A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

Presenilpsixozlar.
Qarilikoldi davrida (55-65 yoshlar) asosan ikkita 
aqli zaiflikka olib keluvchi jarayonlar kuzatiladi: Altsgeymer kasalligi 
va Pik kasalligi. Bu kasalliklar nom lari ularni birinchi bo'lib yoritib 
bergan olim lar fam iliyalaridan olingan. Bu kasalliklarning sabablari 
hozirgacha aniq emas. Nasliy omil m a’lum ahamiyatga ega. Altsgeymer 
kasalligi, odatda, 55-65 yoshda boshlanadi va asosan ayollarda kuzatiladi. 
Alohida ko'zga tashlanarli sabablarsiz bemorlarda xotira pasaya boshlaydi, 
atrofga dezoriyentirovka (m o'ljal olishning buzilishi), vahim aga 
beriluvchanlik, nutq buzilishlari (afaziya) paydo bo'ladi. Bem orlarda 
uzoq vaqtgacha o 'z kasalligiga tanqidiy munosabat saqlanib qoladi, ular 
o'zlarining ruhiy kamchiliklaridan shikoyat qiladilar, yordam so'raydilar. 
Asta-sekin aqli zaiflik belgilari ortib boradi, va 10-12 yil davom ida 
bemorlar halok bo'ladilar. Odatda, bemorlarda biron-bir yaqqol namoyon 
bo'lgan nevrologik yoki somatik buzilishlar kuzatilmaydi. Bosh miyani 
yorib ko'rilganda bu kasalliklar uchun xos bo'lgan o'zgarishlami aniqlash 
m umkin.
Pik kasalligi xuddi Altsgeymer kasalligidagi kabi yoshda boshlanadi, 
am m o bun d a kasallik bo'shashganlik, apatiya, barcha narsalarga 
qiziqishning so'nishi, faoliyatsizlik bilan boshlanib, bularga tez vaqt 
ichida nutq buzilishlari, yoki sababsiz kayfiyat ko'tarilishi va sergaplik, 
axloqsiz hazillar qo'shilib, keyinchalik so'z boyligining kamayishi 
ham paydo bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan yuqoridagi sim ptom lar zam irida 
xotira pasayishi va um um iy aqli zaiflik belgilari yuzaga keladi. 8-10 yil 
davomida bem orlar halok bo'ladilar. Presenil demensiyalarni davolash 
uchun hozirda biron-bir samarali vosita mavjud emas.
99


Presenil funksional psixozlar ichida involutsion depressiya va 
involutsion paranoid ajratiladi. Bu erta involutsion (klimakterik) psixozlar, 
odatda, 45-55 yoshlarda boshlanib, erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘proq 
uchraydi. 0 ‘z klinikasiga ko‘ra involutsion depressiya ko‘p jihatdan quyida 
keltirilgan maniakal-depressiv psixozdagi depressiyaga o'xshashdir, 
ammo ko‘p jihatdan unday farqlanadi. Involutsion depressiyada sezilarli 
darajada ko ‘proq xavotir va qo ‘rquv belgilari namoyon bo'lib, ko'proq 
ho llard a ip o x o n d rik va vasvasa g 'o y a la ri k u z a tila d i. K o 'p in c h a
involutsion depressiyada Kotar sindromi deb nomlanuvchi patologiya 
kuzatilib, unda bemorlar, ularning ichki a ’zolari qurib bitganligi, ovqat 
qayeigadir to ‘kilayotganligi, yuraklari yo‘qligi va h.k. larga shikoyat 
qiladilar. Involutsion vasvasa o'zining “kichik m asshtabi” , “kichik 
qamrovliligi” bilan ajralib turadi, bunda gap, qo'shnilari yoki birga 
yashayotgan yaqinlari ularning ovqatiga nimadir qo'shayotganligi, uni 
zaharlashm oqchiligi, uni ta ’qib qilishayotganligi, buyum lariga zarar 
yetkazishayotganligi va h.k. lar haqida ketadi. Involutsion psixozlar 
cho'zilgan tarzda kechishga moyil, am m o ularni davolash m umkin. 
Kechki yoshda ko‘p hollarda parafrenik vasvasa deb nomlangan buzilishlar 
kuzatiladi, ammo bu kasallikni ko‘pchilik psixiatrlar shizofreniya turlari 
qatoriga kiritadilar.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish