Qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti:
Dehqonchilik mahsulotlari:
qishloq xo'jalik ekinlari asosiy mahsulotning yalpi hosili;
ko'p yillik daraxtlarni o'stirish;
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig'idagi o'zgarish (kuzgi ekinlar xarajati);
qo'shimcha mahsulot (somon, poxol va boshqalar).
Chorvachilik mahsulotlari:
qoramol va parrandalardan xo'jalikda foydalanishdan olingan, mahsulotlar (sut, jun, tuxum, qorako'l teri va boshqalar);
qoramol va parrandalarning o'sishi (tirik vaznda);
buzoqlar. qo'zi, uloq va boshqa olingan nasllar;
qoldiq mahsulotlar ( go'ng va boshqalar ).
Pulda ifodalangan dehqonchilik yalpi mahsuloti ko‘rsatkichi (YMd) qishloq xo'jaligi ekinlari yalpi hosili qiymati (EYHq), ko'p yillik daraxtlarni o'stirish xarajatlari qiymati (KYDq), tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidagi o'zgarishlar va boshqa mahsulotlar qiymati (T ishlab chiqarish va BMK)dan tashkil topadi.
YMd = EYHq + KYDq+ T i/ch va BMK (17.1)
Chorvachilik yalpi mahsuloti (YMch) esa, mollar va parrandalardan xo'jalikda foydalanish natijasida olingan mahsulotlar qiymati (MPM ); mol va parrandalar tirik vazni o'sishining qiymati (TVO'q), olingan nasi qiymati (ONq) va boshqa mahsulot qiymati (BMq)dan tashkil topadi.
YMch = MPMo +TVO'q + ONq +BMq. (17.2)
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini taqsimlash, sotish va
ularning tovarlilik darajasi
Takror ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo'jalik yalpi mahsuloti qiymat shaklida qoplash fondini (QF) yoki moddiy xarajatlarini (MX) va sof mahsulotni (SM) yoki yalpi daromad (YD)ni o'z ichiga oladi.
YMq =(QF)MH + (SM)YD (17.3)
SM — sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatdir, ya’ni qishloq xo'jalik korxonalari xodimlarining o‘z mehnatlari bilan real yaratilgan qiymatdir.
Hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligining rivojlanishida sof mahsulot ko'rsatkichi xo'jalik ishlab chiqarish faoliyati natijalarini baholashda va ishlab chiqarish hajmini o'lchashda ko'rsatkich sifatida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, sof mahsulot mehnat predmetlarining takroriy hisobini o'z ichiga olmaydi, u xarajatlarni tejash mexanizmining muhim elementi sifatida ham ko'rinadi. Sof mahsulot va yalpi daromad o'rtasidagi farq shundan iboratki, sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning miqdorini bevosita ishlab chiqarish jarayonida xarakterlaydi, yalpi daromad esa sotish jarayonini hisobga olib, ya’ni ayirboshlash vositasidan keyin aks ettiradi. Amaliyotda bu ikki ko'rsatkich ham yalpi mahsulot qiymatidan moddiy xarajatlarni ayirib tashlab topiladi, shuning uchun ularning miqdori o'rtasidagi farq aytarli darajada keskin bo'lmaydi. Sof mahsulot ko'proq o'zgarmas baholarda hisoblash zarur bo'lganda, ya’ni ishlab chiqarish fizik hajmining, mehnat unumdor- hgining, fond qaytimining dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi. Joriy xo'jalik faoliyatida ko'pincha yalpi daromaddan foydalaniladi, chunki u yangidan yaratilgan qiymatning sotilgan qismini aks ettirib, mahsulot sotishdan kelgan tushum va foyda ko'rsatkichlari bilan aloqadordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |