“Dars muqaddas” bo`yicha bir soatlik dars ishlanma
Sana_________________ Sinf 5 z Fan O`zbek (davlat) tili
Mavzu: Xatolar ustida ishlash
Darsning maqsadi:
a)Tálimiy maqsadi:
yozilgan nazorat ishlarini tahlil qilish, xatolar ustida ishlash;
b)Tarbiyaviy maqsadi:
o'quvchilarni Vatanga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash;
v)Rivojlantiruvchi maqsad:
o'quvchilarning og'zaki va
yozma nutqini rivojlantirish,
mustaqil fikrlash malakasini shakllantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya
(o`zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta tilni
mukammal o`zlashtirish; fikrini oǵzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish)
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
(turli manbalardan zarur bo`lgan axborotlarni izlab
topa olish, saralash, qayta ishlash);
O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
(o`qib-o`rganish, bilimini mustaqil ravishda
oshirib borish);
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
(o`zaro
munosabatlarida muomala, huquqiy
madaniyatga ega bo`lish);
Milliy va umummadaniy kompetensiya
(milliy-madaniy an’analarni bilish,
ulardan
tasirlana olish, ularga hurmat bilan munosabatda bo`lish);
Nutqiy kompetensiya
(Tinglab tushinish, gapirish, o`qish, yozish);
Lingvistik kompetensiya
(Grafika
va Orfografiya, Fonetika, Liksika, Grammatika);
Darsning turi:
Yangi bilim beruvchi
Darsning usuli:
Noan’anaviy
Jihozlanishi:
Darslik, nazorat ishi daftarlari
Darsning borish:
1.
Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashib, sinf xonaning tozaligini nazorat qilish,
o`quvchilarning darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi:
O`quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha
suhbat tashkil etish,
ularga nisbatan o`quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
2. Yangi mavzu bayoni:
Yozilgan nazorat ishlari quyidagi BKM (Bilim, ko’nikma, malaka
elementlari asosida ) tekshirildi:
1. Imlo savodxonligi
2. Uslubiy savodxonligi
3. bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilganligi
4. Husnixati
Avvalo, eng chiroyli, yuqoridagi BKM elementlari asosida yozilgan nazorat ishi
egalari nomi aytiladi va rag’batlantiriladi. Dastlab imlo xatolari ustida ishlanadi.
Imlo xatoga yo’l qo’ygan so’zning to’g’ri variantini o’n marta
sinf daftariga yozib
chiqadi. Bu shu so’zning imlosini yodda saqlab qolishga yordam beradi. So’ngra
tinish belgilari bo’yicha yo’l qo’yilgan xatolar tahlil qilinadi.Tinish belgilari
yuzasidan olingan bilimlar takrorlanadi. So’ngra uslubiy xatolar ustida ishlanadi.
Gap tuzish qoidalari eslatib o’tiladi
3.Mustahkamlash:
Salomatlik – eng katta boylik.
Sog’lik har bir inson uchun eng katta boylikdir. Inson sog’ – salomat
bo’lsagina uzoq umr ko’radi. Insonning sog’ligi faqat o’zi, oilasi uchungina
emas, balki Vatani uchun ham kerak. Chunki sog’lom avlod Vatanimizning
kelajagidir. Salomatlikni saqlashda badantarbiya mashqlari, piyoda yurishning
foydasi katta. Ibn Sino bobomiz “badantarbiyani tark etgan xarob bo’ladi”, deb
yozgan edilar. Shifokorlar harakatsiz qolgan tana a’zolarining quvvati
zayiflashishi, buning oqibatida xotira ham susayib borishini ta’kidlaydilar.
Salomatlikni saqlashda faqat badantarbiya mashqlarigina emas, to’g’ri
ovqatlanishning ham o’rni katta. Bularning barchasini
bir meyor asosida
muntazam bajarib turishgina salomatligimizni asraydi.
4.O‘quvchilarni baholash:
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra belgilangan baholash
mezonlari asosida baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o`quvchilar bilan ishlanadi.
5. Uyga vazifa: O`tilganlarni takrorlash
O`quv ishlar bo`yicha direktor
o`rinbosari______________________________________________