Magistrlar bilimini sinash uchun savollar
1.
Ekologiya atamasini birinchi bo‗lib qaysi olim fanga kiritgan?
2.
Ekologiya fani qanday bo‗limlardan tashkil topgan
3.
Antropoekosistema haqida tushuncha bering.
4.
Antropoekosistemani boshqa ekosistemalardan farqi nimada?
5.
Demografik ekologiya haqida ma‘lumot bering.
6.
Odam autekologisi bilan qaysi mutaxassislar shug‗ullanadi?
7.
Odamning qanday adaptiv tiplari farq qilinadi?
8.
Qishloq va shahar ekosistemalarini taqqoslang.
143
17§. Odam ekologiyasi haqida umumiy tushuncha
Asosiy tayanch tushunchalar va bilimlar:
ekologiya, ekologik muhit, geografik
zonallik, odamlar populyatsiyasi, adaptiv tip, arktik tip, tropik adaptiv tip,
gipoksiya, mo‟tadil ekologik tip, cho‟l, dasht, chala cho‟l adaptiv tiplari.
Odamzod bundan taxminan 20 ming yil ilgari hayot uchun qulay bo‘lgan yer
sharining barcha tabiiy - geografik zonalariga tarqalgan va xilma - xil sharoitda
yashashga moslashgan. Odamning muhitga moslanishlari, albatta, asosan ijtimoiy
muhit sharoitida amalga oshgan. Lekin odam evolutsiyaining dastlabki davrlarida
biotik, abiotik ekologik omillar uning organizmiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan (hozirgi
ilmiy - texnika yuksalishi davriga nisbatan). Bunday omillar odam populyatsiyasi-
ga har xil yo‘nalishda ta‘sir etgan. Oqibatda har xil geografik zonalarning iqlim
sharoitiga qarab odamzodning har xil adaptiv tiplari shakllangan. Adaptiv tip
deganda tashqi muhit omillariga nisbatan organizimni biologik reaksiya normasi
tushiniladi. U morfofunksional, biokimyoviy, immunalogik belgilarda namayon
bo‘lib, ular kompleks ravishda organizm yashash sharoitiga optimal moslashishini
ta‘minlaydi.
Har xil geografik zonalarda adaptiv tip belgilari umumiy va maxsus
elementlardan tashkil topadi. Ularning birinchisiga tanasining suyak muskul
massasi, qon zardobidagi immun oqsillar miqdori kiradi. Qayd etilganlar odam
organizimini tashqi muhitning noqulay sharoitlariga organizimning umumiy
qarshiligini oshiradi. Maxsus elementlarga gipoksiya (havoda O
2
kam) kirib, u
sovuq va issiq iqlim bilan aloqalar. Ana shu umumiy va maxsus elementlarni
etiborga olgan holda odamlarni arktik (shimoliy) tropik, mo‘tadil iqlim, baland
tog‘, cho‘l zonalarida yashaydigan odamlarning adaptiv tiplari farqlanadi.
Odamlar yashaydigan har xil geografik iqlim zonalariga adaptiv tiplar, hayot
sharoitini o‘ziga xosligi va odamlar papulyatsiyadagi har xillikni ko‘rib chiqamiz.
Arktika yashash sharoiti turg‘un past harorat, o‘simliklarning kam bo‘lishi
hayvonot dunyosining ko‘pligi ozuqalarning fasllarga qarab davriy o‘zgaruvchan
bo‘lib, masalan, o‘simlik ozuqalari qisqa yoz davrida bo‘lishi hayvonlar ozuqasi
qushlar, baliqlar, bug‘ular, dengiz hayvonlari urchiyotgan davrda bo‘lishi
144
kuzatiladi. Ozuqalar vitaminlarga, oqsillarga, yog‘larga, mikroelementlarga boy,
lekin o‘simlik uglevodlari juda oz.
Shimoliy qutb ortida mikroorganizimlar juda kam, past harorat patogen
sodda hayvonlar sistalari, gelment tuxumlari va qurtlar bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Qayd qilingan omillarga Arktika odamlari adaptiv tipiga, asosan, sovuq iqlim va
hayvonlar go‘shtining ta‘siri kuchlidir. Shunga ko‘ra odamlar populyatsiyasi
Arktika ekalogik tipining suyak - muskul sistemalari kuchli rivojlangan, ko‘krak
qafasi keng, qondagi gemoglabin miqdori yuqori, iligi ko‘p joyni egallaydi,
suyaklarda mineral moddalarning ko‘p bo‘lishi, qondagi oqsillar, xolestirinni
ko‘pligi bilan tavsiflanadi.
Arktika ekalogik tipda energiya almashinuvi kuchli, termoregulyatsiya
yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Termoregulyatsiyaning o‘ziga xosligini ko‘rish
mumkin. Chunonchi bir xil darajadagi past haroratda kanadalik indeyslarda teri
harorati keskin kamayadi va lekin modda almashinuvi oz o‘zgaradi. Oq tanlilarda
esa teri harorati oz pasaysa ham kuchli titroq bo‘lib, modda almashinish
jadallashadi.
Tropik va subtropik o‘lkalarning ayrim joylaridagina odamlar istiqomat
qiladilar. Bu joylarda harorat o‘ta yuqori, namlik ham ko‘p. Nam o‘rmonlar quruq
balandliklar, tekislikliklari bilan o‘zaro farqlanadi. Bu o‘lkalarda o‘simlik
maysalari nihoyatda ko‘p. Nam o‘rmonlarda hayvonlar kam, aksincha, savanna
cho‘l biyobonlarida hayvonot olami xilma- xil. Ayniqsa, yirik hayvonlar nihoyatda
ko‘p, tuproqda, havoda, suvda ko‘p mikroorganizimlar, gelment tuxumlari, bir
hujayralilar, kasallik qo‘zg‘atuvchilarnng sistalari uchraydi. Hayvonot dunyosining
boyligi va turli - tumanligi tufayli biogelmentlarni har xil kasalliklarni
tarqatuvchilari ham ko‘p bo‘ladi. Tropik adaptiv tipini shakillanishining asosiy
omili bo‘lib issiq nam iqlim va hayvon oqsili kam, nisbatan kam bo‘lgan ozuqa
sanaladi.
Tropik viloyatdagi odamlar irqiy ijtimoiy jihatdan turlichadir. Tropik adaptiv
tipiga mansub bo‘lgan odamlarda tanasi uzun, muskullari unchalik yaxshi
rivojlanmagan, tana og‘irligi kam, oyoq qo‘llari nisbatan uzun, ko‘krak qafasi
145
nisbatan kichik, teridagi ter bezlarining soni nisbatan ko‘p bo‘lishi hisobiga terning
ko‘p ajralishi, modda almashish, yog‘larni sintez qilinishi kam ekanligi,
xolestrinning qondagi konsentratsiyasi kamligi bilan tavsiflanadi.
Mo‘tadil iqlim sharoitidagi odamlar populyatsiyasining ekologik tipida
modda almashinish darajasi arktik va tropik tub aholi populyatsiyasining o‘rtasida
bo‘ladi. Bu zona issiq va namlik miqdori bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Ular orasida
quruq cho‘l, yarim cho‘llar bilan tog‘gacha bo‘lgan maydonlar bor. Haroratning,
namlikning keskin o‘zgarishi mo‘tadil iqlim sharotida kuzatilmaydi.
Tog‘ adaptiv tipi yashaydigan joy atmosfera bosimi va havo tarkibida kislorod
miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi. Baland tog‘larda yashovchi odamlar
papulyatsiyasida (uning qanday irqqa mansubligidan qat‘iy nazar) moddalar
almashinuvi jadal, naysimon ko‘rinishidagi suyaklar uzun bo‘lishi, ko‘krak
qafasining kengligi, qon tarkibidagi eritrositlarda gemoglobin miqdori ko‘p
bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Olimlarning fikricha, yuqorida bayon qilingan odamlar populyatsiyalari
adabtiv ekologik tiplari orasida eng qadimgi davrda shakllangani tropik tip
sanaladi. U, avvalo, evolyutsiya bilan paralel ravishda shakllanib oldin Afrikada,
keyin boshqa o‘lkalarda uning shakllanishi davom etgan.
Odamlar populyatsiyasini mo‘tadil ekalogik adaptiv tipi, tropik tipni genetik va
fenotipik polimorfizi asosida shakllangan. Ularning shakllashi Yevro Osiyoda,
keyinchalik Shimoliy Amerikaning mo‘tadil iqlim sharoitida amalga oshgan. Bu
ekologik adaptiv tip yevropoid va mongoloid irqlar zaminida shakllangan.
Odamlar populyatsiyasi Yevro Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimolida
yashashga o‘tishi bilan ekologik adaptiv tip vujudga kelgan. Bundan mustasno
Janubiy Patogoniya, olovli yerlarda va Janubiy Amerikaning Antraktidaga yaqin
zonasida indeyslar arktik tipiga xos belgilarga ega bo‘lganlari ham shakllangan.
Tog‘ adaptiv ekologik tipi ham irqiy holatdan qat‘iy nazar yevropaliklar Alon,
Kavkaz, Pomir, Himolay hamda Tibet, Tyan-Shan, And tog‘larida mongoloid irqi
populyatsiyalari asosida shakllandi.
146
Tog‘ ekologik adaptiv tipi eng yangi adaptiv tip hisoblanadi. Keying vaqtlarda
odamlarning shahar ekologik adaptiv tipi shakllandi. Ular doimiy ruhiy
reaksiyalar, kechinmalar ta‘siriga morfofunksional jihatdan chidamlidirlar.
Tabiiy va sun‘iy sistemalar omillari insonga doimo ta‘sir ko‗rsatadi. Yer
yuzining turli joylarida har xil tabiiy omillarning ta‘siri ostida irsoniyat
rivojlanishining tarixi davomida yer qurrasi axolisining ekologik ixtisoslashuvi
natijasida odamlarning adaptiv tiplari kelib chiqqan. Adaptiv tip – yashash
muxitiga biologik reaksiya nomasi bo‗lib, insonning o‗sha sharoitda yaxshi
rivojlanishini ta‘minlovchi morfofunksional, biokimyoviy, immunologik belgilar
rivojlanishi bilan belgilanadi. Quyidagi adaptiv tiplar farq qilinadi. Ular
quyidagilar:
1.
Arktik adaptiv tip
2.
Tropik adaptiv tip
3.
Tog‗ adaptiv tip
4.
Saxro, yarim saxro, cho‗l va chala cho‗l adaptiv tip
Do'stlaringiz bilan baham: |