Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirilishi
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda turli xil shakl, usul va yo‘llar ishlab chiqilganki, ular yordamida fundamental izlanishlarni, innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish, xususan kichik innovatsion biznesga moliyaviy kumak berish amalga oshirilayapti. Asosiy e’tiborni AQSH, Yaponiya, FRD, Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribalari namoyon etadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion muammolarni xal qilish amaliyoti har bir mamlakatga xos bo‘lgan xususiyatlari qatorida, umumiy negizga ega – innovatsion siyosatni olib orishda davlatning faol ishtiroki. Bu innovatsiyalarni bevosida moliyalashtirishda ham, bilvosita moliyaviy ko‘makida ham namoyon bo‘ladi.
Davlat ilmiy–texnik siyosatining muhim moliyaviy uskunasi
– davlat byudjetidagi mablag‘larni ishlatish. Rivojlangan mamlakatlarda davlat 20dan 50% gacha milliy ilmiy, innovatsion xarajatlarga ega. Tadqiqot ishlari va innovatsion ishlanmalar uchun qilingan xarajatlar ulushi davlat xarajatlarining umumiy summasidan yuqori emas, biroq oxirgi 20 yillikda yetarli darajada barqaror. U AQSHda 6–7% ni, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiyada 4–5% ni, Yaponiyada 3–5%ni tashkil etadi.
Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini moliyalashtirish bo‘yicha bosh mamlakat AQSH bo‘lib qoladi. 2002 yilda 200 mlrd.doll.(1995y. – 173 mlrd.doll.) fundamental izlanish va innovatsion ishlanmalarni rivojlanishi uchun sarflangan (investitsiya qilingan). Ushbu ko’rsatkich shu sohada Yaponiya xarajatlaridan 2,2 baravar, FRG xarajatlaridan – 5,6 baravar va Buyuk Britaniyadan – 8,7 baravar ziyod. AQSH, Yaponiya, FRG, Fransiya va Buyuk Britaniya dunyo rivojlanishining texnologik yadrosi mamlakatlaridan hisoblanib, o‘zlarining izlanishlariga 80% ga yaqin jahon mablag‘ini ilm–fanga va 50%dan ortiqini ilmiy personalga sarf qilishadi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish hajmining muhim ko‘rsatkichi yalpi ichki mahsulotda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlariga qilingan xarajatlar ulushi
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich AQSHda 2,45%ni tashkil etadi. Yaponiyada u 3%ga teng, Fransiyada – 2,4, FRGda–2,3 va Buyuk Britaniyada – 2,2% (umumiy xarajatlarda ushbu mamlakatlarda NIKRga shartli ravishda 75 mlrd.doll., 26 mlrd.ortiq, 36 mlrd.dan ortiq va 21 mlrd.doll.). Shvetsiyada u 3 %ga yetadi, Finlyandiyada
– 2,3, Niderlandiyada – 1,9, Kanadada – 1,55, Ispaniyada – 0,91, KNRda – 0,82 va Gretsiyada – 0,62 %.
Rivojlangan mamlakatlarda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlariga qilingan xarajatlar tuzulmasi turlicha. Bu davlat innovatsion siyosati ustunligi va xususiy sektorni innovatsion jarayonga jalb etilganlik darajasiga bog‘liq. Bunda, fundamental tadqiqotlarga G‘arbiy Evropa xarajatlari ulushi, AQSH va Yaponiyaga nisbatan ko’proq. Masalan, Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlariga xarajatlar tuzulmasida fundamental izlanishlarning ulushi AQSHda 16%ni tashkil etadi, Yaponiyada – 15, Fransiyada – 21dan ortiq, FRGda– 23%. Xususiy innovatsion ishlanmalar bo‘yicha esa (tajriba– konstruktorlik ishlari) teskari vaziyat yuzaga keladi. Yaponiyada ularning ulushi 60% ga teng, AQSHda–63, Fransiyada –44%.
Innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirshning manbalari xususiy va davlat sektorlari hisoblanadi. Xususiy sektor iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini moliyalashtirishning bosh manbasi hisoblanadi. Uning ulushiga ilmiy izlanishlar va texnik ishlanmalarni moliyalashtirishning umumiy hajmidan 48–72% AQSH, Yaponiya, FRG va Fransiyaga tushadi. Xususiy sektorda umumiy hajmidan 60dan 75% ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalar olib boriladi, jumladan 70% ortiq amaliy izlanishlar moliyalashtiriladi va bajariladi va 90% tajriba–konstruktorlik ishlari. Xususiy sektorda olib boriladigan fundamental tadqiqotlarning ulushi 4% atrofida tashkil etadi.
Rivojlangan mamlakatlarga davlat sektorlari, garchi muhim manba hisoblansada, innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish va o’tkazishda ikkinchi darajali urinni egallaydi. Ilmiy tadqiqotlarni umumiy moliyalashtirishda Uning ulushi ko’pgina rivojlangan
davlatlarda xususiy sektor ulushiga nisbatan 1,3 – 2,5 marta kam. Fransiyada u 42% darajasida, FRG – 37, AQSH – 36, Yaponiyada
– 21 %. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini bajarishda davlat sektorining ulushi ularni moliyalashtirishga nisbatan yanayam kamroq, va sanoat rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy, innovatsion ishlanmalarning umumiy hajmidan 10–21% tashkil etadi. Innovatsion faoliyatlarni moliyalashtirishda oliy ta’lim muassasalarining ulushi kam va ular FRGda noldan Yaponiyada 6,5%atrofida farqlanadi. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini o’tkazishda universitetlarning ulushi ularning moliyalashtirilishiga nisbatan ahamiyatliroq va 17– 20% tashkil etadi. Bunda fundamental tadqiqotlarning solishtirma og‘irligi olim ta’limlarda 55–80% ga etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda asosiy e’tibor kichik firmalarga qaratiladi. Masalan, AQSHda kichik firmalar Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini davlat moliyalashtirish to’g‘risida qonun mavjud. Ushbu qonunga muvofiq federal vazirlik va idoralar har yili kichik firmalarga o‘zining byudjeti hisobidan Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari o’tkazishi uchun mablag‘ ajratib berishi kerak. “Texnologik yangiliklar to’g‘risida”gi qonun sanoat innovatsiyalarini kuchaytirishda, buning uchun ijrochi hukumat apparatida maxsus tashkilotlarni tashkil etishda, universitetlar, sanoatlar va federal laboratoriyalar o’rtasida ilmiy va texnik xodimlar bilan almashinishda hamkorlik ko’rsatishda qator choralarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 1982y. AQSHda kichik innovatsion firmalarni rivojlantirish to’g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lib, u ularning tadqiqodiy loyixalarini turli federal idoralari, shu jumladan Milliy ilmiy fond byudjetidan ta’minlanishini kengaytirishga qaratilgan. Ushbu qonun kichik tadbirkorlarga shartnoma asosida federal tadqiqodiy loyixalariga qaytarib berish shartisiz maqsadli subsidiya olish imkonini beradi.
AQSHda innovatsion tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash bilan kichiy biznes ishlari bo’yicha Ma’muriyatlar, Milliy ilmiy fond, NASA, universitetlar, tarmoqli vazirliklar shug‘ullanishadi.
Germaniyada esa ushbu ishni iqtisodiyot Vazirligi, ilmiy tadqiqot va texnologiyalar Vazirligi, sanoat tadqiqot uyushmalari Federatsiyasi, Patent markazlari olib borishadi; Fransiyada – iqtisodiyot Vazirligi, tadqiqotlar natijalarini joriy etish bo‘yicha Milliy agentliklar, Ilmiy–texnik fondlar; Yaponiyada – kichik biznesni moliyalashtirish Korporatsiyasi, Xalq moliya korporatsiyasi, xavfli tadbirkorlik Markazi; Italiyada – texnologiya yangiliklar Fondi. Markaziy va tijorat banklari, sug‘urta fondlari bilan birgalikda barcha ushbu tashkilotlar kichik innovatsion biznesni qo’llab quvvatlashda milliy dasturlarni samarali amalga oshirish uchun zarur asoslarni yaratishadi.
Xorij tajribasi va qiyochiy baholarni qo’llash nuqtai nazarida xorij mamlakatlari, masalan AQSH va Rossiyaning innovatsion siyosat va innovatsion mexanizm asoslarini taqqoslash muhim. Qiyosiy tahlil shuni ko’rsatadiki, innovatsion siyosatning asoslari va innovatsion mexanizmning asosiy tarkibiy qismlari umumiy xajmda qiyoslanadigan mamlakatlar bo‘yicha farq qilmaydi. Bunda innovatsiyaning tashkiliy va boshqaruv jihatlari, hamda davlatni ta’sir ko’rsatishining bevosita choralari deyarli bir xil (tuzulmasi, shakli, funksiyasi va vazifasi bo‘yicha), mavjud farqliklar esa majburiy emas.
Innovatsiya sohasida ta’sirning bilvosita usullari bo‘yicha yondashuvlar yaqinroq. Farqliklar faqat innovatsiyalarni moliyalashtirirsh usullari va tartiblari va innovatsion qonunchilikda kuzatiladi. Biroq bu elementlar bo‘yicha ham ma’lum o‘zgarishlar va qarashlarning yaqinligi kuzatiladi. Sanoat rivojlangan mamlakatlarning ilmiy – texnik, xususan innovatsion siyosatining yaqinligi va bir xilligi, hamda innovatsion mexanizmlarning ko’p tarkibiy qismlarining o’xshashligi, ilmiy – texnik taraqqiyot, ilm fan rivojlanishining qonunlari va innovatsion jarayonlarning tendensiyalari barcha iqtisodiy tizimlar uchun iqtisodiy rivojlanish modeliga qaramasdan yagona ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |