A. Taniyev innovatsion iqtisodiyot darslik



Download 0,97 Mb.
bet9/141
Sana19.11.2022
Hajmi0,97 Mb.
#868378
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141
Bog'liq
3 чи Таниев Инновацион иытисодиёт 2020

Bilimga asoslanish. Muayyan sohalarda va yetakchi bozorlarda malakali bilim manbalari va maxsus nou-xaulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lish.




Mahalliy moslashuv. Maqsadli bozor ehtiyojlari va intilishlariga e’tibor qaratish: “mahalliy xususiyatga ega global mahsulot” yaratish.




Moliyaviy tashabbuslar.
Xalqaro biznesni rivojlantirish orqali resurslarni faollashtirish, tadqiqot va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish


Barqaror innovatsion kuch va global raqobatbardoshlik

Zamonaviy globallashuv va barcha iqtisodiy jarayonlarning jadallashuvi sharoitida innovatsion jarayon ham ma’lum o‘zgarishlarga duch kelmoqda:

  1. shakl. Global innovatsion faoliyatning imkoniyatlari va muammolari. Tiwarietal, 2007 yil.

J. Shumpeter o‘zgarishni faqat texnologiya darajasida sodir bo‘lgandagina ixtiro deb ataydi hamda biznes o‘zgarishlarga aralashsa, ularni innovatsiyalarga aylanishini ta’kidlaydi. Majoziy ma’noda, J. Shumpeter nuqtai nazaridan qaraganda, innovatsiya- bu g‘oya va tadbirkorning uchrashuvidir.


2. Innovatsiya va tadbirkorlik
“Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” shubhasiz J. Shumpeterning asosiy asarlaridan biridir. Mazkur asar 1912-yilda Germaniyada nashr etilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor ko‘proq “tadbirkorlar” deb atagan innovatsion shaxslar va ularning atrof- muhit inertligi o‘rtasidagi bog‘liqligiga qaratiladi (muallif keyinchalik o‘z yondashuvini kengaytirib, yirik firmalarda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib boradi) [5.12].
Innovatsion muhitda tadbirkorning o‘rni. J. Shumpeter tadbirkorlik nazariyasini sezilarli darajada rivojlantirdi, innovatsion jarayonda tadbirkorning roliga muhim urg‘u beradi. Iqtisodiy tahlil nazariyasida birinchi marta u iqtisodiy sub’ektlarni (tadbirkorlarni) ikki turga ajratdi:

  1. Institutsional tuzilishdagi o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadigan, yangi texnologiyalarni, mahsulotlarni va bozorlarni ishlab chiqadigan, ishlab chiqaruvchilar hamda joriy etadigan eski firmalar yaratadigan yoki zamonaviylashtiradigan novatorlar.

  2. Mavjud texnologiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi, eski turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan, tashkil etilgan firmalar doirasida faoliyat yuritadigan hamda institutlarning o‘zgarmasligiga intilayotgan konservatorlar.

J. Shumpeterning ta’kidlashcha, tadbirkor-innovator ixtiro va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini tushunishi va faoliyati iqtisodiyotni rivojlantirishni sifat jihatdan o‘zgarishiga yordam berishi lozim [5.12]. Innovator-tadbirkorning iqtisodiyotdagi funksional roli nomutanosiblikka, bozorlarda muvozanatsizlik holatini vujudga keltirishga olib keladi hamda tadbirkorlik foydasi bilan bir qatorda unga qo‘shimcha super
daromadlarni keltirib chiqaradi. Bu esa zamonaviy fanda “innovatsion renta” va “innovatsion kvazi-renta” deb nomlanadi.
Ushbu kashfiyot bilan ularning faoliyat motivlari va bozordagi turli xil raqobatbardosh xatti-harakatlarni o‘rganish bilan birga J. Shumpeter evolyutsion iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Bu iqtisodiy o‘sish sabablarini tushunishda neoklassik nazariyadan tubdan farq qiladi. Masalan, iqtisodiy o‘sishda tadbirkorlikning rolini izohlash jarayoni.
Iqtisodiy agentlarning novatorlar va konservatorlarga bo‘linishi evolyutsion nazariyaning boshlang‘ich nuqtasidir [5.3]. Neoklassik nazariya sharoitida iqtisodiy o‘sish tadbirkorlar tomonidan emas, balki yalpi talab va taklifni davlat tomonidan tartibga solishning samarali mexanizmlari bilan ta’minlanadi. Barcha iqtisodiy sub’ektlar bir xil, shuning uchun ularda innovatsion omil priori(tajribadan olingan bilim) mavjud emas.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish