D)Rivojlantiruvchi:Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani haqida tushuncha
Dars turi: Nazariy. Dars tipi: Yangi bilim berish. Darsning jixozlari: YOCHT kitobi.
T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
12- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
5- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
3- min
|
Jami:
|
45 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatan himoyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining asosiy qomusi bo‘lmish Konstitutsiyada mudofaa, xavfsizlik va harbiy xizmatga taalluqlilik asoslari bir necha moddalarda va XXVI bobda ravshan ko‘rsatib o‘tilgan.
1-modda.O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriyhududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda.O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga ega.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida it -tifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalariga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
52-modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
93-modda.18. O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi.
19. Favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.
1.2. O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuni, Mudofaa tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini, chegara daxlsizligini saqlash Qurolli Kuchlarning asosiy vazifasi bo‘lib, mustaqillikning ilk kunlarida bu eng dolzarb masalalardan bo‘lgani sababli Oliy Majlis tarafidan qabul qilingan. «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonun birinchi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan 1992-yil 3-iyulda imzolandi va mintaqadagi o‘zgarishlar, tashqi va ichki siyosatni inobatga olgan holda ushbu qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi. «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunning asosiy vazifalari mudofaani tashkil etishning hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi. Mudofaa deganda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmuyi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |