A toshmatov, sh sh. Magzumova


QON TOM IR, QARILIKOLDI VA QARILIK PSIXOZLARI



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

QON TOM IR, QARILIKOLDI VA QARILIK PSIXOZLARI
Keksayish — tabiiy jarayondir. H ar bir inson tug'iladi, o ‘sadi, 
rivojlanadi, yetuklik yoshiga yetadi, so‘ngra aks taraqqiyot (involutsiya) 
deb nomlangan jarayon — qarilikoldi va qarilik davri boshlanadi. Keksayish 
jamyoni oiganizm faoliyatida murakkab o'zgarishlaiga, uning tudi omillarga 
sezgirligining ortishiga olib keladi, umumiy reaktivlik pasayadi, insonning 
atrof-m uhitga moslashuvi qiyinlashadi. Keksa odam ning ruhiyati ham
o ‘zgaradi. Bu yoshga xos o ‘zgarishlar fiziologik, tabiiy bo‘lsa-da, ular 
shunga olib keladiki, qarilikoldi va qarilik yoshida tez-tez kasallanib turadilar 
va bu kasalliklar xavfliroq kechadilar, ko‘proq hollarda o'lim ga olib 
keladilar.
Keksalik yoshi barcha ruhiy kasalliklaming yuzaga kelishi va namoyon 
bo‘lish xususiyatlariga ta ’sir ko'rsatadi. Shizofreniya, maniakal-depressiv 
psixoz, yuqumli, intoksikatsion, travm atik va boshqa psixozlar qarilik 
oldi va qarilik yoshidagi bemorlarda namoyon bo'lishi va kechishida qator 
o ‘ziga xosliklarga ega. Shuning uchun ular davolashda ham alohida 
yondashuvni talab qiladi. Am m o turli sababli ruhiy faoliyat buzilishlari 
(intoksikatsion, infeksion va boshq.) dan tashqari, kechki yoshda ilk va 
takroriy yuzaga keluvchi, yana bir o ‘ziga xos, «qarilik oldi va qarilik 
psixozlari» deb nomlanuvchi kasalliklar mavjud. Bular shunday psixotik 
holatlarki, ularning kelib chiqishida keksayish jarayoni va u bilan bog'liq 
insonning murakkab somatik va ruhiy o ‘zgarishlari asosiy o ‘rin egallaydi.
Qarilikoldi va qarilik psixozlariga ham kelib chiqishi, ham namoyon 
bo‘lishi bilan qon tom ir psixozlari, ya’ni ruhiy faoliyatning kelib chiqishi 
bosh m iya qon tom irlarining aterosklerozi va g ipertoniya kasalligi 
bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlari yaqin turadi. Qon tomir, presenil (qarilik 
oldi, involutsion) va senil (qarilik) psixozlari ikkita katta guruhga bo‘linadi.
Birinchisi — bu aqli zaiflikka olib keluvchi jarayonlar guruhi bo ‘lib, 
ularda keksayish jarayoni va bosh m iyada qon aylanishi buzilishi 
munosabati miyaning oziqlanishi va unda m odda almashinuvi buziladi, 
miya m oddasining atrofiyasi yuzaga keladi va uning natijasi sifatida, 
asta-sekin rivojlanuvchi aqli zaiflik (dem ensiya) yuzaga keladi, xotira 
yom onlashadi, aqliy qobiliyat pasayadi, bem orning shaxsi o ‘zgaradi. 
Yillar o ‘tishi bilan aqli zaiflik o ‘sib, bem or ruhiy faoliyatining butunlay 
parchalanishi yuz beradi.
7 - № 95
97


Ikkinchi gum h — bu kechki yoshdagi funksional psixozlar guruhi 
deb nomlanadi. Bu nom bilan depressiv yoki vasvasali simptom-kompleks 
bilan, bemorlarda keksayish oldi va keksalik davri yoki bosh miyada qon 
aylanishi buzilishlari munosabati bilan yuzaga keluvchi vaqtinchalik psixotik 
holatlar nomlanadi. Bunday psixotik holatlar butunlay ortga qaytar jarayon 
bo‘lib, o ‘tib ketishi mumkin. Ammo ko'pincha bu kechki yoshdagi 
funksional psixozlar ko‘p yoki oz darajada namoyon bo‘lgan demensiya 
zamirida yuzaga keladi, depressiv yoki vasvasali holat o ‘tib ketganidan 
so‘ng bu bemorlarda ko‘p yoki oz namoyon bo'lgan aqli zaiflik belgilari 
oldinga chiqadi. Qon tomir, qarilikoldi va qarilik psixozlari o'zaro juda 
ko‘p umumiylikga ega bo‘lsa-da, ammo bu kechki yoshdagi psixoz 
shakllarining har birini b a’zi o'ziga xosliklar ajratib turadi.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish