Inson resurslari — bular odamlardir, ular faqat moddiy ne’matlar yaratib qolmay, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladilar.
Odamlar o'zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil emaslar. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog'lig'i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, psixofiziologik sifatlari sabab bo'ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o'xshamaydi.
Mehnat sohasida odamlaming muhim ehtiyojlari amalga oshadi, lekin hamma ehtiyojlari ham ro'yobga chiqavermaydi. Mehnatdan samarali foydalanish uchun insonning shaxs sifatidagi talablarini esda tutish muhimdir. Iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi shuni taqozo qiladiki, murakkab xo'jalik mexanizmining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun amalga oshiriladigan hamma sohada inson manfaatlariga rioya qilinishi lozim.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida hamma narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |