UO‘K: 677.03.024
KBK 37.230.1я721
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan
ISBN 978-9943-5081-2-5
© A. Salimov va boshq., 2017
© «NISO POLIGRAF», 2017
3
KIRISH
Respublikamiz iqtisodiyotida raqobatbardoshlikni ta’minla mas-
dan turib, ya’ni ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini moderni zatsiya
va diversifikatsiya qilmasdan, texnologik va texnik nuq tayi nazardan
yangilamasdan turib, biz ishlab chiqaradigan mah su lotlarni jahon
bozori, ertaga esa ichki bozorimiz ham qabul qilmaydi.
Shu sababli biz bundan buyon ham qishloq xo‘jaligi sohasidagi
islohotlarni chuqurlashtirishga, yer va suv resurslaridan samarali foy-
dalanishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga asosiy e’tiborni qa-
ratamiz. Shu bilan birga, xomashyoni, eng avvalo, pax ta xomashyo-
sini chuqur qayta ishlash bo‘yicha aniq rejalar belgilan moqda.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-
ning 5 ta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
mak roiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning yetak-
chi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarki-
biy islohotlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardosh ligini
oshirishga alohida ahamiyat berilgan. Ana shu ustuvor yo‘na lishlar-
ni amalga oshirishda hozirgi kunda va istiqbolda yur timiz aholisi
va sanoat korxonalarini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, mam-
lakatimiz eksport salohiyatini oshirish eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
Mamlakatimizda 1991-yilda paxta tolasini qayta ishlash haj-
mi 7 foizdan oshmagan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 42 foiz-
dan o‘sdi. Bugungi kunda tarmoq korxonalari mahalliy to‘qi ma chilik
mahsulotlarini jahondagi 50 dan ziyod mamlakatga eks port qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi
«2017–2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv tri kotaj sanoatini yanada
4
rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risi da»gi Qarori sohada
yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Mazkur dastur 2020-yilga qadar
yurtimizda yetishtirilgan paxta tolasini to‘liq qayta ishlash, sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport salohiyatini 2,7 barobardan
ko‘proqqa oshirish hamda ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni
nazarda tutadi.
Oldimizga qo‘yilgan ushbu maqsadlarni amalga oshirishda to‘ qi-
machilik sanoatining bugungi kundagi vazifalari katta mas’uliyat va
sifatli ish tartibini talab etadi. Bugungi kunda tabiiy xomashyodan
tayyorlangan mahsulotga talab kundan-kun ga oshib bor moqda.
Asosiy boyligimiz bo‘lgan mahalliy to‘qimachilik tolalarini qayta
ishlash hajmini oshirish, ularga kimyo viy tolalar ara lashtirib, yan-
gi assortimentdagi gazlamalar yara tish yo‘llarini izlab topish mu him
hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan to‘qimachilik sanoati muta-
xassislari va olimlari oldiga dolzarb masalalar qo‘yildi. Mavjud im-
ko niyatlardan foydalanib, sifatli to‘qima ishlab chiqarish hajmini ken-
gaytirish, jahon bozo rida O‘zbekiston yorlig‘i ostida raqobatbardosh
mahsulotlar bilan savdo qilishga erishish bugungi kunda yechimini
kutayotgan asosiy muammolardandir.
Zamon talabiga javob bеra oladigan mahsulotlar ishlab chi qa-
rishda to‘qimachilik korxonalarida ham yangi texnika va texno-
logiyalar joriy qilinishining ahamiyati kattadir.
Bu maqsadga erishishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – jahon
standartiga javob bеra oladigan raqobatbardosh xilma-xil to‘qimalar
ishlab chiqarishda mamlakatimizda tayyorlanayotgan xomashyoni
tо‘quvchilikka tayyorlash, undan zamonaviy to‘qimalar olishda ilm-
fan yutuqlarini hisobga olgan holda sifatli, tayyor mahsulot ishlab
chiqarish dolzarb vazifa hisoblanadi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |