Qishloq xo'jaligi korxonalarining mehnat resurslari tarkibi: —doimiy ishchilardan — muddatsiz ishga qabul qilinganlar;
mavsumiy ishchilardan — 6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;
vaqtinchalik ishchilardan — 2 oygacha muddatga qabul qilinganlar dan;
shuningdek, shtatda turuvchi о ‘smirlar, nafaqaxo ‘rlardan iborat.
Korxonaiarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo'jaligida (mavsumiy ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu jumladan, yollanma ishchilardan ham. Qishloq xo'jaligida mehnat resurslarining shakllani- shi va ulardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, bular quyidagilar:
—xodimlar mehnatining biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar - tuproq, o'simlik, hayvonlami rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun yo'naltirilganligi. Bu qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida tirik organizmlarning rivojlanishi, o'zgarishiga, ularning tabiatini noorganik elementdan organik moddalarga sintezlashuviga bog'liqdir;
mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi tabiiy, xususan, yerning umumdorligi va ob-havo iqlim sharoitlariga bog'liqligi.
—xodimlaming bir necha turdagi mehnat vazifalarini bajarishi. Ish turining ko'pligi va bajarish muddatining mavsumiyligi. Qishloq xo'jaligi xodimi alohida texnologik operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tor malakali emas, aksincha, ma’lum turdagi pirovard mahsulot yetishtirishga keng ixtisoslashgan bo'lishi kerak;
ishlab chiqarish jarayonida yer, chorva mollari va boshqa resurslarning mustaqil emasligi. Pirovard mahsulot natijasiga iqtisodiy javobgarlikni ta’minlash uchun xodimlarga umumiy yerlarni emas, balki aniq dalalarni, butun hayvonlami emas, balki aniq mollar bosh sonini birkitib qo'yish lozimdir;
mehnat jarayonlarining o'z-o'zini boshqarishi. Biologik ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, qishloq xo'jaligida, ayniqsa, deh- qonchilikda biologik jarayonda sharoitlar tez-tez o'zgarib turadi, shuning uchun bu yerda chetdan turib boshqarish imkoniyati ancha chegaralangan;
—dehqonchilik va chorvachilikda xodimlar daromadining pirovard iqtisodiy natijalarga bog'liqligi. Bu bog'liqlik mehnat operatsiya- larini bajarish paytida xodimdan texnologik talablarga rioya qilishda o'zini qattiq nazorat qilishi shart bo'lib hisoblanadi.
Samarali qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi uning mehnat resurslari bilan me’yor bo'yicha ta’minlanishiga bog'liq. Ishlab chiqarishning ish kuchi bilan yetarlicha ta’minlanmasligi ishlab chiqarish texnolo- giyasiga rioya qilinmasligiga, pirovard natijada mahsulotning yetarlicha olinmasligiga olib keladi. Mehnat resurslari bilan me’yordan ortiq darajada ta’minlanganlik esa ish kuchidan samarasiz foydalanishga va mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo'ladi.
Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Turlicha tabiiy sharoitda, har xil darajada ixtisoslashgan xo'jaliklarda bir xil ish jarayon- larini amalga oshirish uchun har xil miqdorda bir turdagi mehnat sarflanadi, uning samaradorligi ham bir-biridan farq qiladi. Kech kuz,
qish va erta bahorda mehnat sarfi keskin kamayib, hosilni yig‘ib olishda unga bo‘lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilar shartnoma asosida jalb etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda bajariladigan ishlarning ko‘pchiligi yuqori darajada bilim va malaka talab etmaydi. Qishloq xo'jaligidagi mehnat tarkibida ayollar mehnatining salmog‘i hozirgi davrda ancha yuqori. Shuning uchun ham tarmoqda mehnatga to'lanayotgan haq kamroq. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish, chekanka qilish, hosilni yig‘ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog‘ish...) to‘hq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada oddiy jonli mehnat xarajatlari ortadi. Qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo‘lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlami e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Mavjud mehnat resurslarining katta qismi qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatadi. Ular o‘zlarining ongli, maqsadli mehnatlari bilan qishloq xo'jaligini rivojlantirishga, uning samaradorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo'shishi lozim. Ularning mehnatlari unumli bo‘lishi kerak. Mehnat unumdorligi foydalanilayotgan texnikalar, texnologiyalar yordamida bir birlikdagi mahsulotni yetishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqt miqdoridir.
Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat
Do'stlaringiz bilan baham: |