitimlarni 
tuzish  amaliyoti  bilan  bog‘liq  maxsus  faoliyat  turiga  bo‘lgan  extiyoj  paydo  bo‘ladi. 
Bunday zarurat nafaqat urush vaqtida, balki boshqa paytlarda ham talab qilingandi.  


17 
 
Jamiyatning  o‘qimishli  qatlamlari  orasida  diplomatik  tusdagi  vazifalarni 
bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  bilimlar  va  tajribaga  ega  bo‘lgan,  siyosiy  vaziyatni 
nazariy va amaliy jihatdan tushunadigan, gapga chechan, ishning o‘ziga xos ustalari 
paydo  bo‘ldi.  Diplomatiyaga  taalluqli  faoliyatning  katta  ahamiyatga  ega  ekanligini 
Chjango  davrida  mavjud  bo‘lgan  barcha  g‘oyaviy-siyosiy  maktablarning  vakillari 
ta’kidlashgan.  Jumladan,  Konfutsiy  diplomatiya  san’atiga  o‘rgatishni  podsholikni 
boshqarishdan  keyin  ikkinchi  o‘ringa  qo‘ygan.  Elchilar  yozma  emas,  balki  og‘zaki 
ko‘rsatmalar bilan yuborilgan.  
Qadimgi Xitoyda diplomatik daxlsizlik haqidatushuncha mavjud bo‘lmasligiga 
qaramasdan, amalda har qanday podsholikda elchiga o‘ta hurmat bilan qaralgan. 
Chjango  davri  hukmdorlarining  saroylari  qoshida  “yuyshi”  deb  nomlangan 
yaqin amaldorlar bor edi. Ular hukmdor nomiga boshqa podsholiklardan etib kelgan 
barcha  maktublarni  qabul  qilish,  hamda  kelgusi  muzokaralar  uchun  ma’lumotlar 
tayyorlash bilan shug‘ullanardilar. Davlatlararo munosabatlar nazariyasi va amaliyoti 
bilan  “szun  xen”  maktabining  faoliyati  bog‘liq  bo‘lgan.  Odatga  ko‘ra  ushbu 
maktabning paydo bo‘lishi  donishmand  Guy  Gutszi (mil. avv. IV-III  asrlar) nomiga 
taqaladi.  Maktabning  nomi  ikki  turdagi  davlatlararo  ittifoqlarning  nomidan  kelib 
chiqadi  –  “szun” (vertikal  bo‘yicha  ittifoq  yoki  shimol-janub  ittifoqi)  va  “xen” 
(gorizontal bo‘yicha ittifoq yoki sharq-g‘arb ittifoqi). Miloddan avvalgi 221 yilda Sin 
podsholigi  birinchi  bor  butun  Xitoyni  birlashtirdi.  Istilolarni  amalga  oshirish  Sin 
Shixuandi tashqi  siyosatining asosiy  vazifasiga  aylandi. Miloddan  avvalgi  202 yilda 
Sin sulolasi xalq qo‘zg‘olonlari natijasida  ag‘darildi.  Imperiyada hokimiyat  tepasiga 
Xan sulolasi keldi. Xan imperiyasining qo‘shni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi 
davrdan  meros  bo‘lib  qolgan  oykumena  egotsentrik  (egotsentrizmga  oid,  o‘ta 
manmanlik. O‘zini dunyoga ustun deb bilish) konsepsiyasi katta rol o‘ynagan.  
Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrinaga “daosizm” falsafasiga oid asarlarda o‘z 
aksini topgan o‘zgacha konsepsiya qarshi turganki, unga ko‘ra “O‘rta imperiya”-ning 
boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi inkor qilingan. Xan imperiyasining, uning tarkib 
topgan  kunidan  boshlab,  eng  muhim  tashqi  siyosiy  vazifasi  –  chegaralarni 
ko‘chmanchi  Syunnu  qabilalarning  muntazam  bosqinlaridan  himoya  qilish  edi. 
Miloddan  avvalgi  III  asrning  oxiriga  kelib  imperiyaning  shimoliy  chegaralarida 
ushbu qabilalarning qudratli birlashmasi vujudga keldi.  
“Tinchlik va qarindoshchilikka asoslangan shartnoma” deb ma’lum bo‘lgan va 
miloddan avvalgi 198 yilda tuzilgan shartnomaga binoan Lyu  Ban shanyuy (syunnu 
qabilalarining  oliy  sardori)  Modega  nisbatan  o‘lpon  to‘lovchi  ekanligini  faktik 
jihatdan  tan  oldi.  Miloddan  avvalgi  195  yilda  Lyu  Banning  o‘limidan  so‘ng  Mode, 
vaziyatni o‘zi uchun qulay deb hisoblab, yana bir marotaba nazarini Xitoyga qaratdi. 
Modomiki,  Xitoyga  hujum  qilishga  rasmiy  bahonasi  bo‘lmagan  Mode  ig‘vo 
qilmoqchi bo‘ldi va miloddan avvalgi 192 yilda Lyu Banning beva xotini imperatritsa 
Lyuyxouga  nikoh  taklifi  bilan  maktub  yubordi.  Konfutsianlik  axloqiga  binoan  beva 
hukmdor  ayolga  nikoh  taklifi  bilan  murojaat  qilish  rasm  –  odat  bo‘lib  qolgan  odob 
qoidalarining  qo‘pol  tarzda  buzilishi  edi.  Lyuyxou  darhol  shanyuy  Modega 
qimmatbaho sovg‘alar yubordi. Shu bilan bir qatorda nikoh to‘g‘risidagi taklifiga rad 
javobini berdi.  


18 
 
Aytib o‘tilgan “tinchlik va qarindoshchilik” to‘g‘risidagi shartnoma (Lyu Ban 
tomonidan  birinchi  bor  tuzilgandi).  Qadimgi  Xitoyda  xalqaro  munosabatlar  tarixi, 
nazariyasi  va  amaliyotida  yangi  saxifani  ochib  berdi.  Miloddan  avvalgi  198  yilda 
tuzilgan ushbu shartnoma yosh Xan davlati uchun yaxshi oqibatlarga ega bo‘ldi, Xan 
imperiyasining  qudratli  va  taxlikali  qo‘shnisi  bilan  munosabatlarni  tartibga  soldi. 
Miloddan avvalgi 133 yilda syunnu bilan tuzilgan tinchlik shartnomasi bekor qilindi 
va  imperator  U-di  ularga  qarshi  yurishlar  boshladi.  Miloddan  avvalgi  138  yilning 
o‘zidayoq  U-di  syunnuga  nisbatan  dushman  bo‘lgan  yuechji  qabilalari  bilan  harbiy 
ittifoq  tuzish  maqsadida  Chjan  Tsan  boshchiligidagi  elchilikni  jo‘natdi.  O‘rta 
Osiyoda bo‘lgan davrida Chjan Tsan ilgari Xitoyliklar uchun noma’lum hisoblangan 
yirik o‘lkani kashf etdi.  
Xan  imperiyasi  Buyuk  ipak  yo‘li  bo‘ylab  joylashgan  Sharqiy  Turkiston 
voxasining  shahar  -  davlatlarida  o‘z  ta’sirini  va  hukmronligini  yoyish  uchun  turli 
diplomatik  va  harbiy  usullardan  foydalangan.  Ushbu  siyosatni  amalga  oshirishdagi 
muhim  bosqich  sifatida  Xan  imperiyasining  usun  qabilalari  bilan  ittifoq  tuzishi 
namoyon  bo‘ldi.  Miloddan  avvalgi  115  yilda  usunlar  huzuriga  Chjan  Tsan 
boshchiligidagi  elchilik  yuborildi.  Ushbu  elchilik  Xan  davridagi  Xitoy  davlatining 
Markaziy  va  O‘rta  Osiyoning,  hamda  O‘rta  Sharqning  boshqa  mamlakatlari  bilan 
savdo  va  diplomatik  aloqalarini  rivojlanishida  katta  rol  o‘ynadi.  Biroq  Buyuk  ipak 
yo‘lini  egallash  U-di  uchun  uning  “imperiya  sarhadlarini  10  ming  li  miqdorida 
kengaytirish  va  hokimiyatini  butun  dunyo  bo‘ylab  yoyish”  g‘oyasini  amalga 
oshirishdagi muhim bosqichi edi xolos. Harbiy yo‘nalishdagi faol tashqi siyosat bilan 
bir  qatorda  U-di  janubiy  va  shimoliy-sharqiy  yo‘nalishlar  bo‘yicha  keng  istilochilik 
harakatlarini  olib  bordi.  Shu  bilan  birga,  yillar  davomida  U-di  tomonidan  olib 
borilgan  urushlar  davlat  zaxiralarini  va  xazinani  quritdi.  Imperiyaning  chekka 
hududlardagi  qabilalarni  Xanlarga  qarshi  chiqishlari  kengaydi. U-di  vafotidan  so‘ng 
yirik istilochilik yurishlari deyarli olib borilmadi.  
Miloddan  avvalgi  I  asrning  oxiri  –  milodiy  I  asrning  boshiga  qadar  Xan 
imperiyasining  tashqi  siyosati  passiv  ko‘rinishga  ega  bo‘ldi. I asrning  o‘rtalariga 
kelib  esa  Xan  imperiyasi  qadimgi  dunyoning  eng  yirik  davlatiga  aylandi.  Ushbu 
davrda imperiyaning eng asosiy vazifasi – shimoliy syunnu qabilalarini bo‘ysundirish 
va g‘arbiy o‘lkada o‘z hukmronligini tiklash edi.  
73 yilda Ban Chao elchilik vazifasi bilan g‘arbiy o‘lkaga yuborildi. Uning bu 
erlardagi harakatlari o‘sha zamon diplomatiyasiga xos tarzda olib borildi. Ban Chao 
faoliyati  natijasida  g‘arbiy  o‘lkada  Xan  hukmronligining  mustahkamlanishi  Xitoyni 
g‘arbiy  mamlakatlar  bilan  siyosiy  va  savdo  aloqalarining  kengayishi  uchun  katta 
ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 80-yillarning  oxiridan  boshlab  Buyuk  ipak  yo‘li  orqali 
Kushon  davlati,  Parfiya  va  Yaqin  va  O‘rta  Sharqning  boshqa  “Uzoq  mamlakatlari” 
bilan  diplomatik  munosabatlar  o‘rnatildi.  Ular  (munosabatlar) I va  II  asrlar 
chegarasida  eng  yuqori  nuqtasiga  ko‘tarildi.  Rim  imperiyasi  (qadimgi  Xitoy 
manbalarida  Datsin  deb  nomlanadi)  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aloqa  o‘rnatishga 
urinishlar ham qilib ko‘rildi.  
Qadimgi  Xitoyning  deyarli  2000  yillik  tarixi  davomida  yaqin  va  uzoq 
qo‘shnilar  bilan  tashqi  munosabatlarni  amalga  oshirishning  muayyan  tamoyillari 


19 
 
ishlab  chiqildi.  Qadimgi  Xitoy  uchun  xos  bo‘lgan  ikki  eng  muhim  tendensiyani, 
davlatlararo aloqalar va shartnomalar  negizidagi  munosabatlarning ikki asosiy  turini 
e’tirof  etish  lozimdir.  Ularning  birinchisi  “di  go”  -“teng  davlatlar”  konsepsiyasiga 
tayanadi.  Teng  sheriklar  nazariyasi  birinchi  galda, “o‘rtadagi  podsholiklarning” 
o‘zaro munosabatlari amaliyotidan kelib chiqqan va teng huquqli davlatlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni uzoq muddatli va mustahkam an’anasiga ega bo‘lgan.  
Ammo  U-di  hukmronligi  davridan  boshlab  qo‘shni  xalqlar  bilan  o‘zaro 
munosabatlarni  amalga  oshirishda  o‘zgacha  tamoyil  ustunlik  qildi.  Bu  tamoyil, 
konfutsianlikning  “dunyoni  tartibga  soluvchi  monarxiya”  doktrinasiga  tayanib, 
“varvar”-larning  (ya’ni  chegaradan  narigi  barcha  xalqlarning)  etilmaganligi 
to‘g‘risidagi  nazariya  bilan  bevosita  bog‘liq  edi  va  barcha  o‘zga  mamlakatlarga 
Xitoyning ehtimolli o‘lpon to‘lovchisi sifatida rasman qarardi.  
Garovga  olish  hodisalari  Xan  imperiyasining  qo‘shni  mamlakatlar  va  xalqlar 
bilan  munosabatlardagi  odatiy  hol  edi.  Xan  zamonidan  elchilarni  qabul  qilishning 
maxsus marosimi ishlab chiqildiki, uning maqsadi – elchilik yuborgan hukmdorning 
Xan  imperatoriga  nisbatan  tobelik  holatini  ta’kidlab  o‘tishi  kerak  edi.  Saroyga 
o‘rnatilgan  qoidalarga  bekami-ko‘st  rioya  qilishga  katta  ahamiyat  berilardi.  Elchilar 
albatta  sovg‘alar  bilan  etib  kelardilar.  Xan  imperiyasi  ham  o‘z  navbatida,  in’omlar 
berishga  qizg‘anmasdi.  Elchilarni  qabul  qilish  va  ular  tomonidan  sovg‘alarni 
topshirish marosimi horijlik vakillarni kamsitadigan va o‘zga yurtlar hukmdorlarining 
tobe  holatini  ta’kidlashga  qaratilgan  bo‘lsada  ham,  Xan  imperiyasi  va  qo‘shni 
mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning haqiqiy ko‘rinishlarini buzib ko‘rsatardi.  

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish