4.1. Tandalash jarayonining maqsadi va mohiyati
Iplarni tandalashdan maqsad – ma’lum uzunlikdagi va hisob bilan
aniqlangan iplar sonini jamlab, bitta o‘rama, tandalash g‘al tagi yoki
to‘quv g‘altagiga o‘zaro parallel qilib o‘rash.
Tandalash jarayonida to‘qimaning tandasi shakllanadi. Texno logik
nuqtayi nazardan tandalash jarayoni muhim va mas’uliyatli bo‘lib,
unda bir paytning o‘zida bir qancha o‘ralgan iplardan bitta o‘rama
olinadi.
Hamma tandalash mashinalari ikki qism – tandalashga kel tirilgan
o‘ram (g‘altak, bobina) o‘rnatiluvchi tandalash romi va bevo sita tan-
dalash o‘ramasi (tandalash yoki to‘quv g‘altagi)ni hosil qiluvchi ma-
shinalardan tuzilgan bo‘ladi. Tandalash romlari unga o‘rnatiladigan
o‘ramaning turiga qarab g‘altak tandalash romi va bobina tandalash
romiga bo‘linadi. Odatda, tandalash jarayonida g‘altaklar aylanish
harakatida bo‘lib, tandalash tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa,
mashinani harakatga keltirish va to‘xtatish paytida g‘altak harakatining
tezlashishi (sekinlashish) ta’sirida ip ning taranglik miqdori o‘zgarib,
uning uzilish sonini ko‘paytirishi mumkin. Bunday romlar tabiiy ipak
ishlab chiqarishdagi eski mashinalarda ishlatiladi.Tandalash romlari
tuzilishi bo‘yicha uz luk siz va uzlukli tandalash romlariga bo‘linadi.
Uzluksiz tandalash romlarida ishchi va zaxira bobinalari o‘rna-
tilgan bo‘lib, birinchi bobinada ip tugaganda avtomatik ravishda
ikkinchi bobina ishchi bobina vazifasini bajaradi. Buning uchun ishchi
113
bobinaning oxirgi uchi zaxira bobinaning bosh uchi bilan bog‘lanadi.
Ishchi bobinaning ipi tugagach, bobina patronini to‘la bobina bilan
mashina ishlab turgan paytda almashtiriladi.
Uzluksiz tandalash yaratilganda tugagan bobinalarni to‘la bobinalar
bilan almashtirishda mashina to‘xtamasligi natijasida tandalash
jarayonining unumdorligi keskin oshadi, degan g‘oya bo‘lgan. Lekin
amaliyotda bu g‘oya o‘zini oqlamadi. Bunga sabab, bobinalardagi
ipning uzunligi turlicha bo‘lishi natijasida iplar ning tarangliklari ham
bir xil bo‘lmasligi tandalash o‘ramasi shakllanishiga salbiy ta’sir etdi.
Uzlukli tandalash romlarida ipi tugagan bobinalar to‘la bobinalar bilan
bir paytda hammasi al mashtiriladi. Demak, ipi chuvalib chiqayotgan
bobinalarning dia metri bir xil bo‘ladi. Hozirgi paytda to‘qimachilik
korxonalarida uzlukli tandalash romlari ishlatiladi. Uzlukli romlar
Sh-608, Sh-612, Sh-616, Sh-1008 rusumi bilan belgilanib, bu yer-
dagi raqamlar tandalash romi sig‘imi (o‘rnatiladigan bobinalar
soni)ni ko‘rsatadi. Xorijiy ilg‘or texnologiyalardan Germaniyaning
«Shlyafgorst» fir masida ishlab chiqarilgan Z 25 rusumli tandalash
mashinasida maxsus tandalash romlari o‘rnatilgan. Bu tandalash
romi maxsus avtomatlashtirilgan arava bilan ta’minlangan bo‘lib,
bobinalarni almashtirishga sarf bo‘ladigan vaqtni ancha kamaytiradi.
Z25 tandalash romi tugun bog‘lovchi karetkali bo‘lib, karetka ishlash
jarayonida iplar bobina bilan ip taranglagichlar orasida uziladi.
Tandalash mashinasiga kelayotgan iplar uchi maxsus qisqichlarda
joylashtiriladi. Tugun bog‘lovchi mexanizm har bir ip uchlarini
bog‘lashga 5 soniya vaqt sarf etadi. Karetkaning ustunlararo hara-
katiga 2 soniya vaqt kerak. Shunday qilib, 600 gacha bo‘lgan bo-
binalar iplarini bog‘lash uchun 7–8 daqiqa vaqt sarflanadi.
Piltalab tandalash mato ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan tanda
iplari bir nechta qism, piltalarga bo‘linib, birin-ketin yonma-yon
tandalash barabaniga o‘raladi. Agar tandadagi iplar soni n
t
bo‘lsa, har
bir piltadagi iplar soni m
n
= n
T
/ K
n
bo‘ladi, bu yerda K
n
– piliklar soni.
Barabanga K
k
, ya’ni n
T
iplar o‘ralgandan keyin, barcha iplar to‘quv
g‘altagiga qayta o‘raladi.
114
Demak, piltalab tandalashda quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
P
n
= P
t.q.
; m
n
= n
T
/K
n
; b
n
= b
t.Q.
/K
n
; Z
n
= Z
t.q.
,
bu yerda: P
n
– piltada 10 sm dagi iplar soni;
P
t.q
– to‘quv g‘altagida 10 sm dagi iplar soni;
b
n
– pilta eni;
b
t.Q
– to‘quv g‘altagi eni;
Z
n
– piltadagi iplar uzunligi;
Z
t.q.
– to‘quv g‘altagidagi iplar uzunligi.
Piltalab tandalashda birin-ketin ikkita ish bajariladi, ya’ni pilta-
larni barabanga o‘rab, so‘ngra barabandan jami tanda iplari to‘quv
g‘al tagiga qayta o‘raladi. Natijada, mashinaning unumdorligi guruhlab
tandalashga nisbatan kam bo‘ladi.
Piltalar soni:
K
n
= n
T
/ m
c
,
bu yerda: m
c
– tandalash romining sig‘imi.
Piltalar soni butun son bo‘lmasa, eng yaqin katta son qabul qilib,
piltadagi iplar soni aniqlanadi.
m
n
= n
T
/ K
n
101-rasm. Piltalab tandalash
115
Piltaning eni
b
n
= X / m
n
,
bu yerda: N – to‘quv g‘altagining gardishlararo masofasi.
Piltalab tandalash jarayonida uskuna unumdorligi quyidagicha
aniqlanadi:
,
bu yerda: V
T
– piltalarni o‘ramdagi ip tezligi.
V
K
– jami piltalarni barabandan to‘quv g‘altagiga qayta o‘rashda gi
iplar tezligi.
Quyida keltirilgan jadvalda zamonaviy tandalash mashina lari ning
iqtisodiy-texnik ko‘rsatkichlari berilgan.
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |