A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana23.06.2021
Hajmi0,79 Mb.
#99431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Халқаро мун.(лотин)А.Холлиев

 
 
5 mavzu. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarining xalqaro 
munosabatlari va diplomatiyasi. 
 
 
III asrda Xan imperiyasi parchalanib ketgandan so‘ng uning erlarida bir qator 
davlatlar mavjud edi.  
Ilk  o‘rta  asrlar  zamonida  Xitoyni  birlashtirishga  birinchi  bo‘lib  Suy  sulolasi 
589  yilda  urindi.  Bu  sulolaning  asoschisi  Yanszyan  (yoki  Vendi)  edi. 618 yilda  esa 


44 
 
Shimoliy-g‘arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li Yuan yoki Gaotszu (u kelib chiqishi 
jihatidan chala turk edi) hokimiyatni qo‘lga kiritdi va Tan sulolasiga asos soldi. Tan 
imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin, ya’ni 618 yildan 907 yilgacha hukmronlik qildi. 
Mamlakatning  birlashtirilishi,  xo‘jalikning  jonlanishi,  harbiy  qudratning  o‘sishi  Suy 
va Tan imperiyalarining siyosatida tashqi aloqalarning faollashuviga ko‘mak berdi.  
Markaziy Osiyoning ulkan kengliklaridan ko‘chmanchi qabilalarning ittifoqi – 
Turk  xoqonligi  yuzaga  keldi.  Xitoy  imperiyasi  xali  o‘ta  zaif  bo‘lganligi  sababli 
ko‘chmanchilarning qurollangan bosqinini oldini olish maqsadida an’anaviy “tinchlik 
va  qarindoshchilik”  siyosatini  yuritardi,  ya’ni  turk  xoqonlarining  turli  ustunliklarini 
tan  olardi  va  hatto  uzoq  muddatga  tinchlikni  saqlash  uchun  o‘lpon  to‘lashga  tayyor 
edi.  
Shimoliy-Sharqda  esa  siyosat  o‘zgacha  ko‘rinish  kasb  etgandi.  Bu  erda  Suy 
imperatorlari  Moxe  qabilalari  va  shimoliy  koreys  davlati  Koguryoga  qarshi  uzoq 
davom  etgan  va  unchalik  muvaffaqiyatli  bo‘lmagan  urushlarni  boshladilar.  Asosiy 
maqsad  –  Lyaoninni  va  koreyslar  o‘sha  paytlarda  ustivorlik  qilgan  Sariq  dengizga 
olib boruvchi dengiz yo‘llarni qo‘lga kiritish edi. Koreyaga qarshi urushlar deyarli bir 
asr mobaynida davom etdi.  
VII  asrning  boshida  Xitoyning  tashqi  aloqalari  kengaydi. 607 yilda  Loyanga 
Yaponiyadan  elchilik  etib  keldi, 609 yilda  esa  –  Siamdan  tashrif  buyurgan  elchilik 
sovg‘alar keltirdi. Hindi-Xitoyga (Vetnam) muvaffaqiyatli yurishlar amalga oshirildi.  
Imperiya  mustahkamlanib  borgan  sari,  ilgari  turk  xoqonlari  bilan  do‘stona 
munosabatlarda  bo‘lgan  hukmdorlar  qo‘shnilariga  qarshi  urushlar  olib  borishga 
o‘tdilar – dastavval mudofaa, keyinchalik esa bosqinchilik urushlariga. 
VII asrning 30- va 40-yillarida Xitoy qo‘shinlari mo‘g‘ul dashtlariga va Buyuk 
ipak yo‘li bo‘ylab yurishlar amalga oshirishdi. Xitoyning harbiy kuchlari Tyan–Shan 
yonida  to‘plandi.  Tyan-Shan  ortida  hitoyliklar  qirg‘izlar  bilan  munosabatlarni 
o‘rnatishga erishdilar. 648 yilda esa qirg‘iz elchilari Chananga etib kelishdi.  
O‘rtadagi imperiyaning hududiy jihatdan kengayishi va ayrim mamlakatlarning 
Xitoy  syuzerenitetini  tan  olishi  turk  va  tibet  qabilalarining  doimiy  bosimi,  hamda 
arab  istilochilarining  tahdidi  ostida  bo‘lgan  xalqlarning  hitoyliklardan  yordam  olish 
niyati  bilan  izohlanadi.  Hatto  Sosoniylarning  so‘nggi  podshosi  Yozdagir  III,  arab 
istilochilaridan qochib, Eronni tark etdi va Xitoydan ko‘mak so‘radi. Uning o‘g‘li va 
nevarasi  o‘zlarini  Tan  davlatining  vassallari  deb  tan  olishdi,  garchand  hech  qanday 
erlarga egalik qilmasa ham. 
Imperiyaning  manfaatlari  tibetliklar  bilan  Janubiy-g‘arbiy  yo‘nalishida  va 
Kukunorda  to‘qnashdi.  VII  asrda  Tibetda  dastlabki  davlat  vujudga  keldi.  Uning 
podshosi Sronszangbo o‘zining katta qo‘shinini Sharqqa, Hitoyga etakladi. 641 yilda 
Sronszangbo  Li  Shamin  bilan  bitim  tuzdi,  aftidan  o‘zini  Xitoy  vassali  deb  tan  oldi. 
Endigina  asos  solingan  Lxasaga  Xitoylik  amaldorlar,  savdogarlar  va  harbiylar  etib 
kelardi.  
Budda  rohiblari  va  ayniqsa  Syuan  Szan  tomonidan  Shimoliy  Hindiston 
podsholigi bilan bog‘langan aloqalar Lxasa orqali ta’minlanardi. 641 yilda Shimoliy 
Hindiston  hukmdori  Xarsha  Xitoyga  elchilik  yubordi.  Tuhfalar  bilan  etib  kelgan 
ushbu  elchilik  Chanan  saroylarida  izzat  bilan  kutib  olindi.  Ikki  yildan  so‘ng  Li 


45 
 
Shamin  javob  elchiligini  jo‘natdi.  Ushbu  elchilik  ishtirokchisi,  o‘qimishli  buddist 
(ya’ni  budizm  tarafdori),  saroy  gvardiyasi  boshlig‘i  Van  Syuanse  Lxasada  qolib 
ketdi.  U  647  yilda  yana  bir  bor  Hindistonga  safar  qilganda  Xarsha  vorisi 
Arudjinaning  qo‘shini  elchilikka  hujum  qildi.  Van  Syuanse,  Tibetga  qaytib  kelib, 
tibetliklar, xitoyliklar va gurkaslardan (Nepal aholisi) iborat qo‘shin to‘pladi. Ushbu 
qo‘shin  Gang  bo‘ylab  yurish  qildi  va  Arutdjinani  uning  saroyi  bilan  qo‘lga  kiritdi. 
Asirlar Chananga jo‘natildi.  
Shimoliy-sharqiy  Hindiston  zodagonlari,  Tan  imperiyasi  bilan  do‘stona 
aloqalarini  mustahkamlanishiga  intilib,  Xitoyga  sovg‘alar  sifatida  otlar,  qurollar, 
qimmatbaho  buyumlarni  yuborardilar.  Ikki  mamlakat  o‘rtasida  savdo  aloqalari 
o‘rnatildi.  Van  Syuanse  elchiliklar  tarkibida  yana  ikki  marotaba  Hindistonga  safar 
qildi. 668 yilda  Hind  elchiligi  Xitoydan  harbiy  yordam  so‘ragan.  Keyinroq  Tibet 
orqali olib boradigan yo‘l uzilib qoldi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar Birma va 
dengiz orqali amalga oshirildi.  
907  yildan  Tan  imperiyasi  tugadi.  Bir  necha  o‘n  yilliklar  davomida  Xitoyda 
to‘la  tarqoqlik  hukm  surdi. 960 yilda Sun sulolasi hokimiyati  ostida  Xitoy  qaytadan 
birlashtirildi. Uning asoschisi Chjao Kuan-in edi.  
Sun  imperiyasi  Tan  imperiyasiga  qaraganda  kuchsizroq  bo‘ldi. Turk,  mo‘g‘ul 
qabilalari  va  g‘arbdagi  boshqa  ko‘chmanchi  qabilalar  Sun  imperiyasi  chegaralariga 
borgan sari kuchliroq xavf solib turdilar. Sun imperatorlari uyg‘urlarga, tangutlarga, 
kudanlarga  qarshi  urushlar  qildi.  Biroq,  bu  urushlar  natijasida  Sunlar  bu 
mamlakatlarni  Xitoyga  bo‘ysundira  olmadilar.  Shunga  qaramasdan,  Sun  sulolasi 
davrida  Xitoyning  xalqaro  aloqalari  qaytadan  mustahkamlandi.  O‘rta  Osiyo, 
Hindiston  va  Hindi-Xitoy  bilangina  emas,  balki  Koreya,  Yaponiya  va  Indoneziya 
bilan ham keng miqyosda tashqi savdo olib borildi.  
XII  asrda  Sun  sulolasining  ahvoli  og‘ir  edi. 1127 yildan  boshlab  Sunlar  faqat 
Janubiy  Xitoyni  o‘z  nazorati  ostida  ushlab  turdilar  xolos.  Shimoliy  Xitoy 
chjurchjenlarning  Szin  deb  atalgan  yangi  bir  katta  davlati  tarkibiga  kirdi.  XIII  asr 
boshlarida  Shimoliy  Xitoy  mo‘g‘ullar  tomonidan  bosib  olindi.  Janubiy  Xitoyning 
faqat  o‘zidan  iborat  bo‘lib  qisqarib  qolgan  Sun  imperiyasi  (o‘shanda  ham  hamma 
viloyatlar uning tarkibiga kirmas edi) 1279 yilgacha, ya’ni Chingizxonning nevarasi 
Xubilay zabt etmaguncha umr ko‘rdi. Xubilay yangi mo‘g‘ul sulolasiga asos soldi, bu 
solala xitoycha Yuan deb nomlandi.  
XIII  asr  oxiri  XIV  asr  boshlaridayoq  mo‘g‘ullar  Xitoyliklarning  kuchli  ta’siri 
ostiga  tushib  qoldilar.  Ikkinchi  tomondan,  Xitoyning  mo‘g‘ul  davlatlari  tizimiga 
kiritilganligi  tufayli  endilikda  Xitoy  avvalgi  Tan  va  Sun  “milliy”  sulolalari 
davridagidan ham  ko‘proq darajada  xalqaro  savdo  ishlarida ishtirok  etadigan bo‘ldi. 
Xitoyning  o‘zida  Eron,  arab,  O‘rta  Osiyo  va  Hind  savdogarlari  tez-tez  paydo  bo‘la 
boshlailar.  Marko  Poloning  so‘zlariga  ko‘ra.  Xitoy  ipak,  chinni,  temir  va  misni 
“dunyoning barcha chekkalariga” eksport qilishi amalga oshirilardi.    
XIV  asrning  50-60  yillarida  butun  mamlakatda  mo‘g‘ul  istilochilariga  qarshi 
qo‘zg‘olonlar  bo‘lib  o‘tardi.  1368  yilda  qo‘zg‘olonchi  dehqon  armiyasining 
rahbarlaridan  biri  bo‘lmish  Chju  Yuan-Chjan  imperator  deb  e’lon  qilindi.  U  asos 


46 
 
solgan  yangi  sulola  Min  sulolasi  deb  ataladigan  bo‘ldi.  Ushbu  sulola  Xitoyni  1368 
yildan to 1644 yilgacha idora qildi.  
XIV  asrning  oxirgi  choragi  –  XV  asrda  Min  sulolasi  Koreya,  Tibet,  Vetnam, 
Indoneziya,  Hindi-Xitoy,  Malakkaga  nisbatan  faol  tashqi  siyosat  olib  bordi.  Ushbu 
mamlakatlarga bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Ayniqsa, 1403-1433 
yillar mobaynida admiral Chjen-Xe boshchiligidagi ettita dengiz ekspeditsiyalarining 
ko‘lami  katta  bo‘ldi.  Min  hukumati  elchiliklar  yuborish  va  qabul  qilish  vositasida 
Yaponiya,  Kampuchiya,  Hindiston,  Temuriylar  davlati  kabi  mamlakatlar  bilan 
diplomatik munosabatlarni ta’minlashga urindi.  
XVI  asrda  Min  sulolasi  mo‘g‘ul  xonlarining  mamlakat  chekka  hududlariga 
qilgan hujumlarini bir necha bor qaytardi. 1570 yilda tuzilgan uzoq muddatli tinchlik 
bitimidan  so‘ng  bosqinlar  to‘xtatildi.  Tinchlik  shartnomalari  xonlar  va  imperatorlar 
o‘rtasida ilgari ham bir necha bor imzolangan edi, ular doim Xitoy uchun manfaatsiz 
bo‘lgan:  mo‘g‘ul  xonlari  shunday  savdo-sotiqni  majburan  qabul  qildirardilarki, 
bunday savdo Xitoyga faqat zarar etkazardi. Xitoyliklar qimmat mahsulotlarni (ipak, 
don,  qimmatbaho  xunarmandchilik  buyumlari)  arzon  sotishga,  chorva  mollarni  esa 
ularning  haqiqiy  qiymatiga  ko‘ra  yuqoriroq  narxlar  bo‘yicha  harid  qilishga  majbur 
edilar.  Shimolda  va  g‘arbda  yashagan  xalqlar  bilan  tashqi  savdo  aloqalar  qaysidir 
ma’noda  urushlar  yoki  mo‘g‘ular  bilan  tuzilgan  shartnomalarning  xususiyati  bilan 
cheklangandi.  
Xitoy-Yaponiya  bilan  savdo-sotiq  aloqalariga  ega  edi.  Min  hukumatining 
Yaponiya  bilan  savdoni  cheklashga  qaratilgan  urinishlari  shiddatli  urushlarga  sabab 
bo‘ldi.  
XVI  asrning  90-yillarida  Yaponiya  –Koreya  urushi  davrida  Min  sulolasi 
o‘zining  vassalli  –  koreys  imperatoriga  yordam  sifatida  katta  qo‘shin  yuborishga 
majbur bo‘ldi.  
Min  imperiyasi  ayrim  davlatlar  bilan  tinch  savdo  aloqalariga  ega  edi.  Xitoy 
xunarmandlarining  maxorat  bilan  ishlangan  buyumlari  mamlakatdan  anchagina 
tashqarida  sotilardi. Xitoy  mahsulotlari  rus davlatiga  ham  etib  kelgan. Ivan  Grozniy 
tomonidan Sharqqa yuborgan ikki elchiligi ruslarning Xitoy to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo 
yo‘lini  izlab  topishga  qaratilgan  intilishlaridan  dalolat  beradi.  Mo‘g‘uliston  orqali 
Uzoq  Sharqqa  Tomsk  shahridan  chiqqan  kazaklar  elchilar  sifatida  jo‘nab  ketishdi. 
1618  yilda  kazak  Ivan  Petrin  va  uning  hamroxlari  Pekinda  to‘rt  kun  davomida 
bo‘lishdi.  Ular  Min  imperatori  nomidan  keltirgan  bir  nechta  yorliqlarda  rus 
savdogarlariga  Xitoyga  savdo-sotiq  ishlari  bo‘yicha  kelish  ruxsat  etilgandi.  Uzoq 
masofani  va  tilni  bilmasligini  bahona  qilib  “samo  o‘g‘li”  o‘z  elchilarini  Rossiyaga 
yuborishni rad etdi. Imperator yorlig‘ining do‘stona tarzda bitilgani Xitoyning savdo 
manfaatlari  bilan  izohlanadi,  chunki  g‘arb  bilan  quruqlik  orqali  savdo-sotiqning 
o‘rnatilishi Xitoyliklar uchun foyda keltirishi mumkin edi.  
III asr oxiri – IV asrning o‘rtalarida Yaponiyada Yamato qabilasi boshchiligida 
umum qabilaviy ittifoq vujudga keldi. IV-VI asrlarda Yaponiyada ishlab chiqaruvchi 
kuchlarni  sezilarli  darajada  taraqqiyoti  ko‘zga  tashlandi.  Jumladan  kemasozlik 
rivojlandi, savdo-sotiq jonlandi, shuni ham aytish kerakki, nafaqat ichki, balki tashqi 


47 
 
savdo  aloqalari:  Xitoy  (ayniqsa  VI  asrning  oxirida)  va  Koreya  bilan  amalga 
oshirishdi.  
VI  asrda hokimiyat uchun kurash paytida So‘ga urug‘ining vakillari podshoni 
o‘ldirdilar  (592  yil)  va  hukmronlik  mavqeini  egalladilar.  Syotoku-Taysi 
boshchiligidagi guruh ularga qarshi kurash olib bordi. U horijdan ham siyosiy madad 
olishni  niyat  qilgandi.  Ushbu  maqsadni  ko‘zlab  607  yilda  Xitoyga  Suy  sulolasi 
saroyiga  elchilik  yubordi.  Taysining  imperator  Yan  Guanga  yuborgan  nomasi 
quyidagi  so‘zlar  bilan  boshlanardi: “Kun  chiqar  mamlakatining  Samo  o‘g‘lisi  kun 
botar  mamlakatining  Samo  o‘g‘liga  salom  yo‘llaydi”.  Xitoy  solnomalaridan  olingan 
ma’lumotlarga  ko‘ra,  qudratli  Xitoy  imperatoriga  nisbatan  qandaydir  Yaponiyaning 
hukmdori  o‘zini  teng  unvon  bilan  nomlagani  Yan  Guanning  g‘azabini  keltirib 
chiqargan.  Lekin  shunga  qaramay,  javob  elchiligi  yuborildi.  Ushbu  elchilikning 
Syotoku-Taysi  608  yilda  izzat  bilan  qabul  qildi.  Suy  elchisi  Xitoyga  qaytib  kelishi 
paytida  u  bilan  birga  yangi  Yapon  elchiligi  jo‘natildi.  Ushbu  va  keyingi 
elchiliklarning  maqsadi  Suy  imperatorlik  xonadoni  bilan  mustahkam  siyosiy 
tabaqasini o‘rnatish va Yaponiya hukmron aloqasining Xitoy davlat boshqaruv tizimi 
tajribasidan foydalanishga intilishi edi.  
Taysi  vorislari  Xitoy  imperiyasi  tajribasidan  foydalanish  siyosatini  davom 
ettirdilar.  Koreya  bilan  munosabatlar  bir  muncha  o‘zgardi.  Agar  VI  asrgacha 
Yaponlar  yarimorolda  joylashgan  uch  davlat  (Koguryo,  Penche,  Silla)  o‘rtasidagi 
o‘zaro  urushga  aralashib  kelgan  bo‘lsa,  VI  asrning  ikkinchi  yarmidan,  Silla  davlati 
kuchayishi  sababli,  Yaponlarning  aralashuvi  pasaydi.  Shu  bilan  bir  qatorda  tinchlik 
munosabatlari ham to‘xtatilmadi, ikkala tomon elchiliklar yuborishni davom ettirdi. 
645  yilda  “Tayka  to‘ntarilishi”  ro‘y  berdi.  645  yilda,  koreys  elchilarini  qabul 
qilish  paytida,  fitnaga  boshchilik  qilgan.  Nakanoe  va  Kamatare,  o‘zlarining 
tarafdorlari bilan birgalikda, Soga Irukanga tajovuz qilishdi va uni o‘ldirishdi. 
 Taxtga  “shoh  xonadoni”-ga  mansub  Sumegari  urug‘ining  katta  vakili  –  Karu 
o‘tkazildi. U hokimiyat tepasiga kelgan yil “Taykaning birinchi yili” deb ataldi.  
1260-1285 yillarda Yaponiyaga mo‘g‘ullar bosqini tahdid soldi. Ushbu tahdid 
mamlakatni o‘ta keskinlik holatida ushlab turdi va hukumatni mudofaa uchun barcha 
kuchlarni safarbar qilishga majburladi.  
Mo‘g‘ul  istilochilari  itoatkorlikni  ishor  etilishini  talab  qilishdi.  Biroq, 
Yaponiya  hukmdori  Xodzyo  Takimune  Xubilay  hukmronligini  tan  olishni  rad  qildi 
va  uning  elchilarini  qatl  etdi.  Mo‘g‘ullar,  xitoyliklar  va  koreyslarni  o‘z  yurishlarida 
ishtirok etishga majburlab, ulkan flot va armiyani to‘plashdi va ikki marotaba (1274 
yil  va  1281  yil)  Yaponiya  qirg‘oqlariga  hujum  qilishdi.  Ular  Kyusyu  sohillariga 
qo‘shin  tushirdilar  va  son  jihatdan  ancha  ustun  bo‘lganliklari  tufayli,  mardonavor 
himoyalanayotgan Yaponlarga qattiq zarbalar berishga erishdilar. Oxiri kelib, Yapon 
qo‘shinlarining 
shiddatli 
qarshiligi, 
mo‘g‘ullarning 
dengizda 
operatsiyalar 
o‘tkazishda  no‘noqligi,  shuningdek,  flotning  aksariyat  qismi  bo‘ronlardan  halokatga 
uchragani  Yapon  xalqini  asoratdan  saqlab  qoldi.  Ammo  1281  yil  yurishidan  keyin 
ham bir necha yillar davomida Yaponiya mo‘g‘ullar bosqini tahdidi ostida bo‘ldi.  
XIV-XV  asrlarda  tashqi  savdo  jadal  rivojlandi  va  unda  dengiz  qaroqchilari 
sezilarli rol o‘ynashdi. Yaponiya hukumati va zodagonlari nomidan Xitoy bilan olib 


48 
 
borilgan  rasmiy  savdo-sotiq  aloqalari  alohida  o‘rin  egallagan.  Ushbu  savdo  Yapon 
hukumatining  Xitoy  saroyiga  elchiliklar  yuborish  vositasida  amalga  oshirilgan. 
Elchiliklar bilan birgalikda mollar ortilgan 10-15 kema jo‘natilardi.  
XVI  asrda  Yaponiyaga  Evropaliklar  kirib  kela  boshladilar  –  1542  yilda 
Portugallar, 1580 yilda  ispanlar.  Evropalik  savdogarlar,  dengiz  qaroqchilari  va 
missionerlar  Yaponiyaga  Xitoy  mahsulotlarini,  asosan  ipakni,  olib  kelishardi.  Ular 
Evropada ishlab chiqarilgan o‘q otar qurollar bilan ham Yaponiyada savdo qilardi.  
Portugal  va  ispan savdogarlari  bilan birlikda  etib  kelgan  iezuitlar  Yaponiyada 
katolik  dinini  targ‘ib  etishardi.  Evropaliklar  Yapon  orollarida  paydo  bo‘lganidan 
so‘ng  Yaponiyaning  Evropa  mustamlakachilari  tomonidan  bo‘y  sundirilishi  havfi 
ma’lum darajada yuzaga keldi. Ma’murlar evropaliklarning Yaponiyaga kira olishga 
yo‘l qo‘ymaslikka qaror qilishdi.  
XVI  asrning  ikkinchi  yarmida  Yaponiya  avval  Oda,  Nobunaga,  keyin  esa 
Toyotomi  Xideyosi  hokimiyati  ostida  birlashtirildi.  Xideyosining  tashqi  siyosati 
tajavuzkor tarzda olib borildi. Bu uning o‘z diktaturasini mustahkamlashga qaratilgan 
intilishi  bilan  bog‘liq  edi.  1592 va  1597  yilarda  Xideyosi  ikki  yirik  bosqinchilik 
yurishini  amalga  oshirdi.  Uning  istilochilik  rejalariga  nafaqat  Koreya,  balki  Xitoy, 
Tayvan va Filippin ham kiritilgandi.  
Xideyosi tomonidan to‘plangan va Koreyaga tushirilgan ulkan armiya, hamda 
katta  flot  dastavval  Yapon  qo‘shinlariga  muvaffaqiyatni  ta’minlab  berdi,  ammo 
keyinchalik ular baribir mag‘lubiyatga uchradilar.  
Xideyosi o‘limidan so‘ng (1598 yil) Tokugava Ieyasu mamlakatni uchinchi bor 
birlashtirdi. Tokugava urug‘idan bo‘lgan chinchi syogun – Ieyasu o‘zining birin-ketin 
qabul  qilgan  farmonlari  (1633, 1636, 1639  yy.)  bilan,  o‘lim  jazosi  tahdidi  ostida, 
Yaponlarning  o‘z  mamlakatini  tark  etishni,  hamda  uzoq  masofaga  suzadigan 
kemalarning  qurilishini  ta’qiqladi.  Shu  paytning  o‘zida  mamlakat  ajnabiylar  uchun 
ham yopildi. Bundan gollandlargina istisno bo‘lib, ularga cheklangan tarzda Nagasaki 
portiga  kirish  uchun  ruxsat  etildi.  Xitoy  savdogarlari  ham  ana  shunday  imtiyoz 
oldilar. 
XVI asrda Yaponlar nafaqat Koreya, Xitoy, Siam, Filippin bilan aloqalarga ega 
edi, balki hatto Evropaga elchiliklarini yuborishgan. Jumladan Kyusyu oroli knyazlari 
1582-1590 yillarda Rimga elchilik yubordilar. 
1587  yilda  missionerlik  targ‘iboti  birinchi  bor  ta’qiqlangandan  so‘ng 
evropaliklar  bilan  munosabatlar  to‘xtatilmadi.  O‘z  paytida  Xideyosi  evropaliklar 
ko‘magida, ularning kemalari va qurollaridan foydalanib, Koreyaga qarshi yurishning 
muvaffaqiyatini  ta’minlamoqchi  bo‘ldi.  Ieyasu  ham  shunga  o‘xshash  siyosatni  olib 
bordi.  Tokugava  ispanlar  va  portugallarning  ta’sirini  zaiflashtirish  maqsadida 
(ularning  missionerlik  faoliyati  bir  necha farmonlar orqali  ta’qiqlandi) gollandlar  va 
inglizlarga ko‘proq xomiylik qildi. 
Garchand  Iyasu  1610  yilda  Meksikaga  elchilik  yuborgan  bo‘lsa  va  hatto 
Evropaga  missiya  yuborishga  ruxsat  etsa  (1613-1629  yy.)  ham,  biroq 
hukmronligining  oxirida  va  uning  o‘g‘li  hokimiyat  tepasida  bo‘lgan  davrda 
evropaliklarning  faoliyati  yanada  qat’iy  sur’atda  cheklanardi.  Yaponiyaning  tashqi 
dunyodan sun’iy yakkalanish siyosati ikki yarim asr davomida olib borildi.  


49 
 
VII  asrda  yagona  arab  davlatining  shakllanishiga  shart-sharoitlar  vujudga 
keldi.  Bunday  birlashishga  intilish  mafkuraviy  nuqtai  nazardan  yagona  xudoga 
sig‘inishni  targ‘ib  qilishda  o‘z  ifodasini  topdi.  Ushbu  monoteistik  (xudo  yakkayu-
yagona  deb  e’tirof  qiluvchi)  ta’limot  islom  dini  deb  ataldi.  Kelib  chiqishi  Makka 
shahridan  bo‘lgan  Muhammad  alayhissalom  ushbu  ta’limotning  targ‘ibotchisi  va 
mafkuraviy asoschisi edi. 
Makkadagi boy guruhlarining ayrimlari dastavval Muhammad alayhissalomga 
qarshi  chiqishdi.  Ular  hattoki  Muhammad  alayhissalom  va  uning  tarafdorlarini 
Makkadan YAsribga (hozirda Madina shahri) ketishga majbur qildilar (622 yilda). 
Muhammad  alayhissalomning  ko‘chib  ketishidan  avval  Anabada  (Makka 
yonidagi joy) Yasrib qabilalari bilan kelishuv tuzildi va aynan shu voqeani musulmon 
diplomatiyasining boshlanishi deb hisoblasa bo‘ladi. 
Hijriy  6-yoki  7-yilning  oxirida  Muhammad  alayhissalom  islom  dinini  qabul 
qilishga da’vat etib, Vizantiya imperatori Irakliyga, Sosoniylar hukmdori Xusrov II-
ga, Efiopiya (Xabashiston) negusiga, Misr noibi al-Mukaukisga, Ummon “shohi”-ga, 
Baxrayn va Yamam hukmdorlariga maktublar yubordi.  
630  yilning  yanvarida  Muhammad  alayhissalom  Makkani  bo‘ysundirdi  va 
ushbu shahar aholisi islom dinini qabul qilishga majbur bo‘ldi.  
Hijriy  9  yilda  qabilalarning  aksariyat  qismi  islomni  qabul  qildilar.  Bu  paytga 
kelib  islom  dini  deyarli  butun  Arabiston  hududlariga  yoyildi.  Ushbu  yil  musulmon 
tarixiga “delegatsiyalar yili” sifatida kirdi. Muhammad alayhissalom 632 yil 8 iyunda 
vafot  etdi.  Muhammad  alayhissalomning  vorislari  Abu  Bakrni  xalifalik  lavozimiga 
(632-634  yy)  saylashdi.  Undan  so‘ng  Umar  (634-644  yil),  Usmon  (644-656  yy)  va 
Ali (656-661 yy) xalifalik qildilar.  
Muhammad  alayhissalomning  vafotidan  so‘ng  arablar  keng  miqyosdagi 
istilolarni amalga oshirdilar. Sosoniylar Eronni va Vizantiyaning Osiyo va Shimoliy 
Afrikadagi  egaliklari  arablar  tomonidan  zabt  etildi. 661 yilda  hokimiyat  tepasiga 
Ummaviylar sulolasi keldi. Ular istilochilik siyosatini davom ettirishdi.  
Istilolar  natijasida  xalifalik  Hind  daryosidan  Atlantika  okeani  sohillarigacha 
etib  borgan  erlarni  qo‘lga  kiritdi.  Ummaviylar  davlati  o‘zining  madaniyatida, 
boshqaruv usullarida, hamda tashqi munosabatlarni rivojlantirish usullarida Vizantiya 
va  qisman  Sosoniylar  Eroni  an’analarining  kuchli  ta’siri  ostida  edi.  Arab 
xalifaligining,  ayniqsa  Ummaviylar  hukmronligi  davrida,  qo‘shni  mamlakatlar  bilan 
munosabatlari  asosan  harbiy  to‘qnashuvlar  tusini  kasb  etgan.  G‘arbda  Ummaviylar, 
Vizantiya  bilan  davomli  ixtilofda  bo‘lib,  doimo  to‘qnashuvlarda  ishtirok  etishgan. 
Garchi  ba’zi  hollarda  Ummaviylar  vizantiyaliklar  bilan  tinchlik  bitimini  tuzishga 
majbur  bo‘lishgan.  Masalan,  xalifalikda  Ikkinchi  fuqarolar  urushi  davrida 
Ummaviylar xalifasi Abd al-Malik, davlat ichkarisidagi dushmanlarga qarshi kurash 
olib  borishda  o‘ziga  erkinlik  tug‘dirish  uchun,  Vizantiyaliklar  bilan  tinchlik 
shartnomasini  tuzishga  majbur  bo‘ldi.  Bitimga  ko‘ra  imperatorga  bir  qator  erlar 
berildi  va  o‘lpon  to‘lash  majburiyati  olindi.  Ummaviylardan  bo‘lgan  yana  bir  xalifa 
Umar  II  (717-720)  qo‘shnilar  bilan  osoyishtalik  siyosatini  olib  bordi.  Lekin  undan 
keyin hukmronlik qilgan xalifalar istilolar siyosatini qaytadan boshladilar.  


50 
 
750  yilda  Ummaviylar  ag‘darildi  va  ularning  o‘rniga  hokimiyat  tepasiga 
Abbosiylar kelishdi. Abbosiylar saroyida Eron an’analari ustunlik qilardi. Abbosiylar 
xalifaligi  davlat  boshqaruvining  murakkab  tizimida  tashqi  ishlarni  idora  qilish  o‘ta 
muhim  o‘rinni  egallardi.  Buyuk  vazir  qaramog‘ida  bo‘lgan  boshqaruvning  etti 
tarmog‘i, yoki “devonlari”, orasida “devon ar-rasolat” - tashqi ishlar vazirligi ko‘zga 
ko‘rinarli  rol  o‘ynagan.  Ushbu  devonida  ish  yuritish  va  marosimlar  tartibining 
ma’lum  shakllari  ishlab  chiqilgan.  Biroz  kechroq  davrga  oid  manbalar  –  XI  asr 
siyosiy  traktatlari  (biror  masalaga  bag‘ishlangan  ilmiy  asarlar)  va  me’muarlari 
(xotiralar,  esdaliklar)  –  Abbosiylar  diplomatiyasining  usullarini  tavsiflash  uchun 
qo‘llanishi mumkin, hamonki uning an’analari Sharqda uzoq umr ko‘rgan.  
Elchilik xizmatiga yaqin turgan Abu-l-Fazl-Bayxaqiyning esdaliklarida elchilik 
quyidagicha tasvirlanadi. Elchilar sifatida ikki kishi yuboriladi – ularning birisi saroy 
a’yonlariga  tegishli  bo‘lsa, ikkinchisi  o‘qimishli  mullalardan  saylanardi. Ularga  ikki 
maktub beriladi. Birinchi maktub elchilik yuborilayotgan hukmdor nomiga yozilgan. 
Ushbu  noma,  qur’ondan  olingan  so‘zlar  bilan  boshlanib,  unda  ikki  hukmdorning 
unvonlari  sanab  o‘tilgandi,  elchilarning  tavsiyanomsi  keltirilgandi  va  ularning 
vakolatlari  chegarasi  belgilab  berilgandi.  Yakunida  elchilarni  uzoq  vaqt  davomida 
ushlab  turmaslik  va  tezroq  orqaga  jo‘natib  yuborish  iltimosining  mavjudligi  o‘ziga 
xos holat edi. Ikkinchi maktub birinchi elchiga taalluqli edi va quyidagi so‘zlar bilan 
boshlanardi: “O, bizning birodarimiz va vakilimiz.” Ushbu  maktubda yo‘riqnomalar 
mavjud edi. Elchi, noma va sovg‘alarni topshirib, shartnoma to‘g‘risida muzokaralar 
olib  borishi  lozim  edi.  Buning  ustiga,  elchiga,  avftidan  hujjatning  tayyor  matni 
topshirilgan  va  unga  hech  qanday  o‘zgartirish  kiritib  bo‘lmadi.  O‘zga  davlat 
hukmdori  shartnomani  imzolashga  rozi  bo‘lmasa,  elchi  muzokaralarni  davom 
ettirishga  vakolatli  edi.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  elchi  o‘z  hukmdoriga 
muzokaralarning  borishi  haqidama’lumot  berib  turishi  va  zarurat  tug‘ilganda,  yangi 
yo‘riqnomalar  so‘rashi  kerak  edi.  Elchi,  shartnoma  tuzilgan  taqdirda,  uning 
qasamyod  ichish  orqali  tasdiqlanishini  ajnabiy  hukmdordan,  uning  o‘g‘illaridan  va 
a’yonlaridan talab qilardi. Sovg‘alarni topshirish elchiga berilgan topshiriqlar orasida 
muhim o‘rin egallardi. Elchi xorijiy hukmdor xuzuriga etib kelganda tuhfalarning bir 
qismi  topshirilardi,  qolgan  qismi  esa  –  faqatgina  elchilik  muvaffaqiyat  bilan 
yakunlanganda.  Topshiriladigan  tuhfalarning  ro‘yxati  elchiga  berilardi.  Sovg‘alar 
orasida  ayniqsa  qimmatbaho  matolar  va  idishlar  tez-tez  uchrab  turardi.  Sovg‘alarni 
ulashish va manzilga etkazib berish bilan maxsus xizmatchilar shug‘ullanardilar.  
XI asrga oid boshqa manbada – Nizomumulkning “Siyosatnomasida” - elchilik 
xizmatiga bag‘ishlangan alohida boblar mavjud. Ushbu asarda elchilar chegaraga etib 
kelganda  ularning  soni  va  ular  bilan  necha  kishi  etib  kelganligi  haqidagi  abar 
choparlar orqali darhol yuborilishini talab qilingan. Elchilarga yo‘l ko‘rsatish, ularni 
boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlash lozim edi. Elchilar g‘anim davlatdan kelgan 
bo‘lsa ham, ularni haqoratlash mumkin emasdi.  
Nizomulmulkning  ta’kidlashicha,  hukmdorlar  bir-biroviga  elchilarni  yuborar 
ekan,  nafaqat  oshkora,  balki  mahfiy  maqsadlarni  ham  ko‘zlaydilar.  “Ular 
quyidagilarni 
bilishni 
xohlaydilar: 
yo‘llarning, 
dalalarning, 
daryolarning, 
zovurlarning,  ichimlik  suvlarning  holati  qanday,  qo‘shin  o‘ta  oladimi  yoki  yo‘qmi, 


51 
 
qaerda  em-xashak  mavjud,  qaerda  esa  yo‘q,  amaldorlarning  qaysi  biri  qaerda, 
shohning  qo‘shini  qanday  va  uning  soni  va  aslahalari  qanday,  uning  (shohning) 
mehmondorchiligi  va  yig‘inlari  qanday  o‘tadi,  amallari  tartibi  qanday,  o‘tirib-turish 
tartibi qanday, to‘p o‘ynashi, ovga chiqish tartibi qanday. Uning xulq-atvori, hayoti, 
sahiyligi,  ko‘zi  va  qulog‘i,  qilig‘i  va  harakati,  marhamati,  adolati  va  adolatsizligi 
qanday.  Qarimi  u  yoki  yoshmi?  O‘qimishlimi  yoki  nodonmi?  Uning  erlari  gullab-
yashnaydimi  yoki  xarobmi,  uning  qo‘shini  –  mamnunmi  yoki  yo‘q?  Uning  vaziri  – 
munosibmi  yoki  yo‘q,  taqvodormi,  fazilatli  hayot  kechiradimi?  Uning  sarkardalari 
tajribali va ishlarda mohir insonlarmi? Uning a’yonlari o‘qimishlimi? Iqtidorlimi yoki 
yo‘q?  Ular  nimani  yoqtiradi,  nimadan  nafratlanadi?  Sharob  ichganda  shoh 
xushchaqchaqmi  va  dilkashmi  yoki  yo‘q?  Hamdardmi  yoki  loqayd?  Vaqtichog‘lik 
yoki jiddiylikka ko‘proq mayli bor? Askarlar yoki a’yonlar orasida ko‘proq bo‘lishni 
avzal ko‘radi?”. 
Bularning  barchasidan  ko‘rinib  turibdiki,  Vizantiya  diplomatiyasi  va  unga 
usullari  bo‘yicha  yaqin  bo‘lgan  Sosoniylar  Eroni  diplomatiyasining  an’analari 
Sharqda  gullab  yashnadi.  g‘arb  mamlakatlari  va  Qurdoba  xalifaligi  o‘rtasida 
o‘rnatilgan  ko‘plab  aloqalar  orqali,  salb  yurishlari  davomida  bo‘lib  o‘tgan 
to‘qnashuvlar  va  muzokaralar  orqali  Sharqning  ta’siri  orqada  qolgan  va 
madaniyatsizroq  bo‘lgan  g‘arbga  o‘tardi.  Frank  tarixchilari  Buyuk  Karl  va  Bag‘dod 
xalifasi  Xorun  ar-Rashid  o‘rtasida  elchiliklar  bilan  o‘zaro  almashuvi,  bir-biriga 
yuborgan  tuhfalar  haqida  hikoyalar  qilishadi.  Biroq  bu  hikoyalarni  to‘g‘rirog‘i 
afsonalar  qatoriga  qo‘shish  lozim.  Sharq  tarixchilari,  Abbosiylarning  turli 
mamlakatlarga  yuborgan  ko‘plab  elchiliklarni  ta’riflab,  Buyuk  Karl  huzuriga 
yuborilgan elchiliklar haqida hech qanday ma’lumotlarni eslab o‘tmaydilar va hattoki 
bunday  hukmdorni  bilmaydilar.  Lekin  Sharqdan  Franklar  davlatiga  savdogarlar, 
ayniqsa yahudiylar tez-tez kelib turgan va o‘zlari bilan noyob mollar olib kelgan. Bir 
kuni  keltirilgan  fil  shunchalik  katta  shov-shuvga  sbabchi  bo‘ldiki,  frank 
solnomalarida  uning  vafot  etgan  yili  qayd  etilgan.  Balki  Sharq  savdogarlarining 
ushbu tashriflari xalifa yuborgan elchiliklar to‘g‘risidagi afsonaga zamin yaratgandir. 
Xalifalik Sharq va G‘arbning barcha mamlakatlari bilan savdo aloqalariga ega 
bo‘lgan.  Arab  savdogarlari  Hindiston  Indoneziya  Xitoyga  dengiz  orqali  safarlarini 
amalga  oshirishgan  va  bu  erlarda  musulmon  savdogarlarining  yirik  faktoriyalari 
(savdo-sotiq  olib  boriladigan  manzillar)  paydo  bo‘lgan.  Qizg‘in  savdo  aloqalari 
shimoliy  mamlakatlar  bilan  ham  yo‘lga  qo‘yilgan.  Arab  savdogarlari  o‘z  mollarini 
Volga daryosi va Boltiq dengizi sohillariga etkazib kelganlar.  
943  yilda  Gaochandagi  uyg‘urlar  hukmdori  Buxoroda  hukmronlik  qilgan 
Somoniylar  bilan  do‘stona  aloqalarni  o‘rnatdi-ki,  bu  esa  musulmon  savdogarlarini 
Xitoyga olib boradigan xavfsiz yo‘l bilan ta’minladi.  
Arab  savdogarlarining  manfaatlari  bilan  bog‘liq  va  xalifalik  diplomatiyasiga 
oid  qiziqarli  voqea  ro‘y  bergan.  Ya’ni  921  yilda  Bulg‘orlar  podshosiga  yuborilgan 
elchilik haqida gap yuritiladi. Ushbu elchilik ishtirokchisi Axmad ibn Fadlan amalga 
oshirilgan sayoxat to‘g‘risida  qiziqarli  esdaliklar qoldirgan.  Balvatar o‘g‘li  al-Xasan 
ismli  Bulg‘orlar  podshosi  xalifa  al-Muqtadirga,  islom  xatiblarini  yuborishni.  qal’a 
qurilishiga  yordam  ko‘rsatishni  iltimos  qilib,  elchilik  yuborganligi  to‘g‘risidagi 


52 
 
ma’lumotnomalar  Axmad  ibn  Fadlanning  esdaliklarida  qayd  etilgan.  Xalifa 
Bulg‘orlar  podshosining  iltimosiga  ijobiy  javob  qaytargan.  Bulg‘or  elchiligi  bilan 
birgalikda  xalifa  al-Muxtadirning  elchiligi  ham  yo‘lga  chiqqan.  Manzilga  etgach, 
elchilar  xalifaning  Bulg‘orlar  podshosiga  yuborgan  nomasini  o‘qib  eshittirishgan  va 
katta izzat bilan qabul qilingan. Shu tarzda ushbu mamlakat bilan diplomatik aloqalar 
o‘rnatilgan. Keyingi yilda bulg‘orlar podshosi islomni qabul qilgan va bu o‘ta muhim 
ahamiyatga  ega bo‘lgan,  chunki  endilikda  musulmonlarga tegishli  Shimoliy-Sharqiy 
erlar  birinchi  bor  mohir  hukmdorlar  qo‘li  ostida  birlashtirilgan.  Bu  esa  chegaradagi 
erlarni  xavfsizligini  ta’minlashga  imkon  yaratdi,  ularning  gullab-yashnashiga  olib 
keldi  va  horijlik  savdogarlar  uchun  kafolatlangan  daromadlar  istiqbollarini  yuzaga 
keltirdi.  
IX  asrning  60-yillarida  Misr  amiri  Axmad  ibn  Tulun,  o‘z  hokimiyatini 
mustahkamlab,  faktik  jihatdan  mustaqil  davlatni  barpo  etdi.  Marg‘ibda  hokimiyat 
tepasiga  kelgan  Fotmiylar  sulolasi  X  asrdan  boshlab  Misrga  da’vogarlik  qildi. 969 
yilda  Fotmiylar  qo‘shini  Misr  poytaxti  Fustat  shahrini  egallashdi,  keyin  esa  butun 
mamlakatni  bo‘ysundirishdi.  Fotimiylar  armiyasining  bosh  qo‘mondoni  Djauxar 
Suriyani  zabt  etishga  qo‘shin  yubordi.  Fotimiylar  qo‘shini  Damashqqacha  bo‘lgan 
Suriya erlarining bir qismini egallashdi.  
1037 yilda Fotimiylar bir necha yillar davomida musulmonlar hududlariga tez-
tez  bosqinlar  qilib  turgan  Vizantiya  imperatori  bilan  yarash  ahdini  tuzishdi.  Ushbu 
ahdnomadan  foydalanib,  fotimiylar  Xaleb  (Aleppo)  shahrini  bosib  olishdi,  bu  esa 
ularga  butun  Suriyani,  Antioxiyadan  tashqari,  bo‘ysundirish  imkonini  berdi. 
Antioxiya, o‘z navbatida, Vizantiyaliklarga tegishli edi.  
XI  asrning  60-yillariga  kelib  fotimiylar  imperiyasi  deyarli  mavjud  emasdi. 
Butun  mamlakat  bo‘ylab  o‘zaro  kurashlar  bo‘lib  o‘tardi.  Vizantiya  Misrga  urush 
e’lon  qilgandi.  Sitsiliya  nasroniy  istilochilar  tomonidan  bosib  olingan.  Ular  Afrika 
qirg‘oqlariga ham kelib turgandilar va Aleksandriya shahriga tahdid solgandilar.  
Salibchilarning  Suriyaga  hujumi  boshlanishi  bilan  Fotimiylar  saljuqiylar 
hukmdorlarini  Quddusdan  (Isruslim)  haydab  chiqara  oldilar,  biroq  “muqaddas 
shaharni”  bir  yil  davomida  o‘z  qo‘llarida  saqlab  qoldilar. 1099 yilda  Quddus 
salibchilar  tomonidan  zabt  etildi,  fotimiylar  qo‘shini  esa  chekindi. Garchand  Qohira 
xalifalari  Quddus  qirolligi  bilan  tinchlik  munosabatlarini  saqlab  kelgan  bo‘lsada, 
baribir ularning ahvoli mustahkam emasdi  
Bir  necha  yillar  davomida  Fotimiylar  Suriyadagi  egaliklaridan  mahrum 
bo‘ldilar. Salibchilar Misr chegarasidagi eng uzoq nuqtasi Askolonni egallashdi. 1171 
yilda Fotimiylar sulolasi ag‘darildi va Misrda hokimiyat tepasiga mamlyuklar sardori 
Saloxiddin  keldi.  O‘zaro  ichki  kurashlar  salibchilarga  Suriya  va  Falastinda  katta 
hududlarni egallash imkonini berdi. Bu joylarda markazlari Qudduz, Tripoli, Edessa 
va  Antioxiya  hisoblangan  salibchilarning  to‘rtta  yirik  davlatiga  asos  solindi.  Lekin 
ularning  hokimiyati  mustahkam  emasdi.  Oqibatda  salibchilarning  barcha  davlatlari 
musulmonlar  tomonidan  zabt  etildi.  Ushbu  sohada  Misr  sultoni,  Ayyubiylar 
sulolasiga asos solgan, Saloxiddinning ayniqsa omadi keldi.  
Ayyubiylar  hokimiyati  zaiflashgandan  so‘ng  Misrda  hokimiyat  tepasiga 
mamlyuklar  keldilar.  Mamlyuklar  sardori  Kutuz  Misr  mustaqilligiga  tahdid  solgan 


53 
 
mo‘g‘ullarni tor-mor etdi. 1260 yil 3 sentyabrda Falastindagi Ayn-Dalut deb atalgan 
joyda  mo‘g‘ullar  to‘la  mag‘lubiyatga  uchradilar,  ularning  bosh  qo‘mondoni  asirga 
olindi va qatl qilindi.  
Kutuzdan  so‘ng  hokimiyatni  egallagan  sulton  Beybars  (1260-1277  yillar) 
salibchilarning  kuchlari  qaqshatdi,  hamda  ularning  asosiy  shaharlarini  tortib  oldi. 
Salibchilar qo‘lida faqatgina Tripoli va Akka shaharlari qoldi. Beybars Ismoiliylar – 
assasinlarni  ham  mag‘lub  eta  oldi: 1273 yilga  kelib  assasinlarning  oxirgi  qal’alari 
unga taslim bo‘ldilar. Beybars Xulagidlarning ashaddiy dushmani - qipchoqlar bilan 
do‘stona  munosabatlar  o‘rnatdi  va  shu  tariqa  mo‘g‘ullar  va  salibchilar  o‘rtasidagi 
ehtimoliy  ittifoqning  oldini  oldi. 1277 yilda  Bibars  ko‘p  sonli  armiya  to‘pladi, 
Tavrdan  o‘tdi  va  mo‘g‘ullarni  mag‘lubiyatga  uchratdi.  Biroq  u  o‘z  g‘alabasini 
mustahkamlay  olmadi  va  chekinishga  majbur bo‘ldi. Chekinish  paytida  sulton vafot 
etdi.  
Beybarsdan  so‘ng  mamlyuklarning  mashhur  sultonlaridan  biri  Kalaun  (1279-
1290 yy.) edi. Kalaun Genuya, Sitsiliya, Kastiliya bilan savdo shartnomalarini tuzdi. 
Aleksandriya  va  qoxira  g‘arb  va  Sharq  o‘rtasidagi  savdo-sotiqda  vositachilik  qila 
boshladilar.  Misr  davlatining  ta’siri  Nubiya  va  Yamanga  yoyildi.  Makka  shariflari 
ham  Kalaunga  itoat  etishdi.  Bularning  hammasi  Hindistonga  boruvchi  savdo 
yo‘llarning  xavfsizligini  ta’minladiki  bu  erlarga  arab  savdogarlari  dengiz  orqali  etib 
kela boshladilar.  
XIV  asrning  boshida  mo‘g‘ullar  va  mamlyuklar  bir-biroviga  hujumlar 
uyushtirib  turdilar. 1303 yilda  Damashq  yonida  mamlyuklar  mo‘g‘ullarni  uzil-kesil 
tor-mor qildilar va bu jang hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. 
1323  yilda  mo‘g‘ullar  va  mang‘itlar  o‘rtasida  tinchlik  shartnomasi  tuzildi. 
Biroq  keyinchalik,  Ilxonlar  davlati  parchalanayotgan  paytda,  mamlyuklar  sultonlari 
qo‘shni  davlatni  emirayotgan  ichki  tartibsizliklar  va  o‘zaro  urushlardan  foyda 
ko‘rishga intildilar. Ular noiblar va hukmdorlardan dam bir dam ikkinchisini qo‘llab-
quvvatlaganlar, elchiliklarni qabul qilganlar, amaliy yordam haqidakelishib olganlar, 
ammo hech kimga amaliy ko‘mak ko‘rsatmaganlar.  
XV  asr  boshlariga kelib  Eron  Amir  Temur  davlatining viloyatlaridan biri  edi. 
XV asrning ikkinchi choragida Ardabil shahrida, Janubiy Ozarbayjonda, “Safoviyyo” 
nomli  shia  mazxabiga  mansub  merosiy  shayxlarning  ta’siri  kuchaydi. 1494 yilda 
Ardabilning,  hamda  bo‘ysundirilgan  qo‘shni  turk  kabi  qabilalarining  shayxi  bo‘lgan 
Ismoil Safoviy XVI asrning boshlaridayoq butun janubiy Ozarbayjonni egallab, 1502 
yilda Tabriz shahrini ishg‘ol qildi. Shu davrdan boshlab Ismoil o‘zini Eron shohi deb 
e’lon qildi (1502-1524 yy.). Tabriz Safoviylar Eronining poytaxti bo‘ldi; Armaniston 
va  Kurdiston,  so‘ngra  esa  Bog‘dod  va Mesopotamiya  bo‘ysundirildi.  Ismoil davrida 
yuz yildan ko‘proq davom etgan Eron-Turkiya urushlari boshlanib ketdi. Bu urushlar 
XVII  asr  30-yillarining  oxirigacha  davom  etdi.  Turkiya  sultoni  Salim  I,  o‘z 
tomonidan.  Kavkaz  orti,  Kurdiston  va  Mesopotamiyaga  da’vogarlik  qildi.  Uzoq 
davom  etgan  urushda  (1514-1555)  omad  goh  bir  tomonda,  goh  ikkinchi  tomonda 
bo‘ldi  va  Amasiyada  (Kichik  Osiyoda  joylashgan)  sulh  tuzilishi  bilan  yakunlandi. 
Unga  ko‘ra  Safoviylar  Iroqni,  g‘arbiy  Gruziyani,  Arman  tog‘lari  tizmasi  va 
Vaspurakan  tog‘laridan  janubda  joylashgan  Armanistonning  bir  qismini  Turkiyaga 


54 
 
topshirdilar. 1590 yilda  shoh  Abbos  I  Turklar  bilan  Stambul  tinchlik  shartnomasini 
tuzdi  va  unga  binoan  Usmoniylar  imperiyasi  Sharqiy  Gruziyani,  Sharqiy 
Armanistonni,  Kurdistonni,  butun  Ozarbayjonni  (Ardebil  va  Talishdan  tashqari)  va 
qisman  Luristonni  qo‘lga  kiritdi.  Undan  so‘ng  Abbos  I  o‘z  armiyasini  sharqqa 
yo‘naltirdi,  bu  erda  Shayboniylarni  mag‘lub  etdi  va  Nishapur,  Mashxad,  Xirot  va 
Marvni (1597 y.) ishg‘ol etdi.  
1602  yilda  Abbos  I  Turkiyaga  qarshi  qaytadan  urush  boshladi.  O‘n  yil 
davomida  u  Ozarbayjon,  Luriston,  Kurdistonning  bir  qismi,  Sharqiy  Armaniston  va 
Sharqiy Gruziyani qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi.  
Shu  paytda  Rossiya  va  Evropaning  boshqa  mamlakatlari,  Turkiyaga  qarshi 
ittifoq tuzishdan manfaatdor bo‘lib, Eronga bir necha bor o‘z elchilarini yuborishgan. 
Safoviylar  ham  turklarga  qarshi  kurashishda  Evropaliklar  bilan  ittifoq  tuzmoqchi 
bo‘lganlar.  Abbos  I  german  imperatori  Ispaniya  va  Portugaliya  qiroli,  Rim  papasi, 
Fransiya, Gollandiya va Rosiya bilan elchiliklar o‘zaro almashuvini amalga oshirgan. 
Odatda  elchilar  o‘zlari  bilan  ko‘plab  qimmatbaho  sovg‘alar  olib  kelgan.  Shuning 
uchun ham elchiliklar almashinuvi o‘ziga xos tashqi savdo shaklini kasb etgan.  
Safoviylar  zamonida  Moskva  Rusi  bilan  muntazam  aloqalar  o‘rnatilgan. 
Elchiliklar  bilan  o‘zaro  almashuv  XV  asrning  o‘rtalaridan  boshlangan.  XVI  asrning 
50-yillarida  Rus  davlati  Volga  bo‘yi  erlarini  qo‘shib  olib  va  Kaspiy  dengizi 
sohillariga  chiqib,  Eron  va  Osiyoning  boshqa  mamlakatlari  bilan  savdo  aloqalarini 
sezilarli  darajada  kengaytirdi. 1588-1676  yillarda  Eronga  20  rus  elchiligi  yuborildi, 
Erondan  Rossiyaga  esa  15  ta.  Eron  savdogarlari  Astraxanga  etib  kelib,  bu  erda 
doimiy savdo-sotiqni amalga oshirishni boshladilar. Usmoniylar imperiyasiga qarshi 
kurash  olib  borishga  qaratilgan  umumiy  siyosiy  manfaatlar  rus-eron  savdo-
diplomatik aloqalarining rivojlanishiga ko‘mak berdi.  
XVI asrda Fors ko‘rfazida ochiqdan-ochiq bosqinchilik yo‘liga o‘tgan birinchi 
mustamlakachilar portugallar edi. Ular Ormuz orolida joylashgan yirik savdo portini 
ishg‘ol etdilar.  
Inglizlarning  Moskva  kompaniyasining  maxfiy  agentlari,  Volga-Kaspiy 
yo‘lidan  foydalanib,  shimol  orqali  Eron  va  Hindiston  bilan  savdo-sotiqni 
rivojlantirishga urinardilar.  
XVII  asrning  boshida  Angliyaning  Ost-Indiya  kompaniyasi  o‘z  vakillarini 
Eronga yubordi.  
XVII  asrning  o‘rtalariga  kelib  inglizlar  bilan  muvaffaqiyatli  raqobat  qiluvchi 
va  ko‘pgina  imtiyozlarni  qo‘lga  kiritgan  Gollandiyaning  Ost-Indiya  kompaniyasi 
inglizlarni ikkinchi o‘ringa surib chiqardi.  
Salib yurishlari davrida Kichik Osiyoda Rum Sultonligi nomi ostida yashagan 
saljuq turklari davlati XIII asr boshlariga kelib 10 ta amirlikka bo‘linib ketdi. XIII asr 
oxiri-XIV  asr  boshlarida  yangi  davlat  tashkil  bo‘ldi.  Unda  ko‘chmanchi  o‘g‘uzlar 
etakchi  rol  o‘ynadilar.  Dastlabki  vaqtlarda  Erto‘g‘rul,  o‘g‘uz  qabilalarining  rahbari 
bo‘lib,  Vizantiya  imperiyasi  bilan  chegaradosh  Sakaryo  bo‘yida  kichik  feodal 
mulkiga (beylikka) egalik qilardi. Erto‘g‘rulning o‘g‘li va taxt vorisi – Usmon (1282-
1326)  Vizantiyaga  qarshi  urush  boshladi  uning  Kichik  Osiyodagi  mulklarining 
ko‘pchiligini, shu jamladan, Brusu (yoki Bursu) shaharini bosib oldi. Brusu shaharini 


55 
 
Usmon  o‘zining  poytaxti  qilib  oldi.  Vafotidan  biroz  burunroq  Usmon  Kichik 
Osiyodagi boshqa amirliklarni o‘ziga itoat qildirdi.  
Vizantiyaning  zaiflashib  qolganligidan  va  Bolqon  yarim  orolidagi  boshqa 
davlatlarning  parchalanib  ketganligidan  foydalanib,  Usmon  turklari  XIV  asrda 
dastlab  Kichik  Osiyoda,  keyin  esa  Bolqon  yarim  orolda  ham  keng  istilochilik 
harakatlarini boshladilar. Usmonning vorisi – Urxon 1331 yilda Nikey shahrini, keyin 
esa  Vizantiyaning  Kichik  Osiyodagi  boshqa  barcha  erlarini  bosib  olganidan  so‘ng, 
Evropada  istilolar  qilishga  kirishdi. 1354 yili  Urxon  Dardanel  bo‘g‘ozining  Evropa 
qirg‘og‘idagi  Gallipol  shahrini  bosib  oldi.  So‘ngra  turklar  Frakiyaga  kirib  bordilar. 
Bu viloyat keyingi sulton, ya’ni Murod I zamonida (1359-1389) batamom zabt etildi. 
Murod  I  1361  yilda  Frakiyaning  bosh  shahri  –  Adrianopolni  bosib  oldi. 1371 yilda 
serblar, bolgarlar valaxlar va vengrlardan iborat koalitsiya (ittifoq) Murodga qarshilik 
ko‘rsatishga  urindi.  Biroq  ittifoqchilar  Maritsa  daryosi  bo‘yidagi  jangda  engildilar. 
Shundan  so‘ng  Janubiy  Serbiya  sulton  hokimiyati  ostiga  o‘tdi. Vizantiya  imperatori 
sultonga o‘lpon to‘lovchiga aylandi. 
1389  yil  15  iyunda  Kosovo  maydonida  (Janubiy  Serbiya)  serblar  va  ularning 
ittifoqchilari  turklarga  qarshi  hal  qiluvchi  jangga  kirdilar.  Serblarning  jasorati  va 
Murod  I-ning  o‘ldirilishiga  qaramay,  turklar  g‘alabaga  erishdilar.  Shundan  so‘ng 
Serbiyaning katta qismi Turkiyaga qo‘shib olindi. 
Turkiya  davlatining  kengayishi  Amir  Temur  tomonidan  vaqtinchalik 
to‘xtatildi. 1402 yilda Temur ulkan qo‘shin bilan Kichik Osiyoga kirib keldi. Boyazid 
ham katta harbiy kuchga ega edi, biroq Kichik Osiyodagi turk amirlarining bir qismi 
sultonga xiyonat qildi va Temur tomoniga o‘tib ketdi. Hal qiluvchi jang 1402 yil 28 
iyunda  Angor  (hozirgi  Anqara)  shhri  yonida  bo‘lib  o‘tdi  va  turklar  to‘la 
mag‘lubiyatga  uchradilar.  Boyazid  qochish  paytida  qo‘lga  tushdi  va  tez  orada 
asirlikda vafot etdi.  
XV asrning 20-yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar. Sulton Murod 
II (1421-1451) 20-yillarning boshlarida istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422 yilda 
u Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da, ammo uni qo‘lga ololmadi. 1430 yilda 
Solun shahri olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi. 
1444  yilda  turklarga  qarshi  yangi  salib  yurishi  uyushtirildi.  Unda  polyaklar, 
chexlar,  vengerlar, nemislar, qisman  fransuzlar va boshqa  g‘arbiy  evropalik  ritsarlar 
qatnashgan  edi.  Varna  yonidagi  jangda  (1444  yil  10  noyabr)  ritsarlar  tor-mor  etildi. 
Shuning  o‘zi  bilan  Konstantinopolning  halokati  oldindan  muqarrar  qilib  qo‘yildi. 
Konstantinopol  1453  yil  29  mayda  quladi.  So‘nggi  Vizantiya  imperatori  Konstantin 
XI (1448-1453) edi. Sulton Murod II-ning taxt vorisi – sulton Muhammad (Mexmed 
II) (1451-1481) Konstantinopolni zabt etdi. 
Muhammad  (Mexmed  II) 50-60  yillarda  Bolqon  yarim  orolida  Dunay 
bo‘yidagi Serbiyani, Bosniyani, Gersegovinani va Albaniyani zabt etdi. Bolqon yarim 
oroliga  qo‘shni  bo‘lgan  Valaxiya  vassal  sifatida  qaram  qilib  qo‘yildi. 70-yillarning 
o‘rtalarida  turklar  Qrimni  va  Tanu  (Azov)  shahrini  bosib  oldilar.  Taxminan  Shu 
paytning  o‘zida  Kichik  Osiyoda  Trapezund  shahri,  deyarli  butun  Anatoliya  to  Frot 
daryosigacha  istilo  qilindi.  Biroq  Muhammad  (Mexmed  II)  ikki  marta 
muvaffaqiyatsizikka  ham  uchradi:  u  Belgradni  ishg‘ol  qila  olmadi,  turklar  uni  1456 


56 
 
yilda  qamal  qilgan  bo‘lsalar-da,  maqsadlariga  erisha  olmadilar;  shuningdek  Rodos 
orolini ham zabt eta olmadilar (1480 y.). 
Muhammad  (Mexmed)  II-ning  nabirasi  Salim  I  zamonida  (1512-1520) 
turklarning  istilolari  yana  boshlandi.  Salim  Eronga  qarshi  olib  borgan  g‘olibona 
urushi  natijasida  Kavkaz  orti  mamlakatlaridan  Ozarbayjonni,  Armanistonning, 
Gruziyaning  bir  qismini.  Dog‘iston  va  Kurdistonni  istilo  qildi.  Keyin  esa  Suriya  va 
Misrni  bosib  oldi  (1517  y.).  So‘ngra,  butun  islom  dunyosining  boshchisi  sifatida 
o‘ziga  xalifa  unvonini  oldi.  Krit,  Kipr  va  O‘rta  er  dengizidagi  erlarin  o‘z  qo‘lida 
saqlab  qolish  uchun  Venetsiya  Turkiya  sultoniga  har  yili  katta  hiroj  to‘lab  turishga 
majbur edi.  
Sulton 
Sulaymon 

Qonuniy 
zamonida 
(1520-1566) 
Usmoniylar 
imperiyasining  qudrati  o‘ta  yuksak  darajaga  etdi.  Sulaymon  hukmronligining 
boshlaridayoq  Belgrad  va  Rodosni  egalladi.  Shundan  so‘ng  u  1526  yilda  Moxach 
yonida  katta  g‘alabaga  erishdi,  Bu  erda  turklar, chexlar  va  vengerlarning  birlashgan 
armiyasini  mag‘lubiyatga  uchratdilar.  Vengriyaning  kattagina  qismi  Turkiyaning 
viloyati  bo‘lib  qoldi.  Valaxiya  va  Moldaviya  Portaga  hiroj  to‘laydigan  davlatlarga, 
unga  har  yili  juda  ko‘plab  pul  to‘lab  turadigan  va  mustaqil  tashqi  siyosat  yuritish 
huquqidan mahrum etilgan va vassal knyazliklariga uzil-kesil aylantirilgan edi.  
1529 yilda Sulaymon Venani qamal qildi, lekin uni ishg‘ol eta olmadi. Eronga 
qarshi  yana  boshlanib  ketgan  urushda  Sulaymon  Bag‘dod  bilan  birga 
Mesopotamiyani  istilo  qildi.  Shu  bilan  bir  paytda  turklar  Shimoliy  Afrika  bo‘ylab 
g‘arbga tomon siljib bordilar. Ular Tripoli va Jazoirni zabt etdilar. Sulaymon davrida 
Arabiston ham turklar tomonidan bosib olindi.  
Turkiya  XVI  asr  xalqaro  xayotida  ko‘zga  ko‘rinarli  rol  o‘ynagan.  Turklar 
ko‘plab  davlatlar  bilan  qizg‘in  diplomatik  va  savdo  aloqalariga  ega  edilar.  Ushbu 
davlatlar  qatorida  Venetsiya,  Genuya,  Vengriya,  Eron,  Avstriya,  Polsha,  Rossiyani 
ta’kidlab o‘tsa bo‘ladi.  
Avstriya  va  Ispaniyada  hukmronlik  qilgan  Gabsburglarga  qarshi  uzoq  davom 
etgan  shiddatli  kurash  Turkiyani  Fransiya  bilan  yaqinlashtirdi.  Fransiya  qiroli 
Fransisk  I  Sulaymon  bilan  rasmiy  suratda  Gabsburglarga  qarshi  ittifoq  tuzdi. 1529 
yilda Sulaymonning Avstriyaga qarshi qilgan yurishi Gabsburglar va Valua sulolalari 
o‘rtasidagi “katta urush”ning bir bo‘g‘ini edi.  
Gabsburglar  imperiyasi  va  uning  ittifoqchisi  –  Rim  papasi  tomonidan  odatda 
qo‘llab-quvvatlangan  Venetsiya  va  Genuyaga  qarshi  Turkiyaning  kurash  olib 
borishiga  Fransiya  hayrixohlik  qilgan.  Fransiyaning  Shimoliy  Italiyadagi  harbiy 
muvaffaqiyatsizliklari  Fransiya-Turkiya  yaqinlashuvining  tezlashishiga  jiddiy  sabab 
bo‘ldi.  Avstriya  va  uning  ittifoqchilariga  qarshi  kurashda  fransuzlarning  ko‘magini 
olishga niyat qilgan sulton Sulaymon I Fransiyalik savdogarlarga sezilarli imtiyozlar 
berdi. Fransiya va Turkiya o‘rtasida 1535 yilda tuzilgan “Tinchlik, do‘stlik va savdo 
to‘g‘risidagi shartnoma” dastlabki “kapitulyasiya” (lotincha “kapitul”- modda, band, 
paragraf) nomi bilan keng miqyosda ma’lum bo‘ldi.  
Kapitulyasiyalarning bitimlardan  farqi  shunda  ediki, ular o‘zaro  foyda  va  yon 
berishlarga  asoslanmasdilar.  Kapitulyasiyalar  –  bu  bir  tomondan  in’om  etilgan 
imtiyozlar bo‘lib, ular muayyan hukumat tomonidan xohlagan paytda bekor qilinishi 


57 
 
mumkin  edi. 1535 yil  kapitulyasiyasiga  ko‘ra  Turkiyada  fransuz  savdosi  uchun 
alohida  imtiyozli  tartib  yaratildi.  unga  binoan  fransuz  savdogarlariga  turk  suvlarida 
bemalol  qatnash,  Turkiyaning  barcha  portlaridan,  ozgina  (5  foiz)  boj  to‘lash  sharti 
bilan bemalol savdo qilish huquqi berildi.  
1580  yilda  o‘zining  Levant  savdo  kompaniyasini  tashkil  etish  huquqini 
Angliya ham qo‘lga kiritdi va Fransiya kabi imtiyozlarga erishdi.  
Muhammad (Mexmed II) zamonida Qrim xoni vositachiligida, Moskva davlati 
bilan  aloqalarni  o‘rnatishga  dastlabki  urinishlar  qilindi. 1493 yilda  Rossiyaga 
yuborilgan birinchi turk  elchiligi  Polsha-Litva  ma’murlari  tomonidan  ushlab  qolindi 
va  Moskvaga  etib  bormadi. 1497 yilda  Turkiyaga  Mixail  Ple
щeev  boshchiligida 
elchilik yuborildi va Azov va Kafa orqali qora dengiz havzasida amalga oshiriladigan 
rus  savdosini  tartibga  solish  masalasi  turk  ma’murlari  oldiga  qo‘yildi.  Chunki, 
mahalliy turk ma’murlari ushbu shaharlarda rus savdogarlariga to‘sqinlik qilardi.  
Ikki yildan so‘ng Turkiyaga yuborilgan yana bir elchi axillikda yashash va turk 
erlarida  rus  savdogarlari  uchun  oddiy  sharoitlar  yaratishga  sultonning  roziligini 
olishga erishdi. Hech qanday siyosiy yoki hududiy masalalarni na Rossiya na Turkiya 
ko‘tarib  chiqmadi.  Ammo  1514  yili  sulton  Salim  I-ning  o‘sha  paytda  Moskvada 
bo‘lgan sobiq qozon xoni Abdullatifni Qrimga qo‘yib yuborish iltimosi bilan ruslarga 
murojaat  qilishi  uning  Qozon  xonligi  ishlariga  aralashish  niyati  borligidan  dalolat 
berardi.  Shu  davrdan  boshlab  Moskva  elchilari  Azov  turklarning  chegaradagi  rus 
erlariga  qilgan  hujumlari  to‘g‘risida  Sultonga  bir  necha  bor  shikoyat  qilganlar. 
Astraxan  va  qozon  xonliklarining,  hamda  Kaberdin  xalqining  Rossiya  tarkibiga 
kiritilishidan  so‘ng  qo‘shnilar  o‘rtasidagi  munosabatlar  sezilarli  darajada 
murakkablashdi.  
1569 yilda turklar Astraxonni kuch bilan bosib olmoqchi bo‘ldilar. Ammo bu 
urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Livoniya urushida band bo‘lgan Rossiya 
Turkiya bilan nizoni chuqurlashtirmoqchi emasdi va shuning uchun Ivan IV tinchlik 
muzokaralarini  olib  borish  maqsadida  o‘z  vakillarini  sulton  huzuriga  yubordi. 
Shundan so‘ng deyarli 70 yil davomida Usmoniylar imperiyasi va Rossiya o‘rtasida 
yirik harbiy to‘qnashuvlar bo‘lmadi.  
Turklar  bilan  ruslar  o‘rtasida  ikkinchi  marta  jiddiy  to‘qnashuv  XVII  asrning 
30-yillari  oxiri  va  40-yillarning  boshida  bo‘lgandi.  Bu  vaqtda  Zaparoje  kazaklari 
Azovni  (1637  yil)  ishg‘ol  qilib,  uni  bir  necha  yil  davomida  o‘z  qo‘llarida  tutib 
turdilar  (“Azovda  o‘tirish”).  Kazaklar  yordam  so‘rab  Moskva  podshosiga  murojaat 
qildilar.  Biroq  Moskva  davlati,  moliyaviy  inqirozni  boshidan  kechirayotganligi  va 
Polsha qiroli bilan kurash tugamaganligidan, Turkiyaga qarshi katta urush olib borish 
rejasidan  voz  kechishga  majbur  bo‘ldi.  Podsho  Mixail  Fyodorovich  kazaklarga 
Azovni  bo‘shatishni  buyurdi  (1643  yil).  Lekin  shunga  qaramay,  kazaklarning  Qrim 
va Turkiyaga qarshi kurashi XVII asr oxirigacha davom etdi.  
Turklarning  evropaliklardan  birinchi  marta  mag‘lub  bo‘lishi  1571  yilda 
Lepanto  yonida  ro‘y  berdi.  Bu  erda  turklarning  ulkan  floti  Ispaniya,  Venetsiya  va 
Rim  papasining  birlashgan  floti  tomonidan  tor-mor  qilindi  (Filipp  II-ning  ukasi- 
shahzoda Don-Xuan Avstriyskiy birlashgan flotga boshchilik qildi). To‘g‘ri, bundan 
keyin Turkiya venetsiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Biroq bu mag‘lubiyat 


58 
 
mamlakatning  ichki ahvoliga  qattiq ta’sir  qildi. 70-80 va  90-yillarda  Turkiya  keskin 
ijtimoiy-iqtisodiy  inqirozni  boshdan  kechirdi. 1606 yilda  Sitvatorokda  imzolangan 
tinchlik  shartnomasi  Avstriya-Turkiya  urushiga  yakun  yasadi.  Ushbu  shartnomaga 
binoan  Avstriya-Turkiyaga  1547  yildan  boshlab  o‘ttiz  ming  dukat  miqdorida  to‘lab 
kelayotgan  har  yillik  hirojdan  ozod  bo‘ldi.  Bundan  tashqari.  Turkiya  birinchi  marta 
tinchlik  shartnomasida  nasroniy  davlatni  o‘ziga  teng  tomon  deb  e’tirof  etishi  lozim 
edi. Bir necha yillardan so‘ng Avstriya o‘z fuqarolari uchun savdo sohasida sezilarli 
imtiyozlar berilishiga erishdi.  
Turkiya,  Evropa  davlatlari  o‘rtasidagi  ziddiyatlardan  foydalanishga  urinib, 
Angliya va Gollandiyaga muhim iqtisodiy va siyosiy imtiyozlarni taqdim etdi. XVII 
asrning  birinchi  yarmida  ushbu  mamlakatlar  uchun  “kapitulyasiyalar”  bir  necha  bor 
yangilanib, chet ellik savdogarlarning Turkiyada savdo qilish huquqlari kengaytirildi. 
Usmoniylar  imperiyasi  hukmdorlari  savdo  imtiyozlari  evaziga  o‘zining  istilochilik 
rejalarini  amalga  oshirish  davrida  Evropa  davlatlarining  qo‘llab-quvvatlashiga 
erishmoqchi edilar.  
Turkiya  Eronga  qarshi  uzoq  muddat  davomida  kurash  olib  bordi.  XVII  asr 
boshlarida  Eron  shohi  Abbos  I  Kavkaz  ortining  katta  qismini,  Bog‘dod  bilan  birga 
butun Iroqni turklardan tortib oldi. Ammo tez orada turklar sultoni Murod IV harbiy 
harakatlar  boshladi.  To‘rt  yillik  urushlardan  so‘ng  Qasri-  SHirinda  tinchlik 
shartnomasi imzolandi (1639 yil). Unga binoan Iroq (Bog‘dod bilan birga) Turkiyaga 
qaytarildi; bundan tashqari g‘arbiy Gruziya, g‘arbiy Armaniston va Kurdistonning bir 
qismi  turklar  qo‘lida  qoldi.  Eron  va  Turkiya  o‘rtasidagi  ushbu  chegara  keyinchalik 
deyarli o‘zgarmadi.  
Turkiya, Eronga qarshi urush bilan bir vaqtda Evropada Polshaga qarshi harbiy 
harakatlar  olib  bordi.  Ukrain  erlari  uchun  tortishuv  ushbu  nizoga  sabab  bo‘lgandi. 
1620  yilda  turklar,  polyaklar  qo‘shinini  tor-mor  etib,  Ukrainaga  bostirib  kirdilar. 
Zaporoje kazaklarining mardligi va jasorati tufayli Xotin yonidagi jangda (1621 yil) 
turklar  mag‘lub  bo‘ldilar.  Biroq  turklarning  Polshaga  qarshi  bosimi  pasaymadi  va 
ular Ukrainaga hujumini kengaytirib bordilar.  
XVII asrning birinchi yarmida rus hukumati, umumiy raqib – Polshaga qarshi 
ittifoq  tuzish  imkonini  hisobga  olib,  Turkiya  bilan  tinchlik  munosabatlarini  tutib 
turishga intildi.  
XVII  asr  50-yillarning  boshlaridan  Rossiya-Turkiya  munosabatlari  Bogdan 
Xmelnitskiyning harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yangi bosqichga o‘tdi. Turkiyaning 
ushbu  nizoga  aralashuvi  Rossiya  bilan  urushga  olib  keldi.  Harbiy  qudratning 
pasayishi  shubhasiz  Usmoniylar  imperiyasining  tashqi  siyosiy  zaiflashuvi  bilan 
birgalikda bo‘lib o‘tdi.  
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish