, ,, .j
,1)1*
64
www.ziyouz.com kutubxonasi
-c
h
iz
m
a
.
Fa
rg'o
na
v
o
d
iy
si
a
g
r
o
sa
n
o
a
t
hu
d
u
d
iy
is
h
la
b
ch
iq
ar
is
h
m
a
jm
u
a
sin
in
g
ic
h
k
i
tu
z
il
is
h
i
www.ziyouz.com kutubxonasi
Boshqa tarmoqlar va ular uchun umumiy bo'lgan infrastruktura
tizimi ham deyarli barpo etilmadi, ijtimoiy sohalar, ekologiya muammolari
esa butunlay inobatga olinmadi.
Bundan tashqari,
majmualarni
boshqaruvchi tashkilot ham bo'lmadi. Xullas, haqiqiy HICHM vujudga
kelmadi.
Yuqoridagi fikr shundan dalolat beradiki, bunday majmualarni
kichik joyda yaratish ma'qul. Chunonchi, O'zbekiston sharoitida paxta
tozalash zavodi bilan yonma-yon yoki uning yaqinida yog' zavodi qurish
maqsadga muvofiq bo'Iadi. Agar ular yaqinida paxtazorlar va chorvachilik
fermalari bo'lsa, yana ayni muddao bo'lar edi.
Qulay sharoitlarda va ishlab chiqarishni hududiy jihatdan to'g'ri
tashkil etib kattaroq majmualarni ham shakllantirish mumkin. Bu borada.
Farg'ona vodiysida, Mirzacho'l yoki Qarshi zonasida, Angren-Olmaliq
tog'-kon sanoati rayonida mukammal HICHMIarni yaratishga imkoniyatlar
mavjud (4-chizma).
HICHMlar
o'zlarining
geografik
joylashuvi
hamda
ixtisoslarshuviga qarab turli xil bo'ladi. Ular tog'-kon sanoati yoki
agrosanoat asosida, "dengiz yaqinida yoki poytaxt rayonlarida ham
shaklianadi. Biroq bunday majmualarning barchasi uchun hududiy
infrastruktura va iqtisodiy geografik umumiylik xosdir.
Sanoatda tashkil etilgan HICHMlar sanoatni rayonlashtirish va
uning tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog'liq. Masalan, sanoat
tugunlari va rayonlari chinakam HICHMlarni ifodalaydi, chunki ushbu
geografik birliklarda ishlab chiqarish va infrastruktura, iqtisodiy geografik
o'rinning umumiyligi yaqqol seziladi.
Qolaversa, sanoat tuguni va rayonlariga kiruvchi alohida sanoat
punktlari va markazlarida ham shuni ko'rish mumkin. U holda sanoat
korxonalari bunday kichik (mahalliy) HICHMlarning birlamchi elementi
vazifasini o'taydi. Ayni paytda ma'lum bir shahar doirasida, yirik sanoat
markazlari chegarasida bir necha sanoat tugunchalari - mikrohududiy
majmualarni ham ajratsa bo'Iadi. Sanoat ishlab chikarishini bunday tashkil
etish shakllari ayniqsa loyihalash tashkilotlarida ko'p qo'llaniladi. Ular
xorijiy mamlakatlarda ham keng tarqalgan bo'lib, aglomeratsion
samaradorlik tushunchasi xuddi shunday mikroiqtisod amalyyoti bilan
bog'Iiq.
Shunday qilib, ishlab chikarishning rivojlanishi va uning hududiy
tashkil etilishining takomillashib borishi bilan bu boradagi tasavvurimiz
ham o'zgarib boradi. Dastlabki oddiy ishlab chiqarish kombinati rayon
66
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlab chiqarish kombinatiga aylandi. Rayon ishlab chiqarish kombinati
hozirgi hududiy ishlab chiqarish majmuasi shakliga ega bo'ldi.
HlCHMlar iqtisodiy geografiyaning boshqa bir muhim ilmiy
g'oyasidan farq qiladi. Bu ham bo'lsa energiya ishlab chiqarish sikllar
nazariyasidir (uning xam asoschisn N. N. Kolosovskiy hisoblanadi).
Energiya ishlab chiqarish sikllari, avval ta'kidlaganimizdek, ma'lum
bir asosiy ishlab chiqarish jarayoni atrofida muayyan xom ashyo va
energiya negizida vujudga kelgan, texnologik jihatdan bir-biri bilan bog'liq
bo'lgan (uyushgan) ishlab chiqarish turkumining turg'un .birligidir.
Demak, bu yerda asosiy e'tibor ishlab chikarishning texnologik
aloqadorligiga beriladi, vaxolanki, HICHMda bu vazifani hududiy birlik
o taydi. Ayni shu jihatdan energiya ishlab chiqish sikllari hududiylik
xususiyatiga ega emas (ularni xaritadan ham ko'rsatib bo'lmaydi); sikllar
ma'lum darajada mavhum, ishlab chiqarishning turkum yoki tartib birligini
anglatadi. Binobarin, muayyan energiya ishlab chiqarish sikliga kiruvchi
korxonalar yoki "zanjirchalar" mamlakat hududining turli joylarida mavjud
bo'lishi mumkin.
Shu bilan birga energiya ishlab chnqarish sikllari bu xalq ho'jaligi
tarmog’ i emas, hatto tarmoqlar birikmasi ham emas balki u umuman ishlab
chiqarishning texnologik birligidir. Biroq bu yerda ham xuddi HICHM
uchuh o'zak (bosh) majmua hosil qiluvchi omil yoki tarmoq bo'lganidek,
energiya ishlab chiqish tsiklida ham yetakchi ishlab chiqarish jarayoni asos
bo'lib xizmat qiladi. Jumladan, qora metallurgiyaning pirometallurgiya
sikli uchun metall (cho'yan, po'lat va prokat) ishlab chiqarish,
respublikamizdagi agrosanoat sikli uchun esa sug'oriladigan yerlarda paxta
yetishtirish, uni qayta ishlash, to'qimachilikni rivojlantirish asosiy jarayon
hisoblanadi.
67
www.ziyouz.com kutubxonasi
K
i
m
y
o
s
a
n
o
a
t
i
Do'stlaringiz bilan baham: |