Hosildorlik. Bu ko'rsatkich, asosan, ekin turlari hamda umumiy maydon bo'yicha, natural hamda qiymat ko'rinishlarida aniqlanadi, ya’ni ular 1 gektar foydalanilgan maydondan qanday mahsulotlarni qancha miqdorda (kg, sentner, tonna) hamda necha so'mlik mahsulot yoki foyda olinganligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ifodadan foydalanish mumkin: YH (8.7) bunda: H — 1 ga ekin maydonidan olingan hosil miqdori, s;
YH — ekin ekilgan maydondan olingan yalpi hosil miqdori, s yoki tonnada;
S — ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga.
Bu ko'rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo'yicha alohida-alohida aniqlanadi. Uning miqdori qancha ko‘p bo'lsa, shuncha yaxshi. Bu ko'rsatkich u yoki bu ekin ekilgan maydonning mahsuldorligini isbot- laydi. Jami ekin maydonlari mahsuldorligini aniqlash uchun ko'rsat- kichni quyidagi qiymat ko'rsatkichlarida aniqlash, buning uchun har birekinning yalpi hosili qiymatini aniqlab olish lozim. So'ngra ularning yig'indisini aniqlash kerak. YM=YMa;Ypq:SFq
bunda: YM — foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi. Ya’ni, bir gektar ekin ekilgan yoki yaylov, pichanzor maydondan necha so'mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YMq — olingan yalpi mahsulot qiymati, so'mda;
S — ekinlar ekilgan maydon, ga;
YDq — olingan yalpi daromad qiymati, so'mda;
SFq — olingan sof foyda qiymati, so'mda.
Taqqoslanadigan xo'jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholashda qishloq xo'jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o'rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o'rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash uchun haqiqiy ko'rsatkichni 100 ga ko'paytirib va yer bahosi baliga bo'lish kerak. Masalan: 1 ga yerdan olingan paxta hosildorligi 25 sentner bo'lib, shu yerning iqtisodiy bahosining bali 90 ga teng bo'lsa, u holda 1 gektar kadastr maydonidan ohngan hosildorlik 27,7 s.
(25 100:90=27,7) sentnerni tashkil etadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo'lgan, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada. oshirish hisoblanadi.
Yer resurslaridan samarali foydalanish, o'z navbatida, suv resurslaridan ham oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Chunki o'simlik dunyosini suvsiz tasawur qilib bo'lmaydi. Buni issiq o'lka hisoblangan bizning respublikamizda yaqqol ko'rish mumkin. Shuning uchun suvni tejash, undan oqilona foydalanish qonun bilan belgilab qo‘yilgan. 0‘zbekiston Respublikasining 1993- yil 6-mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida suvning davlat mulki ekanligi, umumiy boylik hisoblanishi, suvdan oqilona foydalanish lozimligi va u davlat tomonidan qo‘riqlanishi ta’kidlab o‘tilgan. Yana shu qonunda respublikaning yagona davlat suv fondi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlaridan, yer osti suvlari va muzliklardan iboratligi ko‘rsatib o'tilgan.
Qonun bo'yicha belgilangan tartibda qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish ishlari tuman hokimiyatlari tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanish bo'yicha xo'jalik rejasi fermer va dehqon xo'jaliklarining yillik ishlab chiqarish va moliya rejasining bir qismi hisoblanadi.
Suvdan rejali foydalanish almashlab ekishdagi qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish tartibi, u ekinlarni sug'orish rejimiga qarab (har qaysi ekin uchun alohida holda) tuziladi va xo'jalikning qabul qilingan almashlab ekish dalalarining hamma maydoni uchun suvga bo'ladigan yillik ehtiyojini ko'rsatadi. Xo'jalikning suv bilan ta’minlanganlik darajasi gidromodul bo'yicha har gektar sug'oriladigan maydonga bir soniya ichida litr hisobida beriladigan suvning o'rtacha miqdori bo'yicha hisoblab chiqiladi.
Sug'orish tizimlarida suvdan rejali foydalanishni joriy etish xo'jalik- larga suvni o'z vaqtida yetkazib berish, uni dalalar bo'yicha bir maromda taqsimlash va o'simlikni suv bilan mo'tadil muddatlarda ta’minlashga mo'ljallangan bo'ladi. Bunga faqat hamma almashlab ekiladigan ekinlar uchun alohida sug'orish tartibini joriy etish yo'li bilan erishish mumkin.
Xo'jalikning suvdan foydalanish rejasida xo'jalikning ayrim almashlab ekish maydonlari va butun sug'oriladigan yer maydoni uchun umumiy yillik suvdan foydalanish hajmi keltiriladi.
Suvdan foydalanish rejasi vegetatsiya davri va vegetatsiya davridan tashqari vaqtlar uchun tuziladi. Jumladan, vegetatsiya davri uchun tuzilgan rejada g'o'za, beda, makkajo'xori, sabzavot va poliz ekinlarini, shuningdek, bog' va tokzorlarni sug'orish uchun talab etilayotgan suv sarfi ko'rsatilgan bo'ladi. Vegetatsiya davridan tashqari o'tkazi- ladigan sug'orishlar rejasida yerlami haydash oldidan sug'orish, sho'r yuvish va ekin oldidan o'tkaziladigan sug'orishlar uchun bo'lgan ehtiyoj hisoblab chiqiladi.
jadval
Qishloq xo'jalik ekinlarining sug'orish soni va norraalari
T.r.
|
Ekin turi
|
Sug'orish soni
|
Sug'orish me’yori, mVga
|
Mavsnmiy sug'orish me’yori m3/ga
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |