Zamonaviy tandalash romlari
Tandalash jarayoniga, odatda, silindrsimon yoki konussimon bo-
binalar keltiriladi. Tanda romining sig‘imi katta ahamiyatga ega,
chunki u tanda g‘altaklari yoki piltalar soniga ta’sir etadi. G‘altaklar
va piltalar soni esa, tandalash va ohorlash jarayonidagi chiqindilarga
bevosita ta’sir etadi.
Sanoatda sig‘imi 1000 ta bobinagacha bо‘lgan romlar ishlatiladi,
maxsus romlarga esa 2000 tagacha g‘altak sig‘dirish mum kin. Tuzilishi
bо‘yicha romlar uzlukli va uzluksiz tandalashga mо‘ljallangan bо‘ladi.
Romlar temir asosdan iborat bо‘lib, ularda bobina tutqichlari, ip
107-rasm. Bо‘laklab tandalash mashinasi
124
yо‘nal tiruvchilar, taranglovchi moslamalar va ip uzilganda mashinani
avtomatik tarzda tо‘xtatish, mо‘ljallangan uzun kontakt ilgaklar va
xabar beruvchi moslamalar joylashtirilgan.
Tanda romidagi iplar soni kо‘proq bо‘lganda uzluksiz tandalash-
ning istiqboli yaxshiroq bо‘ladi. Bunda uskuna va mehnat unumdor ligi
ortadi, tandalash si fati yaxshilanadi. Zamonaviy tо‘quv korxonalarida
uzlukli tan dalash usuli kengroq tarqalgan. Ip larni taqsimlovchi taroq-
dan о‘t kazish turli xil bо‘lishi mum kin. Lekin korxonalarda, asosan,
iplarning egilishini ka may tiruvchi va uzil gan iplarning о‘tishini
oson lashtiruvchi usul qо‘lla niladi.
Chet elda turli xil avtomatlashtirilgan tanda romlari ishlatiladi.
«Shlyafgorst» firmasining 3-Z-25 tanda romi hozirgi kundagi eng
mu kammal tanda romlaridan hisoblanadi. Amalda u tanda romidan
va avtomatik tarzda harakatlanadigan aravachalardan iborat. Bu
arava chalar bobinalarni almashtirish vaqtini kamaytirish uchun
xiz mat qiladi. Aravachalarda vertikal ustunlar bо‘lib, bobinalar bu
ustunlarda ikki tomonlama joylashgan. Bu tanda romining boshqa
takomillashgan tomonlari ham bor, masalan: romning oxirgi ustuni-
dagi ustki va pastki bobinalarning taranglovchi mos lamalarida diffe-
rensiallashtirilgan taranglik beriladi.
Ipning tarangligi romning oldingi ustunida nazorat qilinadi.
Harakatlanuvchi chang tozalovchi taranglovchi moslama va bobina-
dagi changlarni tozalaydi. Tanda romining pastida chang sо‘ruv chi
moslama joylashtirilgan. Kimyoviy
tolalarni tandalash jara yonida sta-
tik elektrlanish hosil bо‘ladi.
Ba’zi tandalash mashinalarida
statik elektrlanishni bartaraf etish
uchun tandalash mashinasiga о‘r-
na tilgan moslamalardan tashqari
rom ning oldingi ustunining har
bir qavatida maxsus neytrallovchi
mos lamalar mavjud.
108-rasm. «Shlyafgorst»
firmasining 3-Z-25 tanda romi
125
Do'stlaringiz bilan baham: |