A. Taniyev innovatsion iqtisodiyot darslik



Download 0,97 Mb.
bet124/141
Sana19.11.2022
Hajmi0,97 Mb.
#868378
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141
Bog'liq
3 чи Таниев Инновацион иытисодиёт 2020

Tayanch iboralari


Tashqi omillar, “bozor turtkisi”, zavod ilm-fan sektori, ijtimoiy-psixologik motiv, ierarxik tuzilish, ijtimoiy ehtiyoj, korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliya-sanoat guruhlari.


Nazorat savollari


  1. Korxonalarning innovatsion faoliyatiga ta’sir etadigan ichki omillarni sanab o‘ting.

  2. Tashqi omillar qanday guruhlarga bo‘linadi?

  3. Innovatsion rivojlanishning “bozor turtkisi” nima?

  4. Zavod ilm-fan sektorini tavsiflang.

  5. Zavod ilm-fan sektorini umumilmiy tizimning tarkibiy qismi sifatida tan olinishida qanday muammolar yuzaga keladi?

  6. Zavod ilm-fan sektorining shakllanish shart-sharoitlariga qisqacha tavsif bering.

  7. Faqat natijalarga tayanib zavod ilm-fan sektorini boshqarish mumkinmi?
    1. Mavzu. Innovatsiyalarning samaradorligi




Reja

    1. Innovatsion faoliyatdagi xatarlar

    2. Innovatsiyalar samaradorligini baholash usullari



      1. Innovatsion faoliyatdagi xatarlar


Innovatsion faoliyat xatarning turli turlari bilan kuzatiladi. Umumiy ko‘rinishda innovatsion faoliyatdagi xatar yangiliklar ishlab chiqish va amalga oshirishga mablag‘ sarflashda xosil bo‘ladigan yo’qotishlar ehtimoli sifatida belgilanadi. Korxona va tashkilotlar innovatsion faoliyatda yuz keladigan xatarlar turlariga quyidagilar kiradi: loyihani xato tanlaganlikdagi xatar, marketing xatarlar, raqobatlikning kuchayish xatari, loyihalarni yetarli moliya resurslari bilan ta’minlanmaslik xatari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar xatari, shartnomalarni bajarmaslik xatari va b. Bundan tashqari, innovatsion faoliyatga kredit, investitsiya, tashqi iqtisodiy, axborotlarning to’liqsizligi yoki noto’g‘riligi kabi xatarlar ham ta’sir ko’rsatadi.
Xatarlarning bunday gradatsiyasi ularning umumiy tizimida har bir xatarning o’rnini aniq belgilab berish ishkonini beradi va ushlubu xatarlarni boshqarishda maxsus yo’llar va usullarini samarali qo’llash uchun sharoit yaratadi. Layihalarni xato tanlashning sabablari tashkilotlarning moliviy iqtisodiy ustunliklarini asossiz belgilash, innovatsiya strategiyalari (kelayotgan yoki himoya) turlarini aniq tanlamaslik; innovatsiyaning turli turlarini ad’ekvat tanlamaslik (texnologik yoki oziq ovqat, deyarli yangi yoki asos solinganlari) hisoblanadi.
Asosan kichik innovatsion biznesning innovatsion faoliyati uchun raqobatni o’sish xatari xavf uyg‘otadi. Bunday xatarning paydo bo‘lish sabablari: raqobatchilar to’g‘risida to’liqsiz va noto’g‘ri axborotlar, yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish muddatlarining uzayishi, bu esa raqobatchilardan ortga qolishga olib keladi; sanoat josusligi natijasida maxfiy axborotlarni bilib olinishi; raqobatchilarning insofsizligi, ularning reyderlik
yondashuvi; xorij eksporterlari va mamlakatning boshqa hududlari tomonidan hududiy (mahaliy) bozorga ekspansiyasi. Innovatsion korxonalar faoliyatida xo‘jalik shartnomalari (kelishuvlari)ni bajarmaslik xatari ham muhim o’rinni egallaydi. Bu xatar muzokaralar olib borilgan so‘ng sherikning kelishuv tuzishga rozi bo‘lmaslikda, to‘lov kiritishga qodir bo‘lmagan sheriklar bilan kelishuv tuzilganda, sheriklar tomonidan kelishilgan vaqtda kelishuv majburiyatlarini bajarmaganda, atof muhit ifloslanishida yuzaga kelgan xavflarda namoyon bo‘ladi.
Xatarlarni kamaytirishning asoslangan yo‘llari ularni yana ham dalilli tasniflash asosida chiqarilishi mumkin. Xatarlarni quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin:

  • Xatar darajasi bo‘yicha – ehtimolli, qaltis yoki o’ta qaltis (falokatli);

  • Faoliyat turi bo‘yicha – tadqiqotli, tajribali yoki tajriba– ishlab chiqarish faoliyati;

  • Xatar turi bo‘yicha – texnik, tashkilotiy, axborotiy, iqtisodiy (tijorat), ekologik yoki siyosiy;

  • Xatar darajasi bo‘yicha – yuqori, o‘rta yoki past;

  • Iqtisodiy mohiyat bo‘yicha – operatsion, kredit, inflyatsiyali, valyutali yoki innovatsion–investitsiyali;

  • Ob’ektlar bo‘yicha (paydo bo‘lish joyi bo‘yicha) – mamlakatiy, hududiy yoki tarmoqli.

Asosiy o’rinni innovatsion–investitsiyali xatar egallaydi – bu yakuniy natijani, raqobatbardosh maxsulotlarni, foyda va oxir oqibat aniq innovatsion investitsiyalardan pul oqimini olmaslik ehtimoli. Investitsion xatarning o‘ziga xosligi shundaki, investitsiyalar, agar ular prinsipial innovatsionlarni kiritish bilan kuzatilsa, deyarli korxona faoliyatining xamma tomonlariga ta’sir ko‘rsatadi va bu uning iqtisodiy usishi, kapital va foydalarning o’sishiga ta’sir ko’rsatadi.
Xatarni tahlili qilish va baholash majmuaviy usullarni qo’llashni talab etadi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:

  • Statistik usullar, xususan xatarni omilli tahlillash usuli;

  • O’xshashlik usuli;

  • Korxonaning moliyaviy holatini majmuaviy tahlillash ususli, uning moliyaviy barqarorlik tekshiruvi;

  • Xatarlarni modellashtirish usuli;

  • Texnik va tijorat xatarlari ehtimolini ifodalashga imkon beradigan alohida koyeffitsientlar hisob kitobiga asoslanadigan multiplikativ usuli;

  • Normativ usul;

  • Innovatsion korxona xatarini kompyuter modeli usuli;

  • Reyting usuli.

Ushbu usullar bo‘yicha u yoki bu darajada xatarning miqdoriy darajasi baholanadi. Xatar darajasining aniq bahosi qator usullarni qullashda oshadi, va u bo‘yicha hisob kitoblar natijasi mutaxassislarning tajribaviy tahlilini talab etadi.
Innovatsion korxonalar faoliyatidagi ko’tarilgan xatarlardan himoyalanish shakliga xatarni chetlab o’tish (ya’ni yirik xatar bilan ochiq bog‘liq bo‘lgan qarorlardan ortga chekinish), xatarni ushlab turish (xatarni investor ortidan qoldirish), xatarni boshqa tashkilotga o’tkazish (masalan, sug‘urta korxonalariga), xatar darajasini kamaytirish (minimallashtirish), yuqotishlar ehtimolini kamaytirish va hajmini qisqartirish. Innovatsion faoliyatda xatarni kamaytirish, uni minimallashtirish yo‘lini aniq taqdim etish muhim. Boshqaruv va analitik amaliyotda xatarni kamaytirishning turli yo‘llarini topishadi.
Ulardan eng samaralisi – bu boshqaruv qarorining, ayniqsa innovatsion–investitsiyali qarori (loyihaning) tajribali va savodli tashlash. Qo’shimcha axborotga ega bo‘lish nisbatan yangi yo‘l hisoblanadi, yanayam to’liq axborot aniq aytish va xatarni kamaytirish imkonini beradi. Xatarni kamaytirish yo‘llaridan hisoblangan limitlash usuli – bu xarajatlarning oxirgi summasining limitini o’rnatishdir. Xatarni kamaytirishning muhim yo‘li – bu innovatsiyalar porfelini diversifikatsiyalash. Innovatsiya portfellarini samarali diversifikatsiyalash ba’zida tarmoqli xususiyatlar va aniq korxonaning (firmalar, uyushmalar, kichik innovatsion korxonalar) o‘ziga xosligi bilan chiqarilgan individual xatarlarni ahamiyatli qisqarishiga olib keladi. Diversifikatsiya
natijasida xatarlar jamlanmasi (individual va bozor) korxona faoliyatidan qat’iy nazar faqat bozor xatarini o’sishi bilan belgilanadi.
Xatarni minimallashtirish yo‘llaridan biri xatar qismini (jumladan, moliyaviy) boshqa korxona va tashkilotlarga o’tkazish, masalan venchur (xatarli), bunda ular omadsizlik holatida yo’qotishlar qismini o‘ziga oladi. Xatarlarni kamaytirish yo‘llariga bevosita korxonalarda, ayniqsa faoliyati turli xatarlarga ega bo‘lsa, tabiiy va mablag‘li sug‘urta fondlarini tashkil etishni nazarda tutadigan o‘zini sug‘urtalash kiradi. Xatarni minimallashtirishning keng tarqalgan usullaridan biri – bu sug‘urtalash bo‘lib, u sug‘urtali holatlar paydo bo‘lganda korxona (firma)larning mol mulkli qiziqishlarini himoya qilishni, sug‘urta tulovlaridan shakllanadaigan, ehtimolli zararlarni qoplash uchun mablag‘li fondlarni yaratishni namoyon etadi. Ba’zida qayta sug‘urtalash qo’llaniladi. Tarqalish xatarni kamaytirishning nisbatan yangi yo‘lini oladi – bu qarshi ishlab chiqarish, ilmiy–texnik, tijorat, valyuta talablari va majburiyatlarini yaratilishini bildiradigan xedjitlash.
Xatar, murakkab va ko‘p jihatli bo‘lib, barcha ilmiy – texnik, ishlab chiqarish va moliyaviy boshqaruv qarorlarni qabul qilish asosida yotadi. Axir hatto yaxshi iqtisodiy o’sish sharoitida ham har bir korxona uchun (mulk shakli va uning moliyaviy holatidan qat’iy nazar) doimo nomaqbul voqealar, inqiroziy holatlar kelish ehtimoli saqlanib turadi. Bunday imkoniyatlar doimo xatar bilan kursatiladi.
Innovatsion faoliyat xatarini kamaytirish uchun birinchi navbatda amalaga oshirishga taklif etiliniyotgan loyihalarni (mavzularni) batafsil tanlab olish zarur. Innovatsion loyihalarni (mavzularni) erta, loyiha oldi bosqichida tanlashning muhimligi quyidagi holatlarda belgilanadi:

    • Innovatsiyaon ishlanmalarga katta hajmli va yuqori tezlikdagi xarajatlar bilan

    • Innovatsion ishlanmalar yoki mavzularning alohida yo‘nalishlariga ajratiladigan mablag‘larning chegaralanganligi;

  • Yanayam istiqbolli va dolzarb mavzularnitanlash asosida maksimal samara (iqtisodiy, ijtimoiy va b.) olishga intilish;

  • Buyurtmachi va bevosita ilmiy–texnik ishlilari tomonidan taklif etilayotgan katta hajmdagi mavzular;

  • Ilmiy – texnik va iqtisodiy xatarni kamaytirish zarurligida izlanishni tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning istiqbolli yo‘nalishlarida jahon darajasiga erishish;

  • Innovatsion ishlanmalar natijalari korxona faoliyati strategiyasiga mos kelishi zarurligi bilan.

Innovatsion ishlanmalarning mavzularini tanlashning muhim vazifalari quyidagilar hisoblanadi: yanayam istiqbolli, dolzarb va samarali mavzularni to’g‘ri tanlash; fantastik va yaqin kelajakda bajarib bo‘lmaydigan mavzularni inkor etish; taklif etilayotgan innovatsiyalarning ilmiy–texnik va iqtisodiy darajasini pasaytiradigan sabablar (omillar)ni aniqlash; innovatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatidan kelib chiqib qaysi mavzular qabul qilinishi va tasdiqlanishini aniqlash; tanlov bo‘yicha uslubiy qo’llanmalarni aniqlash va oxirigacha ishlab chiqish maqsadida mavjud (statistik) ma’lumotlarni yig‘ish.
Ilmiy –texnik tashkilotlar va uyushmalarning (korxona) istiqbolli va mavzuviy rejalashtirishlar tajribasi har qanday vaziyatda bir xil muvaffaqiyat bilan baholash mumkin bo‘lgan mavzular tanlovining umumiy universal usulini qullash va ishlab chiqish va ko’rsatkichlarning bir xil qilish mumkin emasligini ko’rsatdi. Loyihalarning ko’p maqsadli ekanligini, ularni amalga oshirish natijalarining turli xilligi (iqtisodiy, ijtimoiy va b.), birlamchi ma’lumotlar va mavzularni shakllantirish manbalarining to’g‘riligi, hamda tarmoqli va hududiy xususiyatlarini inobatga oladigan ko’rsatkichlarning majmuaviy loyihasi va tabaqalashtirilgan tizimi zarur. Shunday bo‘lsada mavzularni tanlashning asosiy prinsiplari, ko’rsatkichlarining omillari va guruhlari, tanlov amallari va uning bajarilishining tashkiliy shakllari umumiy, tarmoqlararo bo‘lishi kerak va shart. Amaliy faoliyatda mavzuni tanlashda ular o‘zlarini hisob kitobida qo’shimcha o‘ziga xos ko’rsatkichlar va usullar bilan, hamda
tarmoqli (tarmoqosti) va hududiy xususiyatlarni, maqsadli vazifalari (yangi maxsulot, istiqbolli texnologik jarayon, izlab chiqarishning texnik tashkiliy darajasi, ekologik muhitni yaxshilanishi), mavzuni shakllantirish manbalarini aks ettadigan tanlovning aniq usullari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Istiqbolli loyihalar (mavzular)ni tanlashda tarkib, ko’rsatkich guruhlari va ularning ahamiyatliligini aniqlash qator prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Mavzular tanlovi asosiga kiritilishi lozim bo‘lgan muhim prinsip, - bu innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishning yakuniy natijalariga yo‘naltirilganligi. Mavzuni tanlash uchun ko’rsatkichlar tizimini aniqlashda korxonalarning ishlab chiqarish-texnik va moliyaviy m iqtisodiy imkoniyatlari bo‘yicha tarmoqlar ishlanmalarining xarakteri va mohiyatining mosligi prinsipini inobatga olish zarur. Istiqbolli mavzularni tanlashning muhim prinsiplariga yondashuvlarning majmuaviyligi kiradi. Ko’rsatkichlarni tanlashda turli guruhlarga (miqdoriy, tabiiy, mexnat, vaqtinchalik) kiruvchi aloxida ko’rsatkichlarning oqilona o‘zaro munosabat prinsipi va ko’rsatkichlarni natijaviy va samarali ko’rsatkichlarga bo‘linishi prinsipi inobatga olinadi. Ko’’rsatkichlar tizimini nazoratiy prinsipi shuni talab etadiki, asosiy maqsadga qarab o‘z mohiyati bo‘yicha turlicha bo‘lgan ko’rsatkichlar doirasi yo kengayadi, yo qisqaradi. Bunda alohida ko’rsatkichlarning nisbatan ahamiyatlirog‘ining o’sish yoki kamayish imkoniyatlarini nazarda tutish lozim.
Ko’rsatkichlarga quyidagi talablar quyiladi: tanlab olinadigan mavzularni yakuniy maqsadi bilan mantiqiy bog‘liqligi, ular (xisob kitoblar)ning muqobil, sodda va hammabop ekanligi, olinadigan natijalarni aniqligi va bir to’xtamliligi, hisob kitob va xisobotlarning mavjud shakllariga qarshi chiqmaydigan, moslashganligi. Ko‘rsatkichlar tizimini tuzishning va unga qo’yilgan talablarning bayon etilgan prinsiplarini inobatga olib istiqbolli va dolzarb loyihalar (mavzular)ni tanlash uchun ko‘rsatkichlarning (omillar) quyidagi guruhlari ishlatilishi mumkin:

    • Ilmiy – texnik;

  • Ishlab chiqarish – texnologik;

  • Moliyaviy - iqtisodiy;

  • Ijtimoiy – ekologik;

  • Tarmoqli (xududiy);

  • Huquqiy;

  • Vaqtinchalik;

  • Bozor (marketing).

Har bir ko’rsatkichlar guruhi xususiy ko‘rsatkichlar yig‘indilari bilan ifodalanadi, ularning tarkibi, tuzulmasi, soni va ahamiyatliligi alohida innovatsion tashkilot tarmoqlari va profilining xususiyatlariga, mavzular tanlanilish maqsadlari, ular shakllanishining bajarilish bosqichi va manbalariga bog‘liq bo‘ladi. Xususiy ko‘rsatkichlar omillari va tarkiblarining bunday guruhlari loyihalarni tanlash usullarida o‘z aksini topadi. Mavzularni tanlash usuliga talablar majmuasi taqdim etiladi: yanayam istiqbolli va samarali mavzularni qattiq tanlab olish, tanlangan mavzularning natijalari ishlab chiqarish- xo‘jalik va ilmiy - ishlab siqarish tizimlarining faoliyat maqsadlari bilan mos kelishi, baholar to’g‘riligining yuqori darajadaligi - birinchi navbatda kutilayotgan natijalar muvaffaqiyatida, mavzularni shakllantirishda (xo‘jalik kelishuvli, tashabbusli va b.) manba va xarakterini inobatga olish; tarmoqli va hududiy xususiyatlarni inobatga olish va x.k.
Ushbu talablar yig‘indisining xisob kitobi turli usullarni majmuaviy qullash orqali amalaga oshiriladi. Mavzularni tanlashda qo’llaniladigan usullar sifat va miqdorga bo‘linishi mumkin. Ilmiy texnik ishlanmalarning ilk bosqichlarida tanlovda quyidagilar qo’llaniladi: 1) ichki tuyg‘u, shaxsiy tajriba va malakaga asoslangan va rejalashtirilgan innovatsiyadagi amaliyotga qo’llanilgan sifatli usul. Uning maqbulligining yuqoriligi yaxshi tashkil etilgan ekpert baholari va matematik apparatlarning qo’llanilishi (matematik- statistik ishlab chiqish, ehtimollar nazariyasi) bilan ta’minlanadi; 2) grafoanalitik usul; 3) ularni baholashning ko’qirrali tizimini qo’llash orqali hisob kitob ko’rsatkichlar majmuasini qullashga asoslangan miqdoriy usul.
Mavzular tanlashda grafoanalitik usulni qo’llashda eng avvalo omillar aniq shakllantiriladi, qayd etiladi, xarakatlarining natijalari esa mavzular tanlovida inobatga olinadi. Yondashuvlar uslublarining bir xilligini inobatga olib tanlovning barcha usullari uchun omillarning yagona majmuasi qo’llaniladi. Tanlanayotgan mavzuga xar bir omilning ta’sirini ta’riflash uchun turli baholar qo’llaniladi (a’lo, qoniqarli va b.). xar bir aniq vaziyatda faqat bitta baho tanlanadi.
Ilmiy – texnik tusdagi ko’rsatkichlarni mavzuga ularni bajarilish nuqtai nazaridan ta’sirini umumiy baholash uchun ballarning o‘rtacha kattaligi ko’rsatiladi. Huddi shu tartibda boshqa omillar (ko’rsatkichlar guruhlari) bo‘yicha ham mavzular baholanadi: iqtisodiy, ijtimoiy - ekologik va h.k. olingan baholar umumiy jadvalda birlashtiriladi va uning asosida taklif qilinayotgan mavzularni tanlash bo‘yicha masala yakuniy qaror qilinadi.
Olingan umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha turli mavzular (loyihalar)ni taqqoslab u yoki bu innovatsion mavzuning afzalligi bo‘yicha sifatiy va yaqinroq miqdoriy bahosini olish mumkin. Qabul qilingan va bajarilish jarayonida turgan mavzular uchun yangi grafik- jadvallarni davriy tuzulishi birlamchi alomatlari bilan qiyoslanadi (ba’zida bitta grafikda yangi va birlamchi baholari buriladi).
Oxir oqibatda faktli natijalar birlamchi baholar bilan qiyoslanadi. Bundan taqqoslanishlar alohida ko‘rsatkichlarning ijobiy va xohlamaydigan o‘zgarishlar sur’atini beradi. Ular mavzularni baholaydigan mutaxassislarning tug‘ri fikrlari nuqtai nazaridan ham, mavzularni tanlashga ulardan tajribaliroqlarini jalb qilish tomondan ham foydali bo‘lishi mumkin.
Sifatiy va grafo – analitik usul, keng qo’llanilishga ega bo‘lib, juda oddiy va mavzular bajarilishini nazorat qilishda grafiklarni qo’llashga imkon beradi. Biroq ular maqbul baholash uchun yetarli emas, shu sababdan ularga qo’shimcha sifatida miqdoriy usul qo’llaniladi. Miqdoriy usulni qo’llaganda har bir aniq mavzu uchun birinchi darajali, bosh ko‘rsatkichlar va ularning
ahamiyatliligi, qiyosiy bahosi belgilanadi. Har bir innovatsion tashkilot yoki korxona o‘ziga yanayam foydali va qiymatli bo‘lgan loyihalarning ko’rsatkichlar to’plamini qo’llashi mumkin.
Umumiy ko‘rsatkichi bo‘yicha mavzular olingan yig‘indi baholarining kamayishi bo‘yicha taqsimlanadi va xar bir mavzuning o‘rni belgilanadi. Shu o’rinda mavzularni baholarining ishonchliligi darajasini oshirish uchun taqsimlanishi olingan ballarining summasiga qarab toyifalarga (oliy, birinchi, ikkinchi) tasniflanishini bilan to‘ldirilishi mumkin. Shu asosida mavzularning birlamchi tanlovi amalga oshiriladi.



      1. Download 0,97 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish