10. 17.15. Intensiv iqtisodiy o‘sish qanday amalga oshadi?
a) mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish orqali;
b) yangi korxonalar qurish yo‘li bilan;
c) ishlovchilar sonini mutloq oshirish hisobiga;
d) qo‘shimcha pul resurslarini jalb qilish bilan;
e) ishlab chiqarishga qo‘shimcha resurslarni jalb qilish orqali.
19-variant
1. 14.26. Quyidagilarning qaysi biri YAMM tarkibiga kiradi?
a) uy bekasining xizmatlari;
b) qo‘shnidan eskiroq avtomobilni sotib olish;
c) brokerdan yangi aksiyalarni sotib olish;
d) kitob do‘konidagi yangi kitoblarning qiymati;
e) yuqoridagilarning barchasi.
2. 14.27. O‘zbekiston fuqarosi vaqtinchalik Rossiyada ishlaganda, uning olgan daromadi quyidagilarning qaysi biriga kiradi?
a) O‘zbekiston yalpi milliy mahsuloti (YAMM)ga va Rossiya yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga;
b) O‘zbekiston YAIMga va Rossiya YAMMga;
c) O‘zbekiston YAMMga va Rossiya YAMMga;
d) O‘zbekiston YAIMga va Rossiya YAIMga;
e) O‘zbekiston milliy daromadiga va Rossiya sof ichki
mahsulotiga.
3. 14.28. Quyida sanab o‘tilganlarning qaysi biri Milliy daromad tarkibida hisobga olinmaydi?
a) korporatsiyalar foydasi;
b) davlat transfert to‘lovlari;
c) renta daromadlari;
d) ish haqi;
e) me’yoridagi foyda.
4. 14.29. Yalpi milliy mahsulot sarf-xarajatlar usuli bilan aniqlanganda quyidagilarning qaysi biri hisobga olinmaydi?
a) yalpi investitsiyalar;
b) iste’molchilik sarflari;
c) davlat sarf-xarajatlari;
d) amortizatsiya ajratmalari;
e) yuqoridagilarning barchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |