1. 14.16. Pirovard mahsulot tushunchasi nimalardan iborat?
a) ishlov beriladigan mahsulot;
b) qayta ishlanadigan mahsulot;
c) sotish maqsadida xarid qilingan tovarlar;
d) iste’mol uchun tayyor bo‘lgan, sotilgan yoki sotiladigan tovar va xizmatlarning bozor narxidagi hajmi;
e) iste’mol qilingan mahsulot.
2. 14.17. Qo‘shilgan qiymat qanday miqdor?
a) pirovard mahsulot hajmidan boshqa korxona va firmalardan sotib olingan xom ashyo va materiallar qiymatini chiqarib tashlangan miqdor;
b) pirovard mahsulot hajmidan ish haqi chiqarib tashlangan miqdor;
c) pirovard mahsulot hajmidan amortizatsiya ajratmasi chiqarib tashlangan miqdor;
d) pirovard mahsulot hajmidan o‘zgaruvchi xarajatlar chiqarib tashlangan miqdor;
e) yuqoridagilarning barchasi.
3. 14.18. Yalpi milliy mahsulotni hisoblashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi?
a) davlat byudjetidan ijtimoiy to‘lovlar;
b) qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish;
c) xususiy ijtimoiy to‘lovlar;
d) ishlatilgan tovarlarni sotish;
e) yuqoridagilarning barchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |