A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Mongoloid irqi. 
Badan terisi sarg‘ish – jigarrang tusli. Yonoqlari juda 
kuchli rivojlanib teri osti va to‘qimasining shu joyda qalin tortganligi, ko‘z 
yorig‘ini rosa gorizontal joy olmaganligi va tashqi uchi ichkisiga qaraganda 
yuqoriroq turishi. Ko‘z yorig‘i ancha tor va kalta. Sochlari qattiq, to‘g‘ri, qora. 


127 
Soqol - mo‘ylovlari yevropoidlarga nisbatan kam o‘sgan. Yuzi birmuncha 
cho‘zilgan va pastroq. Lablari o‘rtacha qalinlikda. Ular Osiyo qit‘asida ko‘p. 
1. Amerika indeyslari an‘ana bo‘yicha ba‘zan mongoloid tipiga kiritilsa ham 
Epikantus katta indeyslarda ahyon - ahyonda burgutlarnikiga o‘xshash burun, afti-
angori yevropoidlarniki kabi. Shunga ko‘ra Amerika irqi alohida ajratiladi. 
2. Avstraliya va unga yaqin orollarda yashovchi aholining terisi qora, lekin 
sochlari jingalak emas, balki to‘lqinsimon, soqol - mo‘ylovlari ko‘p. Tishlarining 
tuzilishidan tortib, barmoqlaridagi papilyar chiziqlarigacha mongoloid irqiga 
yaqin. Shunga qaramay ular avstraloid irqiga kiritiladilar.
 
Irqlarning paydo bo’lish vaqti va joyi 
Keyingi davrda irqlarning o‘zaro yaqinligini isbotlashda biokimyoviy 
metoddan foydalanilmoqda. Makro yoki boshqacha aytganda turli irqlar oqsili va 
fermentlarida allel oqsillar, fermentlarning takrorlanish darajasi aniqlandi. Bu 
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, barcha irqlarning umumiy ajdodi bundan 90-92 
ming yil muqaddam yashagan. O‘sha davrda umumiy ajdod ikki tarmoqga ajralgan 
Mongoloid (amerikaliklar ham kiradi) va yevropoid - negroid (bunga avstraloidlar 
ham kiradi). Avstraloidlar o‘z qit‘alariga bundan 50 ming yil muqaddam kirib 
borganlar. Ular taxmin qilinishicha, irqlarning dasrtabki ajdod belgilarini o‘zlarida 
saqlaganlar. Yevropoid va negroid irqlarini bir-biridan ajratish bundan 40 ming yil 
muqaddam ro‘y bergan. Uzoq vaqt ular Voronej shahriga yaqin Markio tog‘i 
atroflarida birga yashashgan. Bu yerda kromanon kalla suyagi bilan avstraloidga 
o‘xshash kalla suyagining topilishi bundan dalolat beradi. Avstraloidlar 
Avistraliyaga migratsiya qilinishi bilan birga ular Janubiy Hindiston, Shri –Lanka, 
Seylon, Indoneziya va Hind okeanining boshqa orollarida o‘zlaridan ―iz‖ 
qoldirganlar (vedrov, veddoidlar populyasiyasi). Mongoloid irqi ham uzoq vaqt 
davomida shakllangan. Hali mongoloid irq belgilariga to‘liq ega bo‘lmagan 
qadimgi ovchilar Osiyodan Shimoliy va Janubiy Amerikaga o‘tganlar. Taxmin 
qilinishicha, migratsiya 40-16 ming yillar mobaynida uch marotaba ro‘y bergan. 
Oqibatda amerindlar: qadimgi indeyslar paydo bo‘lgan. Bu hodisa 70 ming yil 
oldin ro‘y bergan degan taxminlar ham bor. Bunga asosiy sabab na dene degan 


128 
qabila tili bilan 12-14 ming yil oldin yashagan Sibir aholisining tilidagi ayrim 
so‘zlarning o‘xshashligidir ular Eskimos va aleutlarning ajdodi hisoblanadi va 
9ming yil oldin yashagan Eskoleutlar bilan o‘xshashligidir. Faqat birinchi 
paleosenda migratsiya Janubiy Amerikaga tarqalgan deb taxmin qilinadi. Ko‘p 
yillardan beri antropologlar o‘rtasida turli irqlarning kelib chiqishini tushuntiruvchi 
yagona fikr yo‘q. Ularning ayrimlari barcha irqlar yagona ajdoddan kelib chiqqan 
desa, boshqalar har xil joyda har xil ajdoddan kelib chiqqan degan fikrni himoya 
qiladilar. 
Odam evolutsiyasi bilan shug‘illanadigan mutaxassislar antrapogenezda 
biologik evolutsiyaning tabiiy tanlanishi o‘z - o‘zidan chetga chiqqanligini qayd 
etadilar. Lekin hozirgi odamlarning paydo bo‘lish vaqtida tabiiy tanlanish chamasi 
o‘z ta‘sirini yo‘qotmagan. Poleolit (tosh davrining) keyingi bosqichida Homo 
sapiens yer sharining turli mintaqalari hududlariga tarqalishi bilan ularda irqiy 
belgilar tabiiy tanlanish natijasida paydo bo‘la boshlagan.
Qadimgi negroid va avstraloid populyatsiyalarining irqiy belgilari Afrika va 
Janubiy Osiyoda shakllangan. Bu yerlar o‘ta issiq, shu bilan birga nam va quyosh 
nurlari kuchli bo‘lgan. Shunga binoan ekvatorda yashagan irqlarda paydo bo‘lgan 
ko‘p belgilari moslashishda ahamiyat kasb etgan. Antropologlarni ko‘rsatishicha, 
negroid va avstraloidlarning terisida melanin pegmenti ko‘p bo‘ladi. Negroid va 
avstraloidlarda soch ko‘zlari qora rangli, sochning jingalakligi, burun kataklari 
keng bo‘lishi, labining qalin bo‘lishi shular jumlasidandir.
Yevropoidlarga tabiiy tanlanish natijasida paydo bo‘lgan irqiy belgilarga 
terida pigmentlar bo‘lmasligini olish mumkin. Yevropaning shimolida retsessiv 
genlarga ega irqlar yashab kelib, ko‘paya boshlaganlar. Bunga muzlash davridan 
keyingi shimoliy sovuq, nam havo, quyosh nurlarining kamayishi sabab bo‘lgan. 
Shimoliy o‘lkalarda tarqalgan mongoloid irqi vakillarida soch, ko‘z, ayniqsa, terida 
melanin pegmenti kamayishi nomoyon bo‘ladi. Avstraloid irqi Osiyoning Janubiy- 
Sharqiy qismida shakllangan, negroidlar Afrikaning shunday hududlarida, 
evropoidlar esa Yevropaning O‘rta Yer dengizi, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy 
Osiyoning mo‘tadil zonalarida, mongoloid irqi esa, Markaziy Osiyoning yarim 


129 
sahro va cho‘llarida shakllangan. Bu davrda muzliklarning shimoldan janub 
tomonga ko‘chishining oxiri bo‘lib, harorat, kuchli shamollar, chang-bo‘ronlar, 
dovullar, sutka va fasl davomida quruq iqlim o‘zgarib turgan. Bu chang-to‘zonlar, 
qumlar ko‘chishi ko‘zni doimo yoshlanib turishiga qovoqlari ko‘z ustiga tushib, 
ko‘zlarini qiyiq bo‘lishiga sababchi edi.
Afrikaning janubini ishg‘ol qilgan Kalexar cho‘lida bushmen irqi 
shakllangan. U negroid va mongaloid irqlarining belgilarini o‘zida jamlagan (terisi 
sariq tus, yuqori qovog‘i pastga tushgan) Amerika va Avstraliyaga, Shimoliy 
Sharqiy Osiyodagi qadimgi mongoloidlarga xos belgilar (qiyiq ko‘z, yuqori qovoq 
pastga tushgan) shakillanishiga ulgurmagan bo‘lgan. 
Qadimgi odamlarning Amerikaning har - xil iqlimli sharoitida yashashga 
moslashishi muhim qiymatga ega bo‘lmagan. Shunga ko‘ra Yevro Osiyo, Afrikaga 
o‘xshash irqlar orasida keskin tafovut ro‘y bermagan, lekin Amerikaning Janubiy 
tropik hududida Kaliforniyadagi indeyslarda ekvatorial irqlarning belgilari 
(terining qora bo‘lishi, jingalak soch, burni yalpoq bo‘lishi, labi do‘rdayganligi) 
namoyon bo‘ladi.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish