%
|
mingga
|
%
|
Qishloq xo'jaligiga mo‘jallangan yerlar
|
24968,6
|
56,3
|
22259,2
|
50,12
|
Aholi punktlarining yerlari
|
234,0
|
0,5
|
234,9
|
0,53
|
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar
|
1928,1
|
4,3
|
1965,1
|
4,42
|
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlar
|
581,6
|
1,4
|
72,2
|
0,16
|
Tarixiy-madaniy ahamiyatga moliq yerlar
|
0,4
|
0,001
|
0,4
|
0,001
|
0‘rmon fondi yerlari
|
8409,2
|
18,9
|
8661,1
|
19,50
|
Suv fondi yerlari
|
819,2
|
1,8
|
813,6
|
1,83
|
Zaxira yerlar
|
7469,6
|
16,8
|
10403,8
|
23,43
|
Jami yerlar:
|
44410,7
|
100
|
44410,3
|
100
|
jami qishloq xo‘jalik yerlarining 98,7 foizini, Buxoro viloyatida — 92,5 foizini, Surxondaryo viloyatida — 73,8 foizini, Qashqadaryo viloyatida — 68,8 foizini, Samarqand viloyatida — 61,6 foizini, Xorazm viloyatida — 59,8 foizini, Toshkent viloyatida — 54,8 foizini, Qoraqal- pog'iston Respublikasida — 91,6 foizini tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining deyarli 95,0 foizdan ortig‘ini yetishtirib beradigan haydaladigan yerlar Respublika hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan.
Haydaladigan yerlarning eng katta maydonlari Qashqadaryoda —
foiz, Jizzaxda — 11,1 foiz, Samarqandda — 10,9 foiz hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 10,5 foizdan iborat. Shu vaqtning o‘zida nisbatan kichik maydonlar Namanganda — 4,8 foiz, Buxoroda —
foiz, Andijonda — 5,0 foiz, Xorazmda — 5,2 foiz va Navoiyda — 2,7 foiz.
Haydaladigan yerlarning eng mahsuldor va samarali qismi sug‘orma yerlardir.
0‘zbekiston - qadimdan sug‘orma dehqonchilik mamlakati bo‘lib kelgan. Sug‘orma dehqonchilik oziq-ovqat sohasida Respublika musta- qilligining negizi va asosiy eksport mahsulotining manbaidir.
0‘zbekiston hozirda jahonda sug‘orma dehqonchilik mark'azlaridan biri hisoblanadi. Sug‘oriladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln gektarni tashkil etib, uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo'lgan vodiy va vohalarda joylashgan. Farg‘ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. 1960- yillardan so‘ng sug‘oriladigan yerlar maydoni ikki martadan ziyod
ko'paydi. 0‘sish, asosan, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li, EUikqal’a massivi hisobiga ta’minlangan.
Hozirgi kunda sug‘orma dehqonchilik Qoraqalpog‘iston Respub- likasida va Qashqadaryo viloyatida yuqori darajada rivojlangan, qadimgi sug‘orma dehqonchilik markazlari — Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Namangan viloyatlari o‘zlarining mavqelarini saqlab qoldilar. MirzachoMning o‘zlashtirilgan hududi o‘rnida Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari barpo qilindi. Ushbu viloyatlarga bugungi kunda mamlakatdagi jami sug‘oriladigan yerlarning 15,4 foizi to‘g‘ri keladi.
0‘zbekistonda bog‘lar va tokzorlar egaliagan maydon salkam 0,4 mln gektarga teng. Uning katta qismi Farg‘ona vodiysi viloyatlariga hamda Samarqand (14,9 foiz) va Toshkent (12,8 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Demak, bog‘ va tokzorlarning asosiy qismi tog‘oldi mintaqasi yaxshi rivojlangan viloyatlarda joylashgan. Tog‘oldi mintaqasi maydonining katta qismini egaliagan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham bog'dorchilik va uzumchilik yaxshi rivojlangan. Tekislik mintaqasidagi viloyatlarda Sirdaryo, Xorazm, Navoiy va boshqalarda bog‘dorchiiik va uzumchilik tarmog‘i kichik maydonlarni egaliagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |