Tayanch iboralar:
Innovatsiya, investitsiya, siyosat, fan, texnologiya, resurs, innovatsion model, kapital bozori, venchur kapitali,venchur biznesi.
Nazorat savollar:
Venchur biznesi xususida nimalarni bilasiz ?
Global iqtisodiyot sharoitida Yevropa ittifoqi innovatsion faoliyat bo‘yicha qanaqangi tadqiqot turlarini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ?
Yaponiya va Buyuk Britaniyaning inkubatorlar va ilmiy texnologik parklar yaratish bo‘yicha tajribalari xususida nimalarni bilasiz ?
Xitoyda yuqori texnologiyali sanoat klasterlarining yaratilishi qaysi sohalarni jadal rivojlanishiga olib keldi ?
Milliy innovatsion tizim nima?
Milliy innovatsion tizim qanday xususiyatlari bilan ifodalanadi?
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda innovatsion jarayonlarni davlat nazorati usullariga qisqacha ta’rif bering.
Innovatsion faoliyatni kuchaytiradigan va xorij mamlakatlarida qo’llaniladigan soliq chegirmalari turlarini sanab bering.
AQSHda innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimini ifodalang.
Xorij mamlakatlarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda davlat ishtirok etadimi?
Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlariga moliyalashttirish hajmi va xarajatlar tuzulmasini ifodalaydigan bir nechta ko’rsatkichlarni aytib o’ting.
Mavzu. Korxonalarda innovatsion faoliyatni boshqarish Reja
Korxonalarning innovatsion faoliyatini shakllantiradigan omillar
Korxona va ayrim funksional bo‘linmalarning innovatsion jarayondagi rolini kuchaytirish
Korxonalarning innovatsion faoliyatini shakllantiradigan omillar
Bozor sharoitida har bir korxona (firma) ishlab chiqarish va marketing faoliyatini mustaqil amalga oshiradi, o‘z ilmiy salohiyati darajasini va resurs imkoniyatlarini baholaydi, hamda innovatsion strategiyalar turlarini tanlaydi. Korxonalardagi innovatsion faoliyat turli maqsadlarni ko‘zlab, texnik, moliyaviy-iqtisodiy, siyosiy, resursli va bozor xususiyatli omillarga bog‘liq. Shu tariqa, innovatsion faoliyat bozor talablariga, ilg‘or texnologik yechimlarga bo‘lgan cheklangan kirish, resurs cheklovlari, soliq va moliya-kredit siyosatidagi o‘zgarishlarga javob reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Korxonalarda innovatsion faoliyatni boshqarishda ushbu omillar asosiy rol o‘ynaydi.
Innovatsion faoliyat va uni belgilaydigan omillar o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib, korxonalarda amalga oshiriladigan innovatsiyalar xarakterini va maqsadlari mazmunini ko‘rib chiqamiz. Ushbu maqsadlar strategik va taktik (aniq) ga bo‘linishi mumkin. Hozirgi sharoitda strategik maqsadlar – bu eson-omon qolish, daromad oshishi, raqobatbardoshlikning o‘sishi, ekspansiya, yangi bozorlarni zabt etishdir. Qayd etish lozimki, bozor iqtisodiyotida daromad maksimizatsiyasi va raqobatbardoshlikning o‘sishi maqsadlari ustuvor hisoblanadi. Hozirgi sharoitda innovatsion faol korxonalarning deyarli 30%i o‘z strategik maqsadi sifatida mahsulotning raqobatbardoshligi o‘sishi deb biladi, 25% innovatsion faol korxonalarda esa asosiy strategik maqsad – ekspansiya, yangi bozorlarni zabt etishdir.
Korxonalar innovatsion faoliyatining taktik (aniq) maqsadlari turli-tumandir. Ulardan asosiylarini sanab o‘tamiz:
eskirgan mahsulotni almashtirish, mahsulot assortimentini kengaytirish, an’anaviy bozorlarni saqlab qolish va kengaytirish, moddiy va energetik xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, atrof muhit ifloslanishini kamaytirish, ishlab chiqarish moslashuvchanligini oshirish. Bunda innovatsion faoliyat taktik maqsadlari kompleksli xarakterga ega.
Mazkur strategik va taktik maqsadlarga erishish ko‘pincha yuqorida ko‘rsatilgan turli xarakterdagi omillarga bog‘liq. Innovatsiyalar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda omillarning aniq tasnifi va ularning mazmunini aniqlash muhimdir. Korxonalarning innovatsion faoliyatini shakllantiradigan omillar ichki (korxonalarga taalluqli) va tashqi (korxonalarga bog‘liq emas) omillarga bo‘linadi. O‘z navbatida, tashqi omillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita omillarga ajratiladi.
Ushbu omillar korxonalar innovatsion faoliyatiga kompleksda va turli kombinatsiyalarda ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa innovatsion boshqaruv qarorlar qabul qilishda hisobga olinadi. Korxonalar uchun innovatsion faoliyatga bo‘lgan ichki impulslar birinchi navbatda turadi. Bundaylar qatoriga uskunalarning ma’naviy va jismoniy eskirishi, qolib ketgan texnologiya, energoxarajatlarni kamaytirish zarurati, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga intilish kabilar bo‘lishi mumkin. Zamonaviy korxonalar uchun innovatsion faoliyatni boshqarishda muhimi – jamoadagi innovatsion muhit va uning yangiliklarga moyilligi kabi omillarni hisobga olishdir. Korxonalarning innovatsion faoliyatiga ularning sohaga mansubligi alohida ta’sir ko‘rsatadi. U sezilarli darajada xususiy, mahalliy va xorijiy investorlar uchun innovatsiyalar jozibadorligini yaratadi. Boshqa sharoitlarda aynan sohaga mansublik omili investitsiyalar jozibadorligini oshiradi. Mulkdor va rahbariyat almashgan korxonalarda innovatsiyalar omillar - bu institutsional o‘zgarishlar, aniqrog‘i, nazorat shakli o‘zgarishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |