Irqlar haqida umumiy tushuncha
Asosiy uchta irq tipi sudan negri - negroid, mangol – mongoloid va boltiq
oldi yevropalik - yevropoid irqlariga tipik vakildir. Irq tur ichidagi tafovutlardan
farq qilib, geografik jihatdan alohidalanish sanaladi. U yoki bu regionda - arealda
shu irqqa mansub aholi ko‘p yashaydi. Zoogeografiyada areal deganda
sayyoramizning hayvonlar tarqalgan ma‘lum hududi tushuniladi.
Irq nima deganda irq hosil bo‘lishi jarayonini tahlil qilish bilan javob berish
mumkin. Bu jarayon biologik va ijtimoy omillar ta‘siri orqali ro‘y bergan. Bu ikki
omilning roli: 1) mazkur jarayon mexanizmini; 2) irq belgilarining qaysi vaqtda
poydo bo‘lgani va maydonini farqlashda namoyon bo‘ladi. U yoki bu irq
belgilarning paydo bo‘lishi biologiya faniga tegishli. Aksincha, bu mexanizimlarni
konkret tarixini amalga oshirish ijtimoiy omilga tegishli. Masalan, odam
belgilarining xilma – xilligi, Chunonchi, sochning rangi va shaklini bilish uchun
genetik bilimga ega bo‘lish kerak.
130
Tur ta‘rifi. Tur kenja turlar yoki geografik irqlardan tashkil topgan. Ba‘zi
turlarda 30 – 40 ta kenja turlar, ba‘zilarida birorta ham kenja tur- irq bo‘lmaydi.
Ayrim turkumlarning ba‘zi turlarda kenja turlar ko‘p, boshqalarida yo‘q bo‘ladi.
Masalan, grelandiya tyuleni 3ta kenja turga ega, kaeliy tyulenining kenja turi yoq.
Sutemizuvchilar yungi yoki terisining rangi, tanasining kattaligi tumShug‘i,
kalla qismining tuzilishiga qarab belgilanadi. Masalan, gorilla, oq ayiq, shimol
bug‘isi, qunduzning kalla qismi o‘zaro farq qiladi. Bu belgilar turg‘un bo‘lib,
tashqi muhit ta‘siri tufayli kam o‘zgaradi. Tur bilan kenja tur - irq o‘rtasida
ko‘pincha farqni topish mumkin.
Turlarning irqlardan farqi.
1)
turlar orasida irqlarga nisbatan morfologik belgilarning ko‘pligi;
2)
irqlarning o‘zaro chatishib nasl berishi;
3)
irqlar orasidagi formalarning hududlarning chetki chegaralarida uchrashi;
4)
bir arealdagi turlarning o‘zaro chatishmagan holda mavjud bo‘lishi.
Irqlar kichik irqlarga bo‘linmasada, ular xos hududlarda tarqarilishiga qarab yana
kichik guruhlarga ajraladi.
Odam irqi tarixan tarkib topgan odamlar guruhi bo‘lib, ular kelib chiqishi
jihatdan morfologik, fiziologik xususiyatlari bir, lekin ma‘lum darajada xilma-xillik
beradilar. Guruhli va individual o‘zgarishlar bir-biriga mos bo‘lmasligi mumkin.
Shunga binoan irqlar odamlar to‘plami emas, balki ma‘lum hududdagi tanlanish bilan
bog‘liq populyatsiyadan tashkil topgan. Hozirgi zamon odam irqlarida morfologik,
fiziologik psixikasining o‘ziga xosligi bilan o‘hshash.
XVIII - XX asrlarda irqlarga oid ko‘pchilik klassifikatsiyalar yaratildi. Ular
faqat morfologik xossalarga asoslangan edi. Eng muvaffaqqiyatli irqlar klassifikat-
siyasi J Denikerga (1900) tegishli. U odam irqlarini 29 irqga bo‘lib, ularni 5 guruhga
tubandagi belgilar bo‘yicha ajratgan:
1) yungli soch, keng burunli (bushmen, negirtoss, negr, malayziya ).
2) jingalak yoki to‘lqinsimon sochlilar (habashiston, avstraliya, drovid melanoindeys,
assirasidni).
3) to‘lqinsimon yoki to‘g‘ri sochlilar, havorang ko‘zlilar(shimoliy –sharqiy Osiyo).
131
4) tekis va to‘lqinsimon qora sochlilar, qora ko‘zlilar (indoneziya, Janubiy Amerika).
5) tekis to‘g‘ri soch (Shimoliy Amerika, o‘rta amerikaliklar, pategoniyaliklar,
eskimoslar turli mongol irqlari har bir guruh orqasida teri rangi, kalla, yuz burun va
boshqa belgilar bilan farqlanuvchi irqlar ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |