D)Rivojlantiruvchi:Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani haqida tushuncha berish
Dars turi: Nazariy. Dars tipi: Yangi bilim berish. Darsning jixozlari: YOCHT kitobi.
Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.
T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
12- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
5- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
3- min
|
Jami:
|
45 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
2.4. Uzoqlikni o‘lchash usullari va minglik ifodasini qo‘llash
Odatda, nishongacha bo‘lgan masofani ko‘rish asboblari yordamida (har qanday sharoitda) burchak kattaligi bilan o‘lchanadi. Ko‘rish asboblari (glazomer) yordamida uzoqlikni aniqlash; joyning biron-bir jismi bilan; joyning kesishgan holati bilan; ko‘rinish darajasiga qarab, har qaysi nishon yoki buyumni o‘lchash bilan amalga oshiriladi. Nishonga olish masofasining burchak kattaligi nishon o‘lchami (balandligi, kengligi, uzunligi) ma’lum bo‘lsa, minglik ifodasini qo‘llash usuli bilan aniqlanadi:
bu yerda, M — nishongacha bo‘lgan masofa, metr; B — nishongacha bo‘lgan balandlik (kengligi yoki uzunligi), metr; 1000 — doimiy uzunlik; BK — minglikning nishongacha bo‘lgan burchak kattaligi.
Nishonning burchak kattaligi minglar yordamida dala durbini yoki burchak ko‘rsatish asboblarining burchak o‘lchami shkalasi yordamida o‘lchanadi. Binoklning katta shkalasi orasidagi o‘lcham 10 ming, kichigi 5 ming (yozilishi 0—10, 0—05)ga teng. Masalan, durbin orqali kuzatilayotganda, o‘rtacha odamning o‘lchami 1,7 m durbinning bir kichik uzunlik setkasi 0—05 m.ga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, odam o‘rtasida:
minglik — burchak uzunligi to‘g‘ri 1—1000 radius yoki burchak markazi aylanma yoyi, to‘g‘ri 1—6000 aylana qism. Nishon burchak kattaligini qo‘ldagi mavjud buyumlar: chizg‘ich, qalam, gugurt qutisi yoki qo‘l barmog‘i bilan ham o‘lchasa bo‘ladi. Buning uchun ushbu buyumlarning minglik holatini bilish zarur. Chizg‘ichni 1 mm—0—02; dumaloq qalam — 0—12; gugurt uzunligi bo‘yicha
chiziqcha — 0—90, kengligi bo‘yicha — 0—60, balandligi bo‘yicha — 0—30; qo‘l barmoqlari: bosh barmoq — 0—40; ko‘rsatkich barmoq — 0—30; kichigi — 0—20. Masalan, nishonning burchak kattaligini aniqlash uchun chizg‘ich yordamida, nishon masofasi, chekkasi, kengligi, balandligi yoki uzunligi 4 mm bo‘lsa, undan nishonning burchak kattaligi 0—02•4 = 0—08 ga teng.
Nishonning burchak kattaligini qo‘ldagi buyumlar yordamida aniq o‘lchash lozim bo‘lsa, ko‘zdan 50 sm masofa nariga aniq olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |