A samatov, I. B. Rustamova


unumdorligi darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi



Download 0,77 Mb.
bet124/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

unumdorligi darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi

Qishloq xo'jaligidagi mehnat ongli, maqsadga yo'naltirilgan bo'lsa, uning unumdorligi yuqori bo'ladi. Tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydi.

Mehnat unumdorligi — xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko'rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbati, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi.

Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o'sishiga bog'liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini hamda ijtimoiy- siyosiy tizimning rivojlanishini belgilab beradi.

161

Mehnat samaradorligi tushunchasi esa, unumdorlik tushunchasidan kengroq bo'lib, iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi)dan 11 - Samatov, G‘. A. va boshq.

tashqari yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o'z ichiga oladi.

Mehnatning psixofiziologik samaradorligi mehnat jarayonining inson organizmiga ta’sir ko'rsatishi bilan belgilanadi.

Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, samarali mehnat deb:

—faqat muayyan unumdorlikka erishish bilan bir qatorda zararsiz, qulay sanitariya-gigiyena shart-sharoitlari va xavfsizlik;

  • mehnatning yetarli darajada mazmundor bo'lishi va uning taqsimoti chegaralariga rioya qilinishi;

—mehnat jarayonida insonning jismoniy, aqliy kuch va qobiliyat- larini har tomonlama rivojlanishi imkoniyatlari;

  • ishlab chiqarish sharoitining xodimga salbiy ta’sir ko'rsatishining oldini olish e’tirof qilinadi.

Mehnat unumdorligi ko'rsatkichi mehnat samaradorligi va natijador- ligining barcha jihatlarini o'zida aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat samaradorligi» tushun- chasi «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga nisbatdan o'z ahamiyatiga ko'ra, kengroq bo'lgan tushunchadir. Awalo, mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijalariga erishish darajasini ifodalaydi.

Mehnat samaradorligi aholi mehnat unumdorligidan farqli o'laroq, faqat mehnatning miqdor ko'rsatkichlarini emas, balki shu bilan birga mehnatning sifat natijalarini ham o'zida ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko'rsatkichining yana bir muhim xususiyatlaridan biri unda mehnat resurslarining tejalishiga erishiladi.

Mehnat xarajatlari qanchalik kam bo'lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo'ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlari xodimlar soni va mehnatga to'langan haq xarajatlari bilan o'lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o'lchanishi mumkin. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilishda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari bilan birga uning tuzilishi hisobga olinadi. Shunday qilib, mehnat samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish darajasini faqat sarflangan vaqt va ish sifatini hisobga olgan holda emas, balki bir xodim hisobiga sarflangan mehnat xarajatlarini ham aks ettiradi. Mehnat samaradorligi ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik balansini mehnat munosabatlari orqali aks ettiradi, bunda ish kuchini tejab- tergab sarflash tamoyili asos qilib olinadi.

Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichini korxona (ishlab chiqarish) samaradorligi ko‘rsatkichidan farqlash kerak. Korxonaning samaradorligini aniqlashda barcha xarajatlar: moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar hisobga olinadi. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini korxona samaradorligining asosiy ko'rsatkichi deb qarash mumkin.

Mutaxassislar mehnat samaradorligini e’tirof etsalar ham bu ko'rsatkichni hisoblab chiqish uslubi borasida bir fikrga kelgan emaslar.

Mehnat samaradorligining asosiy, umumlashtiruvchi ko'rsatkichi bilan bir qatorda ayrim ko'rsatkichlarini ham hisoblab chiqish mumkin, degan fikrlar bor.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish