35. Салиб юришлари ва халқаро муносабатлар. Salib yurishlariniig sabablari va ularning qatnashchilari. Salib yurishlarining sabablari qisman XI asrning ikkinchi yarmida YAqin SHarqda yuz bergan o’zgarishlardan, qisman feodal o’arbiy Yevropaning o’zidagi umumiy iqtisodiy taraqqiyot va keskin ijtimoiy ziddiyatlardan qidirmoq kerak.
XI asrda SHarkda Yevropa feodallarinnng hujum qilish-uchun juda qulay bnr vaziyat maydonga kelgan edi. Bir vaqtlar qudratli deb hisoblangan Bag’dod xalifaligi 1055 yilga kelib-batamom tarqaldi. Boshqa yirik davlat-Komninlar zamoni-dagi Vizantiya ham og’ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Bolqon yarim oroliga bostirib kirgan pecheneglar Vizantiya imperiyaga shimol tomondan hujum boshlagan edilar. Sitsiliya normanlari g’arbdan Vizantiyaga xavf solmoqda edilar. Ammo saljuq turklari Vizantiya uchun ayniqsa xavfli edilar, ular Kichik Osiyoning katta bir qismini bosib olgan va ayni zamonda, Konstantinopolga qo’shni bo’lgan Nika shahrini o’zlariga poytaxt qilib olgan edilar. 1071 yilda turklar Mantsinkert shahari yonida vizantiyaliklarni qattiq mag’lubiyatga uchratdilar. YAngi imperator Aleksey Komnin (1081yildan idora qila boshlagan edi) garchi turklarning bir necha hamlasini to’xtatgan bo’lsa-da, lekin har holda, imperiyaning ahvolini mustahkam deya olmasdi. XI asrning 80 va 90-yillarida u turklarga qarshi yordam berishni so’rab papaga va Germaniya imeratoriga bir necha bor murojaat etdi. Ilgari yakkayu-yagona bo’lgan xristian cherkovi 1054 yildan e’tiboran ikkita raqib qismga -sharqiy (pravoslav) va g’arbiy (katolik) cherkovlarga qat’iy ajralib ketgan bo’lsa ham, Aleksey Komnin siyosiy maqsadlarni ko’zda tutib, papa boshchiligida bu cherkovlarni hatto qaytadan birlashtirishga ham tayyor edi. SHunday qilib, SHarqning ikkk eng yirik davlati — Arab xalifaligi bilan Vizantiya imperiyasi — salibchilarga biror-bir jiddiy to’sqinlik ko’rsatishdan ojiz edilar. Buning ustiga, ulardan biri (Vizantiya hatto Yevropa feodallarini SHarq mojarolariga aralashishga da’vat etdi. Turklarga kelsak, XI asrning 80 va 90- yillariga keliboq ularning nomustahkam harbiy-qabila ittifoqi tarqalib keta boshlagan edi. Feodallashib borayotgan ayrim turk bekliklari g’arb feodallarining hujumini to’xtata olmadilar.
Ammo salib yurishlarining, jumladan, birinchi salib yuri-shining asosiy sababi, axir-pirovardi, o’arbiy Yevropaning o’zi-dagi ijtimoiy ziddiyatlarning o’tkirlashib ketganligi edi. XI asrda mayda ritsarlarning ko’pchiligiga yer yetishmas edi. Savdo-sotiq va shaharlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlarning o’sib borishi munosabati bilan feodallarning mahalliy dehqonlarni ekspluatatsiya qilishdan oladigan daromadlari ular uchun kifoya qilmaydigan bo’lib qoldi. Juda ko’p ritsarlar yerdan butkul mahrum qilingan edilar, chunki feodallarga qarashli yer-mulk va daromadlar (feod) odatda katta o’g’ilga berilar edi va kichik aka-ukalar esa otadan qolgan merosdan biror narsa olishga haqlari yo’q edi. SHarqdagi yerlarni bosib olish maqsadida u yerlarga yurishlar qilish bunday ritsarlarniig mushkul ahvoldan chiqishlarining birdan-bir yo’li edi. Yirik feodallar (knyazlar va baronlar) o’z sinflari ichidagi mojaro va ixtiloflarning oldini olish uchun ritsarlarning diqqat-e’tiborini boshqa narsalarga jalb etish muhimroq edi.
XI asr oxiri - XII asr boshpda salib yurishidagi g’oyat muhim masala-dehkonlar masalasi edi. o’arbiy Yevropaning feodal zulmi natijasida asoratga tushirilgan, ezilgan dehqonlari dastlabki paytlarda SHarqqa bajonu dil yo’l oldilar.
SHarqqa jo’nab ketishga da’vat etdi. Urbanning asosiy da’vati«Iso payg’ambar qabrini» xristianlarga qaytarib olib berish va «muqaddao Falastinni xalos qilishdan iborat edi. Papa salib qatnashchilarining gunohidan kechishni va’da . qildi, shuningdek, u SHarqda salibchilarni kutayotgan boy o’lja haqida ham ochiqdan-ochiq aytdi. Yig’inda qisman frantsuz, qisman boshqa mamlakatlardan kelgan minglab ritsarlar hozir bo’ldilar. Feodallarning ko’pdan-ko’p yig’inlarini o’tkazish faktining o’zi shu narsani yaqqol ko’rsatadiki, papa bosh ko’tarib chiqmasdan ancha burun ritsarlar orasida keng propaganda olib borilgan va ularning bir qismiii Falastinga salib yurishi o’tkazish rejasidan manfaatdor qilishga ulgurilgan. Papaning bu chiqishi ancha ilgari tayyorgarlik ko’rila boshlagan ishni tashkiliy va ideologiya jihatdan rasmiylashtirishdan iborat bo’ldi, xolos.