A soliyev, R. Mahamadaliyev iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari



Download 4,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana06.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#109916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari (A.Soliyev)

Taqrizchilar: - Azimov Sh.A.,
Toshkent moliya instituti dotsenti;
- SamDU  iqtisodiy geografiya kafedrasi.
Mas'ul muharrir:  prof. Ahmedov E.A.
Muharrir:  dots.  Qodirov  M.
2
www.ziyouz.com kutubxonasi


S o 'z b o s h i
O'zbekiston  Respublikasining  mustaqillikka  erishishi  va  uning 
bozor  munosabatlariga  o'tishi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyada  ham  tub 
o  zgarishlar bo'lishini  talab etadi.  Bu  borada  mazkur fanga tegishli  asosiy 
ilmiy  g'oya  va  tushunchalar,  qonuniyatlar  yangi  siyosiy,  ijtimoiy  va 
iqtisodiy 
nuqtayi 
nazardan 
tahlil  etilishi, 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatiarda  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  hududiy  tashkil  qilish  va 
ularni  davlat  tomonidan  tartibga  solib  borish  sohasida  erishilgan  ijobiy 
tajribalardan samarali foydalanish amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shu  munosabat  bilan  iqtisodiy  geografiyada,  odatdagidek,  faqat 
xaritani  yoki  cheksiz raqamlarni  yodlab  olish  kifoya qilmaydi.  Aksincha, 
ushbu  fanga  oid  hududiy  qonuniyatlarni,  hodisa  va  voqealarning  sabab- 
oqibatini  aniqlash,  baholash  va  ularni  bashorat  etish  jamiyatimiz 
rivojlanishida  faol  qatnashish,  unda  o'ziga  munosib  o'ringa  ega  bo'lish 
muhimdir.
Iqtisodiyotning  rivojlanishi  faqat  vaqt,  ma'lum  davrdagina  sodir 
bo  libgina qolmay,  shu bilan  birga,  u muayyan hududda ham o'z  ifodasini 
topadi.  Ayni  vaqtda  geografiyaning  ajoyib  va  betakror,  o'ziga  xos 
fazilatlari  uning  tadqiqot  ob'ekti  va tahlil  qamrovining kengayib  borishiga 
olib  kelmoqda.  An'anaviy  iqtisodiy  geografiya  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
geografiyaga aylandi, u  esa,  o 'z navbatida,  yanada mukammalroq  ijtimoiy 
yoki  inson,  sotsial  geografiya  maqomini  olmoqda.  Bu  o'rinda  sotsial 
geografiyaning  keng  va tor  (maxsus)  ma'noga  ega  ekanligini  ta'kidlamoq 
joiz.  Tor ma'nodagi ijtiinoiy geografiya yoki  sotsial geografiya iqtisodiy va 
ijtimoiy  geografiyaning  uzviy  bir  qismi,  keng  ma'noda  esa  uning 
o'zginasidir.  Masalaga  bunday  yondoshish,  shubhasiz,  fanning  ichki 
rivojlanish  qonuniyatlariga,  integratsion  salohiyatiga  mos  keladi  va jahon 
andozalariga muvofiq bo' ladi.
Biroq  geografik  obyektning  kengligi  ayni  paytda  uning  chuqur 
o'rganilishi  vatahlil etilishini  talab etadi;  komplekslik tamoyili maqsad  va 
vazifa  doirasidagi  ma'lum  bir  hodisa  yoki  voqelik  atrofida  amalga 
oshirilishi  zarur.  Aks  holda  geografiya  faniga  aloqador  kamchilik  yuz 
beradi,  o'rganish  darajasi  past,  quruq  va  sayoz  bo'lib  qoladi.  Bunday 
illatlardan  xoli  bo'lish  hozirgi  zamon  iqtisodiy  geografiyasining  muhim 
vazifasidir.
Milliy  iqtisodiy  havfsizligini  mustahkamlash  mamlakatimiz  ichki 
va  tashqi  (xalqaro)  siyosatini,  jahon  hamjamiyatida  tutgan  o'rnini 
mukammal  bilishni  taqozo  etadi.  Bu  esa  faqatgina  mutaxassis  geograflar
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchungina emas, balki barcha barkamol  shaxslar uchun ham zarurdir. Zero, 
geografiyaning  bundan  tashqari  axboriy,  axloqiy,  tarbiyaviy,  madaniy- 
ma'rifiy, jihatlari  ham  mavjud.  Vatanni  sevmoq  naqadar  ulug'  bo'lsa,  uni 
bilish,  e'zozlamoq  ham  shuncha  ulug'dir,  chunki  bilmasdan,  o'zimizni 
(o'zligimizni) anglamasdan turib Vatanni sevib bo'lmaydi.
Qadimiy  va  hamisha  ravnaqda  bo'lib  kelgan  geografiya  fani  o 'z 
o'rnini  va  ahamiyatini  kengaytirib  bormoqda.  Jumladan,  iqtisodiy  va 
ijtimoiy geografiyaga doir muammolar O'zbekiston  Milliy universitetining 
iqtisodiyot,  falsafa,  tarix  jumalistika  fakultetlarida,  Toshkent  Davlat 
pedagogika  universiteti  hamda  respublika  viloyatlaridagi  ko'pgina 
universitetlarning barcha fakul'tetlarida o'qitilmoqda.
Ushbu  darslikda  hozirgi  zamon  iqtisodiy  geografiyasiga  tegishli 
asosiy  masalalar  (mavzular)  qisqacha,  oliy  o'quv  yurtlari  talabalari  hamda 
o'rta  maktab  o'qituvchilariga  mo'ljallangan  holda  bayon  etilgan.  U  o'z 
maqsad  va  mohiyatiga  ko'ra  "Iqtisodiy  geografiyaga  kirish"  vazifasini 
bajaradi.  O'quv  jarayonining  keyingi  bosqichlarida  esa  iqtisodiy  va 
ijtimoiy  geografiyaga  doir  maxsus  fanlar  o'qiladi  va  eng  so'nggi  yarim 
yillikda (IV  kursda)  mazkur  fan  yanada umumlashtiriladi  va  unga tegishli 
asosiy  muamolar  o'rganiladi.  Demak,  "Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya 
asoslari" va "Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining asosiy muammolari" 
ushbu  yo'nalishning  oliy  o'quv  yurtidagi  muqaddimasi  va  xotimasi  bo'lib 
xizmat qiladi.
Albatta,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya  asoslarini  o'rganish 
talabalardan  boshqa  fanlar,  xususan,  tabiiy  geografiyaga  oid  bilimlami 
mukammal  bilishni  ham  talab  qiladi.  Bu  esa,  o 'z  navbatida,  geografik 
bilimlarning yaxlitligini, o'zaro aloqadorligini mustahkamlaydi.
I
4
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish