A ta’limiy: O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikning fanining tarixiy zaruriyati hamda uning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berish va o’rgatish. B tarbiyaviy



Download 2,44 Mb.
bet28/112
Sana18.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#452706
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
10-sinflar uchun ChQBT fanidan tayyor dars ishlanma

Darsni yakunlash va baholash:
Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish: Mavzuni o’qib takrorlab kelish.

O’TIBDO’______________




Fan: CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG’ICH TAYYORGARLIK
Sinf:10
Sana:___________________
17-mavzu. Soqchilarni almashtirish. Qorovulxonada ichki tartib-intizom.
Darsning maqsadi:
A)Ta’limiy: Soqchilarni almashtirish. Qorovulxonada ichki tartib-intizom
B)Tarbiyaviy: Fanni va maqsad va vazifalarini o’rgatish
D)Rivojlantiruvchi:Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani haqida tushuncha berish
Dars turi: Nazariy. Dars tipi: Yangi bilim berish. Darsning jixozlari: YOCHT kitobi.

T/r

Darsning elemenlari

Davomiyligi

1.

Tashkiliy qism

12- min

2.

Yangi mavzu bayoni

20 min

3.

Yangi mavzuni mustahkamlash

5- min

4.

Darsni yakunlash va baholash

5- min

5.

Uyga vazifa berish

3- min

Jami:

45 min

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni: Qorovulxonada ichki tartib-intizom Soqchilarni almashtirish har ikki soatda, juft yoki toq soatlarda amalga oshiriladi. Havo harorati 20°C va undan ham past darajada, shamol va kuchsiz sovuqda ochiq havodagi postda hamda isitilmaydigan binolarda turgan soqchilar har bir soatda almashtiriladi. Havo harorati 30°C va undan (soyada) yuqori bo‘lganda ham soqchilar bir soatda almashtiriladi. Mana shunday sharoitlarda soqchilarni har bir soatda almashtirish haqida garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchi buyruq beradi. Agar soqchilarni almashtirish har bir soatda amalga oshirilgan bo‘lsa, qorovul boshlig‘i post axborot daftariga soqchilar falon soatdan e’tiboran har bir soatda, falon soatdan va falon qorovul navbatidan boshlab, ikki soatda almashtirildi, deb yozib qo‘yadi. Almashtiruvchilar postda turgan soqchiga yaqinlashib, 10—15 qadam qolganida (qorovullar mashinada kelganida qurolni o‘qlab va kuzatib), yangi qorovul tarqatuvchisi: «Qorovul, to‘xta!» deb buyruq beradi, qorovullardan biriga postni va uning yon-atrofini kuzatib turish haqida taxminan shunday komanda beradi: «Oddiy askar Ergashev, post va uning tevaragi vaqtincha nazorat uchun qabul qilinsin». Yangi qorovul yaqinlashganda soqchi u tomonga yuzini burib turadi va mustaqil ravishda avtomatni «yelkada» (karabinni — oyoqda) holatiga oladi. Yangi qorovul tarqatuvchisining taxminan «Oddiy askar Òoshev, postga qarab qadam bos», deb bergan komandasi bilan soqchi safdagidek qad rostlaydi, o‘ng tomonga bir qadam tashlaydi, qorovul soqchining yoniga kelib, uning o‘rniga, yuzini qarama-qarshi tarafga qaratib (karabinni oyog‘iga tushirib ushlab) turadi. Eski va yangi qorovul tarqatuvchilari soqchi va qorovulning ikki tomonlarida, ulardan bir-ikki qadam narida, yuzma-yuz turishadi. Eski qorovul tarqatuvchisining «Soqchi, post topshirilsin», deb bergan komandasi bilan soqchi postni og‘zaki topshirishni amalga oshiradi. Ayni paytda soqchi va qorovul boshlarini bir-birlari tomon burishadi. Postni og‘zaki topshirish shundan iboratki, soqchi post raqamini aytadi, qabul qilib olayotgan qorovulga post tabelida qo‘riqlanishi qayd etilgan narsalarni sanaydi, shuningdek, xizmat paytida post atrofida nimani ko‘rgani, payqaganini uqtiradi. Post og‘zaki topshirilgandan so‘ng qorovul o‘zining tarqatuvchisi bergan: «Qorovul, post qabul qilinsin» komandasi bilan yangi qorovul tarqatuvchisi bilan soqchi ishtirokida, eski qorovul tarqatuvchisi birga qo‘riqlanayotgan joyni aylanib chiqishga va yoritish tarmoqlari, to‘siqlar, eshiklar (darvozalar), derazalar butunligi, itlar, muhrlar (tamg‘alar) va ularga mos tushirilgan nusxalar (izlar, naqshlar) yoki qo‘riqlanayotgan jangovar mashinalar soni (boshqa qurollar va harbiy texnika), shuningdek, qo‘riqlashning texnik vositalari soni va holati, aloqa, kam-ko‘stsizligini tekshirishga majbur. Bundan tashqari, qamoqda saqlanayotganlar kameralari bor postlarni qabul qilayotgan qorovul u yerdagilarning sonini tekshirib ko‘rishga majbur. Agar zarur bo‘lib qolsa, postni qabul qilib olgan soqchi tarqatuvchining yordamida postda kiyiladigan kiyim-kechaklarni kiyadi (1-ilova). Postni qabul qilish va topshirish chog‘ida qandaydir kam-ko‘stlar (to‘siqlar yoki muhrlar, tamg‘alar, qulflar, iðlar, eshiklar, derazalar buzilgan) bo‘lsa yoki muhrlarga (tamg‘alarga) mos tushirilgan nusxalar (izlar, naqshlar) ularga mos kelmasa, shuningdek, qo‘riqlanayotgan jangovar mashinalar (boshqa qurollar, harbiy texnika) soni post tabelida ko‘rsatilgan songa to‘g‘ri kelmasa, tarqatuvchi postni topshirishni to‘xtatadi va qorovul boshlig‘ini chaqiradi; yangi qorovul tomonidan postlar qabul qilinayotganda bunday vaziyat yuz bersa, eski va yangi qorovullar boshlig‘i chaqiriladi. Postni topshirish va qabul qilishni yakunlab, soqchi va postni qabul qilib olgan qorovul tarqatuvchiga yuzma-yuz turib, navbati bilan, taxminan shunday murojaat qiladi: «O‘rtoq serjant, oddiy askar Ahmedov falon raqamli postni topshirdi», «O‘rtoq katta serjant, oddiy askar Òeshayev falon raqamli postni qabul qilib oldi». Bildiruvdan va tarqatuvchidan buyruqlar olgandan so‘ng soqchi qurolini olib, postda o‘z burchini ado etishga kirishadi. Qorovulning soqchi (soqchining qorovul) holatiga o‘tishi uning postni qabul qilgani (topshirgani) haqidagi bildiruvi bilan belgilanadi. Eski qorovul tarqatuvchisining: «Oddiy askar Ahrorov, postdan qadam bos», deb bergan komandasi bilan almashgan qorovul yurib eski qorovullar ortidan borib turadi va mustaqil ravishda karabinni (avtomatni) «yelkaga» holatga oladi, postlarni qo‘riqlagan boshqa qorovullar ham unga kelib qo‘shiladi, safga tiziladi. Shundan so‘ng yangi qorovul tarqatuvchisi: «Qorovullar, orqamdan qadam bos» deb komanda beradi va qorovullarni navbatdagi postga olib boradi. Ichkaridagi postlarda turgan soqchilarni almashtirishda tarqatuvchi qorovullarni bino eshigi oldiga olib kelib: «Qorovul, to‘xta», deb komanda beradi, qorovullardan birini yetakchi qilib qoldiriladi va shunday komanda beradi: «Oddiy askar Òuropov va Mo‘minov, orqamdan qadam bos». Tarqatuvchi qorovullar bilan binoga kirib soqchilarni almashtiradi. Postlar qorovulxonaning har ikki tomonida joylashgan bo‘lsa, tarqatuvchi avval qorovulxonaning bir tomonida joylashgan postlardagi soqchilarni almashtiradi, keyin esa almashtirilganlarni qorovulxonada qoldirib, bu bo‘linmaning qorovullarini safga tizib, ularni postga olib boradi. Postlarga jo‘natish uchun ikkinchi va undan keyingi yangi qorovul bo‘linmalarini tuzish va soqchilarni almashtirish, shuningdek, qurolni o‘qlash va o‘qsizlantirish birinchi almashtirish chog‘idagiday amalga oshiriladi. Qorovul bo‘linmasi postdan qaytib kelgach va to‘pponchalardan tashqari qurollar o‘qsizlantirilganidan so‘ng tarqatuvchi qorovullarga avtomatlarni (karabinlarni) javonga (to‘pponchalarni seyfga) qo‘yishga komanda beradi va qorovul boshlig‘iga qorovullar almashtirilgani haqida bildiruv beradi. Qorovulxonada ichki tartib-intizom Qorovul bo‘linmasi tarkibidagilar qorovul boshlig‘ining ijozatisiz qorovulxonani tark etishga haqqi yo‘q.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish