Yerdan foydalanish islohoti:
2004-yildan boshlab barcha qishloqxo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakliga
о ‘tkazildi;
yer uchastkalari xojalik yurituvchi subyektlarga faqat tuman hokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qoyildi;
yer uchastkalari ijaraga 30 yildan 50 yilgacha berilishi belgilab qo ‘yildi;
yer uchastkalaridan foydalanish huquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi;
o'z mablag7 hisobidanyer o 'zlashtirishni rag'batlantirish tizimijoriy etildi.
Yer resurslari bilan bir qatorda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida suv resurslari ham muhim ishlab chiqarish omili hisoblanadi. Suv organik moddalar hosil bo‘lishidagi fotosintez jarayonida qatnashib, o'simlik organizmi uchun muhim omildir. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni eritadi va ularni o'simlik tomonidan o‘zlashtirilishini amalga oshiradi, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligining shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi.
Respublika dehqonchiligi sug‘orishga asoslangan. Shuning uchun suv qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yer kabi eng zarur vosita hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan mahsqlotlarning asosiy qismi sug'oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan yalpi mahsulotning 95 foizga yaqini sug‘oriladigan yerlardan olinadi. Sanoatning qishloq xo'jaligi xomashyolariga, aholining esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi qondirilishida yer va suvning ahamiyati juda katta. Yerlardan, suvlardan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi ko'payadi, natijada yuqorida ta’kidlangan talablarning qondirilish darajasi ortadi.
Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha viloyatlarda bir xilda bo'lmay, bir-birlaridan farq qiladi. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarining aksariyat hududlarida ekinlarni sug‘orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, ya’ni ulaming tarkibida hosildorlikka salbiy ta’sir etuvchi turli xildagi minerallar kam, lekin Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati hudud- larida foydalanilayotgan suvlarning tarkibida xlor va boshqa moddalar ko'p. Shuning uchun ham ulaming sifati nihoyatda yomon. Bunday hoi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmiga va sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Keiajakda yerlarning unumdorligini oshirish, suvlarning sifatini yaxshilash orqali zarur qishloq xo'jalik mahsulotlari hajmini, miqdorini ko'paytirishga va sifatini yaxshilashga erishish mumkin.
Respublikamizda suv resurslari manbalari cheklangan. Ulaming umumiy miqdori 49,4 mlrdm atrofida. Shundan 30,6 mlrdm yoki 61,9 foiziyirik daryolaming suvidan, 16,5 mlrd m respublika hududidagi mayda daryolaming suvlaridan, qolgan qismi esa yer osti hamda kollektor-zovurlardan olinadigan suvlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |