A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

Senilpsixozlar.
Keksalik davrida (70-90 yoshda), presenil yoshdagi 
kabi, turli sababli (ekzogen, psixogen, endogen) birlamchi yoki takroriy 
ruhiy faoliyat buzilishlari kuzatilishi mumkin. Tabiiyki, keksalik yoshida 
bu kasalliklar o'zgacha namoyon bo‘ladi va kechadi, am m o um um an 
ularda shu yoki boshqa kasalliklar uchun xos bo'lgan klinik xususiyatlar 
kuzatiladi. Bu ruhiy kasalliklardan tashqari keksalik yoshida, xususan, 
qarilik psixozlari, ya’ni jismoniy va ruhiy keksayish omillari bilan bog‘liq 
ruhiy faoliyat buzilishlari kuzatiladi. Qarilik (senil) psixozlarida, qon 
tomir va presenil psixozlardagiga nisbatan yanada ko'proq, o ‘sib boruvchi 
aqli zaiflik belgilari — qarilik aqli zaifligi rivojlanadi.
Qarilik aqli zaifligi (senil demensiya), odatda, 70 yoshdan keyin 
rivojlanib, o ‘sib boruvchi xotira pasayishlari, aqliy qobiliyatlaming pasayib 
ketishi va bem or shaxsining o'zgarishi bilan xususiyatlidir. Bunday 
bemorlar fazoga va vaqtga m o'ljalni yo'qotadilar, xonalarda maqsadsiz 
daydib yuradilar, qog‘oz parchalari va boshqa keraksiz buyum lami 
to ‘playdilar, vahimaga tushadilar, qayerlargadir otlanadilar, pala-partish 
bo'lib ketadilar. Ba’zida ularda o'tmishdagi hayotlari va faoliyatlaridan 
rangdor xotiralar paydo bo'lib, bu holda ular faol va o'zlarining 
o'tmishdagi kasblari va mutaxassisliklariga ko‘ra, b a’zilari “boshqarma 
majlisiga” , ba’zilari “bemorlarni ko‘rikdan o ‘tkazishga” otlanadilar,
100


ba’zilar “otlami sug‘ora boshlaydilar” va h.k. Bu holatda ular real borliqni 
yetarlicha aniq idrok etolmaydilar, balki yashab o'tilgan kechinm alar 
bilan yashaydilar. Bu holatlar “qarilik deliriysi” deb nom lanadi. U lar 
uzoq davom etmaydi va bem or o ‘z holatiga qaytadi. Qarilik aqli zaifligi 
bo'lgan ba’zi bemorlarda kasallik holatida keskin xotira buzilishlari va 
kayfichoqlik holati oldingi o ‘ringa chiqadi. Bu holatlarda qarilik 
demensiyasining alohida shakli — presbiofreniya haqida gap ketadi. Qarilik 
aqli zaifligi bo‘lgan bir qism bemorlarda demensiyaning asosiy belgilariga, 
qo‘shimcha zararli om illar ta ’siri ostida, boshqa ruhiyat buzilishlari — 
ong buzilishlari, gallutsinatsiyalar, vasvasa g‘oyalari qo'shiladi.
Qarilik aqli zaifligi asosan qarilik davridagi m odda almashinuvi 
jarayonlarining o'zgarishlari t a ’siri ostida bosh miya m oddasining 
parchalanishi, hajmining kamayishi (atrofiyasi) sababli kelib chiqadi. 
Bosh miyadagi o'zgarishlar va aqli zaiflik darajasi o ‘rtasida m a’lum
mutanosiblik (koirelatsiya) mavjud, ammo barcha holatlarda ham bunday 
korrelatsiya kuzatilavermaydi. Shulardan kelib chiqqan holda, yoshgaxos 
bosh miya atrofiyasidan tashqari senil demensiya yuzaga kelishi uchun 
yana m a’lum bir qo'shim cha zararli om illar bo'lishi talab etiladi. 
Patologoanatomik tekshiruvda bosh miya yorib ko'rilganda bu bemorlarda 
ular uchun xos bo'lgan o'zgarishlar aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgandek, qarilik psixozlari faqat senil demensiyaga kelib 
taqalmaydi. Keksalik ma’lum sharoitlarda vaqtinchalik depressiv va vasvasali 
simptomokomplekslar bilan kechuvchi psixotik holatlaming sababi bo'lib 
kelishi mumkin. Ular o'zining kelib chiqishi bo'yicha yuqorida ko'rsatilgan 
qarilik oldi psixozlari bilan o'xshash bo'lishi m umkin, am m o b a’zi 
o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Qon tomir, qarilik oldi va qarilik psixozlarini davolashda, eng awalo, 
bemorlaming umumiy somatik holatlariga e’tibor bermoq zarur. Bu turdagi 
barcha bemorlarga umumquwatlovchi va tinchlantiruvchi vositalar, modda 
almashinuvini yaxshilovchi va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi 
vositalar (vitamin komplekslari, fosfor va tem ir preparatlari, qon tom ir 
kengaytiruvchi vositalar va boshq.) tavsiya etiladi. Bemorlarda depressiv yoki 
vasvasali holatlar mavjud bo'lganda kichik miqdorlarda psixotrop vositalar 
(antidepressantlar, neyroleptiklar) tavsiya etiladi. Cho'zilgan depressiv 
holatlarda hatto chuqur keksalik yoshida ham, bemomi tegishli tayyoigar- 
likdan o'tkazilganidan so'ng elektroshok usuli qo'llanilishi mumkin.
Agar bemoriaida kechki yoshda o'sib boruvchi aqli zaiflik oldingi o'ringa 
chiqsa, umumquwatlovchi vositalami qo'llash bilan bir qatorda, bemorlar 
bilan pasayib borayotgan ruhiy faoliyati uchun mashqlar (xotira, diqqat, 
intellekt, nutq va boshqalar uchun) o'tkazish tavsiya etiladi.
101



Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish