O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
Yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligida O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni asosida, «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fani yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiy o‘quv fani hisoblanadi. Yoshlarga ta’lim berish jarayonida «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanining vazifasi quyidagilardan iborat:
mamlakatni qurolli tajovuzlardan himoya qilish va mamlakat mudofaasi haqidagi o‘zlarining -O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq va burchlarini, harbiy (2000-yildan e’tiboran mudofaa) doktrinamizning mudofaa tavsifi va maqsadlarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda boshqa qo‘shin turlarining maqsad va vazifalarini puxta bilib olishlari;
-O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarorini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobi to‘g‘risidagi Nizomini, harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlash va sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun qonunlarda belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarliklarni bilishlari;
- harbiy qasamyod va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Nizomlarining asosiy talablarini chuqur anglagan holda o‘rganishlari;
-harbiy qismning qurollanishi, harbiy texnikasi va shaxsiy tarkibning joylashish faoliyati bilan tanishishlari;
-harbiy ish asoslarini, zaruriy harbiy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalar, shuningdek, jismoniy chiniqish va ruhan bardam bo‘lishni o‘rganishlari;
-fuqaro himoyasi va tibbiy bilim asoslarini egallashlari;
-«Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanini o‘zlashtirgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga harbiy xizmatga chaqirilgan paytda Vatanni himoya qilishda o‘zining Konstitutsiyaviy burchini benuqson bajarishlari va qisqa muddatda ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar hamda harbiy texnikalarni bilishlari lozim. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, respublika ДОСААФining 1991-yil 23-noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII navbatdan tashqari Qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, tashkilotning yangi nizomi tasdiqlandi. «Vatanparvar» tashkiloti O‘zbekiston ДОСААФining qonuniy vorisi deb e’lon qilinib, uning tizimidagi barcha tashkilotlar «Vatanparvar» tashkiloti ixtiyoriga o‘tdi. Chaqiriluvchilarning harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. 1992-yil 3-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi, «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qildi va shu kuni «Harbiy qasamyod» matni ham tasdiqlandi. Qurolli Kuchlar qurilishining huquqiy bazasini yaratishning birinchi bosqichi 1995-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq III sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasini qabul qilish bilan yakunlandi. Doktrina harbiy qurilishning yo‘nalishini, mamlakat va Qurolli Kuchlarning urushga tayyorgarlik, urush olib borish yo‘llarini belgilovchi rasmiy qarashlar va qoidalar tizimidir. U davlatning siyosiy rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va uning asosiy yo‘nalishlari, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti fan yutuqlari darajasi, ehtimoli tug‘ilayotgan urush haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |