Kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishida tomonlarning javobgarligi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini kontraktatsiya shartnomasida belgilangan assortment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz bo'yin tovlagan xo'jalik tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima to'laydi. Jarima miqdori o'tgan davr (oy, chorak, yil)da mahsulotning shakllangan o'rtacha narxidan kehb chiqib, xarid narxlariga belgilangan ustamalar to'lashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplan- magan qismi ham to'lanadi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotini kontraktatsiya shartnomasida belgi- langan assortment, turlar va muddatlarda qabul qilib olish rad etilgan har bir holat uchun tayyorlov tashkiloti xo'jalikka belgilangan ustamalar to'lashni hisobga olmasdan shakllangan o'rtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima to'laydi, tez buziluvchi mahsulot bo'yicha esa — uning to'liq qiymatini to'laydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli xo'jalik ko'rgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham to'lanadi.
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab jo'natilgan) qishloq xo'jaligi mahsuloti uchun haq to'lashdan asossiz bosh tortilganda (xo'jalikka tegishli summalami, belgilangan ustama- larni ham qo'shib, o'z vaqtida hisoblab o'tkazmaganlik, hisob- kitoblarning aksept shaklida esa to'lov topshirig'i akseptini asossiz to'liq yoki qisman rad etganda) tayyorlov tashkiloti xo'jalikka to'lan- magan summani, o'zi to'lashdan bosh tortgan summaning 15 foizi iniqdoridagi jarimani to'laydi. Tayyorlov tashkiloti jarimadan tashqari xo'jalikka muddati o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda to'lanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati
o‘tkazib yuborilgan summalaming 50 foizidan ortiq bo‘Imagan penyani to‘laydi.
Xo'jalikni standartlar talablari va texnik shartlarga javob beradi- gan, mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yo‘riqnomalar va qoidalarda yoki kontraktatsiya shartnomasida beigilan- gan miqdorda va muddatlarda idish va o'rash materiallari bilan ta’minlanmaganligi uchun tayyorlov tashkiloti xo'jalikka yetkazib berilmagan idish, Crash materiallarining yetkazib berish vaqtida amalda bo'lgan qiymatining 2 baravari miqdorida jarima to'laydi. Tayyorlov- chining xo'jalikni idish bilan ta’minlamaganligi mahsulot sifatining pasayishiga yoki mahsulotning buzilishiga olib kelgan bo'lsa, tayyorlov tashkiloti xo'jalikka ko'rilgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismini ham to'laydi. Bunda xo'jalik sifatsiz qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib berilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |