Kontraktatsiya shartnomasi bo'yicha xo'jalik bunday mahsulotlarni qayta ishlash yoki sotish uchun xarid qiluvchi shaxsga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini kelishilgan muddatlarda berish majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa muayyan narx bo'yicha kelishilgan muddatlarda haq to'lab, ushbu mahsulotlarni sotib olish majburiyatini oladi.
Moddiy-texnika resurslari(ehtiyot qismlar, umg'lik, o'simliklarni himoya qilish vositalari, yonilg'i-moylash materiallari, mineral o'g'it va boshqalar) yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bo'yicha yetkazib beruvchi tashkilot xo'jalikka o'zi ishlab chiqaradigan yoki xarid qiladigan moddiy-texnika resurslarini qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanish uchun kelishilgan muddatda yetkazib berish majburiyatini oladi, xo'jalik esa moddiy-texnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar bo'yicha haq to'lash majburiyatini oladi. 113
Xizmatlar ko'rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnoma bo'yicha bajamvchi tashkilot xo'jalik buyurtmasiga binoan mexa- nizatsiyalashgan ishlarni bajarish, servis, agrokimyo agrotexnika 8 — Samatov, G‘. A. va boshq.
xizmatlari va qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog'liq boshqa xizmatlar ko'rsatishni ta’minlash majburiyatini oladi, xo'jalik esa ushbu islilar (xizmatlar)ni qabul qilib oUsh va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar bo'yicha haq to'lash majburiyatini oladi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat zhtiyojlari uchun xarid qilish mavjud bo'lgan taqdirda tayyorlov tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg'armasi bilan qishloq xo'jaligi mahsulotlari xarid qilishni mablag' bilan ta’minlash to'g'risida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.
Xo'jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotish, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko'rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan barcha turdagi shartnomalar tuman, qishloq va suv xo'jaligi bo'limlarida ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
Shartnomalami tuzish va bajarishda tomonlardan har biri o'z majburiyatlarini eng yuqori tejam bilan, boshqa tomonlarning iqtisodiy manfaatlariga rioya qilgan holda bajarishi, majburiyatlaming zarur darajada bajarilmasligi natijasida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan zararning oldini olish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ko'rishi va boshqa tomonni ushbu chora-tadbirlar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilishi, shuningdek, unga majburiyallami bajarishda ko'maklashishi kerak.