15.Юнонистон-Эрон муносабатлари.
Shu davrda Yunonistonning shimolida yangi harbiy - siyosiy kuch sifatida Makedoniya namoyon bo‘ldi. Miloddan avvalgi 346 yilga kelib Makedoniya podshosi Filipp II tomonidan oldin Fessaliya, so‘ngra Fokida, Xolkidika va Frakiya sohili bosib olindi. Afinada va Yunonistonning boshqa polislarida Makedoniyaga qarshi va tarafdor partiyalar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tardi. Demosfenning harakatlari tufayli yunon shaharlarining Makedoniyaga qarshi ittifoqi tuzildi. Ammo ushbu ittifoq mil. avv. 338 yilda Xeroneya shahri yonidagi jangda to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Bu erda, Makedoniyaga qarshi partiyaning rahbarlaridan biri bo‘lgan Likurgning so‘zlariga ko‘ra, “halok bo‘lganlarning tanalari bilan birga yunonlarning erkinligi ham ko‘mildi”. Miloddan avvalgi 337 yilda Filipp II tomonidan Korinfda chaqirilgan kongress Yunonistonning Makedoniyaga bo‘ysunishini rasmiylashtirdi. Ushbu voqealar bilan qadimgi Yunoniston tarixining III - bosqichi boshlandi. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar) boshchiligidagi yunon - makedonlar armiyasi mil. avv. 334 yilda Eron davlatiga yurishni boshlaydi. Uch jangda (Granik daryosi yonidagi jang - mil. avv. 334, Iss yonidagi jang - mil. avv. 333 yilda, Gavgamela yonidagi jang - mil. avv. 331 y.) erishilgan g‘alabalar natijasida Eron davlatining katta qismi egallandi. Sharq tomon harakatlangan Aleksandr O‘rta Osiyoga, so‘ngra esa G‘arbiy Hindistonga bostirib kirdi. Aleksandrning sharqiy yurishi natijasida ulkan davlat barpo etildi. Uning o‘limidan so‘ng (mil.avv. 323y.) sarkardalar - diadoxlar o‘rtasida kurash natijasida ellin davlatlari shakllandi. Ushbu kurash mil. avv. 321 yilda boshlandi va mil. avv. 281 yilda yakunlandi. Yirik davlatlar tashkil topdi - Ptolemeylar podsholigi (Misr), Salavkiylar davlati, Pont, so‘ngra Pergam, Kappadokiya, Yunon - Baqtriya podsholigi. Salavkiylar va Ptolemeylar davlatlari O‘rta er dengizining Sharqiy qismida o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun raqobat qilardilar va Yunonistonda faol rol o‘ynashga intilardilar. Buning ustiga ular vaqti - vaqti bilan uchinchi ellin davlati - Makedoniya bilan murakkab munosabatlarga ega bo‘lardilar. Makedoniya Egeidani doimo o‘z nazorati ostida ushlab turishga to‘g‘ridan - to‘g‘ri manfaatdor edi. Salavkiylar Ptolemeylar bilan Kelesiriya (Janubiy Suriya) uchun ayniqsa shiddatli kurash olib borishardi, chunki Hindiston va Sharqning boshqa mamlakatlaridan keladigan savdo yo‘llari O‘rta er dengizining sharqiy sohilida tugardi, Salavkiylar esa Suriyaning faqat shimoliy qismiga egalik qilardi. O‘z navbatida Ptolemeylar Keleseriyadan shimolga siljishga intilardilar. Keyinchalik 1 - Suriya urushi nomini olgan ushbu to‘qnashuvlarda ( mil.avv III asrning 80 – yillari ) omad u yoki bu tomonda bo‘ladi va Ptolemey II ning biroz ustunligi bilan yakunlandi, chunki Misr floti Salavkiylar flotiga nisbatan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Biroq shu paytning o‘zida, Afrikada, Antiox I Salavkiy ko‘magida Kirenaika Misrdan ajralib chiqdi va mustaqil davlatga aylandi. Mileet, Kikladika orollari va boshqa nuqtalarga ega bo‘lgan Misr yunonlarning Makedoniyaga qarshi chiqishlarini qo‘llab - quvvatlardi. Lekin, tez orada Makedoniya, Salavkiylar va Rodos oroli Misrni Egey dengizi mintaqasidan surib chiqardilar. Makedoniya hatto Kirenaika bilan yaqinlashishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rdi. Maqsad - Kirenaikadan Misrga qarshi foydalanish edi. Miloddan avvalgi III asrning 60 - yillarida Antiox II Misrga qarshi 2 - Suriya urushini boshladi. Biroq, Kaspiy dengizidan sharqda joylashgan ulkan hududlarning bosh ko‘tarishni va Salavkiylardan ajralib chiqishi (bu erlarda mustaqil Parfiya va Baqtriya davlatlari vujudga keldi) vaziyatni murakkablashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |