123
bо‘laklardagi tanda ipining zichligi tо‘quv dastgohidagi iplar zichligiga
teng bо‘ladi. О‘ram о‘ralgan ensiz val bо‘lak deb ataladi. Belgilangan
bо‘lak о‘rab bо‘lingandan sо‘ng ularning hammasi tо‘quv g‘altagiga
о‘raladi (107-rasm). Mohiyati bо‘yicha bо‘laklab tandalash guruhlab
va piltalab tandalashga о‘xshash. Bu usul rangli iplarni tandalash
uchun qulay, lekin uning unumdorligi past. Sanoatimizda bо‘laklab
tandalash qariyb qо‘llanilmaydi. Bu usul «Metap» mashinalarida
tanda iplari tayyorlash uchun qulaydir.
Tandalash tezligi – 0–200 m/min
Rom sig‘imi – 60, 120, 180, 240
Do'stlaringiz bilan baham: