joydan ikkinchi joyning farq qilishiga olib keladi, ularsiz iqtisodiy va
ijtimoiy geografiya fanining o'zi ham bo'lmaydi. "Hamma joyda bor narsa
geografiyada aslo bo'lmasligi kerak", deb bejiz aytishmagan.
Ko'rinib turibdiki, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining asosiy
tushunchalari bir- birlari bilan chambarchas bog'Iiq, shu bois ularni
aloqdorlikda qarash katta ahamiyatga ega. Bu fikr
hududiy ishlab chiqarish
majmualariga ham daxldor. Uni o'rganish esa metodologik jihatdan tizim-
tarkib uslubiga mos keladi.
Hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyaning jahon ahamiyatiga molik bo'lgan nazariy yutuqlaridan
biridir. Uni yaratishda taniqli rus olimi N.N.Kolosovskiyning xizmatini
ko'rsatish joiz.
Ishlab chiqarishning hududiy birliklari to'g'risida ilk bor akademik
I.G.AIeksandrov mamlakatni elektrlashtirish haqida fikr bildirilgan edi. Bu
olim o'tgan asrning yigirmanchi yillarida turli yirik elektr stansiyalarini
loyihalashda bevosita ishtirok etib, rayon kombinatlari (RK) to'g'risidagi
nazariyasini yaratadi. O'ttizinchi yillarda esa bu muhim masalani chuqur
o'rganib, rayon ishlab chiqarish kombinatlarini (RICHK) barpo etish
lozimligini ta'kidladi. Keyinchalik N.N.Kolosovskiy I.G.Aleksandrovning
RICHK to'g'risidagi nazariy ishidan Ural, Sibir va Qozog'iston kabi yirik
ravonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o'zining
rayon komplekslari (majmualari) to'g'risidagi ilmiy g'oyasini yaratdj,,
N.N.Kolosovskiy 1947-yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog'i,
ishlab chiqarishnimng hududiy birikmalari yoki komplekslari) mavzusida
o 'z maqolasini chop ettirdi. Uning ftkricha, bu nazariyaning asosiy
mohiyatini ma'Ium bir hududda yoki joyda ishlab chiqarish korxonalari va
aholi manzilgohlarini bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanishi va joylanishi
tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy
geografiya fanining tarkibiy qismi ekaniigini ta'kidlab, ayni paytda ma'lum
hududda o rnashgan ishlab chiqarish korxonalarining yig'indisi har doim
ham majmua hosil qilmaydi, deb uqtiradi. Bunday holda korxonalarning
oddiy hududiy guruhi tashkil bo'ladi, xolos. Demak, har qanday hududiy
majmua bu korxonalar guruhi, ammo har qanday guruh majmua bo'la
olmaydi.
Keyinchalik HICHM nazariyasini rivojlantirishga NXAgafonov,
M.K.Bandman,
T.M.KaIashnikova,
A.T.Xrushev,
M.D.Sharigin,
K.N.Bedrinsev, Z.M.Akramov, O.Abdullayev, Q.Abirqulov, A.Ro'ziyev,
O.B.Otamirzayev, A.S.Soliyev, A.M.Sodiqov kabi bir qator olimlar o'z
hissalarini qo'shganlar.
61
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaratishga intilish bo'ldi. Turli yo'nalishdagi HICHMlar G'arbiy Sibir,
Janubiy Yoqutiston kabi ulkan hududlarda ko'zda tutiltan edi, amalda esa
ular shakllanmadi. Chunki hudud benihoya katta, ishlab chiqarish esa faqat
bir tomonlama, asosan xom ashyoni qazib olishga ixtisoslashgan xo'jalik
turkumi vujudga keldi, xolos.
;t «1
Do'stlaringiz bilan baham: